9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


 Materiallarni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his

  
9.5. Materiallarni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari  
Soliq hisobi maqsadlarida haq evaziga sotib olingan moddiy-ishlab chiqarish 
qiymati, QQS va aksiz solig‘idan tashqari, ularni sotib olish narxlaridan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi.
QQS qaytariladigan soliqlarni nazarda tutadi va materiallarni sotib olish uchun uni 
hisobga olish va chegirib tashlash tartibi soliq kodeksining X-qism normalari bilan 
belgilanadi.
Materiallarni sotib olganda tashkilotga taqdim etilgan yoki O‘zR bojxona 
hududiga olib kirishda to‘lanadigan QQS summasi chegirmasi amalga oshiriladi:
1) 
belgilangan materiallar hisobga qabul qilingandan so‘ng;
2) 
to‘g‘ri rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlar (shu jumladan alohida satrda 
soliq summalarini ajratgan holda hisobvaraq-fakturalar mavjud bo‘lganda);
3) 
sotib olingan materiallar ishlab chiqarish faoliyatini yoki soliq solish ob’ekti 
deb tan olingan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lsa.
Yuqoridagi shartlarga rioya qilinmagan taqdirda, bunday materiallarni xarid 
qilishda tashkilotga taqdim etilgan QQS summalari chegirib tashlanmaydi va 
buxgalteriya hisobida boshqacha aks ettiriladi.
Xususan, QQS summasi sotib olingan materiallar narxini tasdiqlovchi birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarida (hisobvaraqlar, hisobvaraq-fakturalar, yuk xati, kassa 
kirim orderlari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) ajratilmagan bo‘lsa, hisob-kitob 
hujjatlarida 
(farmoyishlar, 
talabnoma-farmoyishlar, 
chek 
reestrlari 
va 
akkreditivdan mablag‘ olish uchun reestrplar) uning hisob-kitobi amalga 
oshirilmaydi. Bunday hollarda olingan materiallar, shu jumladan, ular bo‘yicha 
qabul qilingan QQS summalari, materiallar hisobi hisobvaraqlari bo‘yicha bir 
butun deb hisoblanadi va keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha 
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Soliq qonunchiligida ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha 
qarziuchun olingan materiallar qiymati foyda solig‘i va QQS bo‘yicha soliqqa 


tortilmaydi, bu tashkilot daromadi sifatida tan olinishi kerak. Bunday materiallar 
bo‘yicha QQS summasi materiallar tannarxida hisobga olinishi lozim.
Tashkilot tomonidan tekinga olingan materiallar bozor qiymatida boshqa 
operatsion daromad hisoblanadi va daromad solig‘iga tortiladi. Soliq maqsadlari 
uchun tekinga olingan materiallar qiymati u aslida tashkilot tomonidan qabul 
qilingan davrda to‘liq boshqa operatsion daromad hisobiga olinadi, ishlab 
chiqarish xarajatlari hisobiga olinadigan hisobvaraqlarga hisobga chiqariladigan 
paytda emas.
Materiallarni tekinga o‘tkazishdan ko‘rilgan zarar daromad solig‘i bo‘yicha 
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirmaydi.
Bundan tashqari, materiallarni tekinga o‘tkazish qo‘shimcha qiymat solig‘iga 
tortilib, tekinga o‘tkazilgan mol-mulkning bozor qiymatidan hisoblab chiqariladi. 
Bu holda QQS to‘lovchisi materiallarni tekinga o‘tkazadigan tomon-tashkilotdir. 
Bunday holda, o‘tkaziladigantomon hisobvaraq-fakturani tuzadi va sotish kitobida 
aks ettiriladi.
Aktivlar tugatilishi,shuningdek asosiy vositalarni ta’mirlash natijasida olingan 
materiallar qiymati, boshqa operatsion daromad hisoblanadi va foyda solig‘iga 
tortiladi. Kelgusida ushbu olingan materiallar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab 
chiqarishda foydalansa, ularning qiymatifoyda solig‘iga tortish uchun moddiy 
xarajatlar tarkibida hisobga olinishi mumkin. Yuqoridagi materiallarning qiymati 
moddiy xarajatlarning tarkibida, faqat boshqa operatsion daromadga kiritilgan 
summadan hisoblangan foyda solig‘i summasiga teng miqdorda bo‘lishi mumkin.
Barter shartnomasi bo‘yicha tovarlar almashinuvi tovarlar realizatsiyasi deb tan 
olinadi va QQSga tortiladi.
Tovar ayirboshlash operatsiyalari bo‘yicha tovarlar sotilganda QQS solig‘i bazasi 
aksiz solig‘ini hisobga olgan holda va QQSsiz bozor baholari asosida hisoblangan 
tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan mol-mulkning qiymati sifatida aniqlanadi. 
Ayni paytda tovar ayirboshlash operatsiyalari natijasida olingan qiymatlar 
bo‘yicha QQS summasi korxona tomonidan chegirib ko‘rsatish mumkin.
Soliq hisobi maqsadida mahsulot ishlab chiqarishda,ishlar bajarishda, xizmatlar 
ko‘rsatilaganda foydalaniladigan xom-ashyolarni hisobdan chiqarishda moddiy 
xarajatlar miqdorini aniqlashda soliqqa tortish maqsadlarida materiallarni 
baholashning quyidagi usullaridan biri qo‘llanilishi kerak:

zahiralarning birligi qiymatida;

o‘rtacha xarajat;

birinchi qabul qilngan va birinchi hisobdan chiqarilgan qiymati 
(FIFO).
Materiallarni sotish uchun QQS bazasi ushbu materiallarning bozor qiymati 
sifatida QQS summasini o‘z ichiga olmagan holda aniqlanadi. Agar sotilgan 
materiallar avval to‘langan QQS summasini hisobga olingan holda boshlang‘ich 


qiymati bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, soliq solinadigan baza sotiladigan 
materiallarning QQS summasi bilan sotilgan materiallarning bozor narxi 
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
O‘zR Soliq kodeksining 305-moddasiga ko‘ra materiallarni sotib olish (yaratish) 
qiymati va ularni sotish bilan bog‘liq xarajatlar foyda solig‘i maqsadlari uchun 
hisobga olinadi. Agar materiallarni sotib olish (yaratish) narxi, ularni sotish bilan 
bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda, materiallarni sotishdan tushgan 
tushumdan oshib ketsa, bu qiymatlar o‘rtasidagi farq korxonaning zarari sifatida 
e’tirof etiladi va foydani solig‘iga ta’sir etadi.
Soliq hisobi maqsadlari uchun boshqa tashkilotning ustav kapitaliga materiallar 
o‘tkazish, bu materiallar beruvchi tomonni soliq hisobida ko‘rsatilgan narxlar 
bilan berishi kerak. Qabul qiluvchi tarafning soliq hisobida ham materiallarni shu 
hisobda qabul qilinadi.
Inventarlash davomida aniqlangan ortiqcha materiallar qiymati boshqa operatsion 
daromad deb qabul qilinadi va foyda solig‘iga tortiladi.Aniqlangan ortiqcha 
materiallar bozor qiymatida hisobga olinadi. Bu materiallar mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) ishlab chiqarishda foydalansa, ularning qiymati foyda solig‘iga tortish 
uchun moddiy xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. Inventarlash vaqtida 
aniqlangan materiallar-ning qiymati moddiy xarajatlarning tarkibida, faqat boshqa 
operatsion daromadga kiritilgan summadan hisoblangan foyda solig‘i summasiga 
teng bo‘lishi kerak.
Materiallar kamomadi va uning tabiiy yo‘qotilishi normalar doirasida ishlab 
chiqarish xarajatlari hisobiga, normalardan ortiqchasi javobgarlar shaxslar 
hisobiga olinadi. Foyda solig‘i maqsadlari uchun tabiiy yo‘qotishlar normalarini 
qo‘llashi kerak. Aybdor shaxslardan materiallar kamomadini qoplash aniqlangan 
sanada bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling