Mundarija kirish I bob. Badiiy asarlarda peyzaj va peyzaj lirikasi
Peyzaj lirikasida tabiat obrazlarini jonlantirish
Download 71.19 Kb.
|
BADIIY ASARDA PEYZAJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- dinamik, tipologik, analitik
- Tabiat obrazlarini jonlantirish (insoniylashtirish ) orqali”
- Tabiat bilan bog’liq poetik tafsillar vositasida”
- Ko’ngil kechinmalarini konkret tabiiy holat va vaziyatda aks ettirish”
- Ruhiy parallelizm vositasida”
- Badiiy san’atlar vositasida”
1.2. Peyzaj lirikasida tabiat obrazlarini jonlantirish
Rus klassik adabiyotida psixologik tahlilning (badiiy asarning barcha tur va janrlarida) uchta asosiy prinsipi ko’zga tashlanadi. Rus adabiyotshunos olimi, akademik M.Xrapchenko har bir davr uchun umumiy bo’lgan psixologik tasvirning dinamik, tipologik, analitik prinsiplarini alohida ko’rsatib o’tadi. O’zbek adabiyotshunoslaridan B.Aliyev she’riyatda psixologik tasvir ko’rinishlarini she’rining uch shakliga ko’ra tekshirishga harakat qilgan. Bular sof lirik, falsafiy-psixologik va voqeaband (syujetli) she’rlardir. Shuningdek, J.Jumaboyeva ham XX asr o’zbek she’riyatida psixologik tasvir ko’rinishlarini davr voqeliklari bilan bog’lab tahlil qilib o’tgan. N.G.Chernishevskiyning psixologik tahlilni ”ijodiy talantga kuch bag’ishlaydigan eng muhim fazilatlardan biri”, ekanligini aytib o’tsa, professor U.Normatov ”psixologik tasvir adabiyot uchun qanchalik muhim bo’lmasin, birdan-bir maqsad emas” , deb hisoblaydi. Shunga ko’ra psixologik tasvir she’r ta’sirchanligi va emotsionalligini oshirishi tabiiydir. Biz kuzatishlar natijasida peyzaj lirikasida psixologik tasvir prinsiplarining besh ko’rinishi tasniflanganini guvohi bo’ldik. Uning birinchi ko’rinishi ”Tabiat obrazlarini jonlantirish (insoniylashtirish ) orqali” amalga oshiriladi. Bu kabi she’rlarda odatda, kechinma birinchi planda turadi. Kechinmadan olingan taassurot esa ko’pda o’quvchining o’ziga qoldiriladi. Bunday tasvir shoirga nafis o’xshatishlar, nozik tasvirlar uchun keng imkoniyat beradi. U hissiyotlarini hech tortinmay to’ka oladi. Gurkiragan bu rangin olam tuyg’ularni o’ynatib tashlar va ajoyib kunlar umrimda atirgulday ochila boshlar. Obraz-ramz bunda umrdir. Ya’ni umrning o’tishi va davomiyligi vaqt obraziga singdiriladi. Tabiat obrazlari, u bilan bog’liq hodisalarni poetik jonlantirish bu kabi she’rlar uchun harakterlidir. Shoirning ”Kunlar pisha boshlaydi yana” she’rida ifoda etilgan kechinma ham yuqoridagi she’riy kechinmani davom ettiradi. Bunda ham lirik qahramon ”Yana yaproq yozgan daraxtga, atirgulga do’narsan nuqul”, deya o’z kayfiyatidan darak beradi. Uning ”Qaytdim youg’ yulduzlarimga”, ”Bu yerda zangori kaptarday ” deb boshlanuvchi she’rlari ham shular jumlasidandir. Qaytdim yorug’ yulduzlarimga, Shu’lalarga to’ldi har onim. Meni ko’rib qo’zg’olib ketdi Adirlarning sariq karvoni.. Shoirni hayratlantirgan, unga zavq bera olgan, mavjud Vatan tushunchasini yanada teran anglashga undagan narsa shu zaminda yashashi va bu qadim makonning shoirona yurakni bergan tabiati bilan ham bog’liqdir. Ba’zan ”...odamda shunday holat sodir bo’ladi. U nimadandir yuragi g’ash. Shunda sokin tabiatning takrorlanmas, nogahoniy bir ko’rinishi bilan yuzma-yuz kelgach, barchasi unut bo’ladi2”. Peyzaj she’riyatda ruhiyat tasviri prinsiplaridan yana biri, - bu ”Tabiat bilan bog’liq poetik tafsillar vositasida” amalga oshadi. Ma’lumki, badiiy tasvirda tafsillar, ya’ni detallar muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, ”...San’atning barcha shakllarida voqelik obrazlar vositasida aks ettirilar ekan, bu obraz voqelikning aynan o’zidan ... iborat emas. San’at asarlaridagi har bir obraz ijodkor shaxsining hissiy va aqliy idrokidan o’tgan voqelik parchasi3” sifatida poetik tasvirdan o’rin oladi. Shavkat Rahmon ”Unutganim yo’qdir hali” she’rida tug’ilib o’sgan qishlog’i manzarasini chizar ekan, ayni paytda bolalik, yurt sog’inchi bilan yashayotgan insonning lirik qiyofasini tasvirlaydi. Unutganim yo’qdir hali O’rikzorni, asov soyni. Soy bo’yida ovloq, holi Baqaterak o’sgan joyni Unutmadim hali-hali Muzdakkina zilol suvni, Tol tagida shom mahali Unutilgan ikki kuvni. She’rdagi ”o’rikzor”, ”asov soy”, ”baqaterak”, ”tol tagi”, ”ikki kuv” kabi so’z va so’z birikmalari lirik qahramonning olis xotiralarini, uning diliga ilk bora titroq solgan o’tmishini qanday bo’lsa shundayligicha eslab qolganligidan va bu o’tmish uning yodida aslo o’chmas iz qoldirganligidir darak beradi. Shoir muhabbat hislari jo’shgan inson qalbini tabiat obrazlari vositasida tasvirlaydi. ”Iliq pichan”, ”so’lim kulgu”, ”sirli kecha” tafsillari qahramon kechinmalarini aks ettirishi bilan ahamiyatli: ”Yodimdadir iliq pichan, Kulgularing edi so’lim, Bo’salardan to’lgan kecha, Soch silagan titroq qo’lim”. Muhammad Yusufning ”Surat” she’rida ham xotira bog’liq iztiroblar, dard-kechinmalar suratlantiriladi. She’r hajman ancha yirik. Unda ham tabiat obrazlariga murojaat etiladi. Oy mening yelkamga O’tirib olgan, Oftob g’avg’o sochar Yurgan yo’limga, Xayol tushovidan Chiqolmay qolgan Umrimni topshirib Qo’ydim ko’nglimga. She’rdagi lirik kayfiyatni ”yer” (devonavash ko’ngil) va ”tosh” (iztiroblidil) tafsillari ham to’ldirib uning pinhoniy dardlarini yuzaga chiqarishda yordam beradi. A.Suyunning ”Gadoy” she’ri ertak motivlari asodida yozilgan. Unda oddiy gadoyning psixologik portreti, qalb olami tabiat manzaralari fonida ochib berilgan. Osmon siqib keldi... uning nafasi Yomg’ir quymishidan xabar berardi. Lekin tinmas edi bir gadoy sasi- Ko’p qadim qo’shig’in kuylab borardi.. Tasvirdagi ”siqib kelgan osmon”, ”yomg’ir” tafsillari gado bilan bog’liq voqelikning qay vaziyatda sodir bo’lganligini izohlab qolmay, uning psixologik qiyofasini ham ko’rsatishga xizmat qilgan. Uchinchi holatda ”Ko’ngil kechinmalarini konkret tabiiy holat va vaziyatda aks ettirish” ko’zda tutiladi va shu orqali lirik qahramonning psixologik olami tahlil etiladi. O’z navbatida mazkur yo’nalish ham ikkiga bo’linadi: tabiat fasllari (qish, bahor, yoz, kuz) yoki muayyan tabiiy vaziyat (shamol, bo’ron, yomg’ir, ochiq havo va h.k) va unda sodir bo’lajak voqelik, ko’ngil kechinmalari yoritiladi. Shavkat Rahmonning 1997- yil ”Sharq” nashriyotida chop ettirilgan ”Saylanma”sida ayni shu turga oid she’rlari alohida turkumlangan. Shoir lirikasida har bir faslning o’zo’rni, o’z talqini bor. Ular goh azaliy qonuniyatlari bilan namoyon bo’lsa, goh insoniy tuyg’ularining ramzi sifatida inkishof topadi. Demak, ”... hamma gap poetik obrazlarga qanday g’oyaviy vazifa yuklay olishda ekan”. Ma’lumki, kuz faslining poetik talqini ko’proq tugab borayotgan umr, armon, hijronning ramzidir. Shavkat Rahmon she’riyatida esa aksincha u kuz faslining mungli bosimidan o’zini holi tutishga urinadi. Uning kurashchan qalbi yig’loqi kechinmalarni tasvirlamaydi. Bu holat uning lirik qahramoni tabiatiga yot tushunchadir. Xazonga aylandi kunlarim... Motamda turganday boqaman. Fasllar to’qnashgan lahzada Xazonlar to’pini yoqaman. Ko’zlarim achishar bexosdan Yuragim, qo’llarim ... titraydi. Alanga olmaydi kunlarim, Tutaydi, oh, muncha tutaydi. She’rdan o’ychan fasl-kuzning xazonrezgi nafasi sezilib turadi. ”Fasllar to’qnashgan lahzada” uning tuyg’ulari ham to’qnashadi. Shoir bu hissiyotni yuksak kolliziyalarda ochib beradi. Ma’lumki, xazon - tugayotgan umr ramzi. An’anaviy ramzdan foydalanib shoir lirik qahramonning ko’ngil olami manzarasini chizadi. To’rtinchi yana bir tasvir prinsipi ”Ruhiy parallelizm vositasida” psixologik portret yaratishda ko’zga tashlanadi. Bunda insonning quvonchi, iztiroblari, qalb tug’yonlari tabiat bilan parallell tarzda tasvirlanar ekan, Aristotel aytganidek, ”Inson boshqa mavjudotlardan o’xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto dastlabki bilimlarni u o’xshatishdan oladi...”. Ya’ni inson o’z kechinmalariga tabiatdan ”dalil” izlaydi. Yonar edim saratonsiz ham! Battar kuydim, kul bo’ldim battar. Naq ko’ksimni mo’ljallab bu dam Quyosh olov nayzalar otar. deb yozadi U.Azim. she’rining bandlarida tasvir tabiiy holat bilan parallel tarzdagi lirik qahramonning tashqi ko’rinishlari, holati chizilgan. Lirik qahramon ko’kda ayovsiz nur sochayotgan saraton quyoshining olovli tillaridan shundoq ham kuygan tanida azob tuyadi. U yaratganga iltijo etib, kuygan diliga taskin izlaydi. Uchrashinglar oydin makonda, Bahor kabi yashanglar kulib... Hozircha men yozgi osmonda Qovjiragan bir parcha bulut Olovlar ichida yashayotgan dil va ruh ana shu olovlar taftida kuyib bitsa, uning uchun hayotining asl ma’nosi yo’qoladi, qizig’i qolmaydi. Bu esa uning ruhiyat olami naqadar keng ufqlarga bo’ylasha olishidan darak beradi. Shu bois u dil va ruhning visolini oydin makonda kechishini istaydi. Beshinchi ko’rinish ”Badiiy san’atlar vositasida” amalga oshiriladi. Hech bir she’r badiiy san’atlarsiz takomil topmaydi. Peyzaj lirikasi ham bundan mustasno emas. Download 71.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling