Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


III BOB Donlarni saqlash omborlarga joylash


Download 121.46 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi121.46 Kb.
#1525197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Islom kurs ishi (2) yaangi

III BOB Donlarni saqlash omborlarga joylash
3.1. Omborlarni rejalashtirishning umumiy qoidalari
Omborlarni joy lashtirishda maydonning relefL shamolning yo'nalishi, yer osti suvlarining joylashish chuqurligi va tuproqning mexariik holati hisobga olinadi. Zamonaviy omborxonalar - bu meva va sabzavotlarni qabul qilish, saqlash, tovar ishlov berish, qadoqlash va jo ‘natish uchun barcha zarur uskunalar bilan jihozlangan sovitgichlardir. Omborlarda yuklash72 tushirish uskunalari. konveverlar, yashiklar savatlar va boshqa jihozlar bo iishi shart Zamonaviy omborlarda barcha bo'limlar izchil ketmaketlikda joylashtiriladi.
Omborlarni loyihalashda ulaming quyidagi xususiyatlarim e ’tiborga olish kerak: mahsulotlarni omborxonadan tashqarida saqlash vaqtini kamavtirish, tayyor mahsulotni shikastlanishdan saqlash. past haroratda ishchilarning ishlashi qiyinligi va hokazo. Omborxonalarni loyihalashda quyidagi sharoitlarni ta ’minlash lozim: saqlash kameralarining hajmidan to ‘liq va samarali foydalanish, 73 yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash, yuklarni tashish yollarimng masofasini kamaytirish, yuklash-tushirish paytida sovitgich omborining tashqi muhitga sovuqlik yo'qotishini kamaytirish, ishchilarning ish sharoitini yaxshilash va hokazo. Omborxonalardan foydalanish muddati uning jihozlariga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Shu sababli omborxonalarni loyihalashda mexanik jihozlaming modemizatsiyalanishi va o'zgarishini e ’tiborga olish kerak
3.2.Minorali don omborlari.
Minorali don omborlari baland, silindrsimon hajmlarga ega ya texnologik jarayonlari to‘liq mexanizatsiyalashgan boMishi mumkin. Minorali don omborlarining (silos) eng takpmillashgan xili - don elevatorlari hisoblanadi. Ular katta hajmli donlami tortish, tozalash, quritish, tushirish, saqlash va ularni konditsion holatgacha yetkazish mexanizmlari bilan jihozlanadi. Elevatorlar vazifasiga qarab don qabul qiluvchi yoki tayyorlovchi (xo‘jaliklardan hajmi 15-100 ming t gacha donni qabul qilib olish, ularni tozalash, quritish va j o ‘natishga mo ljallangan), ishlab chiqaruvchi (tegirmonli korxonalarda quriladi, hajmi 10-150 ming t gacha), bazisli (donni uzoq muddat saqlaydigan, hajmi 100-150 ming t gacha), yuklash-tushirish punktlari va portlarga quriluvchi (donni bir turdagi transportdan ikkinchi turdagi transportga yuklash-tushirish uchun stansiya va portlarga quriladi, hajmi 50-100 ming t gacha) xillarga bolinadi. Elevatorlarning siloslari (katta hajmli idish) korpusga biriktirilgan bolib, korpus yaxlit yoki yig‘ma temir82 betondan (balandligi 30 m, diametri 6-7 m) doira shaklida quriladi, u asosiy texnologik va transport jihozlari joylashgan ish binosi hisoblanadi . Siloslarning bir qismi donni dezinfeksiyalash qurilmasi bilan jihozlanadi. Hozirgi zamon elevatorlarida mashina va mexanizmlami boshqarish avtomatlashtirilgan
Masala; Iste’mol uchun moljallangan 300 tonna donni angar turidagi omborlarga joylashtirish;
Angar turidagi omborga 300 t donni joylash uchun talab etiladigan foydali maydon aniqlash.
1. 1m3 ga 750 kg = 0.75t don joylanadi;
2. 300t don qancha hajimni egallayd? ;
a) 1m3---------0.75t
x------------300t
x=400m3
Bizga ma’lumki, don uchburchak shaklida uyum hosil qiladi. Bunda biz arifmetikadan foydalanib, quyidagi formulalar asosida don uyumini hajmini topib olamiz.
1. uchburchakni yuzini topish С=(a/2)*h
C=uchburchak yuzi;
a=uchburchak asosi ya’ni eni, bizda bu 10 m ga teng
h=don uyumi balandligi bizda bu 5 m ga teng;

  1. C=(10/2)*5=5*5=25 m2

  1. uchburchak hajmini topish V=С* x

endi biz V=400m3 va C=25m2 dan foydalanib don uyumi to’kilgan maydon uzunligini aniqlaymiz

  1. maydon uzunligi=x

  1. x=400m3 / 25m2 =16m

Bizga 300t donni saqlash uchun kerak bo’gan maydon
a)uzunligi 16m
b)eni 10m
c)balandligi 5m
Endi umumiy angar turidagi ombor qurish uchun kerakli maydonni hisoblaymiz.
Angar devorlari don uyumining ikki yon tomonidan 1m dan, old va orqa tomonidan 2m dan, balandligi don uyumi yuqori nuqtasidan 3m masofada joylashadi.Sababi namlikdan saqlash havo aylanishi va doimiy nazorat uchun yo’lak.

  1. Angarning umumiy uzunligi

  1. 16m+2m+2m=20m

  1. Angarning umumiy eni

  1. 10m+1m+1m=12m

  1. Angarning umumiy balandligi

  1. 5m+3m=8m

Javob; Biz 300t donni vaqtinchalik saqlash uchun uzunligi 20m eni 12m va balandligi 8m bo’lgan angar turidagi ombor qurishimiz kerak.

Xulosa
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas’uliyatli masalasidir. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo‘yi ta’minlab turish uchun xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e’tibor berish lozim.
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga tayanib ish kurilsa, mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko‘proq qo‘shimcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi mumkin.Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, agrokimyo,mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari, fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklarni himoya qilish va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda.


Download 121.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling