Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari pedagogik muammo sifatida


Download 82.9 Kb.
bet1/16
Sana08.09.2023
Hajmi82.9 Kb.
#1674028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
20.06.2023.1


MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………….3
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH USULLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

    1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati…8

    2. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati ……………………………………………………………………16

    3. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish…………………………………………………………………..26

II BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISHNING SHAKL VA METODLARI
2.1. Boshlang‘ich sinf texnologiya darsdlarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi…………………………………………………………………33
2.2. Texnologiya faniga oid to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish tizimi………………………………………………..42
2.3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘llashni takomillashtirish texnologiyasi…………………………………………………..………………...51
III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARINING MAZMUNI VA O‘TKAZISH METODIKASI
3.1. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlarining natijasi……………..……………………………………………………………..61
3.2. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarning samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilgan metodik ishlarni umumlashtirish…………………………71
XULOSA………………………………………………………………………..78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..……..81


Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqil vatanimiz istiqboli, xalqimizning kelajagi eng avvalo farzandlarimizning yaxshi bilim hamda ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq deb hisoblayman. Yoshlarni har jihatdan ma’naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishda umuminsoniy milliy qadriyatlarimizni o‘rni yuqori bo‘ladi. Yurtimizda yuksak darajada umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olgan holda ta’lim-tarbiya shakllarini yoshlarga singdirish orqali milliy mafkuramizni shakllantirib boramiz. O‘tgan davr mobaynida yangi sifatli ta’lim hamda uning samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan va amaliyotga joriy etilayotgan qarorlar va ularning ijrosi ta’lim tizimini yangidan tadbiq qilishga muhim turtki bo‘lib kelmoqda. Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ta’lim sohasidagi muammolar va ularni hal etib, ta’lim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada ta’lim tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi misol qilib keltirildi.
Bundan ko‘rinadiki, Respublikamizda ta’lim-tarbiyaning mazmun va mohiyatining o‘zgarishi o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga yangidan-yangi muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ta’lim jaroyonida vujudga kelgan bunday o‘zgarishlar natijasida pedagogik jarayonlarda yangi ta’lim texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalarga erishish yo‘llarini yana jadallashtiradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida jumladan, boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish o‘quvchilarda texnologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Bu esa o‘z navbatida sinf dars jarayonida o‘quvchilar faoliyatini yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.

  • Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi - dedi, Shavkat Mirziyoyev. 1

Motivatsion sohani rivojlantirish samarali bo‘lishi uchun, tayyorgarlik davri shunchalik samarali o‘tkazilishi kerak. Dars o‘tkazishda o‘qituvchi o‘quvchilarning darsning asl shakliga bo‘lgan munosabatini hisobga oladi. An’anaviy bo‘lmagan dars maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etishning shunday shakllaridan biri. O‘qitish va rivojlantirishning noan’anaviy shakllarining samaradorligi hammaga ma’lum. Bolalar o‘z xohish istaklari bilan bunday mashg‘ulotlarga jalb qilinadi, chunki ular nafaqat o‘z bilimlarini, balki zukkoliklarini, ijodkorligini ham namoyon etishlari kerak. An’anaviy bo‘lmagan darslar yordamida ta’limni farqlash, mustaqil tashkil etish muammosini hal qiladi.
Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yosh avlodga tarbiya ham ta’lim berishda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarga tayangan holda o‘rgatsak, oldimizga qo‘ygan hamda yurtboshimiz istagan har tomonlama bilimli, salohiyatli o‘quvchilarni yetishtirishdek maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Yuqoridagilarga amal qilgan holda o‘quvchilarni har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlashga, vatanga va mehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatini o‘stirishimiz kerak. Maktabda texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yangi innavatsion texnologiya va usullarda olib borish biz tanlagan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 82.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling