Mundarija Kirish I bob. Hokimiyatlar bo’linish nazariyasi va amaliyoti


Hokimiyatlar bo’linishi prinsipini AQSh, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyasida tutgan o’rni


Download 68.82 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi68.82 Kb.
#1596077
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar.

Hokimiyatlar bo’linishi prinsipini AQSh, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyasida tutgan o’rni
Hokimiyatning bo’linishi prinsipiga muvofiq, AQSh Prezidentning ijro hokimiyati, ya’ni mamlakat federal apparatining boshlig’i sifatida e’tirof etilishi, keyinchalik Prezidentning davlat boshlig’i va oliy mansabdor shaxs sifatida tanilishiga sabab bo’lgan. Ijro hokimiyati to’la ma’noda shaxsan Prezidentga topshirilgan. Konstitutsiyada ijro hokimiyatining hech qanday kollegial organi yoki ijro hokimiyatining strukturasi haqida so’z bormaydi. Prezident mustaqildir. U Kongressga hisobot bermaydi va uning nazorati ostida emas. Prezident faqat xalq oldida javobgar bo’ladi. Uning vakolatlari juda keng ravishda qonuniy mustahkamlangan. Prezident hokimiyati shaxsiy diktatura sifatida ham o’rnatilishi qiyin, chunki uning hokimiyati Kongress hamda Oliy sud tomonidan tiyib turiladi. Prezidentning vakolatlari konstitustiyaviy asosda Kongress tomonidan to’g’ridan-to’g’ri cheklab qo’yilmagan. Siyosiy partiyalarning o’zaro kurashi natijasida Prezident maqomiga tegishli Konstitustiyaviy tuzatishlar ( XII, XX, XXII, XXIII, XXV) faqat Prezident va Vitse-prezidentni saylash hamda ba’zi holatlarda ular lavozimini egallab turish tartibini belgilab bergan xolos. Oliy Sudning chiqargan qarorlari ham xuddi shu mazmunda bo’lgan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Prezidentning hokimiyat tizimidagi holati va roli Amerika jamoatchiligi uchun tashvish tug’dirmaydi. Hozirda Prezidentning davlat hokimiyati organlari tizimidagi roli haqida quyidagilarni aytish mumkin:
- Prezident o’zining hokimiyat vakolatlaridan kelib chiqqan holda davlat hokimiyati tizimida Kongress va Oliy Sudga nisbatan yetakchi hisoblanadi.
- Tashqi va ichki siyosat Prezident hokimiyati tomonidan shakllantiriladi va amalga oshiriladi1.
Prezidentning o’z hokimiyatini amalda tatbiq etish masalasi ko’pincha Prezidentni Kongress a’zolari bilan bitta siyosiy partiyaga tegishli yoki tegishli emasligiga bog’liq. Prezident bilan Kongress a’zolarining ko’pchilik qismi bir partiyadan emasligi jiddiy kurashlarga olib keladi (hatto impichment xavfini tug’diradi). Prezidentning butun faoliyati AQSh va xorijiy mamlakatlar jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari tomonidan kuzatib boriladi. Har qanday tanqid kelgusi saylovlarda Prezident uchun yangi muddat uchun prezidentlikka o’zining nomzodini ilgari surishda salbiy ta’sir qilishi mumkin. M.V. Baglayning yozishicha Kongress ikki palatali asosga ko’ra: demokratik parlamentlar uchun xos bo’lgan qonunchilik jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan ayrim xatolarni oldini olish maqsadida qurilgan1. Kongress palatalari rasman teng huquqli hisoblansada, har biri o’ziga xos maxsus vakolatlarga ega bo’lib, vakillar palatasi- shtatlar aholisining proporsional soniga qarab shakllansa, senat– shtatlar vakilligining tengligi asosida shakllanadi. Senat a’zolarining (senatorlarning) vakolat muddati 6 yil bo’lib, vakillar palatasi a’zosining vakolat muddati esa atiga 2 yilni tashkil etadi. Yuqori palata sifatida senatning a’zolariga nisbatan ancha yuqori talablar mavjud(yosh bo’yicha, fuqarolardagi hayot tajribasi bo’yicha). Konstitustiya senatorlar va vakillar palatasi a’zolari uchun yangi muddatga qayta saylanishi uchun hech qanday cheklovlar qo’ymaydi. Shuning uchun ularning ayrimlari Kongressda bir necha 10 yillar davomida faoliyat olib boradi. Ayrim shtatlarda 12 yillik cheklangan faoliyat muddati o’rnatilganda AQSh Oliy sudi bunday cheklovni Konstitustiyaga o’zgartirish kiritmasdan qo’llab bo’lmasligini yoqlab chiqqan edi. Kongressning yuqori palatasi senat shtatlar aholisi tomonidan 50 ta shtatdan (shtatlar aholisining soni inobatga olinmaydi) 2 tadan senator saylash yo’li bilan shakllantiriladi, uning tarkibiga kiritilgan AQSh Vitse –prezidenti esa Konstitustiyaga muvofiq senat raisi hisoblanadi. Senat a’zolarining 1/3 qismi har 2 yilda yangilanib turiladi. Senatorlar senatda shtat vakillari hisoblansada, lekin shtat hokimiyati organlari oldida hech qanday mas’uliyatga ega emas. Senator sifatida har bir AQSh fuqarosi saylanishi mumkin. Buning uchun fuqaro mamlakat hududida muqim yashagan va kamida 9 yil AQSh fuqaroligida bo’lgan, 30 yoshga kirgan bo’lishi lozim. Agar senat tarkibida AQSh Vitse- presidenti bo’lmasa, senatorlar ichidan ma’lum muddatga vaqtinchalik rais saylab qo’yilishi mumkin. U qonunchilik va ijro hokimiyati o’rtasida aloqa o’rnatishda muhim vosita hisoblanadi, majlislarda raislik qiladi, qonun loyihalarini ko’rib chiqish uchun qo’mitalarga yuboradi va senatolar ovozlari teng bo’lib qolgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. Quyi palata- vakillar palatasi ikki yilga saylanadigan 435 ta kongressmendan iborat (undan tashqari Puerto-Rikodan palata majlisida qatnashish huquqiga ega bo’lgan, lekin ovoz berish huquqi bo’lmagan prezident ham saylanadi). Qonunchilik palatasi a’zolarining soni qat’iy belgilab qo’yilgan (aholi sonining o’sib borishidan qat’iy nazar). Natijada shtat aholisini proporsional ravishda teng qismlarga bo’lib okruglar tuzish holatlari mavjud. Vakillar palatasi a’zosi etib saylanish huquqiga 25 yoshga to’lgan, 7 yil davomida fuqarolikka ega bo’lgan va saylangan okrugda muqim yashaydigan har qanday AQSh fuqarosi ega bo’lishi mumkin. Palata raisi bo’lib Spiker sanaladi va u bir qancha keng ko’lamdagi vakolatlarga ega (qonun loyihalarini tegishli qo’mitalarga jo’natish, majlislar olib borish, ovoz berish huquqi). Kongress palatalarida har bir partiya a’zolari tomonidan shakllanadigan va partiya ijro qo’mitasiga bo’ysunadigan partiya organlari, ya’ni fraksiyalar mavjud. Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli bo’lib, konferensiyalar hisoblanadi. Konferensiyalarda tegishli partiya fraksiyasining rahbari saylanadi. Agar tegishli partiya a’zolari palatada ko’pchilikni tashkil etsa, ushbu yetakchilar ko’pincha palata raisi ham bo’lishi mumkin. Kamchilikni tashkil etuvchi fraksiya liderlari muxolifatda turadi. Barcha liderlar qo’l ostida partiya manfaatlari uchun ishlaydigan “qamchinlar” va ularning yordamchilari mavjud bo’lib, ular fraksiyadagi intizomni, kerakli vaqtda yakdil ovoz berishni partiya a’zolarining jipsligini ta’minlaydi1.
Fransiya boshqaruvi tizimida Konstitustiyaviy kengash—Konstitutsiyaga rioya etilishini nazorat qiluvchi maxsus organdir. Uning tarkibi to’qqiz yil muddatga tayinlanadigan to’qqiz nafar shaxsdan iborat bo’ladi. Kengashning uch nafar a’zosi–Senat raisi tomonidan va uch nafari—Milliy majlis raisi tomonidan tayinlanadi. Barcha qonunlar Prezident tomonidan e’lon qilinguniga qadar ko’rib chiqish uchun Konstitutsiyaviy kengashga taqdim qilinishi lozim2. Kengash ular Konstitutsiyaga qay darajada muvofiqligi to’g’risida o’z xulosasini beradi. Basharti, Konstitutsiyaviy kengash biron-bir hujjat Konstitutsiyaga zid, deb qaror chiqarsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Konstitutsiyaviy kengash vakolatiga konstitutsiyaviy nazoratdan tashqari Prezident saylovlarining, umumilliy referendumning o’tish jarayonini nazorat qilish, parlament deputatlarining saylanishi to’g’ridan-to’g’ri emasligiga doir nizolarni ko’rib chiqish ham kiradi. Konstitutsiyaviy kengash qarori qat’iy bo’lib, uning ustidan shikoyat berilmaydi. Kengash qarorlari barcha davlat organlari tomonidan bajarilishi shart. Iqtisodiy va ijtimoiy kengash–Hukumat huzuridagi maslahat organi. U o’z vakolati doirasiga taalluqli bo’lgan qonun loyihalari bo’yicha o’z xulosasini beradi. Kengash bu loyihalarni ishlab chiqishda qatnashish huquqiga ega. Bundan tashqari, u iqtisodiy rejalarning bajarilishi bo’yicha o’z fikrini bildirishi ham mumkin. Fransiya prokuratura organlarining asosiy funksiyalari jinoyat-sudlov ishlarini yuritish sohasiga taalluqli bo’lib, shu boisdan bu davlatlarda prokurorlar asosan sudlar qoshida faoliyat ko’rsatadi. Bu davlatda jinoyat sudlov ishlarini yuritish bo’yicha prokurorlarning funksiyasiga quyidagilar kiradi:
1. Jinoyat ishlarini qo’zg’atish;
2. Jinoyat ishlarini tergov qilish, tergovni nazorat qilish, tergovga umumiy rahbarlik qilish;
3 .Sudlarda ayblovni quvvatlash.
Prokurorlarning jinoyat ishlarini qo’zg’atishga doir vakolati ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda mutloq xarakterga ega. Jumladan, GFR jinoyat protsessual qonuniga muvofiq jinoyat ishlarini qo’zg’atish vakolati prokurorlarning mutlaq huquqi hisoblanadi. Fransiyada ham faqatgina prokuror qonunbuzarga nisbatan jinoiy da’voni davlat nomidan yoki o’zining tashabbusi bilan kelib tushgan ariza, bayonnoma, xabar hamda jabrlanuvchining shikoyatiga binoan qo’zg’atishga haqlidir.

Download 68.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling