Mundarija: Kirish I. Bob. Dramatik turning genezesi va tadrijiy takomili
I . Bob 1.2 . O‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyoti
Download 145.5 Kb.
|
kurs ishi. adabiyot
I . Bob
1.2 . O‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyoti Dramatik tur o‘zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo‘ldi. Ilk dramatik asar sifatida tan olingan Behbudiyning “ Padarkush” asari 1911- yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega bo‘lgan bu o‘zbek dramaturgiyasi o‘tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urishi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bu susayish ayniqsa o‘tgan asrning “turg‘unlik davri” deb atalgan va mustaqillikning dastlabki yillarida aniq seziladi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta’kidlash o‘rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan shug‘illanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlarning doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tug‘iladi. Uchinchidan bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o‘z asari bilan boyib ketayotgani yo‘q. Shunga qaramay so‘ngi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo‘shab ham qolmadi, ozmi-ko‘pmi tomoshabin teatrga ham kirib turdi. Eng muhimi so‘ngi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomondan yangilandi, janr imkoniyatlari kengaydi. San’atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana boshladilar. Bu yillar ananalarga ko‘ra ko‘plab she’riy dramalar dunyoga keldi. E.Vohidovning “Istanbul fojiasi”, A. Oripovning “Sohibqiron”, U. Qo‘chqorning “Rasululloh kotibi”, R. Bobojonning “Yusuf va Zulayho” kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko‘lamining kengayishida yaqqol ko‘rinadi. Bu borada ayniqsa tarixiy mavzudagi sahna asarlarning ko‘payganligini alohida takidlash lozim. Tarixga munosabatning o‘zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini qadrlash, tarixiy manbalarni o‘rganish tufayli xalqimiz o‘zligini anglash jarayonini boshidan kechirdi. Ayniqsa Amir Temur, Ahmad al-Farg‘oniy, Mashrab singari murakkab tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakllardagi sahna asarlari dunyoga keldi. Bular orasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash qissasi” nomli tarixiy dramasi muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O. Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60 yillardayoq “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Yurak yonmog‘i kerak”, “Chin muhabbat”, “Olma gullaganda”, “Bir koshona sirlari” deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi. Mana shu tajriba va mahorat san’tkorning so‘ngi dramasida o‘zining yaxshi samarasini bergan. Bu davrda zamonaviy mavzularda ham ko‘plab dramalar dunyoga keldi. Bu borada Erkin Xushvaqtov, Salohiddin Sirojiddinov, Usmon Azim, Sanjarali Imomov, Xoliq Xursandov, Nasrullo Qobil, Komil Avaz Toir Yunusovlar samarali ijod qildilar. Ulardan ba’zilarining asarlari teatrlarning doimiy repertuariga aylandi va tomoshabinlarning tashnaligini qondirib, teatrlarga qiziqishini orttirdi. Zero teatrning xalqni ma’naviy ma’rifiy ruhda tarbiyalashning eng samarali va jonli vositasi ekanligi azaldan ma’lum. Sahna real hayotning baddiy ko‘zgusidir. Shu ma’noda yuqorida nomlari tilga olingan dramaturglardan E. Xushvaqtov ayniqsa, uloqda sovrinni olib ketdi. U ko‘proq xalq og‘zaki ijodi materiallariga, folklor-etnografik mavzularga milliy urf-odatlarimizda o‘lib borayotgan udumlarga murojat qildi. E. Xushvaqtovning O‘zbekiston milliy teatrida birin-ketin sahnalashtirilgan “Chimildiq”, “Qalliq o‘yin”, “Qirmizi olma”, “Andishali kelinchak” kabi pesalariga iloji boricha o‘zbek xalqining azaldan yashab kelgan udimlari ruhini, mohiyatini singdirishga, ularni yangicha an’analar bilan boyitishga, yosh avlodning munosabatini oshirishga urinadi.Ko‘p o‘rinlarda bunga erishadi ham. O‘z niyatini ifodalash uchun tanlangan usul va shakllarda yutuqqa erishavermaydi. Masalan, “Chimildiq”, “Qalliq o‘yin” dramalari avvalo, yengil-yelpi voqealar asosiga qurilgani, personajlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ta sun’iyligi, urf-odatlarimizning qadrini ko‘tarish o‘rniga o‘ziga nafrat uyg‘otadi. Bu dramalarda yechim ham tomoshabinni qoniqtirmaydi. Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analariham katta ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albatta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bamisoli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan siz “Padarkush”(Mahmudxo‘ja Behbudiy), “Abulfayzxon” (Fitrat), ”Sohibqiron”(Abdulla Oripov) kabi ayrim namunalarni o‘qigansiz, albatta. Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada muallif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi. Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi, chuqur o‘yga toladi .O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida bosqich sanaladi. Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Mustaqil mamlakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarining ulkan mutafakkir shaxslar bo‘lganini juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni anglatishda dramatik asarlar so‘z san’atining boshqa janrlariga qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. Sahnadagi qahramonlar ning so‘zlaridan ta’sirlanadi va ularning xatti-harakatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi; ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi chegara yo‘qoladi. Aktyorlar sahnadan odamlar orasiga tushib keladi; tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi. Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamoloti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi. Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolisligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazilatlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi. Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramon-larining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni tomoshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi kerak. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishini yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obrazlar tabiati ham dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut, yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining umrboqiyligini ham belgilaydi. Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yoshlarining ma’naviyati yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mustahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda. Download 145.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling