Xom-ashyolarga qishloq xo‘jaligi va qazilma sanoatining mahsulotlari (don,
paxta, sut, go‘sht, sabzavot mahsulotlari va boshqalar) kiradi. Materiallarga qayta
ishlash
sanoati mahsulotlari - un, yog‘, yoqilg‘i, moylash materiallari, qand va
boshqalar kiradi.
Yordamchi materiallar xom-ashyo va asosiy materiallarga qo‘shimcha ravishda
foydalaniladi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ma’lum darajada iste’mol
xususiyatlarini beradi, shuningdek, mehnat vositalarini ta’mirlashda
va ishlab
chiqarish jarayonini yengillashtirish uchun foydalaniladi.
Shuni e’tiborga olish zarurki, materiallarni asosiy va yordamchi materiallarga
bo‘lish shartli tavsifga ega bo‘lib, bir tarmoqda asosiy
hisoblangan materiallar
boshqa tarmoqlar uchun yordamchi material bo‘lishi mumkin.
Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar- qayta
ishlashning ma’lum bosqichini o‘tgan, lekin tayyor
mahsulot holatiga yetmagan
xom-ashyo va materiallardir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ular ham asosiy
materiallar rolini bajaradi va ularning moddiy asosini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqindilar- tayyor mahsulot ishlab chiqarish
jarayoniga sarflangan
xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar qayta
ishlash jarayonidagi qoldiqlar.
Yoqilg‘ilar - ularni uchga bulish mumkin - texnologik yoqilg‘ilar, dvigatel va
xo‘jalik yoqilg‘ilari. Texnologik yoqilg‘ilar
texnologik maqsadlar uchun
foydalaniladi. Dvigatel yoqilg‘ilari esa dvigatelni yurgizish uchun ishlatiladi.
Xo‘jalik yoqilg‘ilari isitish uchun foydalaniladi.
Idish va idishbop materiallar (qutilar, qoplar va boshqalar)
tayyor mahsulotlar,
yarim tayyor mahsulotlar, materiallar va boshqa narsalarni qadoqlash, tashish va
saqlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: