Mundarija Kirish I bob Buxoro amirligini markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalari


II bob Buxoro amirligining chet el davlatlari bilan diplomatik munosabatlari


Download 45.83 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.83 Kb.
#1618016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro amirligi diplomatik munosabatlari

II bob Buxoro amirligining chet el davlatlari bilan diplomatik munosabatlari
2.1. Buxoro amirligini Rossiya bilan elchilik munosabatlari
Mang‘itlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari mintaqa va uning atrofida yuzaga kelgan geosiyosiy holat bilan bog‘liq holda belgilandi. Buxoro–Rossiya munosabatlari. Davlatning Rossiya bilan elchilik munosabatlari yangi bosqichda rivojlana boshladi. XVI–XVII asrlar davomida ikki hudud o‘rtasidagi savdo masalalari, savdogarlarning haqhuquqlarini himoya qilish, boj undirish va boshqa masalalarning yechimi bilan bog‘liq savdo-diplomatik aloqalar asta-sekinlik bilan muayyan siyosiy masalalar yechimiga yo‘naltirilgan aloqalar tusini ola boshladi. Rossiyaning Turonga qiziqishi ortib borishi natijasida uning siyosiy maqsadlari ham yiriklasha bordi. Dastlab, Rossiya tomonidan Turon haqida mayda ma’lumotlar to‘plashdan boshlangan harakat asta-sekinlik bilan siyosiy xarakter kasb eta boshladi.
Bu ashtarxoniylar davrida Buxoroga Pyotr I tomonidan yuborilgan FlorioBeneveni elchiligi (1721–1725) misolida kuzatilgan edi. 1774-yilda Buxorodan Rossiyaga Astraxan orqali rus manbalarida ErnazarMaqsudov nomi bilan mashhur Mulla Ernazar elchiligi yuboriladi. Uning oldiga Buxoro savdo karvonlariga Orenburg yaqinida YemilyanPugachyov va ko‘chmanchi qozoqlarning talonchilik hujumlari orqali yetkazilgan zararni qoplashni so‘rash vazifasi qo‘yilgan edi. Shuningdek, ushbu elchilik tomonidan ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish uchun Rossiya qozoq juzlaridagi o‘z maqeyinimustahkamlashi lozimligi aytiladi. Siyosiy mazmunga ega bu taklif imperator kengashida ko‘rib chiqilib, Rossiyaning diqqatini o‘ziga tortadi. Asosiy masala karvonlarga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi iltimosni rad etgani holda Rossiya hukumati Buxoro savdogarlariga Kaspiy dengizi orqali besh yil davomida bojsiz savdo qilish huquqiniberadi. Mulla Ernazar Buxoroga qimmatbaho sovg‘alar va madrasa qurilishi uchun ajratilgan 4 ming kumush rubl bilan qaytadi Tarixchi olima Guldona Taniyevaning yozishicha, MullaErnazar Maqsud o‘g‘li juda ko‘p marta savdo ishi bilan hamda rasmiy elchi sifatida Rossiya imperatorlari huzurida bo‘lgan. U savdo yuzasidan Yelizaveta Petrovna (1741–1761) saroyida, 1762-yilda rasmiy elchi sifatida qozoq xoni Nuralixon nomidanPyotr III huzurida, 1774–1775-yilda birinchi marta, 1779–1780-yilda ikkinchi marta Buxoro xoni nomidan Yekaterina II(1762–1796) saroyida bo‘lgan.
Rossiya imperiyasi Tashqi siyosat arxivi fondida 1762-yilning 6-iyunida Rossiya Tashqi ishlar kollegiyasi devonxonasida ro‘yxatga olingan bir hujjatda yozilishicha, u 1745-yildan boshlab, uzoq yillar Rossiyaga savdo bilan qatnab kelgan. 1776-yilning 19-dekabrida Yekaterina II Ernazar Maqsud o‘g‘lining Kaspiy orqali savdoni rivojlantirishi uchun 5 yil muddatga 10 ming rubl miqdoridagi mollar bilan bojsiz savdo qilishiga ruxsat beradi. Hatto imperator unga Kaspiy dengizida savdo qilishi uchun bitta kema ham sovg‘a qiladi. Buxorodan 1805-yilda Peterburgga yuborilgan elchi, garchi u Rossiya ma’muriyati talabiga binoan soxta pul yasovchi ValitXamitov va uning sheriklari ixtiyorida bo‘lgan asbob-uskunalarni olib kelgan bo‘lsada, qo‘yilgan talabning faqat bir qismigina bajarilganligi uchun uning hujjatlari rasmiy emas, degan bahona bilan orqasiga qaytarib yuboriladi. Orenburg harbiy gubernatori bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligiga yozma axborot yo‘llaydi, albatta.
Rossiya tashqi ishlar vaziri AndreyBudberg 1806-yil 19-noyabrda Buxoro amiri Haydar nomiga bitilgan va podshoh nazaridan o‘tkazilgan ushbu maktubda 1805-yilda Orenburgga Buxoro elchilari sifatida ikki savdogar – Mirzabek Allayorov va G‘ofurjonNavro‘zjonovlarning kelganini va ular Orenburg harbiy gubernatori GrigoriyVolkonskiyga soxta pul yasovchi ValitXamitovdan musodara qilingan asbob-uskunalarni topshirganini bildiradi. Orenburg harbiy gubernatori GrigoriyVolkonskiy 1807-yil bahorida maktublarni o‘z ishonchli odamlari bilan Buxoro hukmdoriga yo‘llaydi. Rossiya tashqi ishlar vaziri AndreyBudbergning xatlari bilan birga harbiy gubernator o‘z nomidan ham amir Haydarga maxsus maktub bilan murojaat qiladi. 1807-yil 20-martda bitilgan ushbu maktubda u amir Haydardan soxta pul yasovchini va uning sheriklarini zudlik bilan Rossiya ma’muriyatiga topshirishni talab qiladi. Buxoro hukmdori amir Haydar Orenburg harbiy gubernatoriga 1807-yil avgust oyida yo‘llagan javob maktubida Rossiyaning bir viloyati hokimi bilan mustaqil davlat hukmdori bevosita muzokaralar olib borishi mumkin emasligi, harbiy gubernator maktubida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amirga faqat bevosita Rossiya podshosiga murojaat qilishi lozimligi haqida mulohazalar bayon etilgan.
1809-yilda Rossiyadan Buxoroga maxfiy suratda Odilnosir SubhonqulovOrenburg harbiy gubernatori nazorati ostida yuboriladi. Subhonqulov Rossiya–Buxoro o‘rtasidagi karvon yo‘llaridagi xavfsizlikni ta’minlash, karvon yo‘llaridagi jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida kelgan edi. Shuningdek, u Buxoroda qo‘lga olingan 3 rus asirini ham ozod etishga muvaffaq bo‘lgan. 1814- va 1818-yillarda Rossiyaga AzimjomMo‘minjonov boshchiligidagi ikki rasmiy elchilik yuboriladi. Bevosita Azimjon devonbegi boshchiligidagi birinchi elchilikka Buxoro–Rossiya munosabatlarini mustahkamlash; ikkinchi elchilikka Turkiyaga Rossiya hududlari (Astraxan) orqali o‘tishga ijozat olish masalasini hal etish yuklangan edi8.
Mazkur missiya natijasida:1. Buxoro–Rossiya savdo aloqalariga oid maxsus bojxona qoidalari (huquqiy hujjat) tuziladi;
2. Orenburg yo‘nalishidagi bojxonalarda buxorolik fuqarolar ishlari ko‘rilayotganda, bu ishlar bo‘yicha mazkur bojxonalarga buxorolik savdogarlar o‘zlari ichidan saylagan ikki vakil kiritilishi ko‘zda tutiladi;
3.Orenburg chegara komissiyasida buxoroliklar da’volarining ko‘rib chiqish tartibi belgilanadi;
4.buxoroliklarga o‘z mollarini bir bojxonadan ikkinchisiga ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Rossiya imperiyasi ham bu paytda quyidagi va boshqa vakillarini amirlik hududiga yuborib, asl niyatlarini niqoblagan holda Buxoro amirligi bilan o‘zaro hamkorlik qilish va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishga uringan1833-yili VasiliyPerovskiyOrenburg general-gubernatori etib tayinlangach, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga faol harbiy harakatlari boshlanadi. PyotrPerovskiy Buxoroning siyosiy ahvolini, uning ichki va tashqi savdosini bilishga qiziqib, Orenburg savdosini o‘rganib chiqadi. Shu maqsadda u Buxoroga maxfiy ko‘rsatma bilan PyotrDemezonni elchi qilib jo‘natadi. Elchi Buxoroning Rossiyaga munosabati masalasini va O‘rta Osiyoning boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini o‘rganishi kerak edi.PyotrDemezon mulla kiyimida, Mulla Ja’far ismi bilan Buxoroga kelgan. Tarjimonlik va o‘qituvchilik faoliyati uning sharq tillari, urf-odatlari va sharqona odob borasidagi bilimlarini doimo takomillashtirib borishga imkon yaratganhamda Sharq mamlakatlarida sodir bo‘layotgan voqealardan doimo xabardor bo‘lib turishiga yordam bergan. Pyotr Demezon 1833–1834-yillarda Buxoroda bo‘lib, Buxoro tarixi bilan bog‘liq ko‘p ma’lumotlarni yig‘gan. Keyinchalik bu xabarlar tarixchi NaftulaXalfin tomonidan nashr qilingan. KonstantinButenev boshchiligidagi josuslik missiyasining asosiy maqsadi Buxoro va unga qo‘shni mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashdan iborat edi. Amir Nasrullo Yevropa davlatlarining shubhali takliflariga asosli ravishda ishonmay, Usmonli turk sultonligi bilan aloqalarni faollashtirishga intiladi. Biroq Usmonli turk sultonligi va Eronga yuborilgan elchilar ko‘zlangan maqsad (Yevropa davlatlarining agressiyasiga qarshi islom davlatlarining ittifoqini tuzish)ga erisha olmay, orqaga qaytishga majbur bo‘ladi.



Download 45.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling