9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


partiyalari, guruhlari) o‘rtasida taqsimlanadi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his


partiyalari, guruhlari) o‘rtasida taqsimlanadi.
Alohida yig‘iladigan transport-tayyorlov xarajatlari summasi tashkilotning hisob 
siyosatida belgilangan davrga bog‘liq holda davr oxiridagi tovar-moddiy zahiralar 
qoldig‘i summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, tekinga 
berilgan va h.k.) tovar-moddiy zahiralar summasi o‘rtasida taqsimlanadi. Chiqib 
ketayotgan tovar-moddiy zahiralarga tegishli bo‘lgan transport-tayyorlov 
xarajatlari summasi transport-tayyorlov xarajatlarining o‘rtacha foizi bilan chiqib 
ketgan tovar-moddiy zahiralar qiymatining ko‘paytmasi sifatida aniqlanib, ushbu 
tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketishi ular bilan bog‘lanishda aks ettirilgan 
hisobning xuddi o‘sha hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov 
xarajatlarining o‘rtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov xarajatlari 
qoldig‘i va davr ichida qilingan transporttayyorlov xarajatlari summalarini davr 
boshidagi tovar-moddiy zahiralar qoldig‘i va davr ichida kelib tushgan tovar-
moddiy zahiralar summasiga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olishning qo‘llaniladigan usuli 
tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Haq evaziga xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi qoplanadigan 
(hisobga kiritishga qabul qilinadigan) soliqlar chegirilgan hamda 4-son 
BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qo‘shilgan holda, shartnomaga yoki ularning xarid 
qilinganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarga muvofiq yetkazib beruvchi (sotuvchi)ga to‘lanadigan summa tariqasida 
aniqlanadi.
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi 4-son 
BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, chet el valyutasidagi 
summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar 
ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O‘zbekiston 


Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda 
belgilanadi.
Tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida olingan tovar-moddiy zahiralarning 
tannarxi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, tashkilot muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan 
ularning puldagi bahosidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tashkilot tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan hamda asosiy 
vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy 
zahiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi 
joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday tovarmoddiy zahiralarga 
ayirboshlash yo‘li bilan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi berilgan 
tovar-moddiy zahiralarning balans qiymatiga teng.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday bo‘lmagan tovar-moddiy 
zahiralarga ayirboshlash yo‘li bilan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi 
berilgan tovar-moddiy zahiralarning joriy qiymatiga teng.
Tovar-moddiy zahiralar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda 
almashtirish yo‘li bilan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi berilgan 
tovar-moddiy zahiralarning ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul 
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) 
joriy qiymatiga teng.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida 
bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha 
olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi deb tashkilot tomonidan berilgan 
yoki berilishi lozim bo‘lgan aktivlarning joriy qiymati yoki bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning joriy qiymati tan olinadi.
Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan aktivlarning qiymatini belgilash 
imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida 
bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarishni nazarda tutadigan shartnomalar bo‘yicha 
tashkilot tomonidan olingan tovarmoddiy zahiralarning tannarxi shunga o‘xshash 
vaziyatlarda xuddi shunday tovar-moddiy zahiralar xarid qilinadigan joriy 
qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tashkilot tomonidan chetdan qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar xarid 
qiymati bo‘yicha hisobga olinishi mumkin. Bunda 4-son BHMSning 13-bandida 
nazarda tutilgan tovarlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ular yuzaga 
kelgan hisobot davrida tashkilotning davr xarajatlariga (sotish bo‘yicha) kiritiladi.
Moddiy javobgar shaxslarning faoliyati ustidan tegishlicha nazorat o‘rnatish 
maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga 
ustama (chegirmalar)ni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida alohida hisobga 


olgan holda, xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarni sotish qiymati bo‘yicha 
hisobga olishga ruxsat beriladi.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishning qo‘llaniladigan tartibi tashkilotning 
hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan tovar-moddiy zahiralar tarkibiga o‘tkazilgan 
aktivlarning tannarxi ushbu uzoq muddatli aktivlarning balans (qoldiq) qiymati 
bo‘yicha belgilanadi.
Tashkilot tomonidan tovar-moddiy zahiralar ustav kapitaliga ulush hisobiga, 
tekinga va ayirboshlash yo‘li bilan olinayotganda 4-son BHMSning 13-bandida 
nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda tovarmoddiy zahiralarning 
tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zahiralarni inventarlash natijasida 
aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib 
chiqqan holda belgilanadi.
Bitta umumiy summaga xarid qilingan barcha tovar-moddiy zahiralardan har 
birining tannarxi ushbu summani alohida tovar-moddiy zahiraning joriy qiymatiga 
mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling