Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Angar turidagi don saqlash ombori


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1556061
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Iftixor kurs ishi

2.2.Angar turidagi don saqlash ombori 
Shuningdek, zanglamas tunukadan tezkor barpo etiladigan angarlarda don 
saqlash usuli ham keng tarqalgan. Poligonal angar ko‘rinishidagi don saqlash uchun 
mo‘ljallangan omborlar eng keng tarqalgan ombor turi hisoblanadi (8-rasm).
Poligonal angarlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning 
konstruksiyasida faqatgina vertikal devorlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu bino hajmidan 
maksimal darajada foydalanishga imkon beradi.


24 
2.3-rasm. Poligonal angar 
Don saqlash uchun mo‘ljallangan omborlarning yana bir turi - yarim silindrik 
angarlardir (2.3 rasm).
Yarim silindrik angarlar ikki turga bo‘linadi: yer ustki qismi metallik va 
bunkerli. Agar angar don massasini uzoq vaqt saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u 
holda yer ustki qismi metalli angardan foydalaniladi. Bunday angarlarda donlarni 
quruq holda uzoq vaqt yo‘qotishlarsiz saqlash mumkin, chunki bunday angarlar 


25 
namlikka 
nisbatan 
yuqori 
chidamlilikka 
ega.
2.4-rasm polat slindr shaklidagi ombor 
2.5-rasm. Yarim silindrik don saqlash ombori 


26 
Bunker turidagi don saqlash omborlari don massalarini saqlash va hosilni 
qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Bino ichki tomonidan seksiyalarga bo‘lingan 
bo‘lib, bu turli donlarni bir vaqtda saqlash imkonini beradi. Bunday angarlar 
mikroiqlimning optimal parametrlarini ta’minlovchi mukammal ventilyatsiya 
sistemasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Angar turidagi don saqlash omborlari yuqori solishtirma sig‘imga (7 t/m

gacha) ega bo‘lib, don uyumining balandligi esa 10 m gacha bo‘ladi, angar kengligi 
30 m gacha, sig‘imi esa 20 ming tonnagacha bo‘ladi. Bunday angarlarda bir vaqtning 
o‘zida bir necha turga mansub donlarni faol shamollatib saqlash imkoni mavjud. 
Shuningdek bunday angarlar texnikani erkin harakatlanish imkonini beradi (10-rasm).
2.6-rasm. Angar turidagi don saqlash ombori
Don saqlash omborining yer yuzasini asfalt bilan qoplash iqtisodiy jihatdan 
qimmatligini hisobga olib, ombor yer yuzasini 8-10 sm o‘lchamdagi bo‘laklarga 
bo‘lingan somon bilan qoplab, u quruq tuproq (loy) bilan qoplanadi va suv sepilib, 
ustidan avtotransport yurgizdirilib tekislanadi. Oddiy qilib aytganda, don ombori yer 
yuzasi somonshuvoq qilinishi mumkin. Somon-loy aralashmasi qotgach, shuvoq 
yuzasi qalinligi 150 mkm bo‘lgan polietilen plyonka bilan qoplanadi (silos plyonka). 


27 
Hosil yig‘im-terim vaqtida don massasini har doim ham saqlash omboriga joylash 
imkoni mavjud bo‘lmaydi. Bu holda don massasini vaqtinchalik ochiq asfalt 
maydonlarda - buntlarda saqlashni tashkil etishimiz kerak. Bunt konus, piramida 
yoki boshqa shaklda bo‘lishi mumkin.
2.7-rasm. Donlarni buntlarda saqlash.
Donlarni buntlarda saqlash ko‘p miqdorda, ya’ni 10-30 % gacha don 
yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Buntlarda saqlanish davomida don atmosfera 
yog‘ingarchiliklari, qushlar va kemiruvchilarlardan himoyalanmagan bo‘ladi, don 
massasida o‘z-o‘zidan qizish va zararkunandalar tomonidan zararlanish holatlari 
kuzatiladi. Odatda, donlar qish davomida buntlarda saqlanganda, butunlay zararlanib, 
bahorda hatto chorva uchun ozuqa sifatida foydalanishga ham yaroqsiz holatda keladi.
Donlarni buntlarda saqlashda don massasi +8 
o
C va undan ham past 
haroratgacha sovitilishi zarur. Don massasi sovitilgach, bunt yuzasi brezent bilan 
qoplanadi. Sovitilmagan va nam don massasi yuzasini brezent bilan qoplash qat’iyan 
taqiqlanadi, chunki bu don massasining o‘z-o‘zidan qizishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, 
urug‘lik uchun mo‘ljallangan donlarni uzoq vaqt buntlarda saqlashga ruxsat 
etilmaydi.


28 
Saqlanayotgan don massasining holatini namlik, harorat, zararkunandalar 
bilan zararlanish darajasi va donning sifat ko‘rsatkichlari (rangi, xidi, ta’mi) 
belgilaydi. Urug‘lik don uchun shuningdek, unuvchanlik va unish energiyasi kabi 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ham aniqlanadi.
Omborlardagi don uyumining harorati metall yoki yog‘ochdan tayyorlangan 
termoshtanganing metall korpusiga joylashgan spirtli termometrlar yordamida 
aniqlanadi. Uning uzunligi 1,6-3,2 m ni tashkil etadi. Ombordagi don uyumining 
haroratini kuzatish uchun uyum yuzasi shartli ravishda taxminan 100 m
2
maydonli 
bo‘laklarga bo‘linadi. Urug‘lik donning kichik partiyalari alohida nazorat qilinadi. 
Balandligi 1,5 m gacha bo‘lgan don uyumlarida harorat uyumning yuqori va quyi 
qismida aniqlanadi. Balandligi 1,5 m dan yuqori bo‘lgan don uyumlarida harorat 
uyumning uch joyida - quyi, o‘rta qismida va uyum yuzasidan 20-30 sm chuqurlikda 
aniqlanadi. Harorat har bir qatlamning kamida uch joyida aniqlanadi. Termoshtanga, 
harorat o‘lchangach, 2 m ga shaxmat tartibida, keyingi o‘lchovni amalga oshirish 
uchun suriladi. Urug‘lik uchun mo‘ljallangan don massasi harorati doimiy nazoratga 
olinadi. Buning uchun ombor maydoni shartli ravishda 50 m
2
bo‘laklarga 
(seksiyalarga)
bo‘linadi va har bir seksiya
alohida nazoratga olinadi. Balandligi 1,5 m 
dan yuqori bo‘lgan urug‘lik don uyumlarining harorati termoshtangalar yordamida 
kamida uchta nuqtadan qatlam balandligi bo‘ylab (yuqorigi qatlam yuzasidan 20-30 
sm chuqurlikda, o‘rta va quyi qatlamlarda) aniqlanadi [3].
Donlarning namligi o‘rtacha namuna bo‘yicha namlikni o‘lchash asboblarida 
bir oyda bir marotaba o‘tkaziladi.
Don uyumlarining zararkunandalar bilan zararlanish darajasi har bir bunkerda 
qatlamlar bo‘yicha aniqlanadi. Aniqlash davriyligi 5 
o

va undan past haroratda bir 
oyda 1 marotaba, 5 
o
C dan yuqori haroratda esa bir oyda 2 marotabani tashkil etadi.
Urug‘lar haroratini nazorat qilish davriyligi quyidagi jadvalda berilgan 
(2jadval).  
 


29 
2.1-jadval  
Urug‘lar haroratini nazorat qilish davriyligi(S.A.Semina va boshqalarga ko’ra) 
Urug‘lar namligi 
Yangi 
yig‘ib 
terilgan 
donlar 
dastlabki 
uch oyda 
Boshqa urug‘lar 
o
C da 
<10
o

10-20
o

>20
o

Quruq 
3 kunda 
1-marta 
15 kunda 1 
marta 
10 kunda
1marta 
7 kunda 1 
marta 
O‘rta quruqlikda 
2 kunda 1 
marta 
10 kunda 
1marta 
5 kunda 1 
marta 
3 kunda 1 
marta 
Yuqori namlikda Kunda 
Kunda 
Kunda 
Kunda 
Urug‘larning zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlash davriyligi 
3-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Javdar, arpa, pivo ishlab chiqarish uchun 
mo‘ljallangan arpa va boshqa urug‘larning unuvchanligi (unish energiyasi
yaroqliligi) darhol saqlashga qo‘yilgach, 3-4 oydan so‘ng va realizatsiyadan ikki hafta 
oldin o‘rtacha namuna bo‘yicha aniqlanadi.
2.2-jadval Urug‘larning zararkunandalar bilan zararlanishi 
darajasini aniqlash davriyligi
(S.A.Semina va boshqalarga ko’ra)  
Urug‘larning namlik 
holati 
Urug‘lar 
harorati, 
o

<5
o
C
5-10
o
C
>10
o
C


30 
Quruq 
va 
o‘rtacha 
quruqlikda (15 % gacha)
20 kunda 1 
marta
15 
kunda 

marta
10kunda1marta
Namligi 15 % dan yuqori 
urug‘lar
15 kunda 1 
marta
10 
kunda 

marta

kunda 

marta
Don massalarining organoleptik ko‘rsatkichlari doimiy ravishda, har bir 
bunkerda, barcha qatlamlar bo‘yicha, ya’ni harorat o‘lchashda namlik, zararlanish va 
unuvchanlik darajasini aniqlashda o‘rganiladi. Kuzatish natijalari xronologik tartibda 
kuzatuv jurnaliga va har bir partiyaning shtabel yorlig‘iga qayd etiladi.
Don massalarini omborlarga joylash usullari negizida don turi, navi, botanik 
belgilari, namligi, ifloslanish va zararlanish darajasi, donning mo‘ljallanishi, alohida 
belgilari (fuzarioz don va ungan don miqdori), shuningdek, don partiyasida boshqa 
madaniy va yovvoyi ekinlarning qiyin ajraluvchan urug‘larining mavjudligi kabilar 
turadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling