Mundarija kirish I. Bob. Halqali chuvalchanglar( annelida) tipi sistematikasi
Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi
Download 434.42 Kb.
|
chuvalchang
1.3.Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi.
Ko‘p tukli halqalilar yoki polixetalar – turli dengizlarda nihoyatda ko‘p tarqalgan o‘rtacha kattalikdagi chuvalchanglardir. Bir qanchalari erkin suzib yurib, ko‘p turlari dengiz tubida, ba’zilari qum yorib hayot kechiradi. Dengiz hayotida g‘oyat muhim o‘rin tutuvchi mazkur sinf 5000 ga yaqin turni birlashtiradi. Ko‘p tukli halqalilar – annelidalar tipining hamma asosiy xususiyatlarini o‘zlarida mujassamlashtirgan. Bularda gavda-bosh, tana va dum qismga ajralgan; bosh qismida og‘iz oldi va og‘iz segmentlari, palpilar (kimyoviy sezuvorganlari), paypaslagichlar (teri sezuv organlari) va ko‘zlar joylashgan. Tanasi juda ko‘p bir xildagi segmentlardan tarqalib topgan. Ularning ikki yon tomonida tik joylashgan parapodiyalar bo‘lishi, ularda esa bir qancha uzun qilsimon o‘simtalar va nafas olish organi-jabralar joylashganligi xarakterlidir. Teri – muskul xaltasi ikkilamchi tana bo‘shlig‘i va hamma ichki organlari ayniqsa nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ayrim jinsli. Gonadalari ko‘plarida hamma tana segmentlarida bo‘ladi. Traxofora lichinkasi orqali rivojlanadi. Bir qancha turlari bo‘linish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Suzib yuruvchi neris (Nereis pelagica) ning tuzilishi va hayoti Suzib yuruvchi neris – ko‘p qilli halqalilarning eng ko‘p tarqalgan nerendalar oilasiga mansub bo‘lib, dengizlarning sohil (littoral) zonasida, ko‘pincha dengiz tubiga yaqin joylarda suzib yurib hayot kichiradi. Ularning ko‘p qilli halqalilar uchun xarakterli bo‘lgan hamma organlari yaxshi rivojlangan. O‘rtacha 8-15 sm uzunlikdagi nerisning bosh qismi tanadan aniq ajralib turadi. Bosh segmenti – prostoma va og‘iz oldi segmenti-peristomalardan tuzilgan. Bosh segmenitining ustki tomonida 2 juft ko‘z, bir juft palpi va bir juft kalta “mo‘ylov” o‘simtasi bo‘lib, og‘iz oldi segmentining qorin tomonida og‘iz, ikki yon tomonida 4 juft uzunroq paypaslagichlar joylashgan. Nerisning tana qismi bir xildagi 200 tacha segmentlardan tuzilgan bo‘lib,har bir segmentning ikki yon tomonida tanaga nisbatan tik joylashgan kattagina paradopodiyalar joylashgan. Har bir parapodiyada ustki (yelka) tomoniga yo‘nalgan orqa o‘simta (notopodiya) va pastki qorin tomon o‘simtasi (nevropodiya) lar bo‘lib, bulardan yon tomonga o‘sgan juda ko‘p va har xil yo‘g‘onlikdagi “qillar” joylashgan. Bundan tashqari parapodiyaning ustki va ostki qismida ancha uzun ingichka (ba’zilari ayri shoxlangan) o‘simtalar bo‘ladi; bular jabralar-nafas olish organlaridir. Bir oz ingichkalashgan dum segmentlarining oxirida, ko‘pincha, bir juft o‘simta bo‘lib, anal teshigi qorin tomoniga ochilgan. Terining ustki qismi qalin kutukula bilan qoplanib teri muskul xaltasi yaxshi rivojlangan. Epiteliyasidagi pigment ho‘jayralari nerislar (va boshqa ko‘p qillilar) ning tanasini yashil, sarg‘ish, qizg‘ish va boshqa ranglarda bo‘lishini muvofiqlashtiradi. To‘rt qator cho‘ziq muskullari yaxshi taraqqiy etgan. Har bir segmentning ikkilamchi tana bo‘shlig‘i dissepiment pardalari bilan ajralib turadi. Hazm organlarining tuzilishida katta halqum, oshqozoning ostki qismidan ajralib, pastga yo‘nalgan bir juft ko‘richak o‘simtalarning bo‘lishi harakterlider. Qon aylanish sistemasi ichak ustida va ichak ostida (qorin tomonda) joylashgan katta tomirlar va ularni tutashtiruvchi ichak atrofidagi 6-7 ta halqa tomirlardan tarkib topgan. Ayirish organlari - yaxshi taraqqiy etgan metanefridiya “voronka”laridan iborat bo‘lib har bir naychalari pastdagi segment orqali tashqariga ochilgan. Nerv sistemasi- nerislarda sezuv organlari yuqori darajada rivojlanganligi sababli bosh yoki halqum usti nerv tuguni (“bosh miya”) halqum osti nerv tuguni va qorin nerv zanjirini yaxshi taraqqiy etgan. Masalan: nerislarda ko‘zlar ma’lum darajada umurtqalilarning ko‘z tuzilishini eslatadi. Hid va teri sezuv organlari ham yaxshi rivojlangan. Ba’zilarida bulardan tashqari muvozanat organi-statotsitlar yoki to‘lqin sezuv (“eshituv”) organi ham bo‘ladi. Jinsiy sistemasi - nerislar ayrim jinsli. Gonada (tuxumdon yoki urug‘don)lari segmentlarida va tana bo‘shlig‘ining ichki devorida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar terini teshib suvga chiqib otalanadi (bir qancha ko‘p qillilarda jinsiy mahsulot metanefridiya voronkalari orqali chiqariladi). Suzib yuruvchi neris suv o‘tlari jumladan “dengiz karami” va boshqalar bilan ovqatlanadi. Rivojlanishi - Otalangan tuxum spiral maydalanish orqali meroblastlar hosil etib, blastula va gastrula davrlarini o‘tib rivojlanadi. Gastrula davrida ko‘p qillilar uchun juda xarakterli kiprikli troxofora lichinkasi etishadi. Troxofora halqali chuvalchanglarga o‘xshamaydi. Bu mayda lichinka tanasining ustki qismi ikki qator – og‘iz usti va og‘iz osti kiprik halqalari bilan o‘ralgan. Tananing ustida bir tutam – ancha uzun “sulton kiprikchilari” bo‘ladi. Oldingi (qorin) tomonidagi og‘iz qisqa ichak bilan tutashib, u orqa tomonga anal teshigi orqali ochilgan. Ularda birlamchi tana bo‘shlig‘i, bir juft yoki bitta protonefridiya tipidagi ayirish naychalari bo‘ladi. (Mazkur belgildar ularni kiprikli yassi chuvalchanglar – turbellariyalarga juda yaqinlashtiradi.) Shu xildagi troxoforalar ma’lum muddat suzib yurib hayot kechiradi va rivojlanib voyaga etadi. Ba’zi ko‘p qillilarda troxofora lichinkalari sal boshqacharoq (masalan kam kiprikli yoki bir necha – yon o‘simtali va b.lar) bo‘lishi mumkin. Lekin hammasida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy xususiyatlar saqlanadi. Troxoforaning so‘nggi rivojlanishi pastki qismidan bo‘g‘imlar hosil qilishdan boshlanadi. Ba’zan 5 - 7 yoki 10 – 15 ta segment etishib ichak va boshqa ichki organlar shu tomonga yo‘nalgan holda o‘sadi. Mazkur rivojlanishda ichakning ikki yon tomonida mezoderma qavati - solitlar va ularning ichki qismida, har bir segmentda alohida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i – selomlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining ichki devori – mezodermal hujayralar – seloteliyalar bilan qoplangan. Mezoderma va ikkilamchi tana bo‘shlig‘i paydo bo‘lishi bilan qon aylanish sistemasi, metanefridiya (ayirish organlar), jinsiy organlar, parapodiyalar va boshqa organlar rivojlanadi. Dastlab 5 – 6 yoki 10 – 15 segmentli bu yosh chuvalchang davrini “nektoxeta” deb nomlangan. Ko‘pincha uning har bir segmenti atrofida kiprikchalari bo‘ladi. Download 434.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling