Mundarija: kirish I bob. Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi
Download 0.67 Mb.
|
Padarkush
- Bu sahifa navigatsiya:
- Padarkush” dramasi.
- FOY D ALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXAT I
Farzand ato qulligʻin chu odat qilgʻay, Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay.
Har kimki atogʻa koʻp rioyat qilgʻay, Oʻgʻlidan anga bu ish siroyat qilgʻay. Alisher Navoiy hayotiy va ijodiy faoliyatida ota va bola munosabatini yaxshilash yoʻlida juda koʻp asarlarida bu mavzuga alohida urgʻu berib oʻtadi. Bu yoʻlda uning “Tarixi muluki Ajam”, “Xamsa” asari, bu jihatdan, ayniqsa, uning “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” dostonlari ahamiyatlidir. 54 bobdan iborat dostonning uchdan biri (17 bobi) ota - bola munosabatlarini ifodalashga bagʻishlangan. Undan Navoiyning ajdodlar va avlodlar silsilasining davomiyligiga oid diniy - falsafiy, ma’naviy-axloqiy, badiiy qarashlarini anglab olish mumkin. Navoiyning yana bir dostoni “Layli va Majnun”da ota va farzand munosabatlarining keskinlashgan holatini va otaning farzandini tushunmaslik holatlarining ilk koʻrinishlarini Layli va uning otasi misolida ham koʻrishimiz mumkin. Lekin yana shuni e’tiborga olishimiz lozimki, bu Navoiyning badiy toʻqimasi emas, arab xalq afsonalari asosida qayta ishlangan variyantidir. Ota va farzand munosabatlaridagi eng nozik kechinmalar Z.M. Boburning “Boburnoma” asarida ham aks etadi. Unda otaning farzandiga boʻlgan sof, samimiy mehr-muhabbatini, farzandining sogʻligʻi uchun oʻz jonini Ollohga nisor qilishining guvohi boʻlamiz: “…dardlargʻa darmon budurkim, yaxshi nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak. Toinki Tengri taolo sihhat bergay. Mening koʻnglimga keldikim, Muhammad Humoyun(ning) mendan oʻzga yaxshiroq nimarsasi yoʻq. Men oʻzimtasadduq boʻlayin, xudoy qabul qilsun. Xoja Halifa oʻzga muqarrablardin arzgʻa tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihat topar “siz bu soʻzni nechun tilingga kelturasiz. Gʻaraz budurki, dunyo molidan yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas oʻshal olmoskim, Ibrohimning urushida tushub erdi, Muhammad Humoyungʻa inoyat qilib erdingiz, tasaduq qilmoq kerak. Tilgʻa keldikim, dunyo moli uning evazigʻa nechuk boʻlgʻay. Men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkil boʻlubdur.. Va andin oʻtubdurkim, men aning betoqatligʻini toqat kelturgʻaymen…” Bobur Mirzo shunday deb oʻgʻlining atrofida uch marta aylanib, uning dardiga shifo soʻraydi. Shundan soʻng Humoyun darddan forigʻ boʻladi va Bobur betob boʻlib yotib qoladi. Koʻp oʻtmay vafot etadi . Garchi “Boburnoma”da uchraydigan shu real tasvir tarixiy voqea hisoblansa-da, badiiy adabiyotdagi otaning farzandiga boʻlgan mehrini, farzandi uchun jonini qurbon qilishga tayyorligini yana bir misolidir. Oʻzbek mumtoz adabiyotida bu mavzu turli xil koʻrinishlarda, asosan, otaga boʻlgan hurmat, farzandning azizligi pand-nasihat korinishida asarlarda ifodalandi. Bu holat XX asr boshlariga qadar davom etdi. Otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarga jadidchilik davriga kelib qarashlar oʻzgardi. Jadid adabiyotida eski avlod bilan yangi avlod oʻrtasida dunyoqarashdagi ziddiyatlar aks ettirildi va jamiyatdagi johillik, qoloqlik yoshlar, umuman millat fojeasiga olib kelinayotganligi koʻproq ota-onalarning johilliklari, farzandlarining his-tuygʻulari bilan hisoblashmasligi kabi holatlar sabab ekanligi orqali koʻrsatib berishga urunildi. Jadidlar oʻzbek adabiyotiga yangicha qarash olib kirishdi. Ungacha, yuqorida koʻrganimizdek, ota-onaning salbiy tomonlari, deyarli, koʻrsatilmagan, har qanday vaziyatda ham ota onaning soʻzidan chiqmaslik, ular faqat farzandlarining baxtini oʻylashi kabi pand-nasihat koʻrinishidagi asarlar mavjud edi. Jadidchilik adabiyotida esa reallik aks eta boshladi. Unda yoshlarning huquqsizligi, jamiyatda yosh avlodning fojeasiga kattalar sabab boʻlayotganligi yoritildi. Jadid adabiyotining yirik namoyandalari Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Hamza, A.Qodiriy, Choʻlpon kabilarning asarlarida ma’rifatparvarlik mavzusi otalar va bolalarning turli aspektdagi munosabatlarida gohida keskin ziddiyatlarga qorishiq holda aks etganligini koʻramiz. Bunga misol qilib Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot, yohud ishq qurbonlari” tragediyasini keltirishimiz mumkin. Unda bir ota oʻz qizini koʻp xotinli qari Eshonga uzatmoqchi boʻladi. Yana bir ota esa oʻgʻlining xohish istaklari bilan hisoblashib oʻtirmay, uning kelajagiga bolta uradi. Asar qahramonlari Mayramxon va Mahmudxon oʻsha davr va ota-onaning johilligi qurboniga aylanadi. Toʻgʻri, bu qasddan boʻlmasada, qaysidir ma’noda farzandlarning fojeasiga olib kelishi farzandkushlikning ilk koʻrinishlari edi, desak adashmagan boʻlamiz. Jadidchilar koʻproq millat fojeasini koʻrsatish hamda millatni taraqqiyotga olib chiqish uchun xatto ota-onalarning johilligini ham tanqid qilib chiqishdi. Ota-ona naqadar moʻtabar zot boʻlmasin, ularning ham salbiy illatlarini koʻrsata boshlashdi. Buning yorqin namunalaridan yana biri deb Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanidagi Razzoq soʻfi, A.Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanidagi Oʻzbegoyim, Behbudiyning “Padarkush” dramasidagi boy obrazlarini koʻrsatishimiz mumkin. Shu jumladan, jadid adabiyotida oilaviy munosabatlarga haqqoniylik va real koʻz bilan qarash va yosh avlod misolida Turkistonning kelajagini tasvirlash yuqori oʻringa chiqdi. Jadidlar ota va bola munosabatlarida tarbiyaning oʻrni juda muhim ekanligini ta’kidlaydilar. Shuning uchun ham A.Avloniy oʻz asarida insonlar tugʻilishdan yomon boʻlib tugʻilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon qiladi, degan fikrlarni bildiradi. Yuqoridagilar esa mustaqillik davriga kelib oʻzbek adabiyotida ham oʻz aksini topib, yangi gʻoyalarga ham sababchi boʻldi. Lekin keying davrlarda “sotsialistik realizm” metodi talablari, kommunistik partiyaning badiiy adabiyotga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, ijod jarayoniga bevosita aralashuvi, buyruqbozlik va koʻrsatmalar adabiyot va san’at asarlarining hayotiyligiga salbiy ta’sir koʻrsatdi, qahramonlarni milliy zamindan ayirdi. Eng yomoni, oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasini buzdi. Adabiyotda sohtalik va yana bir tomonlama qarash vujudga keldi. Shu boisdan otalar va bolalar muammosi ham uzoq vaqtgacha “kommunistik axloq normalari” asosida hal etilganligini aytish oʻrinlidir. “Oʻtgan asrning 20-30- va 40-yillarida adabiyotning asosiy e’tibori sotsializmning shonli yurishi, xalq xoʻjaligini industrlashtirish, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish, xotin-qizlar ozodligini tarannum etish, urushda sovet hukumatining gʻalabasini kuylash boʻlganidan otalar sinfiy dushman sifatida qoralandi. Otalar izidan bormay, ularning ishlarini davom ettirmay, yangicha yoʻldan yurgan yoshlar asosiy qahramon qilib olindi. Natijada oʻzbeklarning ham oʻziga xos Pavlik Morozovlari yetishib chiqdi”. Haqiqiy millatiga sodiq ijodkorlarimiz esa bu mavzuda sukut saqlashga majbur edilar. Hozirgi davr adabiyoti ham ogʻzaki va mumtoz adabiyot unsurlarini saqlab qolgan boʻlsa-da, ota va farzand munosabatlariga reallik va haqqoniylik tomonidan yondashilmoqda. Dastlabki xulosamiz shu boʻldiki, oʻzbek adabiyotida ota va bola munosabatlari dastlab xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topadi. Ularda, asosan, dono va mard otalar hamda ota oʻgitlariga amal qilib kamolga erishgan farzandlar tasviri ifodalanadi. Biroq, asrlar oʻtib, insoniyat tafakkurida roʻy bergan oʻzgarishlar, jamiyat taraqqiyoti natijasida bu munosabat oʻzgarib borgan. Mumtoz adabiyotda ham shu an’analar qaysidir ma’noda davom etganligini koʻramiz. Jadid adabiyotiga kelib bu munosabatlar aks etgan asarlarda tub oʻzgarishlar sodir boʻlganini koʻrishimiz mumkin. Keyingi davr adabiyotida oʻtgan asrning 70-yillariga qadar ota va bola munosabatlari ham sovet mafkurasining yoʻrigʻiga yurgan boʻlsa-da, Mustaqillik adabiyotida jadid adabiyotidagi gʻoyalarni davom ettirgan holda unga haqqoniy tus berila boshlandi. Eng asosiysi Sharq, xususan, oʻzbek adabiyotida otalar va bolalar munosabati milliy an’analarga xos tarzda tasvirlangan. “Padarkush” dramasi. Bu drama yozilgach (1911), uni nashr etish oson bo’lmadi. Yerli xalqni ezib, uning taraqqiy etishiga, o’z g’ururinijng anglash, o’z milliy adabiyoti, tili, madaniyatini rivojlantirishga to’sqinlik qilib kelgan chorizm, uning Turkistondagi mustabitlari bu asarni o’z vaqtida kitob holiday bosib chiqarishda yo’l qo’ymadilar. Agar matbuotda ilk bor „Turon” ro’znomasida 1912-yilda bosildi. Drama 1913-yilda kitob holida o’zbek tilida nashr etildi, biroq uning muqovasida rus tilidagi; „Rusiyaning fransuz istibdodidan qutilishi va mashhur Borodino muhorabasi xotiralari yubileyga bag’ishlayman” degan yozuv bor edi. Chor senzurasidan o’tish uchun muallif shunday qildi. Pyesa tezlikda Turkistonning ko’plab shaharlarida mashhur bo’lib ketdi; Samarqand, Toshkent, Buxoro singari o’nga yaqin shaharga sahnaga o’ynaldi. Dramaning o’qir ekanmiz, toshmurodning eski maktabga ham, yangi maktabga ham bormasligini bilib olamiz. Holbuki, u o’n olti yoshlar atrofida. Demak, takasal tang. Asarning ichiga chuqurroq kira borgan sari, aslida bolaning otaga, otaning bolaga o’zaro mos, bir-biriga mutanosib ekanini idrok etamiz. Ota dunyoning jamiki izzatini faqat boylikda debtushunadi.axir odamlar o’qimishli kishidan, mulladan ko’ra o’qimagan bo’lsa hampuli ko’pni, boyni hurmat qiladiku, deydi u. Shuning uchun ham, uning fikricha o’ziga o’xshagan boylarni faqat musulmonlar emas, hatto o’ris va armanlar ham hurmat qiladi. Drama Domulla timsoli berilgan. U boyning bu fikrlari qarshi chiqib, bolani albatta o’qitish zarur, degan fikrini aytadi. Xulosa chiqarsak bo’lmaydimi axir yigirma-o’ttiz yildan beri barcha yirik savdo ishlari yerni xalq emas, chetdan kelganlar qo’lida. Agar o’zimiz, bolalarimiz o’qigan savodli, ilmli bo’lsak edi, shu kuyga tushmasdik deydi Domulla. Lekin boy bu fikrlarini loaqal bir o’ylab ko’rish o’rniga, uning egasi ustidan tahqiromuz qiladi va „o’qiganning biri siz, yemoqqa noningiz yo’q” deb javob berdi. Bundan sakson yil avval aytilgan bu gaplar hozirgi zamondoshlarimizni ham o’ylashga unday oladi. Asardagi teran ishlangan, zamonaviy ahamiyati jihatidan hozir ham o’z qiymatini yo’qotmagan timsollardan biri Ziyoli obrazidir. „Ilm va hunarsiz xalqning boyligi yeri asbobi kundan-kun qo’lidan ketganidek, axloq va obro’yi ham qo’ldan chiqar, hatto dini ham zaif bo’lur”. Behbudiy shu Ziyoli tilidan Turkiston xalqi uchun ikki yo’nalishdagi olimlar zarur, degan fikrini ilgari suradi. Biri diniy yo’nalishdagi ulamolar bo’lib, ular xatibimom, mudarris, muftiy va boshqalardir. Bular xaloyiqning diniy va axloqiy ishlarini boshqaradi. Ular Turkiston va Buxoroda diniy ta’lim olgach, hatto rus tilini ham o’rganib so’ng Makka, Madina, Misr va Istambulda tahsilni davom ettirishlari kerak. Ziyoli fikricha, yoshlarimiz gimnaziyalarni o’qib bitirganlaridan so’ng Peterburg va Moskva drilfununlarida doktorlik, qonunchilik, injinerlik, sudyalik, ilmi sanoat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, ilmi muallimlik sohalarini o’zlashtirishlari lozim. Bu bilan kifoyalanib qolgay, bolalarimizni Farangiston, Amriqo, Istambul dorilfununlariga ta’lim-tarbiya uchun yuborishimiz zarur. Ko’rinib turibdiki „Padarkush” dramasidagi bu g’oya muallifning yuqoridagi publitistik maqolalariga ilgari surilgan g’oyalariga ish va hamohangdir. Bu hol Behbudiy ijodidagi marifatparvarlik g’oyasi markaziy o’rinda turishni ko’rsatadi. Ziyoli kuyunchaklik bilan aytgan yuqoridagi gapda Boy qanday munosabatga bo’ladi. U o’tirgan joyida bir tarafga og’ganlar xurrak ota boshlardi. Mana bu dorning el, ulus haqida qayg’urib aytilgan dardman fikrlariga munosabati-yu, uning haqiqiy qiyofasi. Bu kichkinagina manzaraga muallif katta mazmun sig’dirolgan. Uzundan-uzun dialoglarga aytilishi mumkin bo’lgan ma’noni dramaturg bir necha soniyali vaqtda bir kichik detaldayoq bera olgan. Boyni o’z o’tli emas aslida o’g’lining shoshadoshi Tangiriqul o’ldiradi. Lekin bundan qatiy nazar drama „Padarkush” yangi „Ota qotili” deb ataladi. Bu bilan muallif ota o’limi sababchisi o’g’ridagi norozilik, ilmsizlik jaholat, badxulq odamlardan hamroh orttirish demoqchi bo’ladi. Bundan tashqari Behbudiy fikricha jamiyat tanazzulining boisi millat farzandlarini davr talab qilgan darajadagi kamolotga intilmasligidadir. „Padarkush” dramasi XX asr tongidagi o’zbek adabiyotida chuqur iz qoldirdi. Shakllanib kelayotgan yosh adiblarga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Xususan, Qodiriy „Baxtsiz quyon” dramasi Behbudiyning „Padarkush” asari tasirida yozganini o’zi aytgan edi. „Padarkush” dramasi ayrim kamchilikdan holi emas edi. Ayniqsa ayrim qahramondlar harakati, xarakteridagi dalillash san’ati ba’zi o’rinlarga kuchsiz. Xususan qotillik epizodi sun’iyroq. Behbudiy bu asarda adabiyotimizda birinchilardan bo’lib, vatanda yashab turib bevatan qilishi mumkin bo’lgan narsa tarbiyasizlik va ilmsizlikdir, deyilar ekan, bu erda gap qotillik bois uzoq o’lkalarga surgun qilinish va shundan Behbudiy talqinida bu fikr anchagina tagzaminga ega ekanini sezib olish mumkin. Xulosa Bizga ma’lumki, adabiyot har bir davrning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini koʻtarib chiqishi va ularga javob izlashiga koʻra tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning ijtimoiy-ma’rifiy xususiyati, ayniqsa, tahlil va talqin vositasida baholash mezonlariga aniqlik kiritishda yaqqol koʻrinadi. Tabiiyki, bu jarayonda jamiyat hayotini sogʻlomlashtirish va dunyoqarashini toʻgʻri yoʻlga solish yetakchi mavqega erishadi. Qiyosiy adabiyotshunoslik, avvalo, turli mamlakat va millatlar adabiyotining oʻxshash va farqli jihatlarini oʻzaro taqqoslab tadqiq qilish orqali badiiy adabiyotni chuqurroq oʻrganishga katta yordam beradi. Shuningdek, yozuvchi mahoratini tizim shaklida ochib berish, uning milliy yoki jahon adabiyotidagi mavqeini belgilash, yozuvchining oʻziga xos iste’dodini, badiiy mahorati va yashirin qirralarini bilib olish uchun boshqa bir ijodkorning oʻxshash asari bilan qiyoslab oʻrganish ham muhim sanaladi. Qiyoslash orqali adabiyotning asl maqsadi ochiladi. Badiiy adabiyot paydo boʻlganidan buyon uning asosiy obyekti hisoblangan inson hayotiga doir turli muammolar doimiy yoʻldosh boʻlib kelayotir. Shulardan biri otalar va bolalar (keng ma’noda ajdodlar va avlodlar) oʻrtasidagi munosabatlar masalasidir. Insoniyat turmushi yoki jamiyat taraqqiyotida yuz bergan oʻzgarishlarning aksariyati keksa avlod bilan oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻrtasidagi kelishmovchiliklar natijasidir. Bu jarayon badiiy adabiyotda aks etmasligi mumkin emas. Otalar va bolalar oʻrtasida yuzaga kelgan turli munosabatlar nafaqat badiiy adabiyotda, balki real hayotda ham doimiy muammolaridan biridir. Biz ushbu ishimizda aynan shu munosabatlarning salbiy koʻrinishlari, jahon va oʻzbek adabiyotida padarkush va farzandkush obrazlari aks etgan asarlarni qiyosiy tahlil qilib, oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlarini, fojeaning kelib chiqish sabablarini, unga davr va makon ta’sirini ochib berishga asosiy e’tibor qaratdik. Shu bilan birga ota va bola munosabatlarining tarixiy va tarbiyaviy asoslariga ham toʻxtalib oʻtdik. Mavzuni bayon qilish jarayonida jahon va oʻzbek adabiyotidagi padarkush va farzandkush obrazlari aks etgan asarlarning qiyosiy tahlilidan foydalandik. Ushbu yozuvchilarning badiiy mahorati, oʻziga xos uslub va ifodalariga ham yoʻl-yoʻlakay e’tibor qaratdik. Ishimiz yakunida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Keyingi davrlarga, ya’ni ma’rifatchilik adabiyotidan boshlab asarlardagi gʻoya va qahramonlar holati davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta’sirida oʻzgarib borgan. Jamiyatda eski avlod va yangi avlod oʻrtasidagi keskinlik va ziddiyatlar asosiy mavzuga koʻtarildi. 2. Oʻzbek adabiyotida ota va bola munosabatlari dastlab xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topadi. Ularda, asosan, dono va mard otalar hamda ota oʻgitlariga amal qilib kamolga erishgan farzandlar tasviri ifodalanadi. Biroq, asrlar oʻtib, insoniyat tafakkurida roʻy bergan oʻzgarishlar, jamiyat taraqqiyoti natijasida bu munosabat oʻzgarib borgan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida bu mavzu turli xil koʻrinishlarda, asosan, otaga boʻlgan hurmat, farzandning azizligi pand-nasihat korinishida asarlarda ifodalandi. 3. Otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarga jadidchilik davriga kelib qarashlar oʻzgardi. Jadid adabiyotida eski avlod bilan yangi avlod oʻrtasida dunyoqarashdagi ziddiyatlar aks ettirildi va jamiyatdagi johillik, qoloqlik yoshlar, umuman millat fojeasiga olib kelinayotganligi koʻproq ota-onalarning johilliklari, ma’rifatsizliklari, farzandlarining his-tuygʻulari bilan hisoblashmasligi kabi holatlar sabab ekanligi orqali koʻrsatib berishga urinildi. 4. Jahon va oʻzbek adabiyotida padarkushlik hodisasi uch xil ko`rinishda yuzaga kelgan. Bular: a) bilmasdan o`ldirish; b) manfaatparastlik yo`lidagi qotillik; d) ma’rifatsizlik va johillik oqibatidagi qotillik. Badiiy asarlarda, asosan, yuqoridagi uch xil padarkushlik omili tasvirlanadi. 8. Bu ilmish ish jarayonida badiiy adabiyotdagi azaliy muammolardan biri oʻrganilib, qiyosiy metod asosida oʻxshash va farqli jihatlari tahlil qilindi. Umuman olganda, otalar va farzandlar o`rtasidagi munosabat, padarkush va farzandkush obrazlari tasvirlangan asarlar bugungi kun uchun ham, kelajak uchun ham ahamiyatlidir. Bunday asarlarni oʻrganish orqali biz oilaning muqaddasligi, tarbiyaning ahamiyati insoniyat uchun qanchalik kuchli zaruriyat ekanligini yanada koʻproq anglab yetamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling