Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati
Don massasi tarkibidagi madaniy ekinlarning qiyin ajraluvchan
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Iftixor kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Don massasi tarkibidagi qiyin ajraluvchan begona urug‘larga
Don massasi tarkibidagi madaniy ekinlarning qiyin ajraluvchan
urug‘lariga bahorgi bug‘doyda arpa, marjumak; arpada bug‘doy va suli; kuzgi bug‘doyda javdar va arpa; sulida arpa kiradi. Marjumak tarkibidagi qiyin ajraluvchan urug‘larga bug‘doy va arpa urug‘lari kiradi. Don massasi tarkibidagi qiyin ajraluvchan begona urug‘larga marjumak tarkibida yovvoyi marjumak, yovvoyi turp, ko‘k bo‘tako‘z; bug‘doyda - ko‘k bo‘tako‘z, yovvoyi marjumak safora; arpa va sulida yovvoyi arpa va ko‘k bo‘tako‘z, yovvoyi turp; tariqda- itqo‘noq, g‘umay, yirik va mayda donli tariq, ko‘k bo‘tako‘z, pushti talxa, xazorangul, randak, yovvoyi tariq va suli urug‘lari kiradi. Yonma-yon ombor yoki shtabellarda bir turdagi qishloq xo‘jalik ekinining ikki xil navdagi urug‘larini yoki o‘zaro o‘xshash urug‘larni saqlash taqiqlanadi. Yonma-yon joylashgan ombor bo‘limlari don bilan taxminan 15 sm dan pastroqda to‘ldiriladi [4]. 31 Alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lmagan yalpi omborlarda navdor urug‘larni saqlashda vaqtinchalik bo‘linmalar tashkil qilish uchun mahsus to‘siqlardan foydalaniladi. Bunda to‘siqlar yordamida hosil qilingan bo‘limlar orasida kengligi 1 m dan kam bo‘lmagan yo‘laklar qoldirilishi kerak. Urug‘lar qoplarda keltirilganda quyidagilar amalga oshirilishi kerak: -urug‘ to‘ldirilgan qoplar asfalt yoki beton polli omborlarda poldan kamida 15 sm yuqoriga, taxta tagliklarga joylanishi kerak; -qoplarni ikkitadan yoki uchtadan joylash zarur. Beshtalik taxlash usuli tavsiya etilmaydi. -shtabellar orasi, shuningdek devor va shtabellar orasida kamida kengligi 0,5 m bo‘lgan yo‘laklar qoldirilishi kerak. Donlarni yuklash-tushirish ishlari uchun yo‘laklar kengligi kamida 1,25 m bo‘lishi kerak. Ayrim turdagi donlar uchun ombor hajmini aniqlashda don naturasidan aniqlanadigan 1 m 3 urug‘larning og‘irligini, don uyumi balandligini va qoplardan tashkil topgan shtabelning balandligini bilish zarur. Ayrim don va urug‘larning og‘irligi, don uyumlari balandligi, shuningdek shtabellar balandligi (standart namlikda) 4 va 5-jadvallarda keltirilgan. Don uyumi va qoplar shtabelining balandligi don turi va mavsumdan kelib chiqib 5-jadval bo‘yicha belgilanadi. Donlar uyum holatida saqlanganda omborning zarur hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi: (1) Bu yerda: M - joylanayotgan don massasi, t da; В - uyum balandligi, m da; K – 1m 3 donning og‘irligi, t da; 32 Qoplarga qadoqlangan don va urug‘lar uchun zarur ombor hajmini aniqlash uchun partiyadagi qoplar soni va og‘irligi, qoplar shtabelining balandligi, shtabel egallagan maydon va yo‘laklar maydonini bilish kerak. Odatda, yon tomoni bilan joylashgan standart qop ikkitadan terilganda 0,36 m 2 (0,9×0,4=0,36) joyni, qoplar uchtadan yoki beshtadan terilganda 0,45 m 2 (0,9×0,5=0,45) maydonni egallaydi. Agar bunga qoplar ikkitadan terilganda, ular orasidagi 10 sm qoldirilgan joy ham qo‘shilsa, ikkitalik usulda terilgan ikkita qop 0,82 m 2 (0,9×0,4 ×2+0,10=0,82), uchtalik qop 1,35 m 2 (0,9×0,5x3=1,35), bitta beshtalik qop esa 2,25 m 2 (0,9×0,5×5=2,25) maydonni egallaydi. Shtabellar va ombor devorlari orasidagi masofa 0,5 m dan 1,0 m gacha bo‘lishi kerak. 2.3-jadval Donlarning massasi, t/m 3 da (L.A.Trisvyatskiyga ko’ra) Don turi Don massasi t/m 3 Bug‘doy 0,730-0,850 Javdar 0,670-0,750 Makkajo‘xori 0,680-0,820 Arpa 0,580-0,700 No‘xat 0,750-0,850 Loviya 0,700-0,800 Marjumak 0,560-0,650 Suli 0,400-0,550 Tariq 0,670-0,730 Kungaboqar 0,275-0,450 Zig‘ir 0,580-0,680 Xashaki lyupin 0,730-0,800 Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling