"Marketing" bo’limi - korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish; - yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni aniqlash; - marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k. "Xodim" bo’limi "Xodim" bo’limi - xodimlar mehnatini va ish xaqini tashkil qilish; - xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar. . 1.2 . Boshqaruv usullarining turlari. Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta’sir choralarini qo`llash samarali hisoblanadi. Ta’sir ko`rsatish mazmuniga ko`ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. -- Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko`p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquq va hokimiyat kuchini qo`llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi -- Iqtisodiy usullar qo`yilgan maqsadga erishish uchun ishchi va xodimlarning manfaatlariga ta’sir o`tkazish orqali boshqaruv maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi rag`batlar va vositalar yig`indisidan tashkil topadi -- Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir. -- Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |