Mundarija kirish i-bob g`aznaviylar davlatining tashkil topishi


G’aznaviylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Download 359.5 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi359.5 Kb.
#1582956
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmning s

2.2 G’aznaviylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Devonlar (vazirliklar) ijroiya idoralari bo’lganligi o’z-o’zidan tushlunarli. Manbalarda bunday devonlardan beshtasining nomi tilga olinadi; vazir devoni, yaьni bosh vazir devoni; harbiy ishlar devoni, deplomatik va boshqa rasmiy tadbirlar, xujjatlarni rasmiylashtirish, tuzish devoni; hisob-kitob, ya’ni moliya devoni; pochta-xabar devoni. Mazkur devoklarning vazifalari haqida ilgari ham so’z yuritganimiz uchun bu borada yana to’xtalib o’tirmaymiz. Garchi manbalarda mushriflik (davlat nazorati), muxtasiblik devonlari tmlga olinmasada, ammo shunday xizmatlar mavjudligidan ularning markaziy devonlari ham bo’lgan degan xulosa chiqadi (masalan, shahar mushrifi, viloyat mushrifi mansablari bo’lganligi aniq).
Viloyat boshlig’ini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. Viloyat ijroya boshqaruv ishlarini amid olib borgan. Shahar boshlig’ini rais deb ataganlar. Shahar miqiyosida shihna, qutvol (qal’a komendanti), sohibi devon (ma’muriy boshqaruvchi kabi amaldorlar ham faoliyat ko’rsatganlar.
Bilamizki, g’aznaviylar, ayniqsa, Mahmud davrida qudratly qo’shinga ega bo’lganlar. Oliy hukmdorlik hukmdorning o’z ixtiyorida bo’lganligi tabiiy. Bosh qo’mondonlikka (silohsalor) esa sulolaning eng ishonchli, asosan, shu xonadon namoyandasi tayinlangan. Masalan, Mahmud bunday mansabga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o’rta darajadagilari sarhang deyilib, oxirgilari xayllarga (bir necha o’n otliqlarga) boshchilik qilganlar. Harbiylar o’z pochta, qozilik xizmatlariga ega edilar. G’aznaviylarning ham saralangan jangovor qismlari (gvardiya) bor edi, ammo ular to’g’ridan-to’g’ri dagoh ixtiyorida bo’lgan.
G’aznaviylarning tashqi aloqalari masalasida ikki narsaga e’tibor bersh lozim: ularning mintaqa hududidagi munosabatlari va mintaqadan tashqaridagi aloqalari. G’aznavilarni mintaqaning Movarounnaqr, Farg’ona, Yettisuv, Sharqiy Turkiston ismlarida hukmron bo’lgan qoraxoniylar bilan munosabatlari haqida bir qadar to’xtalib o’tgandik. 1001 yilgi Mahmud G’aznaviy va Nasr Qoraxoniy o’rgasidagi kelishuvga binoan Amudaryo ikki tomon manfaatlarini ajratib turuvchi chegara hisoblangan.
Garchi bu ahnoma keyinchalik bir necha marta (asosan qoraxoniylar tomonidan) buzilib turgan bo’lsada, umuman olganda, daryo ikki tomon uchun chegara bo’lib qolavergan. Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin. G’azkaviylar uchun xuddi o’zlari kabi kuchga to’lib turgan qoraxoniylar bilan munosabatlarini keskinlashtirishdan ko’ra Xorazm va Shimoliy Hindistonni bo’ysundirish ham real, ham moddiy jihatdan ancha nafli edi. Buni shundan ham bilib olsa bo’ladiki, Mahmudning o’zi Shimoliy Hikdistonga bir necha marta harbiy yurish uyushtirgan, Xorazmni bo’ysundirgan (1017 yili). Shu maьnoda Mahmud ko’proq uzoqni o’ylaydigan, mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni yaxshi biladigan siyosatchi sifatida gavdalanadi. Ham hududi, ham siyosiy-harbiy, iqtisodiy jihatlardan o’ziga yarasha qudratga ega bo’lgan qoraxoniylar bilan birdaniga keskin siyosat yurgizish kaltabinlik bo’lardi. Shimoliy Hindistonda, keyinchalik Xorazida erishilgan siyosiy-harbiy yutuqlardan so’ng esa g’aznaviylar qoraxoniylar bilan nafaqat tengma-teng raqobatlasha oladigan, balki ulardan ustunroq mavqega ham yetishadilar.
Saljuqiylar bilan munosabatda ham Mahmud uzoqni ko’zlab ish tutadi. Garchi bu vaqtda saljuqiylar yetuklik darajasidan yiroq bo’lsalarda, lekin umuman jiddiy harbiy kuch sifatida Xurosonga xavf tug’dirishlari mumkin edi. Ayniqsp, Mahmudning Shimoliy Hindistonga uyushtirgan yurishlari chog’ida bunday xavf voqelikka aylanishi ehtimolga yaqin bo’lgan. Shuning uchun ham 1025 yili turk-o’g’uz urug’laridan bir qismiga (to’rt miig chodir) Xurosondan manzil beradi. Keyinchalik Mas’ud davrida ular kuchayib, g’aznaviylarga qarshi zarba beradilar.
Shimoliy Hindiston bilan aloqalarga kelsak, sovet tarixshunosligida bu o’lkaga nisbatan g’aznaviylar tuggan siyosat bosqinchilik, o’ljaparastlik, talon-torojlik xatti-harakatlari orqali tushuntirib kelingan. Fikrimizcha, bunday yondashuv ko’p ham to’g’ri emas. Chunk shimoliy Hindiston, birinchidan, o’z davrida mintaqaning tarixiy tarkibiy qismi bo’lgan. Ikkinchidan, markazlari G’azna bo’lgan g’aznaviylar uchun Shimoliy Hindiston qo’shni o’lka bo’lgani tabiiy. Xuroson yo Seystonga nisbatan ularning intilishlari va umuman siyosatlari qanchalik tabiiy bo’lsa, Shimoliy Hindiston nisbatan ham shunday edi. Uchinchidan, g’aznaviylar ta’sir doirasida bo’lgan Shimoliy Hindistondagi mahalliy sulolalar, siyosiy kuchlarning mustaqillikka intilishlari, ularga qarshi kurashish, qarshilik ko’rsatishlari ham oddiy hol bo’lgan. Shularni nazarda tutgan holda g’aznaviylarning Xorazm yo Shimoliy Hindistonga harbiy yurushlarni o’sha davr siyosiy, iqgisodiy, xalqaro munosabatlari orqali baholash maqsadga muvofiq bo’ladi. Albatga, biz har doimdagidek to’kilgan qon va ko’rilgan talafotlarni oqlay olmaymiz.
G’aznaviylarning mintaqadan tashqaridagi aloqalari haqida so’z ketsa, Arab xalifaligi bilan munosabatlar to’g’risida to’xtalishga to’g’ri keladi. G’aznaviylar shu zamonga kelib ilgarigi qudratini yo’qotgan xalifalik xurmatini o’rniga qo’yishga harakat qilganlar. Zero, bu ularning manfaatlariga mos kelar edi. Ya’ni, birinchidan, Arab xalifaligi shunchalar zaif ediki, mintaqadagi biron-bir siyosiy sulola (masalan, qoraxoniylar, xorazmshohlar va g’aznaviylarning o’zlari ham) uni real qudrat sifatida tan olmasdi. Demak, xalifalik tomonidan g’aznaviylarga qarshi harbiy xavf-xatar yo’q edi.
Tashqi aloqaar haqida so’zni xorijiy mehmonlarni qabul qilish marosimiga oid quyidagm lavha bilan tugallasak. Bayon 1032 yilda Mas’udningArab xalifaligining oliymaqom elchisini qabul qilish haqida “Tong yorisha boshlagan zamon to’rt miig saroy g’ulomi (ya’ni gvardiya A.Z.) amirlik saroyining ikki tarafidan bir necha qator bo’lib saf tortdilar. (Shundan) ikki ming nafari ikki uchli kuloh (kiyib) va o’nta popugi (osilib turgan) kamar (taqib) olgandilar. Har bir g’ulom kumush gurzi (tutib turardi). Qolgan ikki ming (g’ulom) to’rta par qadalgan kulohda edilar. Bellaridagi kamarga o’qdon, qilich, kamonni tutib turuvchi qayish mahkamlangan, har bir g’ulomning qo’lida kamon va uchtadan o’q. Barcha (to’rt ming g’ulom) qimmatbaho nafis ipaklikdan (tikilgan) chakmonda edi. Xos g’ulomlardan uchyuztasi amir (ya’ni oliy hukmdor — A. Z.) o’tirgan supa yaqinida har tomondan saf tortib turardilar. Ularning kiyimlari yanada ko’rkam bo’lib (boshlarida) ikki uchli kuloh, kamarlari zardan, gurzilari ham zarrin. (Oralaridan) bir necha kishilarning kamarlari javohirlar bilan bezatilgandi. Yana ellik-olmish nafar (g’ulom) nariroqda Dilmon saroyi o’rtasida qalqon bo’lib turardilar. Dargoh ulug’lari, viloyatlar voliydari, hojiblar — barchasi ikki uchli kulog’da, zar kamarlar taqib olganlar. Saroy tashqarisida martabadorlar turardilar. Fellarning soni ham ko’p edi. Lashkar esa shay bo’lib qimmatbaho nafis ipaklik kiyimda, soyabonlar (ostida), (har bir qism) o’z qurol-yarogi belgilari bilan bir-birlariga qarama-qarshi tomonlarga saflangondilar, (xuddi) shular oras elchi o’tishi kerak edi. Elchini boshlovchi bezatilgan otlarni olib ko’pchilik hamroxligida (tashqariga qarab) yuradi. (U yerda) elchini otga mndiradilar. (So’ng uni boshlab keldilar.) Shunda burg’u, katta kichix nog’oralar ovozi yangrab ketdiki, go’yo qiyomat kuni kelganday (deysan kishi). Elchini ana shunday ulug’vor takalluf bilan kuzatib bordilar. Bunday (qabul marosimini) u umrida ko’rmagandi. G’oyatda hayratga tushgan hodda u ko’shka qadam qo’ydi. Amir (ya’ni oliy hukmdor — A. 3), Olloh undan rozi bo’lsin supa oldida taxtda o’ltiraradi. Xalifa elchisi salom berdi. U qora (kiyimda) edi. Javobni ulug’ xoji Ahmad Xasan berdi. Amir yonida undan bo’lak hech kimsa o’ltirmagandi. Qolgan barcha tik turardi. Xojib Abu Nasr elchisining tirsagidan tutib o’ltirishga undadi. (Tarixi Bayhaqiy)
G’aznaviylar davrida qurilish ma’rifiy ishlarga ham katta etibor berilganai ma’lum. G’azna, Balx, Nishopur, Shimoliy Hindiston shaharlarida madrasalar, masjidlar, xonaqohlar saroylar ko’proq qurilgani manbalarda o’z aksini topgan. Madrasalarda turli sohadagi fanlardan dars berilgan, ilmi toliblar uchun o’z zamonasida boy hisoblangan kutubhonalar eshigi doimo ochiq bo’lgan. (Majma al-Ansob kitobi).

XULOSA
Xulosa qilib aytganda G’aznaviylar davlati Movarounnahrdagi bosib olingan hududlarning cheklanganligi va nisbatan tarixan qisqa davr – Movarounnahrda bor-yo’g’i 40 yilga yaqin hukmronlik qilgan bo’lsa-da, O’zbekiston davlatchiligi tarixidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. CHunki, G’aznaviylar paydo bo’lishi davri – X asr oxiri – XI asr boshlarida paydo bo’lgan boshqa davlatlar - Saljuqiylar va Qoraxoniylar kabi o’ta muhim tarixiy ahamiyat kasb etgan voqea – nafaqat Movarounnahr, balki butun O’rta Osiyoda turkiy davlatchilikning o’zil-kesil qaror topganligini ko’rsatadi. SHu bois, ushbu paragrafda G’aznaviylar davlatchiligi tarixi haqida qichqacha mahlumot berib o’tishni lozim topdik.
Demak, G’aznaning siyosiy markaz sifatida yuksalishi X asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. G’aznaviylar sulolasining asoschisi Amir Nasiriddin ud-davla Sabuqtegin G’oziy kelib chiqishiga ko’ra turkiy qavmga mansub edi. Ayrim o’rta asrlar manbalarida, xususan, XIV asrda yashab o’tgan Muhammad SHabangaroyning «Majma al-ansab» nomli asarida berilishicha, Sabuqtegin Issiqko’l bo’yidagi hukmdori qarluq bo’lgan Barsxon degan joyda tug’ilgan. Yoshligida Sabuqtegin asir olinadi va to’rt yil tuxsi qabilasida tutqunda bo’lgach, uni Movarounnahrlik savdogarlarga sotib yuboradilar. V.V. Bartolg’dning fikriga ko’ra, Sabuqteginni Somoniylar davlatining mansablar pog’onasida ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Alptegin sotib oladi. Alptegin 963 yilda vafot etgan paytda u sotib olgan qo’l Sabuqtegin katta nufuzga ega edi. Uning vafotidan so’ng G’aznada navbati bilan Amir Ishoq ibn Alptegin, Amir Bilgategin, Amir Piriy, Amir Sabuqteginlar hukmronlik qiladilar. 997 yilning boshida Sabuqtegin Somoniylar tomonidan G’azna va uning atroflariga hokim etib tayinlanadi. Tarixiy manbalar Sabuqteginni G’aznaviylar davlatining asoschisi sifatida tahriflaydilar. 997 yilning oxirida Amir Sabuqtegin vafot etadi va uning kichik o’g’li Ismol taxtga o’tirib bor yo’g’i 7 oy hukmronlik qiladi. 998 yilda o’zining harbiy jasoratlari uchun Sayf ud-davla – «saltanat qilichi» degan faholi nomga sazovor bo’lgan, Sabuqteginning ikkinchi o’g’li Mahmud G’aznaviylar taxtiga o’tiradi.
Ko’pchilik tarixiy-ilmiy adabiyotlarda Mahmud G’aznaviy deb yuritilgan Abulqosim Mahmud hukmronligi davrida (998-1030 yy) G’aznaviylarning qudrati va shuhrati ortib Buyuk G’aznaviylar davlati barpo etildi. Mahmud hukmronligi davrida Xorazm, Xuroson, Seyiston, Qobul, G’azna, SHimoliy Hindiston kabi viloyatlar G’aznaviylar qo’li ostida edi. Abulqosim Mahmud taxtga o’tirgan yili xalifa Muqaddirdan Xurosonni boshqarish uchun yorliq hamda «Yamin ad-davla va amin al-milla» – «Saltanat tayanchi va musulmonlar jamiyatining ishonchli vakili» faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.
Mahmud taxtga o’tirgan paytidan boshlab o’z davlati chegaralarini kengaytirish siyosatini olib bordi. U o’sha yiliyoq Janubiy Toxariston (hozirgi SHimoliy Afg’oniston)ni bosib olgan bo’lsa, 999 yilda Marv yaqinidagi bo’lgan jangdan so’ng butun Xuroson Mahmud G’aznaviy izmiga bo’ysunadi. Manbalarning mahlumot berishicha, Amudaryo vohasi, strategik jihatdan juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan Termiz shahri ham Mahmud qo’l ostida bo’lgan. Abul Fazl Bayhaqiy «Tarixi Mahsud» asarida mahlumot berishicha, Termizda noib va qalha qutvoli bevosita G’aznaviylar tomonidan tayinlangan. Bu G’aznaviylarga Amudaryo orqali Markaziy Osiyodan Hindistonga olib boradigan muhim savdo yo’lini nazorat qilish imkonini bergan.
1002 yilda Bag’dod xalifasi Mahmud G’aznaviy hokimiyatini tan olib unga yorliq yuborgach, Mahmud siyosiy jihatdan ancha mustahkamlanib oldi va o’sha yili Seyistonni bosib oldi. G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’rtasida dastavval Amudaryo chegara qilib belgilanadi. Ammo, Qoraxoniylar bu chegarani tez-tez bo’zib turardilar. 1008 yilda Balx atroflarida G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’rtasida jang bo’lib o’tadi. Bu jangda Mahmudning to’la g’alaba qozonishi Xurosonda uning ahvolini yanada yaxshiladi. O’sha yili Mahmud CHag’aniyon va Xuttalyonni ham bosib olib, o’zining noiblari sifatida mahalliy hukmdorlarni hokimiyatda qoldiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T: Sharq, 1997.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T., Ma'naviyat. 2008.

  3. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari. - T.: O‘zbekiston. 1998. - 37 b.

  4. Karimov I.A.Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. -T., Sharq,1998.

  5. Karimov I.A.Adabiyotga e'tibor- ma'naviyatga, kelajakka e'tibor.-T., O‘zbekiston.. 2009

  6. Karimov I. A. Vatan ozodligi-oliy saodat. T. O‘zbekiston. 1999. 60 .bet

  7. Karimov I.A.Tarixi boy, buguni go‘zal, kelajagi buyuk shahar.-T.,

  8. Karimov I. A. Biz qurish, yaratish yo‘lidan boraveramiz .-T.,1995y

  9. Karimov I.A.Biz qurish, yaratish yo‘lidan boraveramiz.-

T.,O‘zbekiston. 8 1995.

  1. Karimov I.A.Vatan ozodligi oliy saodat.-T., O‘zbekiston,1999.

  2. Karimov I.A. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz.- T.,O‘zbekiston,1999.

  3. Karimov I.A.Jamiyatni isloh qilish yo‘lida.-T.,Sharq,1998.

  4. Zakoi Kunrapa . “Hazrati payg‘ambarimiz va islom dini” -T. -B.3

  5. Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma'naviyat. 2002.- 5b.

  6. Gasprali I. Ovrupa madaniyatiga bir tanqidiy nazar - “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati” g., 1996 yil, 10 yanvar soni

  7. Shuhrat Rizo. Ma'rifatparvarlikdan ma'rifatchilikkacha.- Tafakkur.J - 1995.-№1. 74-79b

  8. Ma'naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati -T., G‘.G‘ulom nomidagi NMIU. 2009. 128-bet.

  9. Qosimov Begali. Ismoilbek Gaspirali.-T: G‘.G‘ulom nomidagi Nashriyot matbaa birlashmasi, 1992.- 34 b.

  10. Islom ensiklopediya. -T., O‘zME nashriyoti, 2004. -B.

  11. Abdurauf Fitrat «Muxtasar Islom tarixi» -T., 31

  12. Muhammad Xuzariy ibn shayx Afifiy “Nuril yaqin” -T.



Download 359.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling