Mundarija Kirish I bob Buxoro amirligini markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalari


Buxoro amirligining Usmonli Turklar va Eron, bilan munosabatlari


Download 45.83 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.83 Kb.
#1618016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro amirligi diplomatik munosabatlari

2.2. Buxoro amirligining Usmonli Turklar va Eron, bilan munosabatlari
Buxoro–Turkiya aloqalari. Mang‘itlarning Rus hukumati bilan o‘zaro kelishmovchiliklaridan foydalangan Usmoniylar davlati ularni ruslarga qarshi ittifoqqa tortishga harakat qildi. 1776-yilda Istambulga kelgan elchi Muhammad Badi bilan yuborilgan javob maktubida musulmonlar o‘rtasida birlik yo‘qligi, Usmoniylar sultoni mang‘it hukmdorlarini qirg‘iz va qozoqlarni Rossiyaning chegara hududlariga hujumlar uyushtirishga chaqirishi, Buxoro ulamolarini Usmoniylar uchun duoda bo‘lishlari so‘ralgan edi. 1783-yilda Qrim Rossiyaga qo‘shib olinadi va 1787–1792-yillarda rus-turk urushiga yo‘l ochib beradi. Usmoniylar davlati amirlik elchilari orqali Buxoroni ham bu urushga tortishga harakat qilgan. Bu maqsadda 1785-yilda turk elchisi Olamdor Mehmed Sayid og‘a boshchiligidagi elchilar Buxoro saroyiga keladi. Elchi orqali turk sultoni endigina taxtga o‘tirgan ShohmurodniRossiyagaqarshi chiqish, Dashti Qipchoqda yashovchi qirg‘izlar va qozoqlar orasida ruslarga qarshi g‘azovot g‘oyasini targ‘ib qilish, Rossiyada yuz berayotgan voqealar haqida Usmoniylarnixabardor qilib turish kabilarni iltimos qilgadi. Bunga javoban, amir Shohmurod mang‘itlarda qurolning yetishmasligi, Usmoniylar tarafi Buxoroga qurol-aslaha yetkazib bergan taqdirda, u harbiy harakatlar boshlashi va Rossiya bilan chegaradosh yerlarda harbiy istehkomlar qurishi mumkinligini bildiradi. Shuningdek, mang‘it amiri tomonidan Rossiya Buxoro uchun asosiy siyosiy raqib emasligi, u bilan muntazam savdo aloqalari mavjudligi, Buxoroning asosiy dushmani Eron ekanligi ko‘rsatilib, unga qarshi birgalikda kurashishni taklif etadi.
1789-yilda Shohmurodning elchisi Muhammad Badi Istanbulga boradi. U keltirgan maktubda Eron ustidan shikoyat qilinib, uning turonlik ziyoratchilarni haj safariga borishlariga to‘sqinlik qilayotgani bildiriladi. Shohmurod, shuningdek, Usmoniylar Rossiya bilan urushda yutib chiqishiga umid bildirib, g‘alabaga erishilganida, o‘rtada tuzilajak tinchlik shartnomasida Rossiyaning Buxoroga hujum qilmasligi haqidagi bandni kiritishni taklif etadi. Usmoniylar sultoni Salim III (1789–1808) Buxoro amiri Shohmurodga xat yo‘llab, Rossiyaga qarshi urush boshlaganini, bu urushga Dog‘iston xalqlari, cherkes, abxaz qabilalari va qabartoy xalqlari shay turganini hamda Buxoro hukmdori ham bu urushga bosh qo‘shishi kerakligini bildirgan. Lekin amir sultonning bu taklifini qabul qilmaydi. U bu orqali Rossiya bilan munosabatlar yomonlashuvining oldini olmoqchi edi.
Shu masalada 1796-yil u Rossiyaga elchi yuborib, Usmoniylar taklifini qabul etmaganini bildirgan. Amir Shohmuroddan keyin Buxoro taxtiga chiqqan amir Haydar Usmoniylar bilan aloqalarni davom ettirishga harakat qilgan hamda taxtga chiqqanligini bildirish uchun Eshmuhammad devonbegi va Mirza Muhammad Yusufni Istanbulga yuborgan. Usmoniylar sultoni Buxoro amiriga shunday javob qaytaradi: «Amir hazratlari, siz yuborgan noma va hadyalar elchingiz vositasida bizga yetib keldi. Otangizning vafotini eshitib qayg‘uga botdik. Qayg‘umizni sizning taxtga chiqqaningiz birozbo‘lsa-da yengillashtirdi. Izhor qilgan do‘stligingiz davomli bo‘lsin»Buxoro amirlarining mintaqada yuzaga kelgan holatda o‘ziga ittifoqchilar qidirish borasidagi harakatlari XIX asrning birinchi yarmida ham davom etdi.
Buxoro amirligidan Usmoniylar davlatiga quyidagilar elchi qilib yuborilganUlar yordamida Buxoro amirlari Usmoniylar davlati hukmdorlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirishga harakat qilganlar. Elchilar orqali yuborilgan maktublarida amirlar mamlakat siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar va Turon mintaqasida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida vaqti-vaqti bilan ma’lumotlar jo‘natib turganlar. Ular turk sultonidan qurol-yarog‘, ishlab chiqarishning turli sohalarida ustalar, shuningdek, tog‘-kon ishlari, metallurgiya, tibbiyotga oid kitoblar, diniy adabiyotlar ham so‘raganlar. Biroq turk sultonlari mang‘it amirlariga biror-bir amaliy yordam ko‘rsatmadilar. Ularning yordami faqatgina Buxoroga so‘ralgan kitoblarni yuborish bilan chegaralanib qoldi, xolos.
Buxoro–Eron munosabatlari. Buxoro amirligidagi savdo va diplomatik munosabatlar tarixida amir Nasrulloning ham faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Amir Nasrullo davridagi tashqi siyosiy munosabatlar tarixida Eron davlati bilan diplomatik aloqalar ham muhimo‘rin tutadi. U tashqi siyosiy va diplomatik masalalarda muhim geopolitik ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu o‘rinda, Erondan 1844-yilda Muhammadshoh boshchiligida yo‘llangan elchilik faoliyatini tahlil etish yuqoridagi fikrimizni muayyan darajada asoslashga xizmat qiladi.
Tarixiy hujjatlardan ma’lumki, mazkur elchilik oldiga quyidagi masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan edi:Eron elchisi Buxoroda saqlanayotgan asirlarni qadimiy an’ana va odatlarga ko‘ra ulamolarning fatvolari asosida davom etib kelayotgani, asirlar naqd pulga sotib olingani sababli Eronga qaytarilmasligini inobatga olib, bunday huquqiy muammolarni bartaraf etish uchun ikki davlat o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan amirning takliflarini qabul qiladi. Eron elchisi ikkinchi masala, ya’ni Marv viloyatidagi siyosiy ahvol masalasida Buxoro amiri unga ushbu hududdagi siyosiy ahvolning naqadar murakkabligini tushuntirib, Marv hokimi aholi talabi asosida tayinlanganini, turkman urug‘lari Buxoro amirligiga qarshi harakatlar uyshtirganini ta’kidlab, Marv vohasini qayta obod qilish zarurligini, aks holda, Marvni hech kim boshqara olmasligini bildiradi.Uchinchi masala bo‘yicha munozara ancha keskin kechadi, chunki bu masala inglizlarning Buxoroda, umuman, O‘rta Osiyodagi, josuslik faoliyati bilan bog‘liq edi9.
O‘rta Osiyoda josuslik faoliyatini amalga oshirish uchun Eron orqali polkovnik CharlzStoddart (1806–1842) va kapitan ArturKonolli (1807–1842)lar yuborilgan edi. Ushbu ikki elchi amir Nasrullo tomonidan qatl etilgan bo‘lib, amir ularning yovuz niyatda ekanligidan boxabar edi.Buxoro–Angliya munosabatlari. XIX asrning birinchi yarmida ingliz-rus munosabatlari juda keskinlashib ketdi. Bunga Angliya va Rossiyaning yangi yerlarni istilo etishga faol va muntazam intilishlari, o‘z mollarini sotish bozori uchun kurash va yangi daromadli xomashyo zahiralarini izlab topish yo‘lidagi harakatlari sabab bo‘ldi. Bu esa ularning Turondagi manfaatlari to‘qnashuviga olib keldi. Hindistonda mustahkam o‘rnashib olgan inglizlar o‘zlari tuzgan OstIndiya kompaniyasi orqali mustamlakachilik rejalaridan kelib chiqqan holda yangi hududlarni faol izladilar. Bunday yangi hudud sifatida Turonni tanladilar. Inglizlarning Turon tomon siljishi XIX asrning ikkinchi o‘n yilligidan boshlandi. Shu vaqtdan e’tiboran Turon davlatlari, xususan, Buxoro davlati ham bu jarayonlarga tortildi. Inglizlar mintaqadagi siyosiy vaziyat, hududning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari, karvon yo‘llarini turli ekspeditsiyalar orqali o‘rgandilar. Buxoroga kelgan quyidagilar Ost-Indiya kompaniyasi maxfiy topshiriqlarini bajardilar:
1.UilyamMurkroft, JorjTrebek (1821–1825);
2.AleksandrByorns (1831–1832);
3. CharlzStoddart, ArturKonolli (XIX asrning 30-yillari).
Bularning hammasi rus hukumatining eng tashvishli masalalaridan biri bo‘lib qoldi. 1825-yilda Rossiyaga kelgan amir Haydarning elchisi BeknazarAbdulkarim Buxoroga 70 ingliz savdogari kelgani, ular o‘zlari bilankeltirgan 80 sandiq turli mollarni qo‘shbegiga ko‘rsatganliklari haqida ma’lumot berdi. Tashqi ishlar vaziri Karl Nesselrodening podshoga yo‘llagan maktubida inglizlarning Turondagi faoliyati haqida xabar beriladi. Unda inglizlarning harakatlari Turonda Rossiya ta’sirini qaror toptirish bo‘yicha choralar zarurligini isbotlaydi, degan xulosa chiqarilgan. Rus hukumatiga yetib kelgan ma’lumotlar Rossiyaning Turonda o‘z ta’sirini o‘rnatish borasida faol harakatlar boshlashga undadi. Natijada, 1839-yilda muvaffaqiyatsiz tugagan Perovskiyning Xivaga yurishi boshlandi.
1853-yili Qo‘qon xonligiga qarashli Oqmasjidning ruslar tomonidan egallanishi Turonning bosib olinishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Sirdaryo chizig‘ining tashkil topishiga olib keldi. Bu voqea ruslar tomonidan Turonning bosib olinishini boshlab berdi.XIX asrning 20–40-yillarida Buxoro Angliya va Rossiyaga nisbatan ochiq siyosat yuritgan. Har ikki imperiyaning turli josuslari sayohatchilar, elchilar, harbiylar, olimlar niqobi ostida Buxoroda tez-tez bo‘lib, amirlik hududi, aholisi, harbiy kuchlari, davlat boshqaruvi va mansabdor shaxslar haqidagi ma’lumotlarni to‘plashgan10.
Amir Nasrullo ingliz siyosatchilarining asl niyatini payqagach, ularga nisbatan munosabatini va xayrixoh siyosatini o‘zgartirgan. U Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Buyuk Britaniya tomonining «xolis» yordamini qat’iy rad qilgan. Ingliz «elchilik missiyalari» niqobi ostidagi josuslar Buxoroda bo‘lib, Rossiyaga qarshi Angliya homiyligidagi Buxoro – Xiva – Qo‘qon ittifoqini tuzishga behuda urinishgan. O‘zining surbet qiliqlari va dimog‘dorligi, takabbur va kalondimog‘ligi, sharqona diplomatiya qoidalarini nazar-pisand qilmaganligi (Ark oldidan ot minib o‘tishi, rasmiy qabul marosimida o‘zini tuta olmasligi va boshqalar) oqibatida amirning farmoni bilan polkovnik CharlzStoddart zindonga tashlanadi va 1842-yil 17-iyunda boshqa ingliz zobiti ArturKonolli bilan birgalikda Buxoro shahrida qatl qilinadi11.
Buxoro ulamolari har ikki ingliz zobitiga ular islom dinini qabul qilishsa, gunohlari kechirilishi va o‘zlari tirik qolishlarini aytishganda, ingliz zobitlari rad javobini berishgan. Ingliz zobitlarining o‘ldirilishi amir Nasrulloning Yevropa davlatlari, xususan, Angliya bilan munosabatlari darz ketishiga sabab bo‘ladi.Manbalarni varaqlaganda1254-sanayi hijriyda, 1838-milodiyda Buxoroyi Sharifga amir Nasrulloxon huzuriga ingliz hukumati tarafidan elchi bo‘lib, polkovnik SutudDorat (Stoddart) kelgan edi. Mundan buyon ingliz hukumati birinchi daf’atan boshlab, Movarounnahr hukumati bilan munosabati do‘stona turmoqg‘a niyat va mubosharat etgan edi. Shu asnolarda inglizlar afg‘onliklar bilan muhoraba (jang) qilishib, Afg‘onistonga kirgan edi. Elchi bo‘lib kelgan SutudDoratning maslak va muddaosi inglizlar tarafidan biror turlik yomon niyat va yo zarar keltirmaslikkaamirni ishontirib, boshqa davlatning, ya’ni, Rusiyaning bu mamlakatlarga qasd va tajovuzidan saqlamoq va mudofaa etmoqni xohlagandan iborat edi. Buning bilan barobar, agar amir xohish qilib, munosib ko‘rsa, Buxoro askarini yangi va tezotar to‘plar bilan sipohlantirmoq va askariy muallimlar bermoq va Rusiyaning xufiya harakat maqsadlaridan Buxoro hukumatini xabardor etmoq edi. Amir Nasrulloh ingliz elchisini ikki marta huzuriga qabul qilib, yaxshi muomala ko‘rsatib, yaxshi muomalasini tabdil qildi12.
Polkovnik Sutud Doratmirzoxona va kotibxona tarbiyasidan olgan yumshoq siyosatchilardan bo‘lmay, askariy tarbiya olgan to‘g‘ri, jasur, qattiq va o‘tkir bir odam edi. Shuning uchun Buxoroning eski usuli rusumlariga ortiq darajada ahamiyat berib, zehn solmagan edi. Doimo elchixonadan chiqib, Buxoro bozorlarini tomosha qilar edi. Aksar otliq yurib, Arki oliy maydonidan, ya’ni Registondano‘tar vaqtda shahar ahli odati bo‘yicha otdan tushmas edi. Vaholanki, amir turadigan Arki oliy oldidan o‘tarda amirga e’zoz yuzasidan otdan tushib o‘tar edilar. Ingliz askari ma’muri Buxoroning bu tariqa eski odatlaridan g‘ofil bo‘lur edi va yoki bu tartiblarga lozim darajada ahamiyat bermas edi. Har nima bo‘lib amir Nasrulloh elchiga g‘azablanib, zindonga solmoqqa farmon berdi. Bu ishdan xabar olib, ingliz hukumati Rusiya davlatiga murojaat qilib, boshqa maslahat bilan Buxoroga yuborilgan Rusiya ma’muri janob Bo‘takov vositasi bilan polkovnik Sutud Dorat ozod qilinib, afg‘on sarhadiga yuborilmog‘ini talab qildi. Bu xususda janob Bo‘takovga Petrograddan buyruq berildi. Lekin Amir Nasrullohxon Rusiyaning iltimosiga ham quloq solmagan edi. Hattoki Rusiya elchisi Bo‘takov janobni ham ko‘p vaqt huzuriga qabul qilmay, amir Ho‘qand safariga chiqadigan kuni Bo‘takovni talab qilib, ot ustida ko‘rishib qoldi. Amirning ot ustida Ark darvozasining yonida ko‘hansol Rusiya elchisiga ko‘rinish bergani haqoratdek muomalasi edi. Lekin Movarounnahr idora usullarini bilgan Bo‘takov janoblari go‘yoki hech nimani bilmagan va anglamagandek sukut qildi. Ingliz elchi hibsda qolib, Rusiya elchisi yurtiga qaytdi. Buxoroga kelgan ingliz elchisi orqasidan yana kapitan Qonulli (Konolli) Xivaga borib, undan chet yo‘llar bilan yurib, Ho‘qandga kelib, Muhammad Alixon bilan ko‘rishgan edi. Muhammad Alixon inglizdan biroz harb usullarini o‘rganmoqni qabul qilgan edi. Lekin ko‘p vaqt o‘tmay, Buxoro askari yetishib Muhammad Alixon askari Mahram degan joyda buzilib qochgan paytda, kapitan Konolli Nasrullohxon da’vati bilan amirning Mahramda bo‘lgan o‘rdugohiga boradi. Amir muni ham tavqif qilib, polkovnik SutudDoratga hamroh qilmoq uchun Buxoro zindoniga yubordi. Amir Ho‘qandnitormor etib, Buxoroga qaytgach, ingliz elchilariga islom dinini qabul qilishni taklif qildi. Inglizlar javobida «hukumatimiz tarafidan Movarounnahrga topshiriq bilan keldik, dinni tark etmoqqa yoki din qabul qilmoqqa kelmadik, umid qilamiz, shunga qarab muomala qilinsun», debdilar. Bu rijolariga qarshi jallodga buyurib, elchilarni qatl qildi Mulla Olim Mahdum Hojining «Tarixi Turkiston» asaridan.
Aslida bu ingliz elchilari xonliklarni Rossiya imperiyasiga qarshi ittifoqqa taklif etish va ayg‘oqchilik yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash uchun yuborilgani endilikdagina aniqlandi. Muarrix Mulla Olim Mahdum Hoji o‘z davrida bu masalaga yetarlichaoydinlik kirita olmagan. Yuzaga kelgan murakkab sharoitda Buxoro hukmdorlari tashqi siyosatda yana Usmoniylar davlati, Hindistondan madad olishga harakat qildi. Ular chigal munosabatda bo‘lgan, harbiy to‘qnashuvlarni amalga oshirib turgan Buxoro amirligi shimoldan kelayotgan xavf – Rossiya bosqiniga qarshi Qo‘qon va Xiva xonliklari bilan birlasha olmadi.



Download 45.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling