Mundarija kirish I. Bob. Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi umumiy tavsifi


II.Bob. Boʻshliqichlilar tipi. Gidroid poliplar, Ssifoid meduzalar va Korall qoliplar sinfi


Download 116.84 Kb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi116.84 Kb.
#1544652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi

II.Bob. Boʻshliqichlilar tipi. Gidroid poliplar, Ssifoid meduzalar va Korall qoliplar sinfi
2.1 Gidroid poliplar sinfining tuzilishi va turmush tarzi
Gidrozoylar (Hydrozoa) sinfi. Gidrozoylar 2800 ga yaqin tuban tuzilgan bo‘ shliqichlilarni o‘z ichiga oladi. Ulag tana bo‘shlig‘ida to‘siqlar bo‘lmaydi; hujayralari kam ixtisoslashgan, halqumi rivojlanmagan. Nerv sistemasi oddiy tuzilgan, nerv hujayralari tanasida tarqoq joylashgan. Jinsiy hujayralari ektodermada hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarining hayot siklida polip va meduza davrlari almashinib turadi. Biroq polip yoki meduza stadiyasi hayot siklidan tushib qolishi ham mumkin. Gidrozoylarning lichinkasi planula deyiladi. Chuchuk suv poliplarining lichinkasi bo‘lmaydi. Gidrasimonlar sinfi. – bu sinf avlodlari o‘zining sodda tuzilganligi va bularda “gonada” jinsiy bezlar ektodermada joylashganligi bilan harakterlanadi. Bularga ko‘pincha o‘troq holda yashovchi chuchuk suv gidralari, kaloniyali gidroid poliplar yakka va erkin yashovchi gidromeduzalar va suzib hayot kechiruvchi sifonofaralar kiradi.
Chuchuk suv gidrasi, uning tuzilishi va hayoti. Ko‘llar, buloqlarning sohilida suv o‘simliklari va mollyuskalar tanasiga yopishib, o‘troqlik bilan hayot kechiruvchi chuchuk suv gidrasini uchratish mumkin. 2-5 mm keladigan gidra cho‘ziq tanasining ostki ingichkalashgan (tovon) qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi.
Ustki qismida esa 6-8 ta ancha uzun paypaslovchilarining o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Gidra tanasining ko‘p qismini gastral bo‘shliq egallab olgan. Bu – ichak va tana bo‘shlig‘i vazifasini bajaradi. Mana shu bo‘shliq, ichakka og‘izcha orqali suv bilan birga oziq moddalar ham kirib turadi, ortiqchalari esa shu og‘izcha orqali tashqariga chiqarib turiladi.
Gidraning tanasi va paypaslovchilari ikki qavat epiteliya to‘qimasidan hamda tayanch o‘rta qavatdan iborat.
Ektoderma qavatda sanchuvchi –otiluvchi ho‘jayralar bo‘lishi harakterlidir. Sezuvchi maxsus mayda ho‘jayralarning ichki qismida “kapsula” degan maxsus orgonoid o‘zida spiral shaklida “o‘ralgan” zaharli tola saqlaydi. Otiluvchi ho‘jayra ta’sirlanishi bilan ho‘jayra ichidagi spiral tola otilib chiqadi va yaqinlashgan hayvon “dushman” tanasiga sanchilib uni zaharlaydi.

Himoya va hujum vazifasini o‘taydigan bunday otiluvchi ho‘jayralar, ayniqsa paypaslovchilar va og‘iz atrofida ko‘p bo‘ladi. “Ishlatilgan” ho‘jayralar o‘rniga yangilari hosil bo‘ladi.
Mezogleyada muskul ho‘jayralari joylashgan bo‘lib, ular gidra tanasi bo‘ylab uzunasiga joylashgan. Bularni qisqarishi natijasida gidra tanasi qisqaradi. Ektoderma qismida yana mayda yulduzsimon shoxlangan tanachalar mavjud, bu nerv ho‘jayralaridir.
Entoderma-gidra gastral bo‘shlig‘ini qoplagan bo‘lib, g‘o‘lasimon yirik va xivchinli ho‘jayralardan tarkib topgan. Bu ho‘jayralar ko‘pincha yolg‘onoyoq o‘simtalar hosil qilib, tanaga kirgan ovqatni o‘zlashtiradi.
Gidra – sodda hayvonlar, kolovrotkalar, tuban qisqichbaqalar, mayda hashorat lichinkalari va ba’zan mayda baliq chavaqlari bilan oziqlanadi.
Chuchuk suv gidrosining ko‘payishi. Gidralar ikki xilda ko‘payadi;
a) Jinssiz
b) Jinsiy.
Jinssiz ko‘payishda kurtaklanib ko‘payish ko‘proq uchraydi. Kurtak gidra tanasida burtma shaklida hosil bo‘lib asta-sekin o‘sib, kurtak bo‘shlig‘i ham ona tanasi bo‘shlig‘i bilan tutashgan bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payish - gidralarni (ayniqsa O‘zbekiston suv havzalarida yashaydigan) bir necha turi qo‘sh jinsli, xunosa, germofrodit bo‘lib bir gidrada ham urug‘-spermatozoid ham tuxum ho‘jayra yetishadi. Jinsiy ho‘jayralar ektodermoda hosil bo‘ladi. Tuxum suvda urug‘lanadi. Jinsiy ko‘payish ko‘pincha kuz faslida kuzatiladi.
Hayvonlarning o‘z yo’qolgan qismini tiklay olish hususiyatlari regeneratsiya deyiladi. Gidrani katta 1 ta paypaslovchi ham butun gidraga aylanishi mumkin.
Ko‘pchilik gidrozoylar dengizlarda koloniya bo‘lib yashaydi. Gidrozoylar sinfi gidroidlar va sifonoforalar kenja sinflariga ajratiladi.
Gidroid poliplar – Hydroidea kenja sinfi. Gidroidlar orasida eng sodda tuzilgan chuchuk suv gidralari hisoblanadi. Gidralar tanasi cho‘ziq qopcha yoki silindrga o‘xshash; og‘iz tomoni oral qutb, tovon tomoni esa aboral (ya‘ni oral qutbga qarama-qarshi) qutb deyiladi; substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi.
Tuzilishi. Gidra tana devori tashqi ektoderma va ichki endodermadan tuzilgan. Bu ikki qavatni bazal parda ajratib turadi. Ektoderma va endoderma gastral tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Gastral bo‘ shliq og‘iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og‘iz teshigini 5 dan12 tagacha paypaslagichlar o‘rab olgan. Gastral bo‘shliq paypaslagichlar ichida davom etadi (33-rasm). Gidroidlarda ektoderma va endoderma hujayralari og‘iz teshigi chetida tutashadi. Shu sababdan ularda halqum - ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak bo‘lmaydi.
Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoderma va endoderma qavatlarida silindrsimon yoki kubsimon epiteliy - muskul hujayralari ko‘p bo‘ladi. Hujayralarni bazal membranaga tegib turgan kengaygan tomonida muskul tolalari bor. Tolalar ektodermada tana bo‘ ylab, endodermada ko‘ndalang halqa shaklda joylashgan. Boylama muskullar qisqarganida gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Halqa muskullar qisqarganida gidra tanasi ingichkalashib uzayadi.
Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralar pinetrantlar bo‘ladi. Pinetrantlar ichida otuvchi kapsula bo‘ladi. Kapsula suyuqligida mayda tukchali ilmoqsimon sanchiluvchi stilet bor. Otuvchi hujayraning maxsus sezgir tukchasi- knidotsel bo‘ladi (34-rasm). Knidotsel 18 ta barmoqsimon o‘simtalar - mikrovorsinkalar bilan o‘ralgan xivchindanb iborat. Biror hayvon xivchinga tegib ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib, otuvchi hujayrani qo‘zg‘atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola nayi orqali o‘lja tanasiga oqib o‘tadi. Suyuqlik mayda hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o‘rniga boshqasi hosil bo‘ladi. Volventlar leb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Ularning ipi o‘lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar - glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Iplar yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib oladi.
Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ko‘p bo‘ladi. Ektodermadagi epiteliy - muskul hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko‘p mayda interstitsial hujayralar to‘p bo‘lib joylashgan. Ular gidra tanasidagi boshqa hujayralarni hosil qiladi. Endoderma qavati asosan hazm qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan epiteliy-muskul va maxsus bez hujayralardan iborat. Endoderma hujayralari 1-3 ta xivchinga ega; ular soxta oyoqlar hosil qilib, gastral bo‘shliqdagi zarralarni qamrab oladi. Endodermada bezli hujayralar gastral bo‘shliqqa hazm shirasi ishlab chiqarishi tufayli oziq tana bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladi. Gidra har xil mayda jonivorlar, asosan, qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar) bilan oziqlanadi.
Ko’ payishi va rivojlanishi. Gidralar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish kurtaklanishdan iborat. Bundaa tana o‘rta qismida bo‘rtiq - kurtak hosil bo‘ladi (35-rasm). Kurtakning uchki qismida og‘iz teshigi va paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Kurtak ona organizmidan ajraladi; suv tubiga tushib, mustaqil yashashga o‘tadi. Jinsiy ko‘payish kuzda sovuq tushishi oldidan boshlanadi. Ko‘pchilik gidralar ayrim jinsli; ayrim oraliq hujayralar bevosita tuxum hujayraga aylanadi; yoki ko‘p marta bo‘linib, spermatozoidlarni hosil qiladi. Odatda tovonga yaqin joyda tuxum, og‘izga yaqin joyida urug‘ hujayralar hosil bo‘ladi.
Dengiz gidroid poliplari. Dengiz gidropoliplari juda ko‘p individlardan iborat koloniya hosil qiladi (36-rasm). Koloniya kurtaklanish orqali hosil bo‘ladigan yosh poliplarni ona polipdan ajralib ketmasdan uning o‘zi ham kurtaklanib, yangi poliplar hosil qilishi tufayli vujudga keladi. Bunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan koloniya daraxt yoki butaga o‘xshaydi. Koloniya umumiy poyadan va juda ko‘p shoxlardan iborat. Har bir shox uchida alohida individ - gidrant joylashgan. Koloniyadagi har bir individ gidraning bitta kurtagiga o‘xshab ketadi. Gidrantlar gastral bo‘shlig‘i koloniya poyasi va shoxlari orqali o‘tadigan bo‘shliqqa tutashib ketadi. Shuning uchun har bir gidrant tutib olgan oziq koloniya individlari o‘rasida tekis taqsimlanadi. Koloniya poyasi yupqa, pishiq pust- periderma bilan qoplangan. Ayrim gidroidlarda periderma gidrant tanasigacha yetsa, boshqalarida pust gidrantni o‘rab olgan kosacha - teka hosil qiladi. Bu belgiga asosan gidroid poliplar tekasiz
va tekali turkumlarga ajratiladi. Teka polip koloniyasini mustahkam bo‘lishini ta‘minlaydi.
Gidropoliplar koloniyasi kurtaklanish orqali gidrantlar va blastostil ,ya′ni meduza hosil qiladigan individlarni hosil qiladi. Blastostil shaklan o‘zgargan gidrant bo‘lib, undan paypaslagichlari va og‘iz teshigining bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma o‘ralgan. Uning uchki qismida qopqoqchasi bor. Blastostil kurtaklanish orqali jinsiy nasl- meduzalarni hosil qiladi. Obeliya koloniyasida meduza ana shunsday hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik gidroidlarda gidrantlar kurtaklanib meduzalar hosil qiladi. Obeliya blastostillarida hosil bo‘lgan meduzalar qopqoqcha ochilishi bilan suvga chiqib suzib ketadi. Meduzalar - ayrim jinsli, tanasi soyabon shaklida bo‘ladi. ularda jinsiy hujayralar shakllanadi. Meduzalar nerv sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Tanasida tarqoq joylashgan nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv hujayralar to‘plamidan iborat nerv tugunlari - gangliylar bo‘ladi. Nerv gangliylari nerv hujayralari o‘simtalari bilan birga yaxlit nerv halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi soyabon yelkanchasi muskullari va sezgi organlari ishini boshqaradi. Meduza soyaboni chetida muvozanat saqlash - statotsistlar va ko‘zga o‘xshash sezgi organlari joylashgan (37-rasm). Muvozanat saqlash organlari tashqi epiteliyni tana ichiga botib kirishidan kelib chiqqan chuqurchalaridan iborat. Odatda chuqurchalar ektodermadan ajralib chiqib, yopiq pufakcha - statotsistni hosil qiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy hujayralar bilan qoplangan. Pufakcha ichiga bitta yoki bir necha ohak toshchalar - statolitlar ajralib chiqadi. Sezgir hujayralarining sezgir qilchalari toshchalar ta‘sirida qo‘zg‘aladi. Meduzalarning sodda ko‘zchalari oddiy ko‘z dog‘chalari va ko‘z chuqurchalari shaklida bo‘ladi. Ko‘zchalar ko‘z chuqurchasi tubida pigmentlashgan hujayralar joylashgan.
Meduzalar- ayrim jinsli; jinsiy bezlar soyabon ostida radial naylar yaqinida, yoki og‘iz poyachasida ektoderma bilan mezogleya oralig‘ida joylashgan hujayralardan iborat. Meduzalar suv oqimi yordamida yoki soyabon cheti va yelkanida joylashgan muskul tolalarining qisqarishi tufayli suzib yuradi. Soyabon va yelkan muskullarining birdaniga qisqarib bo‘shashi natijasida soyabon chuqurchasidan suv chiqariladi va unga suv kiradi. Suv soyabon ostidan siqib chiqarilganida meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzib ketadi.
Jinsiy ko’ payishi va nasl almashinish. Gidromeduzalar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘ payadi.
Yetilgan jinsiy hujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chiqadi va urug‘lanadi.Urug‘langan tuxum hujayradan planula lichinkasi chiqadi. Planula oval shaklda; tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Planula suvda bir qancha vaqt suzib yurgach, kiprigini yo‘qotib, suv tubidagi presdmetlarga yopishib oladi. Tanasi oral tomonida og‘iz teshigi va paypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip o‘sib, kurtaklanish orqali yangi koloniya hosil qiladi. Organizmlar hayot siklila jinssiz va jinsiy naslining gallanishi metagenez deyiladi.
Ayrim gidroidlarda nasl almashinuv teskari tomonga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bunday turlarda meduza nasl gidroid nasldan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat meduzalar holida hayot kechiradigan turlari (Trachylida turkumi) ham bo‘ladi. Bunday meduzalar planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani hosil qiladi.
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlarni o‘z ichida oladi.
Leptolida turkumi vakillari tropik va mo‘tadil iqlimda keng tarqalgan. Nasl almashinishi orqali ko‘payadi. Dengiz tubida, suv o‘tlari va chig‘anoqdar ustida kalin bo‘lib o‘sadi. Tanasi uzunligi 1 mm dan 1 m gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda (Limnomeduzae turkumi va Graspedacusta avlodi) uchraydi. Yapon dengizi va Kurill orollari yaqinida tar-qalgan butli meduza Gonionemus juda zaharli hisoblanadi. Ayrim o‘troq yashovchi turlari korall poliplarga o‘xshash ohak skeletga ega bo‘ladi.
Trachylida turkumi vakillarining hayot siklida faqat meduza nasli bo‘ladi, nasl almashinmaydi. Bu turkumga hamma okeanlarda keng tarqalgan Adlantha avlodi turlari kiradi. Ayrim turlari (masalan, Gunina) Leptolida turkumi turlari hosil qiladigan meduzalarda parazitlik qiladi. Polypodium hydriforme osyotrsimonlar tuxumida parazitlik qiladi.
Hydrida — gidralar turkumiga yakka yashaydigan poliplar kiradi. Gidralar nasl almashinmasdan ko‘payadi. poliplar(Anthozoa) sinfi.



Download 116.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling