Mundarija kirish I bob. Badiiy asarlarda peyzaj va peyzaj lirikasi


“Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi peyzajning o‘rni


Download 71.19 Kb.
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi71.19 Kb.
#1125459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY ASARDA PEYZAJ

2.2 “Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi peyzajning o‘rni
Mark Tven yozuvchi sifatida ulkan yutuqlarga erishdi. Uning ziyrak donishmandligi va satirik uslubi ko‘plab tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek u ko‘plab artistlar va sanoatchilarning ham yaqin kishisiga aylangandi. Mark Tven yozgan maqola va hikoyalaridan o‘z turmushini tebratsa bo‘ladigan darajada pul olsa-da, ko‘pincha moddiy yetishmovchilikdan azob chekardi. U Genri Rojersning ko‘magi yordamida ko‘plab moliyaviy muammolarini hal qilardi. U o‘z davrining ,,Eng buyuk ingliz yumoristi’’ deya maqtalar edi. U.Folkner uni “Sarguzasht janrining otasi’’ deb atagandi.11
“Tom Soyerning sarguzashtlari”asari yozuvchi ijodining ikkinchi davrida yaratilgan roman-ertak hisoblanadi. Bu roman yozuvchi ijodida yangi davr boshlanganligini ko‘rsatadi. Mark Tven unda Amerika burjua jamiyati voqeligiga emas, balki o‘tmishga o‘zining yoshlik hayotiga, bolalarning “sof, poetik’’ dunyosiga murojaat etadi. Shunday bo‘lsa ham, Tom Soyer haqidagi bu roman o‘z zamonasidan qolish degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha, bu asar Mark Tven realistik mahoratining rivojlanishida ma’lum bir bosqich hisoblanadi. Bolalar hayoti haqidagi bu kitobni yoshlar ham, kattalar ham qiziqib o‘qiydilar,chunki unda insonning ichki dunyosi psixologik jihatdan asoslangan holda real bo‘yoqlarda beriladi.
Romanda kulgili lavhalar jiddiy voqealar bilan aralash davom etadi . Gek Fin bilan Mark Tvennning o‘zi ushbu romanni o‘zining dastlabki, mustaqil ravishda yozilgan bolalar poeziyasi sifatida e’tirof etadi. (…Bu shunchaki madhiya edi’’). Jon Golsuorsining ta’kidlashicha bu roman, “Yoshlik haqidagi dilbar epos”.12 Roman uning boshqa asarlaridan o‘zining haqiqatni bolalar nigohida aks ettirish nuqtayi nazaridan o‘ziga xos baholanadi. Tom Soyer va Gek Fin qiziqarli ammo murakkab sharoitda yashaydilar. Ular duch kelgan ko‘plab ziddiyatli vaziyatlarda nafaqat Tom yashayotgan muhitning balki, butun bir jamiyatning ham illatlari, kamchiliklari namoyon bo‘ladi. Mark Tven deyarli butun asarda qo‘llagan yumoristik detallar qaltis muammmolarga nozik yondoshish imkonini bergan. Yozuvchi bola psixologiyasi yordamida uning atrofidagi kishilarga, voqealarga munosabatini ifodalash maqsadida foydalangan. Qahramonlar duch keladigan vaziyatlarning deyarli har birida komik unsurlarning mavjudligi romanga o‘ziga xos joziba baxsh etgan. Mark Tven bamisoli rassomdek harakat qiladi, so‘zlab bermaydi, balki ko‘rsatib, aniqroq qilib aytganda peyzaj orqali ochib beradi. Shu o‘rinda uning realist yozuvchi ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Sodir bo‘layotgan barcha hodisalar va jarayonlarda uning haqqoniy tarzda yondashishi uni realist tipidagi yozuvchi deyishga asos bo‘ladi.Tom Soyerda ham Gekki Finda ham u bolalarga xos xarakterlarni singdirish bilan birga ularning g‘o‘rliklari ortidan kelgan tashvishlarni ham u realistik metoddan yiroqlashmagan holda tasvirlab beradi. Chunki ushbu metodning bosh xislati Belinskiy aytganidek, ,,Hayotni butun yalang‘ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash”.13 Mark Tven esa ushbu tamoyildan butun asar davomida og’ishmadi. Yetim Tom boshidan kechirgan mashaqqatlar butun detallari bilan namoyish etildi.
Asardagi obrazlar tizimi tahlili qilinar ekan, Tom Soyer va Gekki Fin asosiy o’rinlarni egallaganlarini ko’rish mumkin. Butun ziddiyatli voqealar ham asosan mana shu ikki obraz atrofida ro’y beradi. Shuni ta’kilab o’tish kerakki, Tom Soyer amalga oshirgan ishlarda Gek Finning ham o’rni beqiyosdir.Agarda u obraz sifatida asarga kiritilmaganida Tomning ba’zi harakatlari realistik tasvir bo’yoqlarida namoyon bo’lishiga to’siq bo’lishi mumkin edi. Gek Fin obrazi yozuvchi tomonidan quyidagicha chiziladi:
,,Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Tom shaharda hammaga mashhur bo‘lgan bir aroqxo‘rning o‘g‘li - Geklberi Fin degan bola bilan uchrashdi. Shahardagi hamma bolalarning onalari Geklberrini chin ko‘ngildan yomon ko‘rar edilar, lekin shu bilan birga undan juda qo‘rqar edilar, chunki u juda yalqov, yaramas, ahloqsiz bola bo‘lib , hech qanday tartib va qonunlarga bo‘ysunmas edi. Yana shuning uchun qo‘rqar edilarki, bolalarning hammasi ham undan o‘zlarini olib qochmas, garchi ta’qiq qilingan bo‘lsada , u bilan o‘ynashni, birga bo‘lishni sevar edilar. Tom ,,yaxshi xonadonlardan” chiqqan boladek, kun bo‘yi hech bir ishni qilmay yuradigan bu bolaga qiziqib qarar edi. Bu chuvrindi bola bilan o‘ynash Tomga ham qattiq man qilingan edi. Albatta, Tom ham bu bola bilan biroz o‘ynab olish yo‘lida har bir to‘g‘ri kelgan paytdan foydalanib qolishga tirishar edi.” 14
Geklberrining umumiy tasviri shundan darak beradiki, garchi u o’yin ahloqiy jihatdan anchagina me’yordan chetlashib turadigan bola bo‘lsada, bolalar u bilan o‘ynashni xush ko‘radilar. Shunday qilib Gek Fin obrazi asarda o‘ziga xos o‘ringa ega.
Asardagi Polli xola obrazida ham o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Tomning tarbiyasini zimmasiga olgan ushbu ayol Tomga nisbatan to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga ishonch hosil qilsa-da, ba’zida o‘zining qattiqqo‘lligidan o‘zi norozi bo‘lib turardi. Tomning sho‘xliklari natijasida uni kaltaklash darajasiga yetgan Polli xolaning kechinmalari quyidagicha tasvirlanadi. “Men uni sho‘x o‘stirganim uchun gunohkorman axir, buning uchun biz har ikkimiz ham jazolanajakmiz. Uning miyasi har xil yomon o‘ylar bilan band ekanligini bilganim bilan nima qila olar edim? Axir, u rahmatlik singlimning o‘g‘lida shuning uchun kaltaklashga qo‘lim bormaydi! Har doim men uning ta’zirini bermay qochirib yuborganimda, vijdonan azoblanamanki, uni aytib berolmayman, agar uni jazolasam achinganimdan ko‘nglim pora-pora bo‘ladi. Tomning kelajagiga o‘zini ma’suliyatli deb hisoblagan Polli xola Tomning taqdiri tufayli chekadigan iztiroblarini vaqti-vaqti bilan ko‘rsatib qo‘yardi. Polli xola obrazida rahmdillik va mehribonlik xususiyatlari birlashib ketgandiki, bu asarda turli vaziyatlarda Tomning og‘ir damlarida yupanishini ta‘minlaydigan manbaa vazifasini bajarib berdi. Polli xola obrazining tugal tasvirini chizib beradigan tasvir quyidagicha yakunlanadi: “Kitobda to‘g‘ri aytilgan odamzotning umri g‘am–g‘ussa bilan to‘la. Xo‘p, mayli! U bugun saboqdan qochib, maktabga bormadi: tushki ovqat vaqtida kechgacha tentirab yuradi, ertaga esa unga jazo berishga – uni qiyin bir ishga o‘tkazib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Yakshanba kunlari, bolalarning hammasi bayram qilib o‘ynab yurgan vaqtlarida, uni ishlashga majbur qilish- rahmsizlik bo‘lar, lekin boshqa iloji yo‘q: uning yomon ko‘rgan narsasi –ish. Axir, men qachon bo‘lsa ham unga nisbatan o‘z vazifamni ado qilishim zarurku, aks holda bu tirmizak butunlay buzilib ketadi.”15 (13-bet) Polli xolaning Tomga nisbatan munosabati shu tarzda qaror topgandi. Mark Tven obrazlar tizimini yaratar ekan unda qatnashayotgan shaxslarni realizm an’analariga tayangan holda yaratishga urindi. Polli xola obrazi o‘quvchida rahmdillik va mehribonlik timsoli sifatida taassurot uyg‘otadi. Shuning uchun ushbu obrazni realistik obraz turiga kiritish mumkin. “Xarakter xususiyatlari, faoliyati hayotdagi real odamlarga mos keladigan tarzda umumlashtirib va aniqlashtirib, tipik sharoitda haqqoniylashtirib yaratiladigan obrazlarga realistik obrazlar deyiladi.”16
Polli xolaga xos ko‘plab jihatlar roman boshida tasvirlanadi. Keyinchalik asarning qolgan qismlarida ham bu obraz ezgulik va mehribonlik jihatlarini saqlab qolganligini ko‘rish mumkin.
Jo Harper - Tomning “sirdosh do‘sti” va birga o‘ynaydigan o‘rtog‘i. Jo haqiqattan Tomning chin o‘rtoqlaridan biri. Mark Tven Tom va Jo o‘rtasidagi munosabatni quyidagicha ifodalaydi: “two souls with but a single thought.”17
Sid - Tomning xolasining o‘g‘li. U har doim Tomni hijolatli vaziyatlarga tushirishdan zavqlanadi. U ahloqiy jihatdan Tomning teskarisi hisoblanadi.
Meri - Tomning roman boshida yaxshi ko‘rib qolgan qizi. Tomning u haqida qilgan orzulari uning beg‘ubor qalb ekanligidan yana bir marta dalolat beradi. Roman uning Merini ko‘rgandagi holati quyidagicha tasvirlanadi: “Agar u qiz ichimdagi tuyg‘ularimni bilsa, meni ayarmidi, yig‘larmidi va bo‘ynimga osilib olib meni yupatarmidi? Yoki takabbur odamlar menga qaramaganlaridek, u ham qayrilib qaramasmidi?”18(25-bet)
Tomning ushbu g‘amgin holatining sabablaridan biri uning yetimligida edi. U ota-onasidan topishi mumkin bo‘lgan yupanchni boshqalardan qidirishga majbur bo‘ladi. Meri garchi Tomning hayotiga sezilarli ta’sir qilmasa-da, o‘ziga xos o‘ringa ega obraz hisoblanadi.
Janob Dobbins - maktab o‘qituvchisi. Janob Dobbins asarda anchagina g‘amgin xarakter egasi sifatida namoyon bo‘ladi: uning shifokor bo‘lish orzusi amalga oshmaganidan ichkilikka mukkasidan ketadi.
Emi Lorens-Tomning sobiq seviklisi. Tom uni Bekki Tetchet shaharchaga kelganidan so‘ng tashlab ketadi.
Asar voqealari rivojlanishini ta‘minlaydigan Tom va Gekning asosiy dushmani hisoblanadigan obraz hindi Jon hisoblanadi. Hindi Jon – asarda yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi shaxs sifatida ishtirok etgan. Hindi Jon avval Janob Robinson, keyin beva Duglasdan qasos olish hodisasini izohlar ekan, biz uning shaxsiy tarixiga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Asrdagi obrazlarga e’tibor beradigan bo’lsak, har bir obrazning jamiyatning ma’lum bir bo’lagining ishtirokchilari qatnashayotganliklarining guvohi bo’lamiz. Tom obrazida yetim bola ko’rishi mumkin bo’lga barcha qiyinchiliklar aks etadi. Ushbu obraz birinchi navbatda beg’ubor bolalik orzulari va istaklarining amalga oshirishda jamiyatning reaksion kuchlariga duch kelgan holatidagi qahramon bola xususiyatlarini ifodalab bergan. Yozuvchi jamiyatda ildiz otgan illatlarning, yechimini topishini kutib yotgan muammollarni ko’tarinb chiqqanligi ham sekin oydinlashib boraveradi. Gekki Fin obrazi Tom rejalashtirgan ishlarni yuzaga chiqarishdagi asosiy qahramon hisoblanadi.
Romandagi ba’zi obrazlarda romantiklik xususiyatini qo‘shish asarga o‘ziga xos joziba baxsh etgan. Bu ayniqsa Tom obrazida yorqin ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi Tomni hattoki yoshi katta odamlar duch kelsa o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan vaziyatlarga ro‘baro qilib uning o‘z yoshiga nisbatan kattaroq ekanligini anglatmoqchi bo‘lgan o‘rinlarni berar ekan, ayni bir paytda u hali beg‘ubor ekanligini, hayotning chirkin ranglarini yuqtirmaganligini ham ajoyib usulda tasvirlab o‘tadi.
Roman psixologizmi bosh qahramon Tomning atrofidagi voqealarga munosabati asosida, Gek Fin bilan birga boshidan kechirgan sarguzashtlari asosida qurilgan. Tom va uning do‘sti duch kelgan deyarli har bir o‘rinda ruhiyatning turli tovlanishlarini ko‘rish mumkin. Tomning devorni oqlash bilan bog‘loq sarguzashti Tomning ruhiyatini ochishga xizmat qilgan. Tom o‘z-o‘ziga: “Bu hayot deganlari u qadar ma’nosiz va arzimaydigan narsa deb bo‘lmaydi”, - derdi. Odamlarning xulqi va atvoriga qarab buyuk qonuniyatni ochganini o‘zi ham bilmay qoldi: masalan, biror odam yoki biror bola biror narsaning egasi bo‘lmoqni orzu qilsa, u odam bu narsaning egasi bo‘lmoqlikni orzu qilsa, u odam bu narsaga mumkin qadar qiyinlik bilan erishsin.” Tomning tabiatida garchi erinchoqlik belgilari sezilgan bo‘lsa-da , u ishni boshlashi bilanoq uning yoniga ko‘plab bolalar o‘z xohishlari bilan kela boshlaydilar. Bolalarga devorni ohaklash sirli bo‘lib tuyulganidan ularning har biri o‘zlarini sinab ko‘radilar.
Tomning ruhiy holatlar ifodasi yozuvchining eng ko‘p e‘tiborini tortgan narsa hisoblanadi. Asar boshlanishidanoq Tomga xos xususiyatlar berila boshlanadi. Uning xayoliga ba’zida aql doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlar kelar, bu narsadan uning o‘zi zavq olardi. Xususan, asarning uchinchi bobida Tomning Polli xoladan eshitgan dakkisidan keyingi holati quyidagicha chiziladi: “U o‘z xayolida qattiq kasal bo‘lib o‘lim oldida yotgandek, xolasi ham kelib undan bir og‘iz kechirim so‘rashini kutgandek, o‘zi esa , bunga e’tibor qilmay,yuzini devor tomonga o‘girib olib, jon bergandek bo‘lar edi. Shunday bo‘lsa, xolasi qanday ahvolda qolar edi? U yana o‘zicha xayol surar: go‘yo u suvga cho‘kkan ,uning o‘ligini suvdan topib olganlar, jingalak sochlari butunlay ho‘l, ma’sum qo‘llari ko‘ksiga qovushtirilgan holda, yuragi abadiy urmay qo‘ygan. Shunda xolasi uning o‘ligi ustiga o‘zini tashlab , ko‘z yoshlarini duv-duv to‘kib yig‘lar va Xudodan o‘z bolasini qaytarib berishini so‘rar, agar qaytarib bersa uni hech xafa qilmaslikka so‘z berar edi.” 19(27-bet) Mark Tven Tomning ushbu vaziyatdagi tasvirini berar ekan bola ruhiyatidagi bu qadar keng xayolotning parvoziga diqqatni qaratadi. Ota – onasi bor , ona mehrini tuyadigan farzandda odatda bu kabi fikrlarning bo‘lishi kamdan-kam hodisa . Yozuvchi esa aynan bir narsani, ota-onasi yo‘q bolaning xayolari haqida so‘zlamoqchi bo‘ladi. Bunda aynan uning ruhiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlarni tasvirlash u haqida batafsil axborotga erishishga yordam beradi. Psixologik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, inson o‘zining tushkun va xafa holatidan lazzatlanish moyilligiga ega bo‘ladi. Bu so‘nib borayotgan e‘tiborni qaratishning usullaridan biri hisoblanib, ko‘pincha tabiiy ravishda sodir bo‘ladi. Yozuvchi yuqorida ta’kidlangan o’rinda holatning shu jihatiga e’tiborini yo‘naltirgani seziladi. O‘sha tasvir o‘rnidan bir necha qatordan so‘ng yozuvchi quyidagi gapni qo‘shadi: “O‘z xafagarchiligini qadrlash u uchun shunchalik lazzatli ediki, u o‘z yonida bo‘layotgan shodlik va kulgularga chidab turolmas edi. Shuning uchun ham u Meri degan qizning yosh qarindoshi eshikdan o‘ynab-sakrab, ashula aytib kirgan vaqtda, xafagarchilikdan qovog‘i solingan holda hovlidan chiqib ketdi. U o‘rtoqlaridan uzoqroqda, yuragidek keng g‘am va anduhlarga to‘la kimsasiz yerlarda tentirab yurdi.” Ushbu psixologik usul odatda katta yoshli kishilar xatti-harakatlarida kuzatiladi va bu holat ayni paytda biroz iroda va sabr talab etadi. Chunki, o‘z-o‘ziga rahmi kelishi kishini haqiqattan tushkunlikka tushirib qo‘yishi mumkin. Tomda ayni shu holat sodir bo‘ldi, u miyasiga kelib qolgan fikrdan ta’sirlanib yig‘lab yuboradi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek psixologik tahlil qahramonning ruhiyatini ochib berishda juda muhim hisoblanadi. Bola psixologiyasi yordamida butun jamiyatga haqqoniy munosabat qaror topishini biz aynan “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romanida ko‘rishimiz mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadikim, Tomdagi sho‘xliklar uni also yovuz ishlar qilish tomon eltmaydi. Undagi jo‘shqinlik uning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishda bir vosita hisoblanadi, xolos.
Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romani Amerika adabiyotida o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Bu birinchidan romanning ertak an’analariga xos tarzda yaratilganligi bo‘lsa, ikkinchisi uning realizm va romantizm unsurlaridan bir xil darajada foydalanganligida namoyon bo‘ladi.
Asardagi kinoyaviy detallarning berilishi jamiyatdagi mavjud kamchiliklarni ko‘rsatib berish uchun qo‘llanilganligi romanda oydinlashib boraveradi. Bu esa asarning o‘ziga xos dolzarb muammolarni olib chiqqanligini anglatadi. Romandagi yumoristik ruh uning badiiy qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Agar yumoristik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak romandagi har bir o‘rin o‘zining kugili xususiyatlariga ega. Yumoristika esa har qanday jiddiy va dolzarb muammoni ifodalashning eng havfsiz va samarali usullaridan hisoblanadi. Yozuvchining hajvga moyilligi uning shu yo‘nalishdagi qator ijod namunalarini yaratishga undagandi. Yozuvchi hayotligi vaqtida antiimperialistik ruhda yozilgan ko‘plab hajviyalarini bostira olmaydi. Uning o‘z so‘zlari bilan aytganda, Amerika burjua jamiyatida so‘z erkinligi yo‘q. “So‘z erkinligi faqat o‘liklarga berilgan huquqdir”. Darhaqiqat, yozuvchi xolislikning , to‘g‘ri so‘zlikning tarafdori ekanligi uchun u aksariyat hollarda jamiyatning yuqori sinf vakillari tomonidan tanqidga uchradi. Ammo yozuvchi o‘z yo‘lidan og‘ishmasdan bir umr haqiqat uchun xizmat qildi. Mark Tvenning ushbu romanida ham kinoyaviy o‘rinlarning jamiyatning zaif nuqtalariga qaratilganligi so‘zimizga dalil bo‘la oladi

XULOSA
Har bir she`rning yuragi lirik qahramoni uning asos markazi hisoblanadi. Keyingi yillar lirik qahramoni zamona va zamondoshlariga tabiat manzaralari nigohi bilan boqa boshladi, she`riyatda inson va tabiat o`rtasida o`ziga xos aloqa-robita paydo bo`ldi. Bu aloqa lirik qahramon qiyofasini poetik mukammalashtirdi ham. Bu davrdagi lirik qahramon intellektual jihatdan yetuk, o`zida jamiyatning barcha voqeliklariga teran munosabatini jamlay olgan shaxs sifatida namoyon bo`ldi.
Oshkoralik jamiyatning barcha sohalari qatori lirikaning ham mavzular doirasini kengaytirgan, adabiyot o`zining azaliy va abadiy mavzusi insonni teran teran tahlil etishga kirishgan edi. Lirikadagi bu ko`tarilish peyzaj lirikasini ham chetlab o`tmadi. Tabiiyki, bu o`zgarishlar zamirida lirik qahramon faolligi turadi. Lirikaning yangi qahramoni – tabiat muammolari bilan uzviy tarzda insoniy muammolarni manzara lrikasidagi sintezlashgan qiyofasi paydo bo`ldi.
Bu davr shoirlari tiynatidagi favqulotda jushqinlik, shiddat va keskirlik o`z o`rnida peyzaj lirikasi qahramonga ham ko`chdi. U nafaqat intellektual darajasi keng inson sifatida, balki jamiyat va muammolariga, shu bilan birga, insoniy tuyg`ularga ham befarq bo`lmagan inson sifatida dunyoga keldi. Shoirlarning yevroropa adabiyoti bilan tanishligi, uning ustivor tendensiyalarini o`zida jamlagan lirikasini o`rganish ham shoir qahramoning shakllanishida alohida o`rin tutadi. Chunonchi, Sh. Rahmonning ispan she`riyatining gultoji Garsia Lorka she`rlarini tarjima etishi M.Yusuf, A.Suyun, X.Davron, U.Azimning esa g`arb mifologoiyasida bevosita murojatlari, salaflardan va ustozlardan ijodiy ta`sirlanishi fikrimizning yorqin dalili bo`la oladi, deb o`ylaymiz.
Biz peyzaj she`riyatida shartli besh ko`rinishni belgiladik. Unga ko`ra, Tabiat obrazlarini jonlantirish (insoniylashtirish) orqali amalga oshiriladigan psixologik tasvirda shoir-lirik qahramon insonga xos bo`lgan hususiyatlarni tabiat hodisalari, jonli hayvonlar, o`simlik va shu kabilarga singdirib borish hamda ularni jonlantirish bilan kechinmani tasvirlaydi. Ikkinchi, Tabiat bilan bog`liq poetik tafsillar (detallar) vositasida amalga oshiriluvchi ko`rinishida shoirning maqsad-e`tibori o`z qahramonining ichki ruhiy olami va tashqi olamini ochib berishga qaratadi. Lirik qahramonning hislat-fazilatlari tabiat bilan bog`liq poetik detallar orqali yaxlit manzarani vujudga keltiradi. Ko`ngil kechinmalarini konkret tabiiy holat va vaziyatda aks ettirish orqali esa ikki yo`nalish-tabiat fasllari va tabiiy holat e`tiborga olinadi hamda lirik qahramoning ruhiy holati o`sha tabiiy vaziyatlarga hamohang tarzda real tasvirlanadi. Ruhiy parallelizm vositasida shoir ko`ngil olmining dolg`ali kechinmalarini tabiat bilan yonma-yon qo`yib tasvirlaydi. Aslida hamma vaqt ham peyzaj lirikasida inson va tabiat parallel tarzda tasvirlansada, biz bunda inson ruhiyatining qay darajadaligiga qarab tabiiy vaziyatning ham evrilishlarini hisobga oldik. She`riy san`atlar vositasida lirik qahramonning kechinmalarini ta`sirchanlik bilan tasvirlanadi. Bu shoirga fikrining kuchli va hissiyot bilan tasvirlashiga imkon yaratadi. Bu ko`rinishlarning barchasi umumlashib, tasvirda psixologik portret yaratishga imkon tug`diradi.
Psixologik portret yaratishda lirik-kompazitsion uyg`unlik ham o`ziga hos o`ringa ega. Mavjud nazariy tekshirishlarda lirik she`r kompazitsiyasi asosan to`rt guruhga bo`lingan va mazkur tasnifning to`rtinchi guruhiga peyzaj va portret she`rlar kiritiladi. Ayrim tekshirishlarda esa portret va peyzaj she`rlar birinchi guruhga ko`chiriladi. Bizningcha esa, shakl va mazmun nuqtai nazaridan peyzaj she`rlarni alohida ko`rsatish to`g`ri bo`ladi. Chunki peyzaj she`rlar shakliy ko`rilishi va mazmuniga ko`ra u bilan yonma-yon tasnif etilgan portret she`rlardan farq qiladi. Peyzaj she`riyatidagi kompozitsiya boshqa tur she`rlar tuzilishidan u qadar farq qilmasada, o`ziga xos obrazlar olami va g`oyaviy nuqtai nazaridan ajratib turadi. Ayrim manzara she`rlarning qurilishi o`zida kompozitsion shakllarning barchasini jamlab kelgan. Buni biz shartli tarzda “aralash kompozitsiya” deb atadik.



Download 71.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling