Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati
III BOB Don massasini saqlashda innovatsion texnologiyalar
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Iftixor kurs ishi
33 III BOB Don massasini saqlashda innovatsion texnologiyalar 3.1. Saqlash tartibining umumiy tarifi Don uyumlarini saqlash tartib va usullari o’ziga xos hususiyatlarga ega. Don uyumlarini saqlash obyekti sifatida o’rganilishi lozim bo’lgan ularning holati sifatida o’rganilishi lozim bo’lgan ularning holati va saqlanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi: -don uyumining namligi va uning atrof muhiti; -don uyumi va atrof muhitining harorati; -don uyumiga havoning yetib borish (aeratsiya darajasi). Ushbu omillar don uyumlarini saqlash tartibi asosida qo’yilgan. Hozirgi vaqtda quyidagi saqlash tartibi qo’llaniladi. A) Don uyumini quruq holda saqlash; B) don uyumini sovutilgan holda saqlash. V) don uyumini havosiz joyda saqlash. Don uyumlarinin saqlashda uning barqarorligini oshirish uchun saqlash tartibiga zaruriy ravishda qo’shimcha yordamchi tadbirlar qo’llaniladi. Bunday tadbirlarga: don uyumini omborlarga joylashtirishdan avval begona aralashmalardan tozalash, faol shamollatish, kimyoviy moddalar bilan konservalash, don zararkunandalariga qarshi kurashish hamda kompleks operativ tadbirlarga rioya qilish va boshqalar. Turli ekin donlarini qancha muddatgacha saqlash imkoniyatini bilish juda muhimdir. Saqlanish muddatlari don turlariga qarab emas balki foydalanish sohalariga qarab ham farq qiladi. Donning istemolga yaroqli bo’lgan don tayyorlashdagi hamma sifat ko’rsatkichlari, unuvchanligi va boshqa xususiyatlarining to’liq saqlanish davrida donning saqlanish muddati deyiladi. Urug’lik donlarning 34 saqlanish muddati iste’mol uchun foydalaniladigan donlarning saqlash muddatidan biroz qisqa bo’ladi. Birinchisi-bu biologik saqlanish muddati bo’lib, donning oxirgi saqlanish muddati deyiladi yoki birdona bo’lsa ham uning unuvchanlik qobiliyatini saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan muddatidir. Ikkinchi esa xo’jalik uchun ahamiyatiga ega bo’lgan saqlanish muddati bo’lib, don turlariga qarab davlat standartlari talabiga javob beradigan, unib chiqish qobiliyatini saqlagan muddatga aytiladi. Bulardan tashqari, donlarda yana texnologik saqlanish muddati ham hisobga olinadi. Bu muddat don uyumining foydalanish sohasiga qarab (iste’mol uchun, yem va texnik maqsadlarda) davlat standarti bo’yicha konditsiya talabiga to’liq javob beradigan muddatdir. Donning saqlanish muddati ko’pgina omillarga; Botanik turiga, o’stirilgan sharoitga, pishish darajasiga, ishlov berish sifatiga (tozalash quritish) va saqlash usullariga bog’liq. Biologik saqlanish muddatlariga qarab hamma ekinlarning donlari mezobiotik va mikrobiotik guruhlariga bo’linadi. Mezobiotik guruhga: unuvchanligi, ko’karish qobiliyati bir necha kunda 3 yilgacha, mikrobiotik guruhga kiradiganlari 3 yildan 15 yilgacha, yana bir guruhida esa 15 yildan 100 yilgacha va undan ortiq saqlanish qobiliyatiga ega bo’lgan donlar kiradi. Don ekinlarining ko’pchilik mezobiotik guruhga mansub bo’lib, qulay sharoit yaratilganda 5-10 yilgacha saqlanadi. M-n, bug’doy va javdar donlari qulay saqlash sharoitida 7-10 yil saqlangandan keyin ham non tayyorlashdagi sifat ko’rsatkichlari, un chiqarish miqdorini kamaytirmaydi va tegirmonda maydalash uchun ishlatiladi. Ayrim tashqi sharoit omillari, ya’ni havo haroratining tez o’zgarishi va mexanik ta’sirlar donning tezda buzilishiga olib keladi hamda dondan olinadigan mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling