9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his



9-MAVZU. TOVAR MODDIY ZAXIRALARI HISOBI
  
9.1. Asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar  
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi III bo‘limva 7, 29, 45 boblar.
2. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 10 bo‘lim.
3. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zR qonuni (yangi tahrir).
13.04.2016 y. № O‘zRQ-404.
4. 
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”. 
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan (o‘zgartirishlar va ilovalar bilan).
5. 
O‘zR 21-son BHMS “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviyxo‘jalik 
faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
Yo‘riqnoma”. (O‘zR Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan 
ro‘yxatga olingan).
6. 
“Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi Nizom”. 
(O‘zR Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 14.01.2004 y. № 1297).
7. 
O‘zR 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar (yangi tahrirda)” (O‘zR Adliya 
vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 17.07.2006 yil № 1595).
8. 
O‘zR 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” (O‘zR 
Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 02.11.1999 yil № 833).
9. 
O‘zR 22-son BHMS “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va 
majburiyatlarning hisobi” (O‘zR Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 
21.05.2004 yil № 1364).
10. 
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
NIZOM” (Markaziy bank qarori 26.04.2013, №9/1, O‘zR Adliya vazirligi 
tomonidan ro‘yxatga olingan 03.06.2013 yil № 2465).
9.2. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning 
vazifalari
Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan roliga 
qarab, ulapr quyidagi guruhlarga bo‘linadi: xom-ashyo va asosiy materiallar; 
yordamchi materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, chiqindilar (kaytarilgan), 
yoqilg‘i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventarlar va xo‘jalik 
jihozlari va boshqalar.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling