Mundarija kirish I bob. Bolalar cholg‘u asbobida chalish faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari


Download 44.47 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi44.47 Kb.
#1582583
1   2   3   4   5
Bog'liq
bolalar cholgu

Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti kafedrasi, Madaniyat san’at kolleji, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, ilmiy risolalar, maqolalardan iborat.
Kurs ishining predmeti. Bolalarni cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirish ko‘nikmalari.
Kurs ishinig amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondalshuvlardan hamda samaradorligini taminlovchi kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha maruzalar tayyorlash,qollanmalar yaratish,shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda,ish tajribalarini ommalashtirishda samaraviy foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Ish kirish 2bob, 4bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. Bolalar cholg‘u asbobida chalish faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari.
1.1. Bolalar cholg‘u asbobida chalish faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifasi.
O‘quvchi-yoshlar musiqa madaniyatini tarbiyalashda musiqiy faoliyatlarning o‘rni benihoya katta. Darslar jarayonida imkon qadar ko‘proq musiqiy faoliyatlardan unumli foydalanish orqali bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin. Ma’lumki, musiqa madaniyati darslarida ko‘pgina musiqiy faoliyatlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida chalish-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir. Darslarda faoliyatning ushbu turidan foydalanish – bola musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kichik yoshdagi o‘quvchilar badiiy bilim va tajribasini boyitish, ularning ijrochilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Bunda bolalarni musiqiy ijrochiligiga emotsional munosabatni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Faoliyatlarda aktiv ishtirok etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dars mazmunini qiziqarli bo‘lishi va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ham raqs va musiqiy-ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg‘u asboblarida (ayniqsa, doiracha, qoshiq, qayroq va boshqalar) chalib, musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqiy faoliyatlar qo‘llaniladi.
Bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyati boshlangich sinflarda milliy cholg‘u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy bog‘lanib amalga oshirilishi zarurdir. Bunda doirachilar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urma cholg‘u asboblaridan foydalanib, o‘qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jo‘r bo‘lish malakalari rivojlantiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyatining kiritilishi quyidagi pedagogik vazifalarni hal etishga qaratiladi:
Bolalarning darslarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, bo‘sh paytlarida, bayramlarda, oilada, dam olish vaqtlarida ijrochilik faoliyatlarini amalga oshirishga ruhlantirish, tayyorlash; O‘quvchilarda badiiy did, qiziqish, musiqiy ehtiyojni shakllantirish.
Ansamblda, bahamjihat bo‘lib ijro etish jarayoniga qiziqishni shakllantirish va tarbiyalash, musiqiy cholg‘ularning tembr (tusi), tovush xususiyati, imkoniyatlarini bilib olish, birgalikda ijro garmoniyasini his etishga o‘rgatish.
Ladni anglash, ritm tuyg‘usini, musiqa shakli, tembri (tusi), garmonik va melodik xususiyatlarini his etishni faollashtirish.Musiqiy nutq, ifoda vositalari xususidagi tasavvurlarni shakllantirish va boshqalar.
O‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda repertuar muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi sinfda- cholg‘uchilik raqs va harakatlar faoliyatida o‘quvchilar musiqa tovushlarining baland, pastligini qo‘l harakatlari bilan ifodalash chapak va shiqildoqlar chalib, o‘qituvchi ijrosiga ritmik jo‘r bo‘lish («Asp bo‘laman», «Bahor keladi» va boshq. misolida), «Yallama yorim», «Duchava» kuylariga chapak va cholg‘ularda chalib kuylarga ritmik jo‘r bo‘lishadi.
Ikkinchi sinf davomida ohanglarga uchburchak, doirachalar, shiqildoqlar ijrosida ritmik jo‘r bo‘lish, qattiq va yumshoq urg‘ularni belgilash, «Oftob chiqdi olamga», «Oftobjonim-o‘rtoqjon», chapakda va bolalar cholg‘u asboblarida musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish kabi faoliyatlar bajariladi.
Uchinchi sinfda o‘quvchilar doirachilar, shiqildoqlar, qoshiq va boshqa urma cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish («Olmani otdim», «Jonon») va boshqa kuylarga jo‘r bo‘lib amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Shunisi muhimki, musiqiy material o‘quvchilarning birgalikda ijro etishlari uchun qulay bo‘lishi, o‘quvchilarda ijodiy fazilatlarni shakllantirishda xizmat qilmog‘i lozim.
Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida ijro, ayniqsa musiqiy ijodiy rivojlanishi past o‘quvchilar uchun nihoyatda foydalidir. Shuningdek, barcha bolalarning kelajakda ancha murakkab cholg‘u asboblarini o‘zlashtirishlariga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mashg‘ulotlardagi bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyatini samarali amalga oshirish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari nazarda tutiladi:

  • Musiqa cholg‘u asboblari, nomlari, tuzilishi, ularni asrash qoida-tartiblarini bilish;

  • tinglash orqali cholg‘u asboblari tovush tusini, jaranglashini aniqlay olish va ajrata olish;

  • chalish uslublari haqida malakalarga ega bo‘lish;

  • cholg‘ularda yangraydigan musiqiy tovushlar tusini, ifodaviy xususiyatlarini ilg‘ay olish;

  • musiqiy ifoda vositalarini bilish, musiqa cholg‘ularida chalishda ularni ifodalay olish;

  • jamoa (ansambl) bo‘lib ijro etish malakalarini egallab olish, sodda kuylarni eshitish orqali cholg‘uda ijro eta olish, o‘rtoqlari ijrosini munosib baholay olish;

  • cholg‘ulardagi baland va past tovushlar yangrashini farqlay olish, notalar nomi, ularning joylashish o‘rnini bilish va hokazo.

Darsda ishning natijasi asosan cholg‘ulashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shu bois, jamoa bo‘lib ijro etish talablarini hisobga olish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan oddiy musiqa cholg‘u asboblaridan (uchburchak, doirachalar, qayroq, shiqildoq kabi) lardan keng foydalaniladi. Barcha cholg‘ular toza, tiniq, yoqimli sado berishi, tashqi ko‘rinishi bilan bolalarning diqqatini jalb etishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Demak, chapak va cholg‘u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o‘quvchilarning musiqiy-o‘quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat yuqorida ta’kidlanganidek, boshlang‘ich sinflarda milliy cholg‘u asboblar bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy bog‘lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doirachalar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urib chalinadigan cholg‘u asboblaridan foydalanib, o‘qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga mos ritmik jo‘r bo‘lish malakalari rivojlantiriladi. Shu bois, musiqa madaniyati darslarida faoliyatlarning boshqa turlari qatori bolalar cholg‘u asboblarida chalish qismiga ham jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Zero, darsda musiqiy faoliyatlar mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil etishi muhimligi musiqiy ta’lim talabidir.
Bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyati. Musiqa mashg‘ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli jarayonlardan biridir. Bu faoliyat bolalarni ijodkorlikka undaydi. Bolalar cholg‘u asboblarida jonli tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish, musiqaning xarakter va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga mos emotsional tuyg‘ular hosil qilish, ayniqsa, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muxim ahamiyat kasb etadi.

1.2 Oddiy musiqa asboblarida chalish faoliyati hususida


Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanish ijobiy natijalar berish bilan birga bolalarning mashg‘ulotga intiluvchanligi, qiziqishi va musiqiy o‘quvchini (xotirasi, ritmni his qilish tuyg‘usini, nutqini) o‘stiradi. Bu borada ko‘plab pedagogik olimlar metodik qo‘llanmalar yaratganlar. Ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib borganlar. Misol qilib, N.A.Vetluginananing «Musiqiy alifbo», N.G.Kononova «Obuchenie doshkolnikov igri na detskix muzikalnix instrumentax» kitoblarini ta’kiblab o‘tish mumkin. Undan tashqari Mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘zbek xalq cholg‘ularida ijroga katta e’tibor qaratildi. Va aynan bolalar yoshiga mos keladigan o‘zbek xalq cholg‘ulari yasatildi. Bu asboblarning kattalar ijro etadigan asboblardan farqi — bu asboblar shakl jihatdan kichkina. Bolalarning qo‘liga to‘g‘ri keladi, ya’ni ijro vaqtida bolalarga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Endi bu asarlarni hayotga tadbiq etish uchun ma’lum bir o‘quv qo‘llanma talab etilardi.
Bu borada O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-o‘qituvchisi A.Leviev «O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik» nomli kitobini hayotga tadbiq etdi. Bu kitobning o‘ziga xosligi shundaki, birinchidan, o‘zbek kompozitorlarining bolalar uchun yozgan qo‘shiqlaridan foydalanilgan. Bu bolalarda tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni cholg‘ularda ijro etib kuylashlariga katta turtki bo‘ladi. Ikkinchidan, aynan o‘zbek xalq kuylaridan namunalar keltirilganligidir. Bu bog‘cha bolalarida yoshligidan o‘zbek xalq kuylarida mehr-muhabbat hissini, ularga hurmatini uyg‘otadi. Bolalar o‘zlari o‘zbek xalq kuylarini cholg‘uda ijro etishsa, anchagacha eslarida qoladi. Uchinchidan, bu cholg‘ular tafsifi, uni ijro etish malakalari va ko‘nikmalari batafsil yoritib beriladi. Lekin bu kitobning murakkab jihati — bolalarda mashg‘uloti jarayonida qo‘llash qiyinchilik tug‘diradi. Bu masalani bartaraf etish uchun mashg‘ulotdan tashqari vaqtda qo‘llash kerak. Yod bo‘lgan kuy va qo‘shiqlada bayram ertaliklardan va tantanalarda bolalar ijro etishsa o‘zlarini kichkina sozandalar deb his qiladilar.
Turli tantanalarda ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar anchagacha xotirada muxrlanib qoladi. Bolalar cholg‘u asboblarda jo‘r bo‘lishda, avval, bolalar chapak chalib, ritmik jo‘r bo‘ladilar.
Musiqa rahbari bolalar kuy ritmini to‘g‘ri his etib ijro etishlari uchun, bolalarga stol ustida terib qo‘yilgan cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga jo‘r bo‘lishi xaqida batafsil so‘zlab berishi lozim. So‘ng biror cholg‘uda kuyni o‘zi ijro etib chapak bilan jo‘r bo‘lishini ko‘rsatadi. Keyin barchani kuyga chapak chalib, jo‘r bo‘lishni taklif etadi va ijro jarayonini diqqat bilan kuzatib, bolalar cholg‘u asboblarini tarqatish uchun ilg‘or va zehnli bolalardan birini tayinlaydi (birinchi marta ilg‘or bolalarni tanlashdan maqsad kuy chiroyli va to‘g‘ri bo‘lib ijro etilsa keyin qolgan bolalar ham o‘z tengdoshlari ijro etganlaridek chalishadi). Birinchi ijrodagi yutuq va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yana bir takrorlab chiroyli, to‘g‘ri ijro etilishi kerak. So‘ngra musiqa raxbari ijro etmagan bolalarga cholg‘uasboblarida jo‘r bo‘lishni taklif etadi. Shu tarzda guruhdagi barcha bolalar galma-gal cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishga undab, ularning qiziqishini oshiradi.
Cholg‘ularda chalishga hamma intiladi, albatta. Shuning uchun berilgan asarni bolalar xato qilmay musiqani his etishga va xotirada saqlashga harakat qiladilar. Keyinchalik ijrochilik turlari murakkablashtiriladi. Ayni shu holda guruhni 2 jamoaga bo‘lib, 1-jamoa chapak chalib, 2-jamoa esa ovozda uchul berish bilan yoki cholg‘u asbobida xam jo‘r bo‘lishlari mumkin. Bu usulning yana bir foydali tomoni shundaki, bolalarda jamoa bo‘lib kuylash malakalarini, ko‘povozli kuylashning ilk malakalarini rivojlantiradi. Ijro etishning yana bir turi bolalar doyrada usulni aniq va tekis chalib turadi. «Bum»ga 1-jamoa bolalari, «bak»ka esa 2-jamoa bolalari jo‘r bo‘lishadi. Buni iloji bo‘lsa magnitofon tasmasiga yoki yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‘ladi. Shuningdek, kuyni dinamik belgilari va ifoda vositalarini ko‘rsatib turish uchun kartochkalardan foydalansa ham bo‘ladi.
Bunday mashg‘ulotlar — qiziqarli o‘tadi, bolalar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanadi va musiqiy qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishni ta’minlaidi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblarini qo‘llashi, tarbiyachidan katta mas’uliyat, ijodkorlik va topqirlikni talab etadi. Bolalar musiqa cholg‘ulari xarakteristikasi Bolalar musiqiy o‘yinchoqlari va musiqiy cholg‘ularda tovush hosil bo‘lishi va tovush sifatiga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linadi. Bolalar musiqa cholg‘ulari asosan ikkita guruhga, ya’ni tovush balandligiga ega bo‘lgan (melodik) hamda urib chalinadigan (melodik bulmagan) cholg‘ularga bo‘linadi.
1. Urib chalinadigan (melodik bo‘lmagan) ritmik cholg‘ular: doyra, nog‘orachalar, kayrok, klaves, bloklar, tamburin, baraban, marokas, uchburchak, rumba, yog‘och koshiklar, tarelkalar. Shu cholg‘ularning ba’zilarining tavsifini keltiramiz:
Klaves – palisandr daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, bir biriga urib ovoz chiqariladi. Ularni ushlaganda (bosh va ko‘rsatkich barmoqlar yordamida) yog‘och uchalri bush bulishi kerak. Baraban – ikki tarafi teri bilan koplangan temir silindr. Tovush yog‘och tayoqchalar yordamida markaziga urish orqali hosil qilinadi.
Marakas – ikkita plastmass shar, ularning ichida toshchalar harakatlanadi. Bu cholg‘uning tovushi og‘irroq bo‘lgani uchun bolani tez charchatadi. Shuning uchun extiyot bo‘lib foydalanish zarur. Qo‘lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi.
Uchburchaklar – chalish paytida osib qo‘yiladi yoki chap qo‘lda tasmachasidan ushlab turiladi va o‘ng qo‘lda metall tayyoqcha bilan uriladi. Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib «tremalo» ijro etish mumkin. «Nozik», «yaltiroq», qisqa tovushga ega.
Tarelkalar – barabanchaga mustahkamlanadi yoki chap qo‘lda ushlab turiladi. Ikkita yog‘och tayyoqcha bilan barobar yoki alohida-alohida chalish mumkin.
2. Melodik cholg‘ular: tovush balandligiga ega bo‘lgan metallofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alt (S1-S2), metallofon va ksilofon soprano (S2-S3), ko‘ng‘iroqchalardan iborat: Bu cholg‘ularning asosiy sozlanish tonalligi – Do major. Almashtiriladigan plastinkalar yaqin tonalliklarda ijro etish imkoniyatini beradi. Eng pastki tovush doimo tonika bo‘ladi. Ijro paytida cholg‘ular o‘quvchining bel qismi balandligida bulishi lozim. Tayoqchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasida yengil ushlash kerak. Bunda qo‘llar tirsakdan bilaklargacha erkin holatda bulishiga e’tibor tortiladi. Avval bolalarga tovushni ikki qo‘l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda ikkala qo‘lning balandligi bir xil bo‘lishi lozim. Har bir cholg‘uning o‘z tayoqchalari bor: - ksilofonda – qattiq probkali tayoqchalar bilan chalinadi. - metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi. - ko‘ng‘iroqchalarda – yog‘och tayoqchalar bilan ijro etiladi. Bulardan tashqari cholg‘ularning boshqa turlari ham mavjud.
Bolalar cholg‘ularida chalishga o‘rgatish: Metallofon, ksilofon, doiracha, uchburchak, yog‘och qoshiqlar, likobchalar va turli yasama o‘yinchoq-cholg‘ularda chalishga hamda ularni ovozidan farqlashga o‘rgatish. Nomusiqiy va musiqiy tovushlar haqida tushuncha berish va ularni farqlashga o‘rgatish;
O‘yin: Bolalarni chaqqonlik, ziyraklikka chorlash bilan bir vaqtda musiqani diqqat bilan tinglashga o‘rgatuvchi «Ro‘molchani uzat», «Tulki va tovuqlar», «Quyonlar va ayiq» o‘yinlarini o‘ynatish. Davra qo‘shiqlarida mustaqil harakatlanishga o‘rgatish.
Musiqiy-ta’limiy o‘yinlardan «Qo‘shig‘imni davom ettir», «Ismingni kuylab ber», «Qaysi cholg‘u yashiringan», «Kuyini top» va h.k. o‘tkazish.
5 yoshli bola bilishi lozim bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar:
-bolalar cholg‘ularida ijro etish usullarini bilish;
-bolalar cholg‘ularini ovoz tembridan farqlay olish;
-bolalar cholg‘ulari orkestrida ijro etish;
-o‘z harkakatlarini musiqa tempiga moslay olish.
-xor bo‘lib, ansamal va yakka kuylay olish;
-fortepiano, g‘ijjak, chang, qonun cholg‘u asboblarini ko‘rinishi va ovozidan farqlash, nomlarini bilish. O‘quvchi yoshlar musiqa madaniyatini tarbiyalashda musiqiy faoliyatlarning o‘rni benihoya katta. Darslar jarayonida imkon qadar ko‘proq musiqiy faoliyatlaridan unumli foydalanish orqali bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishiga erishish mumkin. Ma’lumki musiqa madaniyati darslarda ko‘pgina musiqiy faoliyatlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida chalish-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jamoaviy ijrochilik faoliyati turidan biridir. Darslarda faoliyatning ushbu turidan foydalanish-bola musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kichik yoshdagi o‘quvchilar badiiy bilim va tajribasini boyitish, ularning ijrochilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Bunda bolalarni musiqiy ijrochiligiga emotsional munosabatni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Faoliyatlarda aktiv ishtirok etish muhum ahamiyat kasb etadi.
Dars mazmunini qiziqarli bo‘lishi va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ham raqs va musiqiy-ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg‘u asboblarida (ayniqsa, doiracha, qoshiq, qayroq va boshqalar) chalib, musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqiy faoliyatlar qo‘llaniladi.
Onglilik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishi bilan bog‘liq, chunki ta’lim jarayonida o‘quvchilarni musiqiy bilish faoliyatini aktivlashtirmasdan turub, o‘quv materialining ongli o‘zlashtirishga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchi dars jarayonida ongli-emotsional o‘zlashtirgan bilimlardangina amaliy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin. Ta’limda onglilik va aktvlik o‘zaro uzviy bog‘langan didaktik kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik deganda biz o‘quvchining ham o‘qish, ham musiqiy faoliyatlarini nazarda tutamiz. O‘quv faolligi umumiy faollikning ajralmas qismi bo‘lib u musiqiy bilimlarni egallash, bilishga, anglashga qaratilgan faoliyatdir. Demak, bilish faolligi bola faoliyatining mahsuli bo‘lib bilimlarni egallashda faol ishtirok etish, kuchaytirilgan faoliyat ko‘rsatish demakdir.
Musiqa idroki kishi hayoti tajribasini boyitadi, voqelikni badiiy his etib, bilish qobiliyatini o‘stiradi, fikrlash xususiyatini rivojlantiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, musiqa san’atlar ichida o‘ziga xos xususiyat va imkoniyatlarga ega. Musiqa tinglovchi ham kuylovchisi, ijrochisi ham bastakor belgilangan tempga sozlanishi shu maromda kuylashi shart. Aks holda jaranglayotgan musiqa va uning tinglovchisi orasida uzulish hosil bo‘lib, idrok buzuladi. Ana shuning o‘zi ham musiqa mashg‘ulotlarida, ayniqsa onglilik va aktivlik nihoyatda muhum rol o‘ynaydi. Binobarin, o‘quv materiallini osondan murakkabga va ma’lumdan-noma’lumga o‘tish prinsipi asosida bolalarning ongli musiqa idrokini, aktivligini rivojlantirish mumkin. Zero, mashhur pedagog-olimlarning “Bolalarni musiqaga qanday qiziqtirmoq kerak?” degan muammoni o‘rtaga tashlashi bejiz emas. Darsda musiqa materialini ongli ravishda o‘zlashtirishda ilmiylik muhum rol o‘ynaydi, chunki u musiqa asarlarining nazariy asoslarining nazariy asoslarini, ifoda vositalarini bilib olishga asosiy mezon hisoblanadi.
O‘quvchilarning darsda onglilik va aktivligi ayniqsa aytim malakalarini shakillantirish uchun zarur. Bunda o‘quvchining tushuntirish vositalari maqsadga muvofiqligi, aniq va ravshanligi, bolalar nutq boyligiga mosligi, qo‘shiqlar esa ular ovoziga mos tushushi shart. Notalarni o‘rganishda esa onglik va aktivlik musiqaning nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri o‘rganish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
Bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyati boshlang‘ich sinflarda milliy cholg‘u asboblari bilan tanishish va ularning tovush tushlarini anglab olish bilan uzviy bog‘lanib amalga oshirilishi zarurdir. Bunda doirachilar, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urma cholg‘u asboblaridan foydalanib, o‘qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga ritmik jo‘r bo‘lish malakalari rivojlantiradi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyatining kiritilishi quyidagi pedagogik vazifalarni hal etishga qaratiladi:
1. Bolalr darslarda, sinfdam tashqari mashg‘ulotlarda, bo‘sh paytlarida, bayramlarda, oilada, dam olish vaqtlarida ijrochilik faoliyatlarini amalga oshirishga ruhlantirish, tayyorlash;
2. O‘quvchilarda badiiy did, qiziqish, musiqiy ehtiyojini shakillantirish;
3. Ansamblda, bahamjihat bo‘lib ijro etish etish jarayoniga qiziqishni shakillantirish va tarbiyalash, musiqiy cholg‘ularning tembr tovush xususiyati, imkoniyatlarini bilib olish, birgalikda ijro garmoniyasini his etishga o‘rgatish.
4. Ladni anglash ritm tuyg‘usini, musiqa shakli, tembri, garmonik va metodik xususiyatlarini his etishni faollashtirish.
5. Musiqiy nutq, ifoda vositalari xususidagi tasavvurlarni shakillantirish va boshqalar.
O‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda repertuar muhum ahamiyat kasb etadi. Birinchi sinfda cholg‘uchilik raqs va harakatlar faoliyatida o‘quvchilar musiqa tovushlarning baland, pastligini qo‘l harakatlari bilan ifodalash chapak va shiqildoqlar chalib, o‘qituvchi ijrosiga ritmik jo‘r bo‘lish “Yallama yorim”, “Duchava” kuylariga chapak va cholg‘ularida chalib kuylarga ritmik jo‘r bo‘lishadi.
Ikkinchi sinf davomida ohanglarga uchburchak, doirachalar, shiqildoqlar ijrosida ritmik jo‘r bo‘lish, qattiq va yumshoq urg‘ularni belgilash, “Oftob chiqdi olamga”, “Oftobjonim-o‘rtoqjon”, chapakda va bolalar cholg‘u asboblarida musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish kabi faoliyatlar bajariladi.
Uchunchi sinfda o‘quvchilar doirachilar, shiqildoqlar, qoshiq va boshqa urma cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish (“Olmani otdim”, “Jonon”) va boshqa kuylarga jo‘r bo‘lib amalga oshirilishi nazarda tutiladi amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Shunisi muhumki, musiqiy material o‘quvchilarning birgalikda ijro etishlari uchun qulay bo‘lishi, o‘quvchilarda ijodiy fazilatlarni shakillantirishda xizmat qilmog‘i lozim.
Bolalr musiqa cholg‘u asboblarida ijro, ayniqsa musiqiy ijodiy rivojlanishi past o‘quvchilar uchun nihoyatda foydalidir. Shuningdek, barcha bolalarning kelajakda ancha murakkab cholg‘u asboblarini o‘zlashtirishlariga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Mashg‘ulotlardagi bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyatini samarali amalga oshirish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarga ega bo‘lishlari nazarda tutiladi:
-Musiqa cholg‘u asboblari, nomlari, tuzulishi, ularni asrash qoida-tartiblarini bilish;
-tinglash orqali cholg‘u asboblari tovush tusini, jaranglashini aniqlay olish va ajrata olish;
-chalish uslublari haqida malakalarga ega bo‘lish;
-cholg‘ularda yangraydigan musiqiy tovushlar tusini, ifodaviy xususiyatlarini ilg‘ay olish;
-musiqiy ifoda vositalarini bilim, musiqa cholg‘ularida chalishda ularni ifoda vositalarini bilish, musiqa cholg‘ularida chalishda ularni ifodalay olish;
-jamoa bo‘lib ijro etish malakalarini egallab olish, soda kuylarni eshitish orqali chplg‘uda ijro eta olish, o‘rtoqlari ijrosini munosib baholay olish;
-cholg‘ulardagi baland va past tovushlar yangrashini farqlay olish, notalar nomi, ularning joylashish o‘rnini bilish.
Darsda ishning natijasi asosan cholg‘ulashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shu bois, jamoa bo‘lib ijro etish talablarini hisobga olish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan oddiy musiqa cholg‘u asboblaridan keng foydalaniladi. Barcha cholg‘ular toza, tiniq, yoqimli sado berishi, tashqi ko‘rinishi bilan bolalarning diqqatini jalb etishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Demak, chapak va cholg‘u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o‘quvchilarning musiqiy-o‘quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat yuqorida ta’kidlagandek, boshlang‘ich sinflarda milliy cholg‘u asboblar bilan tanishish va ularning tovush tuslarini anglab olish bilan uzviy bog‘lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doiracha, qayroq, qoshiq, kichik safoillar kabi urib chalinadigan cholg‘u asboblaridan foydalanib o‘qituvchi ijrosi va magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga mos ritmik jo‘r bo‘lish malakalari rivojlantiradi. Shu bois, musiqa madaniyati darslarida faoliyatlarning boshqa turlari qatori bolalar cholg‘u asboblarida chalish qismiga ham jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Zero darsda musiqiy faoliyatlar mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil etishi muhumligi musiqiy ta’lim talabidir.



Download 44.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling