Mundarija kirish I. Bob. Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi umumiy tavsifi


Download 116.84 Kb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi116.84 Kb.
#1544652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi

Mavzuning ahamiyati. Epiteliymuskul hujayralari qoplash va harakatlanish funktsiyalarini bajaradi. Otuvchi hujayralar o’ljani falajlab ushlash va himoya vazifasini bajaradi, ularda otiluvchi ipchalarga ega bo’lgan otuvchi kapsula shakllanadi. Oraliq xujayralar boshqa hamma hujayralarni hosil qiladi. Endodermada epiteliymuskul va oziqni qamrab olib hazm qiluvchi bezli xujayralar bo’ladi. Tana bo’shlig’i qopga o’xshash bo’lib, maxsus to’siq (septa) lar yordamida kameralarga bo’lingan, meduzalarda murakkab naylar sistemasidan iborat. Tana bo’shlig’i og’iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og’iz teshigi paypaslagichlar bilan o’ralgan. Og’iz teshigi orqali oziq moddalar tana bo’shlig’iga o’tadi va hazm bo’lmagan oziq moddalar chiqib ketadi. Oziq tana bo’shlig’ida va endoderma hujayralari ichida hazm bo’ladi. Nerv sistemasi diffuz (tarqoq), tartibsiz joylashgan, o’simtalari orqali bir-biri bilan tutashib ketadigan nerv hujayralaridan iborat. Meduzalarda bundan tashqari soyaboni chetida ikkita nerv halqasi, sezgi organlari — yorug’lik sezuvchi ko’zchalar, muvozanat organlari (statosistlar) va ropaliyalar (stsifomeduzalar) bo’ladi. Jinsiy va jinssiz ko’payadi. Jinssiz kurtaklanish orqali bir qancha turlar koloniya hosil qiladi.
Mavzu bòyicha adabiyotlarning qisqacha tahlili: Kurs ishlarini tayyorlashda asl nusxalarga qòshimcha ravishda quyidagi nashrlarning rasimlari ishlatiladi. Mavlonov O., Xurramov Sh., Eshova X., Umurtqasizlar zoologiyasi. T., " Òzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. Dadayev.S,Safarbar.K Umurtqasizlar zoologiyasi. 2019-yil. Movlonov O., Saparov.K, Toshmatov N. ZOOLOGIYA( umurtqasiz hayvonlar )/ Darslik / T.: " NAVRÒZ " ,2018. A.R.Qashqarov, M.M Qurbonova Paleantologiya Toshkent " GO To Print " 2020 S. Dadayev,O.Mavlonov "zoologiya" Toshkent 2008 O.Mavlonov "Umurtqasizlar zoologiyasi" Toshkent 1998 Jon G.Houseman, Digital Xoology,Version 1,0 Student Workbook And,CD-ROM, University of Ottawa,2000. Mavlonov O., Xurramov sh. Umurtqasizlar zoologiyasi.T., Mehnat,1998, ..Mavlonov O.,.Xurramov sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi.



Download 116.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling