9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


Korxonada ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his

Korxonada ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi. 
Korxonaning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan
(tayyorlanadigan) tovar-moddiy zahiralarning tannarxi deb ularning ishlab 
chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish 
tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish 
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga 
quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va 
bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa 
bevosita va bilvosita xarajatlar.
Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar 
ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga 
ajratiladi:
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar
qiymati chiqarib tashlangan holda);
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu 
jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;
v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy 
xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va 
favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga 
kiritilmaydi.


Korxonalarning analitik hisobidamateriallarni hisob bahosida yuritish me’yoriy 
hujjatlar bilan ruxsat etilgan. Hisob bahosi oldindan belgilangan qat’iy narxlarning 
analitik hisobini bilish uchun zarur bo‘lib, hisob narxlari deb ataladi.
Materiallar uchun quyidagi hisob narxlari qo‘llanilishi mumkin:

shartnoma narxi. Bu holda materiallarning haqiqiy tannarxiga kiritiladigan 
boshqa xarajatlar transport-tayyorlov xarajatlari sifatida alohida hisobga olinadi;

o‘tgan oy bo‘yicha materiallarning haqiqiy tannarxi. Bu holda, joriy oy 
materiallar haqiqiy tannarxi va ularning hisob narxi o‘rtasidagi og‘ishlar transport-
tayyorlov xarajatlari sifatida alohida hisobga olinadi;

rejali hisob narxlar. Bu holda shartnomaviy narxlarning rejali hisob 
narxlaridan og‘ishi transport-tayyorlov xarajatlari tarkibida alohida hisobga 
olinadi;

o‘rtacha guruh narxi (yoki o‘rtacha tortilgan narxlar). Bunday holda 
materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha guruh narxi o‘rtasidagi farq 
transport-tayyorlov xarajatlari tarkibida alohida hisobga olinadi.
Hisob narxlarida hisobot davrida (oy) moddiy zahiralar hisobdan chiqariladi. 
Analitik hisobning bunday tuzilishi hisobot davrida buxgalteriya bo‘limida sotib 
olingan materiallarning faqat hisob qiymati ma’lumotlari mavjudligi bilan 
izohlanadi. Oyning oxirida buxgalteriya materiallarning haqiqiy qiymatini 
aniqlaydi. Haqiqiy tannarx va hisob narxi o‘rtasidagi og‘ish foizini hisoblaydi. Oy 
davomida hisob narxi bilan xarajat qilingan materiallarni bu og‘ish foizi bilan 
haqiqiy tannarxiga yetkazadilar.
Shunday qilib, hisob narxida hisobdan chiqarilgan materiallar, og‘ish foizini 
hisobga olgan holda, bizga ishlatiladigan materiallarning haqiqiy tannarxini 
beradi. Buxgalteriya hisobining bunday tashkil etilishi materiallarning harakati 
bilan bog‘liq operatsiyalarining hisobini murakkabligini buxgalteriyada sezilarli 
darajada kamaytiradi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling