Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1556061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Iftixor kurs ishi

Faol shamollatish usuliga. Qo’zg’aladigan va qo’zg’almaydigan, don 
tozalagich mashinalari, transportyorlar hamda don uyumlarini shopirib turish 
uskunalari kabiga kiradi. Don uyumlarini kurakda shopirib sovutish usuli texnologik 
jihatdan samaradorligi pastligi sababli tavsiya etilmaydi. Bu usuldan faqat don 
uyumlari quyoshda quritilganda foydalanish mumkin. Donlarni ketma-ket o’rnatilgan 
transportlarda yoki donlarni tozalovchi havo haydagich mashinalari yordamida kam 
mehnat sarf qilib sovitishda yuqori samaradorlikka erishiladi. Bunda eng ahamiyatli 
joyi shundaki, donlar harakati qanchalik uzoq joyga cho’zilsa, ular ochiq havoda 


16 
ko’proq bo’lishi natijasida sovish shunchalik tezlashadi. Lekin bu usulda donlar 
sovutilganda ular shkastlanadi. Shuning uchun hozirgi kunda ilg’or hisoblangan faol 
shamollatish usulidan foydalaniladi. Don uyumlarini g’ovaklardan iborat bo’lishini 
hisobga olgan holda unga havo oqimining majburiy yo’naltirishiga faol shamollatish 
usuli deyiladi. Ventilyatorlar yordamida kuchaytirilgan havo oqimi don uyumining 
ichiga moslashtirilgan kanallar yoki quvurlar orqali har xil yo’nalishlar bo’yicha 
yo’naltirilib, don qurtiladi. Sovuq havoni qo’llash natijasida birinchi saotda butun don 
uyumini sovutish imkoniyatiga ega bo’linadi.
Don uyumini havosiz muhitda saqlash. Bu usuldan uyumini saqlash 
anaksianabioz qonun-qoidalariga asoslangan bo’lib, unda don oraliqlarida 
kislorodning yo’qligi sababli, uyumning ustki qismida nafas olish tezligi susayadi, 
oqibatda asosiy o’simlik doni va begona o’t urug’lari anag’rab nafas olish yo’liga 
o’tib asta-sekin nobud bo’ladi. Mikroorganizmlarning hayot faoliyati to’xtaydi. 
Kislorodga muhtojlik sezgan kana va xashoratlarning ham rivojlanishiga sharoit 
yo’qoladi. Natijada don uyumining yo’qolishi keskin qisqaradi. Kislorodsiz muhitda 
namlik kritik (teng) darajagacha yetmaganda don uyumining yem-xashaklik va 
texnologik sifatlari yaxshi saqlanib qoladi. Namlikning ortib borishi natijasida don 
uyumining oziqlilik va yem-xashaklilik qiymati bir shunchapasayadi, m-n, don 
qobiqlari yupqalashib, kamayadi, spirtni va ochitqi xidlari paydo bo’ladi va xakazo. 
Don uyumlarini saqlashda kislorodsiz muhitni yaratishning quyidagi usullari mavjud: 
a) tirik organizmlar har xil turlarining nafas olishi natijasida kislorodning sarflanishi 
bilan o’z-o’zidan karbonat angidirid gazina tabiiy to’planishiga olib kelishi orqali; b) 
don uyumiga SO
2
, N va boshqa ayrim gazlarni kiritish orqali; v) don oraliqlaridagi 
bo’shliqdan havoni majburiy siqib chiqarish orqali; g) don uyumida vakuum hosil 
qilish, ya’ni havoni so’rib olib orqali amalga oshiriladi. Qishloq xo’jaligida birinchi 
usuldan foydalanilada. Hozirgi vaqtda ko’plab don uyumlarini tuproqda, ya’ni yerda 
kislorodsiz muhitni yaratish yo’li bilan saqlash usuli keng qo’llanilmoqda. 


17 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling