Mundarija kirish i-bob. Davlat budjeti g’azna ijrosining ahamiyati, uning uziga hos hususiyatlari va tashkiliy elementlari


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 112.43 Kb.
bet2/8
Sana17.11.2023
Hajmi112.43 Kb.
#1783068
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat budjeti g‘azna

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzuning asosiy maqsadi davlat moliyasini isloh qilish sharoitida davlat byudjeti g’azna ijrosining nazariy, amaliy, metodologik asoslarini, shuningdek, uning asosiy elementlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va davlat byudjeti g’azna ijrosini joriy qilishning bugungi kundagi dolzarb muammolarini tadqiq qilishdan iboratdir.

I-BOB. DAVLAT BUDJETI G’AZNA IJROSINING AHAMIYATI, UNING UZIGA HOS HUSUSIYATLARI VA TASHKILIY ELEMENTLARI
1.1. Davlat budjetining g’azna ijrosining ahamiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan budjet siyosatining
asosiy yo‘nalishlari–budjet taqchilligini boshqarish va uni tartibga solish, budjet mablag‘larini sarflashda maqsadli, samarali va oqilona ishlatishga rioya etish bilan birga daromadlarni o‘z vaqtida tushirish, budjetning samarali ijrosini amalga oshirishdir. Davlat budjetning ijrosi esa budjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, bunda belgilangan istiqbol ko‘rsatkichlari, aniq rejalar va ijtimoiy dasturlar amaliyotga tadbiq etiladi.
Biz bilamizki, Davlat moliyasi sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish va bundan yanada samarali foydalanish, davlat budjetini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini oshirish masalalari turadi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda budjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzili-shini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi».1
Davlat moliyasini boshqarishning isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishning yangi shakl va uslublarini qo‘llash g‘aznachilik tizimini joriy qilishni ko‘zda tutadi. G‘aznachilik tizimi budjet mablag‘-larining moliyaviy oqimini boshqarish, budjet resurslarining kam miqdordagi qoldiq-lari bilan budjet xarajatlarini joriy ijrosini ta’minlash imkonini beradi, bunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tezkor va yakuniy balanslashtirishga erishiladi.
Respublikamizda daromadlarning yetishmasligi va ularning o‘z vaqtida budjetga kelib tushmasligini oldini olish, mavjud budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida g‘aznachilik tizimiga o‘tish kerak bo‘ladi. Shundagina moliyalashtirish va kassa xarajatlarini amalga oshirish jarayonlarini birlashtirish natijasida budjet mablag‘larini budjet tashkilotlarini bankdagi hisobraqamda qoldiq sifatida o‘tirib qolishini bartaraf etish mumkin bo‘ladi.
G‘aznachilik bu - moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangicha qarashdir, budjetning barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni qo‘llashdir.
G‘aznachilik - davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, unda maxsus idora davlat soliqlarini, yig‘imini va ulardan foydalanishni ta’minlaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi.
Davlat budjeti ijrosi G‘aznachilik tizimida g‘aznachilik budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshiradi.
G‘aznachilik – Moliya vazirligining Davlat budjetining kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib borilishi uchun, davlat xarajatlari

Download 112.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling