9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


Tovar-moddiy zahiralarni tan olish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his

Tovar-moddiy zahiralarni tan olish. Tovar-moddiy zahiralar aktiv sifatida tan 
olinadi, agar:
a) tashkilotga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib
tushishiga ishonch bo‘lsa;
b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
v) ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Tovar-moddiy zahiralarga bo‘lgan mulk huquqi, ular bilan bog‘liq xatarlar va 
mukofotlarning o‘tish payti uning shartlari kelishiladigan yetkazib berish (oldi-
sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.
Ular bo‘yicha mulk huquqi tashkilotga tegishli bo‘lmagan, biroq shartnoma 
shartlariga muvofiq uning ixtiyorida bo‘lgan tovar-moddiy zahiralar balansdan 
tashqari hisobvaraqlarda shartnomada nazarda tutilgan baho bo‘yicha aks 
ettiriladi.
Tovar-moddiy zahiralar quyidagilar natijasida tashkilotning buxgalteriya balansiga 
kiritilishi lozim:
a) yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;
b) muassislardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida
kelib tushishi;
v) muassislar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki 
uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning 
ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
d) ayirboshlash;


ye) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
j) ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zahiralarni aniqlash;
z) ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini
olish;
i) tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
k) hisobot davri oxirida tugallanmagan va tugallanmagan ishlab chiqarish tarzida 
hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
l) tovar-moddiy zahiralarga bo‘lgan mulk huquqi olinishiga olib
keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.
Tovar-moddiy zahiralar quyidagi ikki qiymat: hisobot davri oxiridagi tannarxidan 
(xarid qiymati yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki sotishning sof qiymatidan eng 
kam qiymat bo‘yicha baholanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling