Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Iftixor kurs ishi
Vaqtinchalik don omborxonalari.
Tayyorlov korxonalariga ommaviy don keltirish davrida, don omborxonalarining sig’imi yetishmaganida maxsus tayyorlangan aspalt yoki boshqa maydonlarda vaqtinchalik omborxonalar va buntlar quriladi. Maydon uchun joylar temiryo’llar, suv yo’llari yaqinida, don omborxonalari, quritish-tozalash va boshqa mexanizatsiyalashgan minoralar yonidan tanlashadi. Korxona hududida maydonlar omborxonalar orasida va ularning devorlariga parallel tarzda 10 m masofada joylashtiriladi. Agar omborxona qurish hisobga olingan bo’lsa, asfaltlangan maydonlardan omborxonalarning pollari sifatida foydalaniladi. Maydonlarning o’lchamlarini belgilashda mahalliy sharoit va mexanizatsiyalashtirish hisobga olinadi. Bunda uning kengligi 7-14 m, uzunligi esa joyga va joylashtiriladigan don miqdoriga qarab 50 m dan ortiq bo’lmagan holda belgilanadi. Buntlar asfaltlangan maydonlarda yoki zarurat tug’ilganda quruq va yomg’ir suvlari bosmaydigan, o’rab turgan maydondan 300-350 mm ko’tarilgan grunt maydonlarda joylashtiriladi. Quruq va o’rtacha quruqlikdagi donni vaqtinchlik saqlash maydonlari hamda faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan maydonlar atrofi mahaliy materiallardan tayyorlangan devorlar bilan o’raladi. Bunt yuqorisidan brezent bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan yopilib, arqonlar yoki iplar bilan tortiladi. Shamollatish uchun don yuzasi va brezent orasida joy qoldiriladi. Nam va ho’l donni joylashtirishda maydonlar ko’chma shamollatish qurilmalari bilan jihozlanadi yoki taxta va garbillardan uchburchak kesimli ventilyasion ariqchalar qilinadi. Donni asfaltlangan va gurunt maydonlarda saqlash tajribasi ko’rsatishicha, ko’pchlik hollarda donning quyi qatlami namlanadi va tomir 10 hosil qilib o’sadi. Buning oldini olish uchun maydon yuzasi donni gruntdan himoyalovchi material bilan qoplanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling