Mundarija: kirish I bob. Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi
Download 0.67 Mb.
|
Padarkush
Sensiz menga falak kafantoʻn bichar,
Dunyoning bolini zahar deb ichar, Qanday kuni kechar shoʻr enang nochor, Hama yoʻgʻ-u borim, senga yoʻl boʻlsin? Menga aytgin koʻnglingdagi oʻyingni, Aytgin, bolam, boradigan joyingni, Men bilayin talab qilgan elingni, Ayt siringni, qaytarmayman ra’yingni, E, yolgʻiz shunqorim, senga yoʻl boʻlsin? Yuqoridagi parchada mard otaning farzandidan ayrilish chogʻidagi his- tuygʻulari ifoda etiladi. Shunda ham u oʻgʻlini qattiqqoʻllik bilan toʻxtatmaydi. Uning niyatini, xohshini soʻraydi. Ota boʻla turib oʻgʻlini qiynayotgan narsadan bexabarligidan oʻkinadi. “Ravshanxonni otasining savlati bosib, hayosi gʻolib kelib, nima derini bilmay oʻylanib turib edi, axiri boʻlmadi. Otasiga gapirmay oʻtsa, u ham boʻlmaydi, gapiray desa, uyaladi”. Farzandning otaga boʻlgan hurmati, sadoqati shu oʻrinda aks etadi. Ushbu parchani oʻqir ekanmiz koʻz oldimizda yaxshi tarbiya koʻrgan, otaning gapini ikki qilmaydigan, otasiga bazi gaplarni aytishdan andisha qiladigan farzand gavdalanadi. Ravshanxonning shashtidan qaytmasligini koʻrgan Hasanxon unga rozilik bildirib, oq fotiha beradi va yoʻl davomida hamroh boʻlsin deb oʻz nasihatlarini qiladi. Ravshanxon baxtini izlab uzoq Shirvon yurtiga yetib boradi. U yerda har xil sinovlarni boshidan oʻtkazadi. Ohir-oqibat Qoraxon podshoh Ravshanxonni zindonga tashlab, uni qirq kundan keyin osmoqchi boʻladi. Hasanxon bu xabarni eshitib, otasining gʻirkoʻk otiga minib, qirq kunlik yoʻlni yigirma kunda bosib oʻtadi. U yerga borib dushmanlarning dodini beradi . Bu doston asli ishqiy-sarguzasht dostoni boʻlishiga qaramay, unda ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, ota-ona va farzand oʻrtasidagi munosabat, axloqiy tarbiya masalalari aks etadi. Oʻzbek adabiyotida otaga boʻlgan hurmat, ota Xudodan keyin turuvchi muhtaram zot ekanligi juda ulugʻlangan boʻlib, bu oʻzbek xalq maqollarida ham oʻz ifodasini topgan. “Otang choʻchqa boʻlsa ham, boylab boq”, “Otang yotgan uyning tomiga chiqma”, “Otalar soʻzi – aqlning koʻzi”, “Ota rozi - xudo rozi” lar shular jumlasidandir. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarida oila va ota-bola munosabatlari xalqning idealidan kelib chiqib, samimiy, iliq va ezgu his-tuygʻularga yoʻgʻrilgan holda ifoda etilgan, yoki shunday boʻlishi kerak degan gʻoya ilgari surilgan. Yozma adabiyot shakllana boshlagandan soʻng, bu munosabatlar hayotiylik kasb etib, ajdodlar va avlodlar oʻrtasidagi ziddiyatli muammolar hamda shu munosabatlarning darz ketishiga sabab boʻlgan davr va muhit ta’sirini yoritilishi aks eta boshladi. Dastlabki adabiyotlarda bunday holatga yoʻl qoʻymaslikka undovchi pand-nasihat koʻrinishida namoyon boʻldi. Bu koʻhna muammo Yusuf Xos Xojibning “Qutadgʻu bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”, Sulaymon Boqirgʻoniyning “Boqirgʻon kitobi”, Rabgʻuziyning “qissasi Rabgʻuziy” asarlarining bosh mavzularidan sanalgani ham ogʻzaki va yozma badiiy tafakkurning ibtidosidan boshlab katta ahamiyat kasb etib kelayotganligini isbotlaydi. Yusuf Xos Hojib oʻzining “Qutadgʻu bilig” asarida ota va bola oʻrtasidagi muammoning yuzaga kelmasligi uchun zarur boʻlgan tarbiya masalasiga urgʻu beradi: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling