Mundarija kirish I. Bob. Halqali chuvalchanglar( annelida) tipi sistematikasi


Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakillari va tarqalishi


Download 434.42 Kb.
bet6/7
Sana24.03.2023
Hajmi434.42 Kb.
#1292335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
chuvalchang

2.3 Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakillari va tarqalishi.

Zuluklar halqali chuvalchanglar tipigning o‘ziga belgilariga ega bo‘lgan avlodlaridan. Qon so‘rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ularda halqalilarning bir qancha asosiy xarakatli belgilari – ichki segmentlar, metanefridiyalar, bosh nerv guguni va qorin nerv zanjiri, yaxshi rivojlangan qon aylanish sistemasi va boshqalar saqlangan. Shu bilan birga qadimgi (qisman hozirgi) avlodlarining qon yoki tana syuqligini so‘rib – ektoparazitlik bilan hayot kichirishga layoqatlanishi natijasida, ma’lum darajada o‘zgarib boshqacha xususiyatlar hosil etgan. Yirtqich formalari ham bor.


Chunonchi, bularda boshqa hayvon tanasiga yopishadigan ikkita so‘rg‘ich hosil bo‘lib, tashqi segmentlari yo‘qolgan yoki ozaygan; gavdasi yassilashgan, teri – muskul xaltasida muskullar eng kuchli rivojlanib, ikkilamchi tana bo‘shlig‘i mezenxema ho‘jayralari bilan qoplangan va shu munosabat bilan qon aylanish sistemasi va metanefridiyalar tuzilishida bir qancha o‘zgarishlar vujudga kelgan. Shular bilan birga ular uchun maxsus sezuv organlari-kuzlarning bo‘lishi hazm organlarining kuchli rivojlanganligi, ichidagi katta yon o‘simtalar paydo bo‘lganligi, ikki jinsli organlari yaxshi rivojlanganligi va pilla qo‘yib, lichinkasiz taraqqiy etishi xarakatlidir.
Zuluklar bir qancha organlarining tuzilishi, jumladan bir necha avlodlarida qilsimon o‘simtalarning saqlanganligi va boshqa belgilari qtlsimon o‘simtalarning saqlanganligi va boshqa belgilari bilan oz qilli halqali chuvalchanglarga ko‘p jihatdan yaqinlashadi. Hozirgi vaqtda zuluklarning 400 ga yaqin turi mavjud; ularning ko‘pchiligi ko‘llar kichik suv havzalari, daryolar qisman dengizlarda yashaydi.
Hozirgi zoologiya sistemasiga ko‘ra zuluklar sinfi qadimgi zuluklar (Archihirudinea) va haqiqiy zuluklar (Euhirudinea) kichik (kenja) sinflardan tarkib topgan. Quyida O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan so‘nggi sinf vakillarining tuzilishi ko‘rib o‘tiladi.
Meditsina zulugi (Hirudo medicinalis) ning tuzilishi va hayoti
Meditsina zulugi ba’zi sayozroq ko‘llar, kattoroq havza va botqoqliklarda ko‘p uchraydi. 8-15 sm uzunlikdagi bu chuvalchangning ancha yo‘g‘onlashgan ko‘kimtir-yashil tanasining esa bundan 2-3 marta kattaroq anal so‘rg‘ichi joylashgan. Bular hayvon tanasiga yopishishga va harakatlanishga yordam beradi. Bosh tomoni ingichkalashgan, dum tomoni yo‘g‘onroq bo‘lib, tanasi juda ko‘p mayda “halqalar” hosil qiladi. Lekin bu soxta halqalardir. Aslida zulukning haqiqiy-ichki segmentlari 33 ta bo‘lib, bu son ko‘pchilik zuluklar uchun xarakterlidir.
Zulukning shilimshiqli yashil tusli terisida jigarrang qoramtir chiziqlar bilan birga orqasida sarg‘ish yoki qizg‘ish yo‘li “guldor” shakllar ravshan ko‘zga tashlanadi. Bosh tomonida har xil kattalikdagi 10 ta ko‘zchalar joylashgan (bular shunday qaraganda ko‘rinmaydi). Terining ustki yupqa kutikula bilan qoplangan bo‘lib, uning ostidagi epiteliya oralig‘ida shilimshiq modda ajratuvchi bezlar ko‘p. Epiteliyaning ostiga halqali va cho‘ziq muskullarning tolalari tutashgan. Zuluklarda qorin-orqa yo‘nalishidagi va qiya joylashgan muskul tolalari kuchli taraqqiy etgan. Bular hammasi zulukning suvda tez va chaqqon harakatlanishini muvofiqlashtiradi.
Og‘iz so‘rg‘ichining ostidagi voronkasimon botiqlikda og‘iz, dum so‘rg‘ichining ustida esa anal teshigi joylashgan. Hazm va boshqa ichki organlari parenxema tipidagi ho‘jayralarning oralig‘ida joylashgan.
Hazm organlari. Og‘iz so‘rg‘ichining ostidagi og‘izoldi botiqligi devorida 3 ta bir-biriga qarama-qarshi joylashgan yassi yarimshar shaklidagi organi-jag‘larining bo‘lishi xarakterlidir. Qattiq va muskulli jag‘larining ustki qirrasida o‘tkir-arrasimon tishchalar bor. Zuluk birorta sut emizuvchi hayvon yoki odam terisiga yopishgan vaqtda mazkur jag‘lar arraga o‘xshab ishlandi va terisida uchta kesik hosil qilgach, u qon so‘rishga o‘tadi. Og‘iz-katta muskulli halqumga ochilgan. Halqum devoridagi bezlardan hosil bo‘luvchi girudin moddasi qonni ivib qolishdan saqlab, so‘rishni muvofiqlashtiradi. Oshqozoni juda katta va u 12-13 ta yon o‘simtalar hosil qiladi. Eng uzun oxirgi yon o‘simtalar ichakning ikki yon o‘simtalar ichakning ikki yon tomonida joylashgan. Oshqozonining bu o‘simtalarda zapas qon ivimagan holda uzoq vaqt saqlanadi. Dum tomonida joylashgan kaltagina ichak bir oz yo‘g‘onlashgan, u orqa ichak va anal teshigi orqali tashqariga ochilgan. So‘rib olingan qon ichakda hazm bo‘ladi.
Qon aylanish sistemasi. Qon tomirlari yo‘qolib ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining qoldig‘i-lakunlar qon tomirlari siqatida xizmat qiladi. Katta tomir (lakun)lar to‘rtta bo‘lib, orqada, qorin tarafda va ikki yon tomonda joylashgan. Selom bo‘shlig‘ining suyuqlig‘i bilan aralashgan qon mazkur lakunlar va ularninng bir-biriga tutashtirgan mayda tomirlarda harakat etiladi. Maxsus nafas olish organlari bo‘lmagani uchun qon teridan o‘tgan kislorodni va hazm bo‘lgan oziqni tarqatishga xizmat qiladi.
Ayirish organlari 17 juft metanefridiylardan tuzilgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmaganligi uchun bularning voronkasimon qismi yopiq (osti o‘ralgan) – pufaksimon shaklda. Ayirish naychalarining har biri pastda kengayib, siydik pufakchalari hosil qiladi. Bularining har biri alohida tashqariga ochilgan. Zuluklar ikki jinsli 10-12 juft urug‘donlari ikkita uzun urug‘ yo‘liga tutashgan. Ikkita urug‘ yo‘lining har biri oldingi tomondagi buklangan urug‘ qopchiqlariga ochiladi (bularda sperma saqlanadi). Naychasimon urug‘ qopchiqlariga o‘z navbatida urug‘ chiqarish kanaliga, ular esa bitta-muskulli qo‘shilish organiga tutashgan. Bu organ qo‘shilish vaqtida tashqariga qayrilib chiqadi. Tuxumdonlari bir juft. Kalta tuxum yo‘li bitta tuxum chiqarish naychasi orqali qinga ochilgan. Qin teshigi tananing oldingi-qorin tomonida, qo‘shilish organining pastrog‘ida joylashgan. Bularda ham jinsiy yo‘llarga yaqin, tananing oldingi qismida “kamar segmentlari” bo‘lishi harakterlidir. Bular ham “kamar” vositasida pilla yasab o‘z tuxumini pilla ichiga qo‘yishadi.
Nerv sistemasi “bosh miya” (halqum usti nerv tugunlari), u bilan komissuralar orqali tutashgan halqum osti nerv tugunlari va qorin nerv zanjiridan tarkib topgan. Qorin nerv zanjiri bir nechta bir-biri bilan tutashgan tugun (gangliya) lar shaklida tuzilgan bo‘lib, qoirn tomonidagi lakun bo‘shlig‘ida joylashgan. Terisida juda ko‘p mayda sezuv bo‘rtmalari joylashgan bo‘lib, bular terisi sezuv va hid sezuv vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari boshning ustki tomonida 4-5 juft mayda ko‘zchalar bo‘ladi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Zuluklar, jumladan meditsina zulugi ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ichdan otalanadi, almashinib urchiydi. Ko‘payish vaqtida kattalashgan “kamar” qismidagi bezlar ajratgan suyuqlik qotib, qalin-xitin qobiqli kattagina (2 sm li) “pilla” hosil qiladi. Otalangan tuxumlarini oziqni suyuqligi bilan shu xildagi “pilla” ning ichiga qo‘yadi. Zuluklar o‘z pillasini suv havzalari atrofidagi zax tuproq oralig‘iga, ba’zan er pilladan 5-10 tagacha yosh zuluk etishib, suvga tarqaladi va 2-3 yilda voyaga etadi. Umuman zuluklar 15-20 yilgacha umr ko‘radi.
Exiuridalar (Echiuroidea) sinfi
Exuridalar dengiz va okeanlarning tubida, sohil doirasidan tortib okeanning katta chuqurliklari – abissal zonasida qum va baliq yorib hayot kechiruvchi chuvalchanglardir. Bularning tashqi ko‘rinishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan halqalilarga o‘xshamaydi. Tanasi qopchiqsimon, bosh tomonda uzun xartumchasi bor. Tanasida segmentlar saqlanmagan, ikkilamchi tana-selom bo‘shlig‘i umumiy ichki bo‘shliqni tashkil etadi. Lekin, exiuridalarning hamma avlodlarida teri qilchalarining oz bo‘lsada, mavjudligi, bir necha juft nefridiya “voronkacha” larining bo‘lishi, qon aylanish sistemasining tuzilishi va xususan troxofora lichinkalari shaklida rivojlanishi bularning halqalilar avlodi ekanligini dalolat beradi.
Exiuridalarning 20-30sm gacha kattalikdagi qopchiqsimon tanasi hamma vaqt deyarli qum yoki balchiqli dengiz tubida maxsus “joy”ga botgan holda joylashib ko‘pincha kam harakat bo‘ladi. Tananing bosh tomonidagi uzun “xartum” o‘simtasi esa juda harakatchan; bu exiuridaning oziq oluvchi va nafas oluvchi organidir. Bonsila viridis degan turda 1 m uzunligidagi xartumning uchi ayri-ikkiga ajralgan bo‘lsa, exiurus, talassema kabi avlodlarida xartum kalta, ba’zilarida bu organ bo‘lmaydi.
Xartumning ichki (qorin) tomoni ariqchalik, u mayda kiprikchalar bilan qoplangan, uning pastki qismi og‘izga tutashgan. Exiuridaning qoirn tomonida “bosh”dan pastigacha cho‘zilgan ariqcha chizig‘iga qarab, qorin tomonini aniqlash oson. Shu tomonda og‘izga yaqin qorin qilchalari va jinsiy yo‘llarining teshikchalari joylashgan. Tananing nastki qismida anal teshigi, uning atrofida-anal qilchalari bor.
Exiuridalarining teri-muskul xaltasi sirtqi kutikula, epiteliya qavati, halqali va cho‘ziq muskullar ham ichki seloteliya hujayra qavatlaridan tarkib topgan. Bundan boshqa ularda ko‘ndalang-qiya muskullar ham bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i bitta katta selomdan iborat bo‘lib, u maxsus tana suyuqligi bilan to‘lgan. Mazkur bo‘shliqning oldingi qismida bir-ikki juft nefridiya voronkachalari bor; ular jinsiy mahsulotni chiqarishga xizmat qiladi.
Molluskalar tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan; ko’pincha mantiya-tеrisi ajratib chiqargan ohakli chig’anoq ichiga joylashgan. Okеan va dеngizlarda yashaydigan molluskalarning chig’anog’i qalin, chuchuk suvdagilariniki yupqa, quruqlikda yashaydiganlariniki kam rivojlangan yoki ko’pincha bo’lmasligi mumkin. Parazit formalarining chig’anoqlari butunlay yo’qolgan. Chig’anoqlari ustki muguz, o’rta ohak, ichki yaltiroq sadaf qavatidan iborat.
Mantiya, ya'ni tеri burmasi tanasini tashqi tomondan o’rab turadi. Mantiya bilan tanasi oralig’ida mantiya bo’shlig’i hosil bo’ladi.Mantiya bo’shlig’ida jabralar, sеzgi organlari joylashgan. Mantiya bo’shlig’iga buyrak, orqa ichak va jinsiy organlarining chiqaruv tеshiklari ochiladi. Odatda molluskalarning nеrv sistеmasi tananing turli qismlarida joylashgan nеrv tugunlaridan iborat.
Molluskalarning qon aylanish sistеmasi halqali chuvalchanglarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan, tomirlarining uchi ochiq bo’lib, qon organlar orasiga quyiladi. Yuragi ko’pincha bir kamеrali, uch kamеrali yoki to’rt kamеrali bo’ladi. Yurak xaltaga o’xshash yurak oldi bo’lmasi bilan o’ralgan. Yurak oldi bolmasining bo’shlig’i ikkilamchi tana bo’shlig’ining qoldig’i hisoblanadi. Suvda yashaydigan molluskalar jabra orqali, quruqlikda o’pka orqali nafas oladi. Ajdodlari quruqlikda yashab, ikkilamchi suvga o’tgan molluskalar ham o’pka orqali nafas oladi. Ayirish sistеmasi mеtanеfridiyga o’xshash tuzilgan bitta ba'zan ikkita tasmasimon buyrakdan iborat. Buyragi yurak oldi bo’lmasidan boshlanib, ikkilamchi tana bo’shlig’iga ochiladi. Hazm qilish organlari halqalilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Ichagi jigar bilan bog’langan. Jigar hazm bo’lgan oziqning shimilishiga yordam bеradi. Molluskalar hayvonlar, o’simliklar yoki aralash oziq bilan oziqlanadi. Molluskalar faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi.
Molluskalar dеngiz, okеanlar, chuchuk suv havzalari va quruqlikda yashaydigan 130000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Bu tip ikki pallalilar, qorinoyo’qlilar va boshoyo’qlilar sinflariga bo’linadi.
Baqachanoq, kirish va chiqish sifoni, mantiya bo’shlig’i, chig’anoq, qulf, yopuvchi muskullar, gloxidiy, yurak oldi bo’lmasi, jabralar
Ikki pallali molluskalar dеngiz, okеanlar va chuchuk suvlarda yashaydi. Ularning chig’anog’i ikkita palladan iborat. Jabralari plastinkasimon. Boshi rivojlanmagan. Gavdasi tana va oyo’q bo’limlaridan iborat. Sеzgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Passiv oziqlanadi. Bu sinfga 20000 ga yaqin tur kiradi. Bu sinfning tipik vakili baqachanoq (tishsiz) hisoblanadi.
Baqachanoq tubi ko’l va daryolar tubidagi qum yoki loyga tanasining oldingi uchi bilan ko’milib olib hayot kеchiradi. Suv tubida juda sеkin harakatlanadi va o’zidan so’ng egatsimon iz qoldiradi. Tuxumsimon chig’anog’ining uzunligi 20 sm ga еtadi (28-rasm). Chig’anog’ining oldingi uchi yumaloq, orqa uchi biroz cho’ziq bo’ladi. Chig’anog’i ikkita palladan iborat. Pallalar orqa tomondan elastik pay yordamida o’zaro tutashgan. Pallalarning oldingi va kеyingi qismida bir tutamdan muskullar bo’ladi. Muskullar qisqarganda chig’anoq pallalari yopiladi; bo’shashganda orqa tomondagi payning cho’zilishi natijasida pallalar ochiladi. Ko’pchilik ikki pallali molluskalar chig’anoqlar orqa tomondan «qulf» dеb ataladigan ilgaklar yordamida ham o’zaro tutashib turadi. Qulf chianoo pallalari orasida joylashgan tishchalardan iborat. Baqachanoqda bunday tishchalar bo’lmaydi . Shuning uchun ham u tishsiz dеb ataladi. Baqachanoqning pallalari yupqa 3 qavatli: sirti Yashil - qoramtir muguzsimon modda bilan qoplangan; unda yarim doira shaklidagi qora chiziqlar bor. Chiziqlar baqachanoqning yillik yoshini ifodalaydi. Bu qatlam ostida ohak, kеyin esa ichki tomoni oqish kamalak rangida tovlanuvchi sadaf qavat joylashgan.
Baqachanoqning gavdasi oyo’q va tanadan iborat bo’lib, mantiya bilan o’ralgan. Mantiya tananing ikki tomonidan burmaga o’xshash osilib turadi. Mantiya bilan tanasi oralig’ida bo’shliq bo’lib, unda jabralar va oyo’q joylashgan; boshi yo’q. Gavdasining orqa uchida ikkala mantiya burmasi orasida ikkita nay (sifon) hosil bo’ladi. Pastki kirish sifoniorqali mantiya bo’shlig’iga kirgan suv jabrani yuvib, uni kislorod bilan ta'minlab turadi.Suv bilan birga organizmga turli sodda hayvonlar, bir hujayrali suvo’tlar, o’simliklar chirindisi kiradi. Sizilib o’tgan oziq zarrachalari og’iz orqali oshqozonga va ichakka tushib, fеrmеntlar ta'sirida parchalanadi. Baqachanoq jigari yo’li oshqozonga ochiladi. Yuqori chiqarish sifoni orqali suv tashqariga chiqariladi. Mantiyaning ichki yuzasi kiprikchalar bilan qoplangan.Kipriklar tеbranib, mantiya bo’shlig’ida suv oqimini paydo qiladi.
Hazm qilish sistеmasi. Oziq zarrachalari ikki juft paypaslagichlari yordamida og’iz tеshigiga haydaladi. Og’izdan kеyin halqum qizilo’ngach, so’ngra oshqozon va undan kеyin o’rta ichak boshlanadi. O’rta ichak yurak oldi xaltasi ichidan o’tib, chiqarish tеshigi orqali chiqish sifoniga ochiladi.
Qon aylanish sistеmasi ochiq. Yuragi еlka tomonida joylashgan bo’lib, yurak qorinchasidan va ikkita yurak oldi bo’lmasidan iborat. Artеriya qoni yurakdan chiqib, tana bo’ylab organlarga borib tarmoqlanadi, ularga kislorod bеrib, karbonat angidridga boyiydi va yana havo almashinuvi uchun jabraga qaytadi.
Ayirish sistеmasi bir juft tasmasimon buyraklardan iborat. Buyraklarning tuzilishi halqali chuvalchanglarning mеtanеfridiylariga o’xshash. Buyraklarning kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchki qismi yurak oldi bo’lmasiga ikkinchi uchi mantiya bo’shlig’iga ochiladi.
Nafas olish sistеmasi. Plastinkasimon jabralari Oyog’i ikki yonida joylashgan.
Nеrv sistеmasi. Kam harakat bo’lganligi sababli yaxshi rivojlanmagan; uch juft nеrv tugunchalaridan tashkil to’pgan bo’lib, tarqoq joylashgan. Nеrv tugunlaridan biri chig’anoq pallalarini yopuvchi oldingi muskulning ostida, ikkinchisi kеyingi yopuvchi muskul ostida uchinchisi oyo’q ostida joylashgan. Bu tugunchalar uzun tortma orqali o’zaro birlashgan. Ulardan turli organlarga nеrv tomirlari boradi. Baqachanoqning bosh paypaslagichlari va ko’zi bo’lmaydi. Sеzgi organlari muvozanat saqlash, kimyoviy sеzish va tuyg’u organlaridan iborat.
Ko’payishi. Baqachanoq ayrim jinsli. Har ikki jinsda ham jinsiy organ bir bosh uzun shingilga o’xshash bo’lib, oyo’qlarining ustida joylashgan. Jinsiy organlarining yo’li oyo’qlari ustidagi mantiya bo’shlig’iga ochiladi va shu joyda urug’lanish sodir bo’ladi. Urg’ochilari urug’langan tuxumini jabralarga qo’yadi. Bu еrda joylashgan lichinkalar kislorod bilan yaxshi ta'minlangan bo’ladi. Kеlgusi yil tuxumdan gloxidiylar dеb ataladigan lichinkalar chiqadi. (29-rasm). Ularning tanasi birmuncha oddiy tuzilgan bo’lib, ostki tomonida uzun va ingichka iplari bo’ladi. Ular chig’anoqlarining ostki tomonida o’tkirilmoqchalar bo’ladi. Lichinkalar suv oqimi bilan ona tanasidan chiqib, yopishqoq iplari yordamida baliqlarning tеrisi, suzgich qanotlari yoki jabralariga yopishib, ular tanasida shish paydo qiladi. Lichinkalar baliqlar tanasida ikki oygacha parazitlik qilib, so’ngra suv tubiga tushadi va kichkina baqachanoqqa aylanadi. Shunday qilib, baqachanoq rivojlanishining dastlabki davrlarida parazit hayot kеchiradi.
Tarqalishi va ahamiyati. Baqachanoqlar tinch oqar suvlarda uchraydi. O’rta Osiyoning Sirdaryo va Amudaryo havzasida joylashgan ko’llarda kеng tarqalgan. Ular 15 yil davomida voyaga еtadi. Baqachanoq ba'zi bir suvda yashovchi sut emizuvchilar va qushlar uchun oziq hisoblanadi.
Ikki pallali Molluskalarga baqachanoq bilan birga sadafdorlar, ustritsalar, dеngiz taroqchalari, marvariddorlar, «kеma qurti» kiradi. Sadafdorlardan sadaf, marvariddorlardan marvarid olinadi. Ikki pallali Molluskalar orasida yog’och, hatto toshlarning ichiga o’yib kiradigan, dеngiz portlari va qirg’oq bo’yi inshootlarini buzadiganlari ham bor. yog’ochni o’yuvchi «kеma qurti» kеmalarning yog’ochlik qismiga, yog’ochdan yasalgan port inshootlariga katta ziyon kеltiradi.
Belbog‘chalilar (Clitellata) filogeniyasi.
Halqali chuvalchanglar o‘rtasida eng qadimgilari birlamchi halqalilar (Archiannelidae) ekanligi ularning morfologik tuzilishi va boshqa xususiyalaridan ravshandir. Ko‘p qilli halqali chuvalchanglar (Polychaeta) mazkur sinfining avlodlaridan rivojlangan (yoki shular bilan bir vaqtda, bir xildagi daslabki avloddan paydo bo‘lgan) va hozirgi davrda nihoyatda xilma-xil ravshda dengiz layoqatlashgan va shu munosabat bilan juda ko‘p turlar hosil qila olgan sinfdir. Ayni vaqtda ko‘p qillilar-halqalilarga xos bo‘lgan eng xarakterli va qadimgi tuzilish xususiyatlarini saqlab qolgan guruhdir. Yaqinda fanga ma’lum bo‘lgan poleozoy erasida yashagan ko‘p qillilarning qazilma qoldiqlarining tuzilishi ham mazkur fikrni to‘la tasdiqlaydi.
Oz qilli halqalilar (oligjchaeta) ning ko‘p qillilarning avlodlaridan kelib chiqqanligi ham ravshandir. Mazkur ikki sinf turlari tuzilishini qiyosiy o‘rganish, hamda ozqillilarning daslabki rivojlanishida troxoforasimon davrning mavjudligi, bu fikriga dalil bo‘la oladi.
O‘tgan asrning o‘rtalarida mashhur rus tabiyotshunosi A. F. Middendorf tomonidan topilgan va keyinchalik Grube va N. A. Livanov tomonidan tekshirilgan qadimgi yoki qilli zuluklar-umuman zuluklarni oz qilli halqalilarning avlodlaridan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi nazariyani isbot etishga yordam berdi. Bundan tashqari zuluklar bilan oz qillilar tuzilishi va rivojlanishini qiyosiy o‘rganish mazkur fikrni shubhasiz tasdiqlaydi.
Halqalilar filogeniyasi va evolyutsiyasi.
Exiuridalarning sirtqi va anatomik tuzilishi ko‘p jihatdan halqali chuvalchanglarga o‘xshamaydi. Chunki, ular million yillar davomida qum va baliq yorib yashashga layoqatlanish evolyutsiyasi natijasida kuchli darajada o‘zgarib, segmentlar tuzilishi – metamerlik xususiyatlarini yo‘qotgan, soddalashgan sinfdir. Shunday bo‘lsa ham ularda halqalilarga xos bir qancha organlar sistemasining saqlanganligi, xususan mazkur sinf uchun eng xarakterli bo‘lgan tarxofora lichinkasi shaklida rivojlanishi va shuningdek, lichinka taraqqiyoti davrida dastlabki segmentlarning hosil bo‘lishi exiuridalarni halqalilarga mansub ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. Aftidan, exiuridalar dastlabki halqalilarning eng qadimgi avlodlaridan paydo bo‘lgan va faqat ma’lum hayot sharoitiga layoqatlanish tufayli ko‘p turlar hosil qila olmagan guruhdir.
Umuman halqali chuvalchanglarning qanday dastlabki formalaridan paydo bo‘lishi masalasi, professor S.V. Averensev va V.F. Natalilar ta’kidlagani kabi, hozirgacha aniqlangan emasdir. Bu sohada bayon etilgan bir necha xil faraziyalar mazkur masalani ravshan hal etib bera olmaydi. Umurtqasizlar filogeniyasi masalasi bilan ko‘p shug‘ullangan Rus zoologi S. V. Averensav, E. Meyer va A. Langelarning faraziyalariga yondashadi. Mashhur rus zoologi V.N. Beklemishevning fikricha annelidalarning paydo bo‘lishi masalasi – umuman tananing segmentlardan tarkib topishi (metameriya tuzilishi) ning paydo bo‘lishi masalasi bilan bog‘liqdir. Metamer tuzilishning qaysi dastlabki guruhda va qaysi yo‘l bilan paydo bo‘lganligi hozirgacha ravshan hal etilgan emas.
Echiura va Sipuncula tiplari vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi.
Exuridalar - dengiz va okeanlarning tubida, sohil doirasidan tortib okeanning katta chuqurliklari – abissal zonasida qum va baliq yorib hayot kechiruvchi chuvalchanglardir. Echiura larning150 turi ma’lum. Bularning tashqi ko‘rinishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan halqalilarga o‘xshamaydi. Tanasi qopchiqsimon, bosh tomonda uzun xartumchasi bor. Tanasida segmentlar saqlanmagan, ikkilamchi tana-selom bo‘shlig‘i umumiy ichki bo‘shliqni tashkil etadi. Lekin, exiuridalarning hamma avlodlarida teri qilchalarining oz bo‘lsada, mavjudligi, bir necha juft nefridiya “voronkacha” larining bo‘lishi, qon aylanish sistemasining tuzilishi va xususan troxofora lichinkalari shaklida rivojlanishi bularning halqalilar avlodi ekanligini dalolat beradi.
Exiuridalarning 20-30sm gacha kattalikdagi qopchiqsimon tanasi hamma vaqt deyarli qum yoki balchiqli dengiz tubida maxsus “joy”ga botgan holda joylashib ko‘pincha kam harakat bo‘ladi. Tananing bosh tomonidagi uzun “xartum” o‘simtasi esa juda harakatchan; bu exiuridaning oziq oluvchi va nafas oluvchi organidir.
XULOSA
Halqali chuvalchanglar tipi sistematikasini o’rganar ekanmiz . Bu tipning barcha sinflari vakillarining tuzilishi ,yashash tarzi, tarqalgan hududlari inson va tabiatdagi ahamiyati haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lib boraveramiz . Bu tip vakillari nihoyatda xilma-xil va keng tarqalgan.Biz asosan maktab darsliklarida kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga mansub yom’g’ir chuvalchangi haqida o’rganganmiz va u haqda qisman bo’lsada ma’lumotga egamiz. Lekin bundan tashqari mimglab hayvonlar bor va biz ular haqida hali bilmaymiz. Ushbu kurs ishi davomida biz halqali chuvalchanglar tipiga chuqurroq yondoshdik.Halqali chuvalchaglar barcha sinflariga mansub vakillari bilan tanishdik .Ular haqida ma’lumot to’pladik. Amaliy ahamiyati borasida esa olimlar olib brogan tadqiqot namulari ,ilmiy maqolalar bilan tanishdik. Hammamizga ma’lumki yomg’ir chuvalchangi yer unumdorligini oshiradi . Bundan tashqari yer unumdorligini oshirishda , gumus olishda foydalaniladigan Kaliforniya chuvalchangi ham bugungi kunda kata ahamiyatga ega.Zuluklar sinfi vakillari asosan tibbiyot sohasida keng qo’llaniladi. Bularga meditsina zulugini misol qilishimiz mumkin . Ular og’iz so’rg’ichlari qon so’rishga moslashgan .Zuluklar sutemizuvchilar va odam qonini so’rib yirtqichlik bilan hayot kechiradi.Zuluklar sinfiga kiruvchi Hirudo medicinalis yagona shifobaxsh tur hisoblanadi.Dorivor zulukning sifobaxsh ta’siri uning so’lagiga asoslagan –unda bioaktiv moddalar mavjud.Asosiy tarkibiy qism girudin moddasi va u qon ivishini oldini oladi. Girudin va so’lakning boshqa bioaktiv tarkibiy qismlari bakteritsid(pathogen mikroblarni o’ldiradi), shuningdek bakteriyalar ko’payishi va rivojlanishini oldini olish kabi ta’sirlarga ega.Shu sababli bugungi kunda tibbiyot sohasida zuluklar ahamiyati katta . Halqali chuvalchanglar tipi to’g’risidagi qadimgi ma’lumotlar va ular ustida ishlagan olimlar haqida ma’lumotlarga keladigan bo’lsak.Halqali chuvalchanglar o‘rtasida eng qadimgilari birlamchi halqalilar (Archiannelidae) ekanligi ularning morfologik tuzilishi va boshqa xususiyalaridan ravshandir. Ko‘p qilli halqali chuvalchanglar (Polychaeta) mazkur sinfining avlodlaridan rivojlangan (yoki shular bilan bir vaqtda, bir xildagi daslabki avloddan paydo bo‘lgan) va hozirgi davrda nihoyatda xilma-xil ravshda dengiz layoqatlashgan va shu munosabat bilan juda ko‘p turlar hosil qila olgan sinfdir. Ayni vaqtda ko‘p qillilar-halqalilarga xos bo‘lgan eng xarakterli va qadimgi tuzilish xususiyatlarini saqlab qolgan guruhdir. Yaqinda fanga ma’lum bo‘lgan paleozoy erasida yashagan ko‘p qillilarning qazilma qoldiqlarining tuzilishi ham mazkur fikrni to‘la tasdiqlaydi.
Oz qilli halqalilar (oligjchaeta) ning ko‘p qillilarning avlodlaridan kelib chiqqanligi ham ravshandir. Mazkur ikki sinf turlari tuzilishini qiyosiy o‘rganish, hamda ozqillilarning daslabki rivojlanishida troxoforasimon davrning mavjudligi, bu fikriga dalil bo‘la oladi.
O‘tgan asrning o‘rtalarida mashhur rus tabiyotshunosi A. F. Mid dendorf tomonidan topilgan va keyinchalik Grube va N. A. Livanov tomonidan tekshirilgan qadimgi yoki qilli zuluklar-umuman zuluklarni oz qilli halqalilarning avlodlaridan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi nazariyani isbot etishga yordam berdi. Bundan tashqari zuluklar bilan oz qillilar tuzilishi va rivojlanishini qiyosiy o‘rganish mazkur fikrni shubhasiz tasdiqlaydi.
Exiuridalarning sirtqi va anatomik tuzilishi ko‘p jihatdan halqali chuvalchanglarga o‘xshamaydi. Chunki, ular million yillar davomida qum va baliq yorib yashashga layoqatlanish evolyutsiyasi natijasida kuchli darajada o‘zgarib, segmentlar tuzilishi – metamerlik xususiyatlarini yo‘qotgan, soddalashgan sinfdir. Shunday bo‘lsa ham ularda halqalilarga xos bir qancha organlar sistemasining saqlanganligi, xususan mazkur sinf uchun eng xarakterli bo‘lgan tarxofora lichinkasi shaklida rivojlanishi va shuningdek, lichinka taraqqiyoti davrida dastlabki segmentlarning hosil bo‘lishi exiuridalarni halqalilarga mansub ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. Aftidan, exiuridalar dastlabki halqalilarning eng qadimgi avlodlaridan paydo bo‘lgan va faqat ma’lum hayot sharoitiga layoqatlanish tufayli ko‘p turlar hosil qila olmagan guruhdir.
Umuman halqali chuvalchanglarning qanday dastlabki formalaridan paydo bo‘lishi masalasi, professor S.V. Averensev va V.F. Natalilar ta’kidlagani kabi, hozirgacha aniqlangan emasdir. Bu sohada bayon etilgan bir necha xil faraziyalar mazkur masalani ravshan hal etib bera olmaydi. Umurtqasizlar filogeniyasi masalasi bilan ko‘p shug‘ullangan Rus zoologi S. V. Averensav, E. Meyer va A. Langlarning faraziyalariga yondashadi.Mashhur rus zoologi V.N. Beklemishevning fikricha annelidalarning paydo bo‘lishi masalasi – umuman tananing segmentlardan tarkib topishi (metameriya tuzilishi) ning paydo bo‘lishi masalasi bilan bog‘liqdir. Metamer tuzilishning qaysi dastlabki guruhda va qaysi yo‘l bilan paydo bo‘lganligi hozirgacha ravshan hal etilgan emas.

I LOVA





Download 434.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling