Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati
Angar turidagi don saqlash ombori
Download 121.46 Kb.
|
Islom kurs ishi (2) yaangi
2.2.Angar turidagi don saqlash ombori
Shuningdek, zanglamas tunukadan tezkor barpo etiladigan angarlarda don saqlash usuli ham keng tarqalgan. Poligonal angar ko‘rinishidagi don saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar eng keng tarqalgan ombor turi hisoblanadi (8-rasm). Poligonal angarlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning konstruksiyasida faqatgina vertikal devorlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu bino hajmidan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi. 5-rasm. Poligonal angar Don saqlash uchun mo‘ljallangan omborlarning yana bir turi - yarim silindrik angarlardir (2.3 rasm). Yarim silindrik angarlar ikki turga bo‘linadi: yer ustki qismi metallik va bunkerli. Agar angar don massasini uzoq vaqt saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda yer ustki qismi metalli angardan foydalaniladi. Bunday angarlarda donlarni quruq holda uzoq vaqt yo‘qotishlarsiz saqlash mumkin, chunki bunday angarlar namlikka nisbatan yuqori chidamlilikka ega. 6-rasm. Yarim silindrik don saqlash ombori Bunker turidagi don saqlash omborlari don massalarini saqlash va hosilni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Bino ichki tomonidan seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, bu turli donlarni bir vaqtda saqlash imkonini beradi. Bunday angarlar mikroiqlimning optimal parametrlarini ta’minlovchi mukammal ventilyatsiya sistemasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Angar turidagi don saqlash omborlari yuqori solishtirma sig‘imga (7 t/m2 gacha) ega bo‘lib, don uyumining balandligi esa 10 m gacha bo‘ladi, angar kengligi 30 m gacha, sig‘imi esa 20 ming tonnagacha bo‘ladi. Bunday angarlarda bir vaqtning o‘zida bir necha turga mansub donlarni faol shamollatib saqlash imkoni mavjud. Shuningdek bunday angarlar texnikani erkin harakatlanish imkonini beradi (10-rasm). 7-rasm. Angar turidagi don saqlash ombori Don saqlash omborining yer yuzasini asfalt bilan qoplash iqtisodiy jihatdan qimmatligini hisobga olib, ombor yer yuzasini 8-10 sm o‘lchamdagi bo‘laklarga bo‘lingan somon bilan qoplab, u quruq tuproq (loy) bilan qoplanadi va suv sepilib, ustidan avtotransport yurgizdirilib tekislanadi. Oddiy qilib aytganda, don ombori yer yuzasi somonshuvoq qilinishi mumkin. Somon-loy aralashmasi qotgach, shuvoq yuzasi qalinligi 150 mkm bo‘lgan polietilen plyonka bilan qoplanadi (silos plyonka). Hosil yig‘im-terim vaqtida don massasini har doim ham saqlash omboriga joylash imkoni mavjud bo‘lmaydi. Bu holda don massasini vaqtinchalik ochiq asfalt maydonlarda - buntlarda saqlashni tashkil etishimiz kerak. Bunt konus, piramida yoki boshqa shaklda bo‘lishi mumkin. Donlarni buntlarda saqlash ko‘p miqdorda, ya’ni 10-30 % gacha don yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Buntlarda saqlanish davomida don atmosfera yog‘ingarchiliklari, qushlar va kemiruvchilarlardan himoyalanmagan bo‘ladi, don massasida o‘z-o‘zidan qizish va zararkunandalar tomonidan zararlanish holatlari kuzatiladi. Odatda, donlar qish davomida buntlarda saqlanganda, butunlay zararlanib, bahorda hatto chorva uchun ozuqa sifatida foydalanishga ham yaroqsiz holatda keladi. Donlarni buntlarda saqlashda don massasi +8 oC va undan ham past haroratgacha sovitilishi zarur. Don massasi sovitilgach, bunt yuzasi brezent bilan qoplanadi. Sovitilmagan va nam don massasi yuzasini brezent bilan qoplash qat’iyan taqiqlanadi, chunki bu don massasining o‘z-o‘zidan qizishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, urug‘lik uchun mo‘ljallangan donlarni uzoq vaqt buntlarda saqlashga ruxsat etilmaydi. Saqlanayotgan don massasining holatini namlik, harorat, zararkunandalar bilan zararlanish darajasi va donning sifat ko‘rsatkichlari (rangi, xidi, ta’mi) belgilaydi. Urug‘lik don uchun shuningdek, unuvchanlik va unish energiyasi kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ham aniqlanadi. Omborlardagi don uyumining harorati metall yoki yog‘ochdan tayyorlangan termoshtanganing metall korpusiga joylashgan spirtli termometrlar yordamida aniqlanadi. Uning uzunligi 1,6-3,2 m ni tashkil etadi. Ombordagi don uyumining haroratini kuzatish uchun uyum yuzasi shartli ravishda taxminan 100 m2 maydonli bo‘laklarga bo‘linadi. Urug‘lik donning kichik partiyalari alohida nazorat qilinadi. Balandligi 1,5 m gacha bo‘lgan don uyumlarida harorat uyumning yuqori va quyi qismida aniqlanadi. Balandligi 1,5 m dan yuqori bo‘lgan don uyumlarida harorat uyumning uch joyida - quyi, o‘rta qismida va uyum yuzasidan 20-30 sm chuqurlikda aniqlanadi. Harorat har bir qatlamning kamida uch joyida aniqlanadi. Termoshtanga, harorat o‘lchangach, 2 m ga shaxmat tartibida, keyingi o‘lchovni amalga oshirish uchun suriladi. Urug‘lik uchun mo‘ljallangan don massasi harorati doimiy nazoratga olinadi. Buning uchun ombor maydoni shartli ravishda 50 m2 bo‘laklarga (seksiyalarga) bo‘linadi va har bir seksiya alohida nazoratga olinadi. Balandligi 1,5 m dan yuqori bo‘lgan urug‘lik don uyumlarining harorati termoshtangalar yordamida kamida uchta nuqtadan qatlam balandligi bo‘ylab (yuqorigi qatlam yuzasidan 20-30 sm chuqurlikda, o‘rta va quyi qatlamlarda) aniqlanadi. Donlarning namligi o‘rtacha namuna bo‘yicha namlikni o‘lchash asboblarida bir oyda bir marotaba o‘tkaziladi. Don uyumlarining zararkunandalar bilan zararlanish darajasi har bir bunkerda qatlamlar bo‘yicha aniqlanadi. Aniqlash davriyligi 5 oC va undan past haroratda bir oyda 1 marotaba, 5 oC dan yuqori haroratda esa bir oyda 2 marotabani tashkil etadi. Urug‘lar haroratini nazorat qilish davriyligi quyidagi jadvalda berilgan 2.1-jadval Urug‘lar haroratini nazorat qilish davriyligi(S.A.Semina va boshqalarga ko’ra)
Urug‘larning zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlash davriyligi 3-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Javdar, arpa, pivo ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan arpa va boshqa urug‘larning unuvchanligi (unish energiyasi, yaroqliligi) darhol saqlashga qo‘yilgach, 3-4 oydan so‘ng va realizatsiyadan ikki hafta oldin o‘rtacha namuna bo‘yicha aniqlanadi. 2.2-jadval Urug‘larning zararkunandalar bilan zararlanishi darajasini aniqlash davriyligi (S.A.Semina va boshqalarga ko’ra)
Don massalarining organoleptik ko‘rsatkichlari doimiy ravishda, har bir bunkerda, barcha qatlamlar bo‘yicha, ya’ni harorat o‘lchashda namlik, zararlanish va unuvchanlik darajasini aniqlashda o‘rganiladi. Kuzatish natijalari xronologik tartibda kuzatuv jurnaliga va har bir partiyaning shtabel yorlig‘iga qayd etiladi. Don massalarini omborlarga joylash usullari negizida don turi, navi, botanik belgilari, namligi, ifloslanish va zararlanish darajasi, donning mo‘ljallanishi, alohida belgilari (fuzarioz don va ungan don miqdori), shuningdek, don partiyasida boshqa madaniy va yovvoyi ekinlarning qiyin ajraluvchan urug‘larining mavjudligi kabilar turadi. Download 121.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling