Mundarija kirish I. Bob. Genetik kod haqida tushuncha


Kurs ishi tarkibi va tuzulishi


Download 0.66 Mb.
bet3/12
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1627196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
abror

Kurs ishi tarkibi va tuzulishi. Kurs ishi 2ta bob, 5ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan atshkil topgan.


I.BOB. GENETIK KOD HAQIDA TUSHUNCHA
1.1.Organizmlar irsiyatining nasdan naslga berilishi
Irsiyat — organizmning oʻz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga oʻtkazish, yaʼni organizmlarning oʻziga oʻxshash nasllarni bun-yod etish xossasi. I. tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik taʼmin etiladi. I. har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saklanib qolishini ham taʼminlaydi. Organizmlarning oʻzaro oʻxshashlik va qarindoshlik darajasiga binoan oila, urugʻ, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishining asosida ham Irsiyat yotadi. Irsiyat tufayli bitta sistematik guruhga mansub organizmlar belgilarining turgʻunligi, yaʼni oʻzaro oʻxshashligi bilan birga ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar ham saqlanib qoladi. I. ning muayyan bir yoʻnalishda taʼsiri tufayli organizm belgilarining avlodlar osha turgʻunligi taʼmin etiladi. I. organizmlar on-togenezining turgʻunligi, ontogenez bosqichlari ketmaketligini va bu jara-yonlarda moddalar almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi. I. ning yana bir xususiyati uning oʻzgaruvchanligidir (qarang Oʻzgaruvchanlik). Binobarin organizmlar irsiy belgilarining turgʻunligi mutloq boʻlmaydi. Turli xil organizmlar bir-biridan turgunlik darajasi bilan farq qiladi. Masalan, paleozoy erasi perm davridan saklanib qolgan ochiq uruglilar vakillaridan ginko (Ginko biloba) ni qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million yillar oʻtgan boʻlishiga qaramay bir qancha irsiy belgilar deyarli oʻzgarishsiz saklanib qolganligi koʻzga tashlanadi.
Xuddi shu tariqa panjaqanotli latimeriya baligʻi (Latimeria chalumnae) ham million yillardan buyen deyarli oʻzgarishsiz Hind okeanining jan.-gʻarbiy qismida saklanib qolgan. Lekin aksariyat hollarda I. ning turgʻunligi muayayn darajada nisbiy boʻladi. Organizm genetik omillar va yashash sharoitining oʻzaro taʼsiri natijasida rivojlanganligi tufayli I. ham genotip va tashki sharoitning taʼsirida turli koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Aksariyat hollarda I. xromosomalar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan genlar orkali amalga oshadi. Bunday I. xromosoma yoki yadro I. i deyiladi. Genlarning nisbatan kam qismi sitoplazmada joylashgan pla-stidalar va mitoxondriyalarda, yaʼni xromosomalar bilan bogʻliq boʻlmagan hujayra elementlarida joylashgan boʻladi. Bu genlar faoliyati orqali amalga oshadigan I. sitoplazmik I. deyiladi. I. tufayli organizmlar har xil guruhlarining nisbatan musta-qilligi, ularning yaxlit sistema (po-pulyasiyalar, turlar) sifatida muayyan yashash sharoitiga moslashganlik xususiyatlari saqlab qolinadi. Illy sababdan I. evolyusion jarayonning eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Genetik tadqiqotlar natijasida qator I. qonunlari kashf etildi. Mendel tadqiqotlaridan kelib chiqadigan I. qonunlari quyidagilardan iborat: organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; I. birligi boʻlgan genlar nisbatan turgʻundir; har bir gen har xil allel (dominant va retsessiv) xrlatda boʻladi; tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa koʻp.
Amerikalik T. Morgan tadqiqotlari negizida quyidagi I. prinsiplari aniqlandi: gen xromosomaning lokus deb nomlangan maʼlum bir qismida oʻrnashgan; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan oʻxshash lokuslarida oʻrin oladi; genlar xromosomalarda muayyan tartibda bir qator boʻlib joylashgan; jinsiy hujayralarda xromosomalar soni tana xujayralariga nisbatan ikki hissa kam (gaploid) boʻladi. Zigotada genlar jinsiy hujayralarning xromosomalari qoʻshilishi ham ikki baravar ortadi va somatik hujayralarda boʻlganidek diploid holatga oʻtadi. I. prinsiplari negizida genlarning molekulyar genetik strukturasi va funksiyasi haqidagi taʼlimot yotadi. I. qonuniyatlarini oʻrganish qishloq xoʻjaligi amaliyotida va tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
Irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saklanib qolishini ham taʼminlaydi. Organizmlarning oʻzaro oʻxshashlik va qarindoshlik darajasiga bi-noan oila, urugʻ, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishining asosida ham Irsiyat yotadi. Irsiyat tufayli bitta sistematik guruhga mansub organizmlar belgilarining turgʻunligi, yaʼni oʻzaro oʻxshashligi b-n birga ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar ham saqlanib qoladi. Irsiyatning muayyan bir yoʻnalishda taʼsiri tufayli organizm belgilarining avlodlar osha turgʻunligi taʼmin etiladi. Irsiyat organizmlar on-togenezining turgʻunligi, ontogenez bosqichlari ketmaketligini va bu jara-yonlarda moddalar almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi — irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga oʻtishi xromosomalar bilan bogʻliq. Irsiyatning xromosoma nazariyasini dastlab nemis sitolog olimi T. Boveri (1902—1907) va amerikalik olim U. Setton (1902—1903) asoslab bergan. Keyinchalik 20-asr boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan batafsil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jinsini aniqlashning genetik mexanizmini oʻrganish orqali jinsning jinsiy xromosomalarning naslda taqsimlanishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatning xromosoma nazariyasini isbotladi. Amerika genetigi K. Brijes (1913) tomonidan urgʻochi drofozilada meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlanishining buzilishi birikkan irsiy belgilarning oʻzgarishi bilan bogʻliqligining aniqlanishi irsiyatning xromosoma nazariyasini uzil-kesil tasdikladi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi rivojlana borishi tufayli bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini hosil qilishi va birgalikda irsiylanishi; birikish guruxlari soni har qaysi tur uchun doimiy boʻlib, xromosomalarning gaploid soniga teng boʻlishi; genlarning birikishi bilan bogʻliqbelgilar ham birgalikda irsiylanishi aniqlandi. Mitoz jarayonida xromosomalarning chalkashuvi (krossingo-ver) genetik materialning xromosomalar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga (qarang Rekombinatsiya), binobarin belgilarning birikkan holda irsiylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. T. Morgan va b. genetik olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil oʻrganishi xromosomalarning genetik haritasini tuzib chikish uchun asos boʻldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzilganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalar ahamiyati ochib beriladi.
Genlar joylashishi effekti (genlarning namoyon boʻlishi ularning xromosomalarda joylashishiga boglikligi)ning kashf etilishi genetik material diskretli va izchilligining umumiyligi toʻgʻrisidagi genetikaning eng muhim prinsiplaridan birining shakllanishiga imkon beradi

Irsiyatning molekulyar asoslarini genetikaning yangi, zamonaviy tarmog'i- molekulyar genetika fani tadbiqi. Bu biofizika va boshqa fanlar kabi tabiiy fanlar yutuqlari va metodlariga asoslangan holatda rivojlanadi.


Irsiyatning molekulyar asoslarini genetikaning yangi, zamonaviy tarmog'i- molekulyar genetika fani tadbiqi. Bu fan genetika, biokimyoviy, biofizika kabi tabiiy fanlar yutuqlari va metodlariga asoslangan holatda rivojlanadi.
Molekulyar genetika organizmlar irsiyatining moddiy asoslarini nuklein kislotalar (DNK, RNK) ning strukturasi, funksiyasi va biosintezining molekulyar asoslarini tadqiq qilish.Irsiy axborot birligi gen haqida ilmiy asoslar yaratildi. Genlardan tashkil topgan irsiy axborotning kelgusi avlodlarga berilishi va natijada paydo bo'lishida, yangi avlod fenotipida ota-ona belgi va to'g'ridan-to'g'ri rivojlanish ko'lami ochiladi. Genlar faoliyatini boshqarish va ulardagi harakatlanishning molekulyar mexanizmlari qayta tiklanadi.
Molekulyar genetika organizmlar irsiyatining moddiy asoslarini nuklein kislotalar (DNK, RNK) ning strukturasi, funksiyasi va biosintezining molekulyar asoslarini tadqiq qilish. Olingan dalillarga asoslanib, irsiy axborot birligi gen haqida ilmiy asoslar yaratildi. Genlardan tashkil topgan irsiy axborotning kelgusi avlodlarga berilishi va natijada paydo bo'lishida, yangi avlod fenotipida ota-ona belgi va to'g'ridan-to'g'ri rivojlanish ko'lami ochiladi. Genlar faoliyatini boshqarish va ulardagi harakatlanishning molekulyar mexanizmlari qayta tiklanadi.
Irsiy belgilarni nasldan-naslga olib o‘tuvchi gen DNK ning ma’lum uchastkasi
hisoblanadi. Gen belgiga birdaniga ta’sir ko‘rsatmaydi. U odatda oqsilning birlamchi strukturasini ya’ni oqsil polimerlarida aminokislotalar qancha va qanday izchilikda joylashganligini ifodalaydi. Bizga ma’lumki hujayrada uchraydigan nuklein kislotalarning 2 turi bor: ular DNK va RNK lar. DNK-biologik polimer bo‘lib, qo‘sh spiralidan tashkil topgan. Uning monomerlari nukleotidlar hisoblanadi. 
Har bir nukleotid azotli asos, uglevod, fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Nukleotidlarda azotli asoslarning 4 xili mavjud: A- adenin, T-timin, C-sitozin, G-guanin. DNK spiralalida nukleotidlar komplementarlik  joylashadi. Ya’ni adenintiming, sitozin guaninga komplementardir.
RNK–bir zanjirli bo‘lib, u ham nukleotidlardan tashkil topgan. DNK dan farqi nukleotidlarda dezoksirobaza o‘rniga riboza monosaharidi uchraydi, timin o‘rniga uratsil azotli asos uchraydi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling