Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari pedagogik muammo sifatida


Download 82.9 Kb.
bet4/16
Sana08.09.2023
Hajmi82.9 Kb.
#1674028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
20.06.2023.1

Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 asosiy bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Ishning hajmi 80 sahifani tashkil etadi.

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH USULLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

    1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati

Jannatmakon mustaqil vatanimizning istiqlolga erishuvida hamda o‘zining mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy yo‘liga ega bo‘lishini yanada rivojlantirishda xalq xo‘jaligining turli sohalarini tubdan yangilashni ko‘rsatadi. Bulardan birinchi bo‘lib xalq ta’limi tizimida keng ko‘lamli ishlarni olib borish joiz deb bilaman. O‘sib borayotgan kelajak avlod yoshlarini ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonni qayta ko‘rib chiqish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir. Shunday ekan kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari bo‘lgan robotexnikalar asosida katta hayotga tayyorlashning samarali usul va metodlarini izlab uni tadbiq qilishimiz nihoyatda zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.9
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun, avvalo biz yetuk pedagoglarni tayyorlashimiz zarur. Har tomonlama shakllangan komil insonni jamiyatimizga yetkazishimiz oldimizda turgan muhim vazifalardan. Buning uchun eng zamonaviy usullarni topib amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har qanday tarbiyaviy ishlarni zamon talabiga mos va javob beradigan qilish uchun albatta yetuk mutaxassis kerak.
Boshlang‘ich maktabdagi har qanday dars singari, texnologiya darsi ham an’anaviy, ham noan’anaviy bo‘lishi mumkin. Oxirgi o‘n yil darslarning nostandart shakllari o‘quv jarayonida mustahkam o‘rnini egalladi. Ularning tasnifi (Malygina A.S., 1998 yil ma’lumotlariga ko‘ra) sxematik tarzda ifodalanishi mumkinligi aytiladi.
O‘quvchilar maktabda bilim olish bilan bir vaqtda sinfdan tashqari ishlar turli qobilyatlarini ham rivojlantirib boradi. Ularda tabiatga va jamiyatga bo‘lgan dunyoqarashi yuksalib qadr topadi hamda vatanga, o‘zlariga bo‘lgan yanada mustahkamlanadi. O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar jamiyatiga katta e’tibor berib, bolaning yoshi ulg‘aygani sari uning faoliyati ham tobora sayqallanib, mustaqil xususiyatga ega bo‘lib rivojlanishini isbotini shu ishim orqali topdim
O‘quvchilarni texnologiya ta’limida hamma tomondan yetuk, barkamol tarbiyalashda, har qanday masalalarini ijobiy hal etishda, bolalarda hayotiy faollikni shakllantirishda, olhan bilimlarini o‘zlashtirishda va bilim sifatini yanada oshirishda fanlarni o‘zaro bog‘lashda sinfdan tashqari ishlarning samarali olib borish kerakligini ko‘rsatadi Sinfdan va maktabdan tashqari tashkillangan ishlar o‘quvchilar kelajak hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni shakllantirib beradi. O‘quvchilarning vatanga va hayotga bo‘lgan dunyoqarashini to‘g‘ri shakllanishiga, kamol topishida o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi. U esa nazariy olgan bilimlarini amaliyotda bemalol qo‘llash.
Mukammal ta’lim- arbiyaning asosi bo‘lgan g‘oyalarni va omillarni qaytadan ko‘rib chiqib zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilishi joizdir. Biz asosiy e’tiborni o‘quvchi shaxsidagi psixologiyasiga alohida qaratishimiz va ko‘p yillik tajribalardan samarali va unumli foydalanishimiz ahamiyatli.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning butun ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u bolani har tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlab, chuqurlashtirishi, amalda qo‘llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan biri bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mehnat ta’lim va tarbiyasi bolalarda fan-texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini o‘stirish masalalarini hal etishga yordam beradi.10
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar inson shaxsining kamol topishida, o‘zi mustaqil ishlashi va ichki hissiyotlarini chiqara olishi shu jarayon vaqtida rivojlanib, shakllanib boradi. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni ota-onasi hamda jamoat tashkilotlari, maktab va mahalla bilan bevosita hamkorlikda olib boriladi. Sinfdan tashqari ishlarni barcha mashg‘ulotlarni vujudga keltirishda umumiy o‘zaro hamkorlikning ta’siri juda muhim sanaladi. Hamkorlik tarbiyaning birligini va uning mukammal shakllanishida juda muhimdir.
Tarbiyaning maqsadi – shaxsni har tomonlama va uyg‘un kamol toptirish, uning ma’naviy, axloqiy-estetik qadryatlarini shakllantirish, yuksak darajada uyushgan shakllangan jamoalarni keltirishdir.11
Tarbiyaning negizi yoshlarni erkin fikrlashga, hayot mazmunini tushunib olishiga, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv hissini uyg‘otishga qaratilgandir. Sinfdan tashqari texnologiya darslarida o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish va estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhim hisoblanadi.
“Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI olimlari guruhi, Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta'limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.12
Sinfdan tashqari ishlar orqali ta’limni turli sohalarida o‘quvchilar ijodkorliginiva iqtidorini yanada ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash ishlarini keng ko‘lamda tashkil etishdir. O‘quvchilarni vatanparvarlik, har tomonlama dunyoviy fikrlaydigan, o‘z xalqi va oilasi, davlat ramzlariga hurmat bilan qaraydigan o‘g‘il va qizlar qilib tarbiyalash davr talabi. O‘zbekiston Respublikasining siyosatiga to‘g‘ri baho berishga, chiqarilgan qonunlariga so‘zsiz amal qilish va hurmat bilan qarashga, yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish kerak. Sinfdan tashqari ishlarni amalda tarbiyaviy ahamiyatini yosh o‘g‘il va qizlarga ko‘rsatishimiz va ulardan xulosalar chiqarishga o‘rgatishimiz oldimizda turgan muhim vazifalarimizdan biri deb ayta olaman. Olib borilayotgan sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar har bir o‘quvchining qiziqishi uni yoshi, xohishi va oilaviy ehtiyojlarini nazarda tutish orqali darsdan tashqari vaqtlarida unumli faoliyat turi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda to‘garak va tadbir rejalarining rang-barangligi, ulardagi yangiliklar o‘quvchilarni komil shaxs sifatida shakllanib borishlari uchun imkon beradi.
Forobiy o‘zining “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv haqida” va boshqa asarlarida axloq falsafasi, jumladan, axloqiy tarbiyaning muhim muammolarini hal qilishga harakat qiladi. Mutafakkirning axloq va uning asosida yosh avlodga tarbiya berish g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, aksincha, axloqiy tarbiyaning yangi usul va qoidalarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 13
Har bir jamiyatning yuksalishi uchun avvalo, uning madaniyati va ma’navuyatiga ta’sir o‘tkazish kerak. Ma’naviyatni yuksakligi albatta, jamiyatning ma’naviy axloqiga bog‘liqdir. Shunday ekan sinfdan tashqari ishlarning ham negizini ma’naviyat bilan bog‘lash, o‘quvchilar odob-axloqini yuksaltirishga qaratish lozimdir.
Ma’rifat darg‘asi A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur... “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir…”14
Mana ma’rifatimizni yuksak salohiyatiga tamal toshi qo‘ygan darg‘alarimiz ham axloq, tarbiya birinchi ekanligini aytib o‘tganlar. Shunday ekan yuqori sifatli ta’limga erishish uchun biz albatta, yuqori darajadagi tarbiyani bera olishimiz shart. Avvalo, ta’lim-tarbiya berayotgan insonni o‘zi axloqiy me’yor talablariga loyiq bo‘lmog‘i zarurdir. Zeroki, ustozdan shogird andoza oladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogika tushunchasini tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo‘ladi: pedagogika jamiyatning ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan ilm-fan va amaliy faoliyat sohasidir.15
Zamon taraqqiy etib yuksalayotgan hozirgi davrda ta’limni eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar va metodlar asosida yosh avlodga yetkazish, ularni hayotga tayyorlash muhim hisoblanadi. Bu borada o‘smirlar orasidagi tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirishva takomillashtirish muhimdir. Chunki, axloq har bir inson ziynatidir, bu siz ongli ijtimoiy va komil shaxs darajasiga yeta olmaydi. Shunday ekan har doim axloqiy ta’lim va tarbiya insonning har tomonlama yetuk va erkin, mustaqil shakllanishida muhim o‘rin kasb etadi.
“Tarbiya ikki negizga - axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim. Birinchisi yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi o‘zgalar illatidan himoya qiludi. Demak, tarbiya ham axloqqa, ham insoniy munosabatlarga, asrlar osha xulq tajribasidan sinovdan o‘tib, o‘zining umrboqiyligini isbotlagan qadriyatlarga, an’ana va urf-odatlarga bog‘lansagina kuzatilgan natijaga olib keladi”16
Maktab va sinfdan tashqari ishlarni ta’lim muassasalarida olib borishda tarbiyachilar jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy har tomonlama axloq va ta’lim-tarbiya asosida o‘rgatishdek muhim vazifa pedagoglar oldida turmoqda. Bolalarning sinfdan tashqari ishlarida ularni muvaffaqiyati va guruhdagi o‘rinilari aniqlanadi, atrofdagilarning munosabati belgilanadi, sinfdan tashqari tabiyaviy ishlar bolaning axloqiy tarbiyasiga ta’siri yaxshi natija beradi. O‘quvchilar maktab va sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak.
“Janobi Haq insonlaming asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zarami, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlami qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo‘lib chiqadi.” 17
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda tarbiya doimo, muhim va umimiy jihat sanaladi. Ta’lim-tarbiya insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘lib, jamiyat yashar ekan, u ham mavjud bo‘lib qoladi. Unda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan hayot aloqasini mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san’atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O‘quvchilar turli sohada ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo‘ladi.18
Taraqqiy etib borayotgan texnologiyalar asrida o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash uchun avvalo, ularning darslarni o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy zarur bo‘lgan faoliyatlarga yo‘naltirish jarayoni uning natijasi bilan amalga oshirilib kelinadi. Pedagoglar o‘quvchilar bilan o‘zlarining ta’lim-tarbiyaviy munosa-batlarini to‘la qonli anglab yetishlari hamda bolalardagi u yoki bu sifatlarni rivojlantirish yo‘lidagi maqsadlarini aniqlab olishlari kerak. Shundagina har bir pedagog o‘z oldiga maqsadlariga o‘quvchini qisman yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, ta’lim va tarbiyani birdek olib borishda sinfdan tashqari ishlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini, unga qo‘yilgan pedagogik talablarni va rahbarlik qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini ishga solishi muhim bir jarayondir. Sinfdan tashqari olib boradigan har bir mashg‘ulotiga aniq bir reja va maqsadga yo‘naltirgan holda o‘quvchilarga tadbiq etishi, bu ta’lim sifatini yanada oshishiga zamin yaratadi. Buna tashkil etadigan tashkilotchi faqat bor metod va usullarga tayanib qolmasdan, o‘zi izlanib yangidan-yangi metodlardan foydalanishi zarur. Foydalanilgan har bir metodni o‘zi mukammal tarzda egallagan bo‘lishi ta’limda ahamiyatli, chunki o‘quvchiga o‘rgatishda uning tub mohiyatini rahbarning o‘zi anglab turishi muhimdir. Sinfdan tashqari ishlarni ta’lim texnologiyalari asosida o‘z vaqtida olib borish natijasida yuqori darajadagi sifatli ta’limga erishiladi.
O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tarbiyabiy jihatdan yuksalishi bilan o‘quv-tarbiya jarayonini yanada to‘ldiradi, shu qatorda kengaytiradi ham. Bu jarayon esa, o‘quvchilarni mustaqil o‘zlari izlanib bilim olishlariga turtki vazifasini bajaradi. Bola mustaqil ishlash vaqtida o‘z qobiliyatlarini,shu bilan birga tashabbuskorligini ham oshirishiga zamin yaratadi. Shuning uchun o‘quvchilarning sinfdan tashqari vaqtlarini sermazmun o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilyapti. Buning natijasida o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlari tobora ortib boryapti. Psixologiyada ham bolani o‘zini hohishi va intilishi, qiziqishlarini inobatga olgan holda yondashilsa ko‘zlangan yuqori marralarga erishish ko‘p bora o‘z isbotini topgan.
Sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ish rahbaridan bor shijoatini, ijodkorligini, qobiliyatini namoyon etishni va tinmay izlanishni talab etadi. Har doim kelajak avlod tarbiyalayotganda, ularni uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizga vatanparvarlik ruhidagi haqiqiy fuqarolari bo‘lishiga erishishi kerak. Asosan, boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni amalga oshirish kabi ishlarda sinf rahbari yetakchi hisoblanadi. Bunday tarbiyaviy ishning asosida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashini yanada oshirish, ularni milliy istiqlol va vatanga mehr-muhabbat ruhidatarbiyalash hamda hozirgi yangi texnologiyalar yordamida haqiqiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Har bir o‘quvchida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirish va yuksaltirish muhim vazifa hisoblanadi.
Sinfdan tashqari jamoa ishi boshlang‘ich sinflarda shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi har bir jamoalar aloqasi doimiy yaxshi amalga oshiriladi. Boshlang‘ich ta’limda yoki texnologiya talimida olib boriladigan har bir sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar jarayonida fan o‘qituvchisi va sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni, ahillikni shakllantirishi bilan bir qatorda bolalarning qiziqishlarini ham qo‘llab-quvvatlab boradishlari, hamda ularning faoliyatlarini ham nazoratda olib boradilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari har bir dars va mashg‘ulotda juda faol va intiluvchan bo‘lib, bu ularning faollikka intilishiga bo‘lgan organik ehtiyojidir. Ammo bunda hali bolalar hayotiy tajribaga yetarli ega bo‘lmaydilar va kundalik pedagogik rahbarlikka doimo ehtiyoj sezadilar. Bunday vaziyatlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har bir bolaning intilishi va qiziqishlarini hisobga olgan holda qulay, samarali usul va metodlarni tanlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan sinfdan tashqari ishlar bolalarga o‘zlarini qiziqishlaridan kelib chiqadigan faoliyat turini tanlashga imkoniyat beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’lim va tarbiyani tabiiy faoliyati jarayonida o‘rganadi. O‘tkaziladigan har qanday sinfdan tashqari ish o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarida biror maqsadli ishlarni olib borishligiga pedagogik ta’sir ko‘rsatadi, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarni darslarda olgan bilimlarini yanada kengaytiradi va mustahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda bolalarning individual qobilyatlarini ham rivojlantirishga yordam beradi, o‘quvchilarning qiziqishlari xilma-xil bo‘ladi bu esa pedagogdan yuqori malaka va mahorat talab qiladi. Har bir o‘quvchini qiziqishlarini qondirish,ularga munosib javob qaytarish hamda madaniy dam olishlaridagi vaziyatlarni uyushtirish talabi qo‘yiladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlardagi boshqaruv pedagogdagi tashkilotchilik qobiliyatlarini oshiradi va sayqallaydi, o‘tkazilgan har bir mashg‘ulot ishi esa bilim va malaka, ko‘nikmalarini tarbiyalab boradi. Buning natijasida u umumiy g‘oyalari aniq bo‘lgan ahil va birlashgan o‘quvchilar sinf jamoasini yaratadi. Bu bilan har bir bajariladigan ishlarni to‘g‘ri taqsimlay olishi ular ustidan holisona baho bera olishi ham muhim vazifalariga kiradi. Qachonki o‘qituvhci o‘zi tartibli , rejali ish qila olsagina, o‘quvchilaridan ham shuni talab qila oladi. Sinfdan tashqari o‘quvchilarni ekskursiyalarga olib chiqishda ham, olib boradigan manzilni to‘g‘ri tanlashi muhim. Olib boriladigan joyidan o‘quvchi har taraflama bilim ham da ijobiy dunyoqarashga ega bo‘lishini nazarda tutishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, o‘quvchilarning sinfdan tashqari olib borilgan faoliyatlari qay tarzda xilma-xil bo‘lishi ularning dunyoqarashlaridagi munosabati shunchalik teran va boy, keng va ma`naviy o‘sishi ham samarali bo‘lishida yetakchilik qiladi. Biz shunday paytda, ta’limning samarali usullarini hayotga tadbiq qilish va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan foydalanish asosida o‘sib borayotgan kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni katta hayotga tayyorlashdek vazifa turganligini doimo his qilishimiz nihoyatda zarurdir.




    1. Download 82.9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling