Mundarija: Kirish I. Bob. Dramatik turning genezesi va tadrijiy takomili
Download 145.5 Kb.
|
kurs ishi. adabiyot
Tragediya(yun. tragos-echki(taka), ado-qo‘shiq)da asosan ilohiy kuchlar va mifologik qahramonlar o‘rtasidagi murosasiz kurashlar falsafasi, yuqori tabaqa vakillari (podshohlar, shahzodalar, qo‘mondonlar, dohiylar, yo‘lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan. Tragediya janrining xususiyatlari ham V.Belinskiy tomonidan yetarli asoslangandir. Ular quyidagichadir:1.“Tragediyaning mohiyati qalbning tabiiy jarayoni, mayining axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to‘siqlik bilan to‘qnashuvidir, tragediya - qayg‘uli tamosha. Agarda qon, o‘liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo‘lmasa ham, lekin uning oqibati harvaqt qalbning eng qimmatli umidlarining yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo‘qolivudir. Uning qora ulug‘vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir”. 2.Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o‘lgan yoki g‘alabada halok bo‘lgan qahramonga biz chuqur qayg‘uramiz. Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo‘lmasligini, o‘z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlari, jahonni va o‘zgarmas borliq qonunlarni amalga oshira olmasligini bilamiz”. 3.“Buyuk axloqiy vazifalari hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlari, kishilik dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tiragi bo‘lgan substansial kuchlarni o‘zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo‘la oladi; voqyelikning o‘zida ahvol shunday”.4. “Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo‘qoting, siz bu bilan uni buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o‘zining butun nafis kuchini yo‘qotadi”. 5. “Tragediya ko‘proq sun’iy asardir”. “Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni buzib ko‘rsatishga oz yo‘l qo‘yilsa ham; tragediyaning go‘yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o‘z qahramonini maʼlum tarixiy vaziyatda ko‘rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o‘zicha o‘zgartirishga u to‘la huquqlidir”. O‘zbek adabiyotida yaratilgan “Muqanna” (H.Olimjon), “Mirzo Ulug‘bek” (Shayxzoda) tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to‘liq isbotlaydi... Qo‘shimcha izoh…Tragediya (gr.-“echki qo‘shig‘i”) qadimdayoq shakllangan dramatik janr bo‘lib, genetik jihatdan u mabud Dionisning o‘limi va qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim qo‘shiqlari asosida yuzaga kelgan. Tragediyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Tragik konflikt deganda mohiyatan yechimi yo`q, mavjud sharoitda hal qilib bo‘lmaydigan ziddiyat tushuniladiki, u har vaqt qahramon ongida kechadi. Qadimgi tragediyalarda konflikt shaxs va taqdiri azal o‘rtasida (masalan,“Shoh Edip”) kechgan bo‘lsa, keyinroq bu konflikt tomonlarining ikkinchisi o‘zgardi: taqdiri azal o‘rini endi shaxsdan yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq inson hayotini muayyan tartibga soluvchi ma’naviy qonun- qoidalar, masalan, burch hissi kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt asosida yuzaga keluvchi tragik holatning mohiyati shundaki, qahramon tashqi kuchlar bilan emas, o‘zi bilan o‘zi olishadi, mana shu olishuv oqibati o‘laroq chuqur ma’naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor bo‘ladi. O‘zining foje holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy iztiroblaru qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir.7 Tragik qahramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud u maqsaddan voz kechishi, oson yo‘lni tanlashi mumkin, biroq u bunday qilmaydi, o‘zining jisman yoki ma’nan halokatga uchrashi mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan, e’tiqodidan qaytmaydi. Xuddi shu asosda tragik qahramonning xarakter kuchi, uning favqulodda shaxslig namoyon bo‘ladi. Masalan, Edip yoki Gamletni oling ularning ikkisi ham yuqorida tavsif etilgan yo‘ldan boradi. Deylik, Edip yurt boshiga kelgan ofatning sababchisi o‘zi bo`lishi mumkinligini sezganidayoq taftishni to‘xtatishi, “yopiqliq qozon yopiqligicha”qolaverishi mumkin edi. Biroq u tragik qahramon chekiga tushgan iztirobu qiynoqlar qadahini tubigacha singdiradi.
Download 145.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling