Mundarija kirish I bob. Badiiy asarlarda peyzaj va peyzaj lirikasi


Download 71.19 Kb.
bet2/6
Sana26.01.2023
Hajmi71.19 Kb.
#1125459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY ASARDA PEYZAJ

Kurs ishining vazifalari:Lirikada tabiat poetikasining xos tabiati, kechinmaning namoyon bo’lish ko’rinishlarini, manzara she’riyatining lirik qahramonlari psixologiyasi bilan bog’liq xususiyatlarini o’rganish. Shuningdek, peyzaj she’riyatining lirik qahramoni, uning davr va ijtimoiy hayot bilan uzviy namoyon bo’lishini atroflicha kuzatish;

  • Psixologik tasvir prinsiplarini yaxlit bir badiiy-estetik tizim tarzida tadqiq etish;

  • Peyzaj she’rlarining kompozitsion tuzilishi va buning psixologik portret yaratishdagi ahamiyatini ko’rsatish;

  • Peyzaj she’riyatidagi kechinma va kolliziyalarini tasvirlashda konfliktning o’rnini ochib berish;

  • Tabiat poetikasining obrazlar olamini o’rganish, badiiy ifoda usullari hamda she’riy san’atlarning tabiatini badiiy yoritishdagi xos o’rnini umumlashtirish.

Kurs ishining obyekti va predmeti sifatida U.Azimning ”Saylanma”, Sh.Rahmonning ”Uyg’oq tog’lar”, ”Yurak qirralari”, ”Saylanma”, M.Yusufning ”Ishq kemasi”, ”Saylanma”, X.Davronning ”Bolalikning ovozi”, ”Qaqnus”, ”To’marisning ko’zlari”, A.Suyuning ”Mezon”, ”Saylanma” majmualari tanlandi. Ular mundarijasini tashkil qiluvchi badiiy barkamol she’rlarga suyanib fikr yuritishga, ularning bugungi estetik tafakkur taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatishga intildik.
I Bob. Badiiy asarlarda peyzaj va peyzaj lirikasi

    1. Badiiy asarlarda peyzaj haqida tushuncha

Adabiyotshunoslik lugʻati”da peyzaj taʼrifi xususida shunday deyiladi: “Adabiy asarda yaratiluvchi voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq makon − interyer) tasviri”. Haqiqatan ham adabiyotshunos olimlarimiz I. Sulton, B. Sarimsoqov, T. Boboyev H. Umurov, Y. Solijonov, D. Quronovlar taʼkidlaganidek, peyzaj avvalo badiiy asarda tasvirlangan tabiat tasviri. Peyzaj faqatgina zamon va makon tasviridangina iborat emas.
Peyzaj muammosini maxsus monografik rejada ishlagan M. Sultonova mazkur vositaning badiiy asardagi oʻrni masalasi haqida shunday mulohaza yuritadi: “yozuvchi oʻz gʻoyaviy niyatini faqat qahramonlarning xatti-harakatlari orqali emas, balki ularni oʻrab turgan tabiat manzaralarini tasvirlash orqali amalga oshiradi. Peyzaj tasviri orqali oʻquvchiga taʼsir etishni, undagi goʻzallik tuygʻularini tarbiyalashni ham koʻzda tutadi”. Kuzatganimizdek, olima peyzaj tasvirining qahramon xatti-harakatlari bilan uygʻun kelishidan tashqari, kitobxon qalbiga taʼsir oʻtkazuvchi tarbiyaviy, maʼrifiy va estetik vazifasini ham uqtirib oʻtadi.
Tadqiqotchi peyzaj tasvirining esselarda ham muhim badiiy tasvir vositasi ekanligini Sh. Xolmirzayevning shoir doʻsti Abdulla Oripovga bagʻishlangan “Yoʻllarimiz ayro tushdi, ammo…” essesi tahlilida (kuz faslining esseda ramziy peyzaj vositasi ekanligini) ham jiddiy kuzatgan.
X. Doʻstmuhammad, S. Oʻnar, N. Eshonqul, A. Yoʻldoshlarning tabiat manzaralari va joy tasvirlari, ularning qahramon ruhiy kechinmalari bilan uzviy ravishda bogʻliqligi har bir ijodkorda original va individual tarzda yondoshilganini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, N. Eshonqulning “Momoqoʻshiq” qissasi dastlabki satrlardanoq batafsil joy va mavsum tasviri bilan boshlanadi: “Butun brigada soʻnggi uch kun hasharchilarga joy hozirlash bilan ovora boʻldi: har qalay, madaniyat xodimlari, yana biror kor-hol yuz bermasin, bizni madaniyatsiz, deb ketishmasin degan istihola bilan shiyponni obdon oqlashdi, yogʻoch kart oʻrniga simtoʻshaklar oʻrnatishdi, shiypon oldidagi oʻt-oʻlanlarni oʻrib olishdi, daraxtlarni butashdi, qip-qizil matoga nima uchun zarurligini oʻzlari ham tushunmay: “Xush kelibsiz, hasharchilar”, “Oq oltinning bir misqoli ham yerda qolmasin” deb yozilgan shiorlar ilib qoʻyishdi. Quduqlarni tozalashdi, atrofini qora qogʻoz bilan oʻrashib, kichkina omborxona qurishdi – hamma ishni qunt bilan berilib bajarishdi: chunki yuqoridan bu yil shiyponga madaniyat vazirligining xodimlari kelishi mumkinligi va shunga yarasha tayyorgarlik koʻrish kerakligi haqida juda ehtiyotkorona xabar kelgan edi. Sunbula oyining endi ikki haftasi oʻtganiga qaramay, hasharchilar bu yil erta kela boshlagandi”. Mazkur parchada kuzatganimizdek, yozuvchi paxta yigʻim terimi davridagi shiypon tasviri, hasharchilarning kelishi munosabati bilan shiypondagi tozalash ishlari, shiorlar tasviri, kichkina omborxona qurilishi haqida batafsil tasvirlar beradiki, bu oʻquvchiga makon va zamon haqida, asarda hikoya etilmoqchi boʻlgan taqdirlar va voqealarga ekspozitsiya vazifasini oʻtagan.
Qissa ekspozitsiyasida shiypon, shiypondagi tozalash ishlari, hasharchilar tasviri, hasharchilarga qiziqsinib qarayotgan mahalliy aholi, yosh bolalar, kattaroq yoshli oʻsmirlar, ayollar tasviridan soʻng asarning markaziy qahramoni dramaturg Shamsi Saloh, iqtidorli yosh yozuvchi, xullas, madaniyat xodimlariga taʼrif va tavsif beriladi. Asar markazida ayol obrazi – Muazzamning ruhiyati, uning tiniq va sokin ovozi, qadim anʼanalarni davom ettirib, sigir sogʻish mahalida kuylaydigan churiyasi, yaʼni momolar qoʻshigʻi, uning ona yurti, paxta dalasi deb tinim bilmay zahmat chekadigan turmush oʻrtogʻi, oilani har qanday mashhurlikdan, hoyu-havasdan ustun qoʻya olgan oʻzbek ayolining iztirobli va ayni paytda baxtga toʻliq hayoti hikoya etiladi.
Bizningcha, N. Eshonqulning “Momoqoʻshiq”, “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalarida patetik tasvir, romantik-lirik hissiyot yetakchilik qiladi. Qolaversa, muallif koʻp oʻrinlarda kitobxonga qarata hissiy-taʼsirchan ichki monolog oʻqiydi. Xususan yuqorida biz tahlilga tortayotgan “Momoqoʻshiq” asarida ham xuddi shu holat kuzatiladi. Deyarli bir yarim, ikki sahifalik ichki monologlar uchraydi. Eng muhimi, muallif ayol ruhiyatini kashf etishda yoki boshqa qahramonlar ruhiyatiga chuqur kirishda peyzaj tasviridan unumli foydalanadi.
Shamsi Saloh bora-bora Muazzamni baxtsiz, notavon, yovvoyi dunyoda yashayotgan farishtaga oʻxshatadi. Uning ichki monologida Muazzamning toza, pok qalbi shunday tasvirlanadi:”… Moviy osmonni nozlana-nozlana kezib yurgan ul koʻk hiloli bilan daraxtlar orasida qisinib-qimtinib, yuzida hayo va andak hurkaklik boʻrtib turgan, yonoqlari yalovday hilpirayotgan bu ayolning qanday farqi bor? Farqi shuki, ul hilol osmonlik, bunisi esa yerlik. Unisining ming yillardan beri yerdan nimadir izlay-izlay yuzlari zaʼfaron boʻlib qolgan. Bunisi esa oqshomni zarrin nurlar bilan bezagan ul koʻklik musavviraga hasadi kelganday atirgul bargi yangligʻ qizargan, goʻyo bu oqshomni yuzining qizil shuʼlasi bilan choʻmiltirib, zarrin oyni rashk oʻtida ado qilmoqchidek. Zaʼfaron yuzi esa yana ham sargʻaytib-soʻlitmoqchidek… Yoʻq, bu kelinchak hiloldan koʻra gulga koʻproq monandroq. U kimningdir chorlovini eshitgan-u, bu churkun daraxtlar orasida porillab ochilgan, undan atofga gʻurur va erk shuʼlalari taralayapti. Shuning uchun ham hilol uning yonogʻiga xol boʻlishni istagandek yotogʻidan bosh koʻtarar-koʻtarmas choʻlning asov shamollari tarab qoʻygan bu zebo chehraga shaydo boʻlib tikilib qolgan. Yoʻq, bu ayol hammasidan ham dilbar bir sheʼrning goʻzal satriga oʻxshaydi – bu yerlardan qachonlardir qandaydir daho shoir oʻtganu, uni mulku falak bilan bogʻlab turadigan uchqur xayollari va moʻjizalar yaratuvchi tilidan tuprogʻi jizgʻinak boʻlib yotgan sahroi-biyobonga bu goʻzal satr bir tomchi koʻzyosh yangligʻ sirgʻalib tushib qolgan. Oy esa shu goʻzal satrni izlab yurgan ul shoirning yoniq xotirasidir”. Demak, parchada Shamsi Saloh tili bilan taʼriflanayotgan Muazzam taʼrifida avvalo shoirona, balandparvoz, romantik uslub boʻrtib turganligini qayd etmogʻimiz lozim. Ikkinchidan, muallif Shamsi Saloh obrazi, uning nigohi orqali Muazzamni oyga oʻxshatadi. U osmondagi oyni “koʻk hiloli”, Muazzamni esa “er hiloli” deya taʼriflaydi. Oy yerdan nimadir izlay-izlay yuzlari sargʻaygan boʻlsa, yerdagi hilol − Muazzam esa atirguldek chiroyi bilan oyni ham uyaltirgan, oydan ham koʻra gulga oʻshaydi, yoʻq, bu ayol goʻzal sheʼr satriga oʻxshaydi va hakazo. Kuzatganimizdek, Shamsi Salohning Muazzam taʼrifidagi oʻxshatishlarini tabiatdagi, aniqrogʻi osmon jismi oyga va yer malikasi atirgulga qiyoslayotganligiga guvoh boʻlayapmiz.
Tashbehlarda muallif peyzaj unsurlaridan juda unumli foydalangan. Peyzaj tasviri bilan Shamsi Salohning romantik kayfiyati juda uygʻun holda aks ettiriladi. Chunonchi, quyidagi parchaga eʼtibor qaratamiz: “U yulduzlari pirpirab turgan salqin kechada uzoq kezdi, tun hozirgina oʻzini masʼud etgan kelinchak yangligʻ sirliligi va fasohati bilan uning qalbini sirqiratar, ogʻritar, uni hislar quyuniga tashlar edi”. Shamsi Salohning yuragini zabt etgan goʻzallik va talant maʼbudasi Muazzam uning oromini oʻgʻirlaydi. Hatto u yulduzlar pirpirab turgan salqin kechada yotib, dam olishdan koʻra Muazzam haqida xayol surishni, kim bilandir munozara qilishni xohlaydi. Kelinchak singari sirli va fasohatli tun esa uning qalbini yanada sirqiratadi. Chunki tunda inson yolgʻiz oʻzi qoladi. Ichki his-tuygʻulari bilan yuzma-yuz qoladi. Adibning koʻpchilik qissalarida tun – peyzaj detaliga juda koʻp murojaat qilinadi. Zero, bu oʻrinda tun obrazini – majoziy timsol darajasiga olib chiqqan “Tun panjaralari” qissasini eslashning oʻzi kifoya qiladi. Chunonchi: “Tun gullari ham bir-bir ochila boshladi. Aftidan tun oʻzining ulugʻvorligi va goʻzalligini bilsa kerak – men mana shunday oqshomlari kimnidir intiq boʻlib kutaman.
Tun shohona libosda asta-sekin hamma narsani oʻz izmiga boʻusundurmoqda.
Tun xushboʻy siyohrang atirgulga oʻxshaydi. Bu gulni kim uzib koʻk qoʻyniga qoʻyib ketdi ekan, men bilmayman”.
Kuzatganimizdek, qissa qahramoni ijodkor shaxs uchun tun ulugʻvor va goʻzal mohiyatga ega. Aslida, bu tavsif yozuvchining dunyoqarashi va badiiy tafakkurini namoyon etib turibdi


Download 71.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling