Mundarija: Kirish I bob. Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari
Download 151.5 Kb.
|
O\'zbekiston bank tizimi
MUNDARIJA: Kirish ……………………………………………………………………2 I bob. Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari ……4 1.1 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari ……………………………………………………………..4 1.2 Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzilishi ……………...….16 II bob. Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari ……22 2.1 Kredit uyushmalari, lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari ………………………………….22 2.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini hamda nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari …………………………………………….28 Xulosa ……………………………………………….………….….….32 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………….….….35 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi globallashuv davrida integratsiyalashish jarayonlarining tobora avj olib borayotgani, mamlakatlarning o ‘zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarining kun sayin rivojlanib borishi, shunigdek, iqtisodiyotni rivojlanishining bir sababchisi sifatida bank tizimini e ‘tiborsiz qoldira olmaymiz. Bugungi kunda keng qamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini sifatli amalga oshirish, shu jumladan asosiy banklarning an ‘anaviy xizmat turi bo ‘lmish kredit operatsiyalarining na ‘munali darajada bo ‘lishi har bir mamlakat iqtisodiyotida katta va muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini yanada mustahkamlash, likvidligini oshirish, moliyaviy barqarorligini yaxshilash, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta‘minlash, bank xizmatlarini rivojlantirish, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.1 Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv obyektlari hisoblanadi, chunki tijorat banklari o'z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi. Shu o ‘rinda, Markaziy banktijorat banklari tomonidan zamon talablariga javob beradigan kredit operatsiyalarini ta'minlash maqsadida yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini belgilaydi.Kreditlash tizimi sohasidagi bosh maqsad, bankning kredit riskini samarali boshqarish orqali mijozlarga yuqori darajada xizmat ko ‘rsatish, bank tizimi moliyaiy barqarorligini ta ‘minlash, tijorat banklarining faoliyatdan asosiy maqsadi bo ‘lmish daromadliligini oshirish va albatta iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat. Birinchi Prezidentimizning 2010 yil 26- noyabrdagi PQ 1438-sonli “2011-2015yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish bo’yicha chora-tadbirlari tog’risida”2gi Qarorida, respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash kerakligiaytib o’tilgan. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling