Mundarija kirish I. Bob. Halqali chuvalchanglar( annelida) tipi sistematikasi


Download 434.42 Kb.
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi434.42 Kb.
#1292335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
chuvalchang

Kurs ishining maqsadi: O’zbekiston hududida uchrovchi halqali chuvalchanglar tipining biologik xilma-xilligini, ekologik, geografik, taksonomik va zoogeografik aspektlarini o’rganish, shu jumladan ko’p uchrovchi turlarning o’zgaruvchanligini tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari:
-O’rganilgan hududlardagi halqali chuvalchanglar tipining taksonomik hilma-xilligini o’rganish
-Tadqiqot olib borilgan hududlar malakofaunasining zoogeografik strukturasini o’rganish
Qisqacha adabiyotlar tahlili: Kurs ishini tayyorlash jarayonida men S.Dadayev, O.Mavlonov va boshqa kitoblardan foydalandim


I.BOB.HALQALI CHUVALCHANGLAR( ANNELIDA) TIPI SISTEMATIKASI
1.1 Kam tukli halqali chuvalchanglar. (Oligachaeta) sinfi
Halqali chuvalangchanglar tipiga 8000 ming tur kirib dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ular tanasi birin – ketin joylashgan aniq halqalar – bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shuning uchun ham ularni halqali chuvalchanglar deb aytiladi.
1.Bu tip uchta sinfga bo‘linadi.
2.Ko‘p tukli chuvalchanglar sinfi.
3.Kam tukli chuvalchanglar sinfi.
4.Zuluklar sinfi.
Kam tukli yoki oz qilli halqali chuvalchanglar – chuchuk suvlarda, chirindi ko‘p zax joylar, ekinzorlar, yaylovlar tuprog‘ida hamda dengizlarda tarqalgan. 3000 ga yaqin turi bor. Qilchalar soni kam. Hammasi deyarli qo‘sh jinsli, jinsiy organlari tanasining bosh qismida joylashgan, pilla qo‘yib ko‘payadi.
Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishi va hayoti.
Yomg‘ir chuvalchangi: chirindilari ko‘p zaxroq joylarni, ko‘pincha ariqlarning atrofi yoki nam ko‘p bo‘lgan tuproq ostini kovlab hayot kechiradi. Gavdasi 10-30 sm uzunlikda bo‘lib, qizg‘ich shilimshiqli (buni shilimshiqli) teridagi maxsus ho‘jayralar ajratib chiqaradi. Yomg‘ir chuvalchangini bahor va yoz oylarida ko‘plab uchratish mumkin. Yomg‘irdan so‘ng yer yuziga chiqqani uchun shu nom berilgan.
Yomg‘ir chuvalchangini yelka (orqa) tomoni qoramtir, qorin tomoni esa oqishroq, bosh va dum tomonlari bir oz ingichkalashgan bo‘ladi. Bosh tomoni yo‘g‘onlashgan kamar segmentlari bor. Bu kamar ko‘payish vaqtida rol o‘ynaydi. Gavdasi (100-120 ta) segmentga bo‘lingan. Gavdasining birinchi segmentida og‘iz teshigi, oxirgi segmentida esa chiqaruv teshigi joylashgan. Har qaysi bo‘g‘imda sakkiztadan tuklar mavjud. Yomg‘ir chuvalchangining gavdasi bir-biriga zich yondashgan bir qavat ho‘jayralar bilan qoplangan.
Chuvalchang terisining ustki qismi, kutikula bilan qoplanib, uning ostidagi bir qavatli epiteliyaga halqali muskullar, ularga esa juda yaxshi rivojlangan cho‘ziq muskullar rivojlangan. Kutikulada bir ho‘jayrali shilimshiq bezlar juda ko‘p bo‘ladi. Kutikula yomg‘ir chuvalchangini ichki organlarini tashqi muhitdan saqlasa, shilimshiq modda terini qurishdan saqlaydi.
Ovqat hazm qilish sistemasi – uzun naydan iborat bo‘lib, oldingi uchida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘izdan-halqum boshlanadi. Halqum – qizilo‘ngachga, qizilo‘ngach oxiri kengayib jig‘ildon hosil qiladi. Bu yerda oziq namlanadi va yumshaydi. Oziq jig‘ildondan muskulli “oshqozoncha” ga tushadi, bu yerda eziladi, bundan so‘ng ichakka tushadi, ichakning oxirgi qism orqa chiqaruv teshigi anal bilan tomomlanadi.
Qon aylanish sistemasi – Yomg‘ir chuvalchangi – qon aylanish sistemasi bo‘lishi bilan yassi va yumaloq chuvalchanglardan farq qiladi. Agar yomg‘ir chuvalchangining ustki (yelka) tomoniga diqqat bilan qaralsa teri ostiga uzunasiga ketgan ingichka qizil naychani ko‘rish mumkin. Bu yelka qon tomirlaridir. U hazm sistemasining ustida yotadi va butun gavda bo‘ylab cho‘ziladi. Shunday tomir chuvalchang tanasi qorin tomonida ovqat hazm qilish sistemasining ostida ham bor. Bu qorin qon tomirlaridir. Bu tomirlardan qizil rangli suyuqlik –qon oqadi. Yelka qon tomiridan qorin qon tomiriga ichakni o‘rab turadigan halqasimon qon tomirlar o‘tgan. Halqasimon qon tomirlarining yo‘g‘onroq va yirikroqlari qizilo‘ngach atrofida bo‘lib, ular “yurak” deb ataladi va urib turish xususiyatga ega.
Nafas olish sistemasi – Maxsus nafas olish sistemasi yo‘q teri orqali nafas oladi. Shilimshiqli teri tuproq ostida harakatlanish va kislorodni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Ayirish organlari – Har bir segmentda bir juftdan ochilgan kiprikli voronkasimon nefridiyalardan iborat bo‘lib, ularning juda uzun buklangan naychalari dissepiment pardalarga yopishib joylashgan. Naychaning uchi esa pastdagi segment orqali tashqariga ochilgan.
Nerv sistemasi – bosh segmentida halqumning ustida joylashgan bir juft halqum usti nerv tuguni (“bosh miya”) va o‘zaro bir-biri bilan tutashgan nerv tugunidan va shu tugunlardan ketadigan nervlardan iborat. Qorin tomonida gavdaning har qaysi bo‘g‘imida bir juftdan nerv tuguni bor.
Ko‘payishi – Yomg‘ir chuvalchangi – germofradit hayvon. Uning ko‘payish organlari gavdaning oldingi qismiga joylashgan, erkaklik jinsiy organlarida – urug‘donda spermatazoidlar, urug‘ochilik jinsiy organlarida – tuxumdonlarda tuxum etishadi.
Erta ko‘klamda, ko‘payish davri kelishi bilan chuvalchang belbog‘i shilimshiq modda ishlab chiqaradi, belbog‘ atrofida shu moddadan muftacha hosil bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli muftacha chuvalchang gavdasining oldingi qismida sirg‘anib boradi.tuxum yo‘li va urug‘ yo‘li belbog‘ tashqarisiga ochilgan bo‘lib, belbog‘ ustida hosil bo‘lgan murtacha ichiga urug‘ va tuxum ho‘jayra chiqadi. Muftacha ichiga urug‘ va tuxum ho‘jayra urug‘lanadi va chuvalchangdan urug‘lab tushgan ichida urug‘langan tuxum ho‘jayra bo‘lgan muftacha pillaga aylanadi. Yomg‘ir chuvalchangi jinssiz yo‘l bilan ko‘paymaydi. Ammo chuvalchangni ikkiga bo‘lsak uning ayrim qismlari o‘sib, butun organizmga aylanishi mumkin.

Download 434.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling