Mundarija kirish I bob. Boshlang’ich sinflar uchun matematika ta’limida ijodiy topshiriqlar tadbiq etilishining metodik asoslari


Download 1.18 Mb.
bet6/10
Sana24.12.2022
Hajmi1.18 Mb.
#1058688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

6. 51-bet. 218-masala.
Traktor bakida 60 l yonilg‘i bor edi. Traktor bir soatda 6 l yonilg‘i sarflaydi. Agar traktorda 24 l yonilg‘i qolgan bo‘lsa, u necha soat ishlagan?
Berilgan:
Jami bor edi – 60 l;
Qoldi – 24 l;
Bir soatda sarflaydi – 6 l;
Necha soat ishlagan?
Yechish:
Dastlab traktor qancha benzin sarflaganini topamiz:

  1. 60 – 24 = 36

Keyin bir soatda 6 l sarflansa, 36 l ni sarflash uchun necha soat ketishini topamiz:

  1. 36 : 6 = 6

Javob: 6 saot ishlagan.
7. 65-bet. 286- masala.
Yengil avtomobil yo‘lda 4 soat bo‘ldi va 240 km masofani bosib o‘tdi. Yuk mashinasi yo‘lda 3 soat bo‘ldi va 120 km masofani bosib o‘tdi. Yengil avtomobilning tezligi yuk mashinasining tezligidan qancha ortiq?
Berilgan:
Yengil avtomobil:
Bosib o’tdi – 240 km;
Ketgan vaqt – 4 soat.
Yuk mashinasi:
Bosib o’tdi – 120 km;
Ketgan vaqt – 3 soat.
Yengil avtomobilning tezligi qancha ortiq?
Yechish:
Yengil avtomobilning tezligini topamiz:

  1. 240 : 4 = 60

Yuk mashinasining tezligini topamiz:

  1. 120 : 3 = 40

Endi yengil avtomobilning tezligi yuk mashinasidan qancha ortiqligini topamiz:

  1. 60 – 40 = 20

Javob: 20 km/soat ga ortiq.
8. 105- bet. 452-misol.
1) (48 096 : 8 + 204)7 = (6012 + 204) *7 = 6216 * 7 = 43512;
2) 450 918 : (2 + 63 : 9) = 450 918 : ( 2 + 7 ) = 450 918 : 9 = 50102.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling