Mundarija: Kirish I bob. Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari


Download 151.5 Kb.
bet4/9
Sana30.03.2023
Hajmi151.5 Kb.
#1309421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston bank tizimi

Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini yaratish;
-banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini saqlash va uni boshqarish;
- Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi yumushlarni ado etishi zarur.
Iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq keyingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot beradi. Markaziy bank pul taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab chiqarishning umumiy hajmiga, bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pul yuqori sur’atlarda qadrsizlanayotgan sharoitda Markaziy bank ularni sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo‘lgan talab kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning qadrsizlanishi kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlari, pul massasi o‘zgarishining aniq maqsadli mo‘ljallari va pul muomalasini tartibga solish vositalari qonunning 4-qismida yoritilgan bo‘lib, unda Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari belgilab berilgan.7
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorining yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan. Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa usullardan foydalanib pul massasini boshqarib borishi mumkin.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofiqlashtirish va inflyasiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal zahiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zahira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasada, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zahira me’yori hozirgi kunda O‘zbekistonda 15 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank tomonidan zahira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Banklar Markaziy bankda majburiy zahiralarni deponentlash tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardir. «Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zahiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomda belgilangan majburiy zahiralarni deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zahira talablarini hisob-kitob qilishda chet el valyutasidagi mablag‘lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy zahiralarni deponentlash bank vakillik hisob varag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Majburiy zahiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi.
Banklar har oyning dastlabki uch ish kuni mobaynida Markaziy bankka bank rahbari va bosh hisobchisi (yoki ular vazifasini bajaruvchi shaxslar) tomonidan imzolangan majburiy zaxiralar hisob-kitobini (1-va 2-ilovalarda keltirilgan jadvalga hamda uni to‘ldirish bo‘yicha berilgan uslubiy ko‘rsatmalarga asosan) taqdim etadilar.
Markaziy bankda deponentlanishi lozim bo‘lgan majburiy zaxiralarning hisob-kitobi kunlik balans asosida (alohida milliy va alohida xorijiy valyutada) majburiy zaxiralanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘rtacha oylik qoldig‘ini aniqlash orqali tuziladi. Majburiy zaxiralanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘rtacha oylik qoldig‘i hisobot oyining har bir ish kuni bo‘yicha hisobvaraqlarning (alohida milliy va alohida xorijiy valyutada) qoldiqlari yig‘indisini ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to‘g‘risidagi 29-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan etishmayotgan mablag‘ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta’minlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.8
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Misol uchun, mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mollarining haqini to‘lash uchun mablag‘i etarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda, unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki vekselni Markaziy bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz-hisob stavkasini ushlab qolishi mumkin. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankning hisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‘rnatadigan hisob stavkaning eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori bo‘ladi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
-tijorat banklarining ixtiyoridagi vekselarni hisobga olish yo‘li bilan kreditlash;
-tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi.
-to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit berish usuli.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq hukumat hisob varaqlarini yuritar ekan (47-modda), hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisob varaqlarni yuritadi, davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarini hal etishda qatnashadi.
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi.9
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytgandaO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob varaqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham ular Markaziy bankka murojaat qilishadi.

Download 151.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling