Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Iftixor kurs ishi
35 Xulosa Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas’uliyatli masalasidir. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo‘yi ta’minlab turish uchun xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e’tibor berish lozim. Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga tayanib ish kurilsa, mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko‘proq qo‘shimcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi mumkin.Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, agrokimyo,mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari, fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklarni himoya qilish va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda. 36 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti – to‘kin hayot manbai. Toshkent, O‘zbekiston, 1998. 2. Atabayeva X., Umarov Z. O‘simlikshunoslik. Toshkent,”O‘zME” davlat nashiriyoti. 2004. 3. Yaqubjonov O., Tursunov S. O‘simlikshunoslik. Toshkent “O‘zME” davlat nashriyoti, 2007. 4. Atabayeva X.N., Uarov Z., Xudoyqulov J.B. dala ekinlarini yetishtirishni zamonaviy texnologiyasi (ma’ruza matnlari) toshkent, ToshDAU, 2003. 5. Atabayeva X.N., Ro‘zmetov R. Dala ekinlarini yetishtirishni ilg‘or texnologiyalari. Toshkent, ToshDAU, 2004. 6. Vavilov P.P. Gritsenko V.V., Kuznetsov V.S. idr. Rasteniyevodstvo izd.patoe, dopolnennoe pererabotannoe. Moskva, Agropromizdat. 1986. 7. Shodmonov X.M. “Dala yekinlarini yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi” fanidan ma’ruzalar matni. (Magistrantlar uchun) FarPI, 2005 8. Qishloq xo‘jaligi ekinlarni parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar (2011-2015 yillar uchun, I,II – qismlar).O‘zbekiston QSXV, QXIIM, UzMEI va O‘zbekiston bozor islohatlari ITI.Toshkent, 2011. 9. Mirzajonov Q. M, Axmedov J.M.,Nurmatov Sh. N. Ekinlarni oziqlantirishda mineral va maxalliy o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar. Toshkent, “Xilol-Media”, 2009. 10. O‘RQ-136-son Qonuni bilan 25.12.2007y. da tasdiqlangan O‘R Soliq kodeksi. 11. Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jalik mashinalari.Toshkent, O‘qituvchi, 2001 Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling