Mundarija: Kirish I bob. Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


II bob. Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari


Download 151.5 Kb.
bet6/9
Sana30.03.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1309421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston bank tizimi

II bob. Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari.
2.1 Kredit uyushmalari, lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.15
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir.16
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish UzR 20.09.2006 yildagi №53 sonli Mikrokredit tashkilotlari tugrisidagi Konunga asosan olib boriladi.Konunning 3- moddasiga kura: Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O'zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag'lardan va boshqa jalb qilingan mablag'lardan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag'laridan shakllantirilgan bo'lishi kerak.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan iste'mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq maslahat va axborot xizmatlari ko'rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas.
Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun mablag'larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatadi:
o'z mablag'lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag'lar;
banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag'lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
lombardlar adliya organlari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to'lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining to'rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi;
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig'im undiriladi;
lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun to'lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.17
Lombardlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun to'lanadigan davlat boji summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling