Mundarija Kirish I bob. Hokimiyatlar bo’linish nazariyasi va amaliyoti
II bob O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo’linishining ifodalanishi
Download 68.82 Kb.
|
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar.
II bob O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo’linishining ifodalanishi
O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari O’zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi- qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga. Bu prinsiplarga amal qilmasdan turib, hech qachon huquqiy davlatga erishib bo’lmaydi1. Hokimiyatlar bo’linishi tamoyili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo’yilgan.Unga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi2”.Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini O’zbekiston Respublikasida joriy qilishdan maqsad mamlakatda demokratiyalashtirish jarayonini tezlashtirish, davlat mexanizmini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini tan olish va pirovardida huquqiy davlat barpo etishdir. Hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipi hokimiyatning suiiste’mol qilinishidan, byurokratizmdan va siyosiy hayotdagi bosh-boshdoqlikdan qutulish, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta’minlash, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga solish imkoniyatini beradi.Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining tarixiy va umuminsoniy qadr-qimmatiga tan berish bilan bir qatorda shuni ta’kidlash kerakki, u ma’muriy-buyruqbozlik tizimining barcha ofatlari va zo’ravonlikka asoslangan davlat boshqaruvi oqibatlaridan xalos bo’lishning yagona vositasi emas. Buning uchun hali yana bir qator omillar kerak. Ya’ni, ilg’or taraqqiy etgan demokratiya, tegishli siyosiy madaniyat darajasi, “o’zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etishning” konstitutsiyaviy rasmiylashtirilgan sistemasi va hokazo. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini aslida to’la hajmda joriy etish mumkin emas. Hatto, Amerika Qo’shma Shtatlarida ham hokimiyatlar taqsimlanishi sof ko’rinishda amalga oshmagan. Shuning uchun o’zga davlat-huquqiy andazasini muayyan mamlakatga mexanik tarzda ko’chirib o’tkazish to’g’ri emas. Chunki barcha xalqlar va davlatlar uchun yagona namuna, qolip, andaza bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining joriy etilishiga alohida e’tibor berib kelgan. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning 2005-yil 28-yanvar qo’shma majlisidagi Prezident ma’ruzasida bu masala yanada ustuvor vazifalar qatoriga kiritildi: “Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa- bu qonunchilik hokimiyati bo’lmish mamlakat parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish,hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat1”. Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi- bu uchala hokimiyatning muvozanatini, tengligini hamda ularning o’zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta’sir etishini ta’minlovchi tizimdir. Ayni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiya jarayonida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlarining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan bo‘lib, ular mustaqil holda o‘z faoliyatlarini tashkil etadi va olib boradi.Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘lishi Konstitutsiyada hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi sifatida mustahkamlangan.Konstitutsiyamizning 78-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiva Senatining parlament nazoratini amalga oshirishga oid muhim vakolatlari ham mustahkamlangan. Jumladan, ushbu moddada Oliy Majlis palatalariO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilishi va uning ijrosini nazorat etishi belgilab qo‘yilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati davlat hokimiyati organlarini shakllantirish sohasida ham birgalikdagi muhim vakolatlarga ega. Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamdatugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylashni kiritish mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Konstitusiyamizning 78-moddasida belgilangan birgalikdagi vakolatlaridan yana biri – bu xalqaro aloqalar sohasiga doir bo‘lib, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilishdan iborat. Parlament palatalarining ushbu vakolati qonun qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Oliy Majlis palatalarining barcha vakolatlari ifodalanmagan. Shu bois, ushbu moddaning 21-bandida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday vakolatlar qatoriga, xususan, Oliy Majlis tomonidan Konstitutsiyaning 10-moddasida belgilangan O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borish, 60-moddasida belgilangan siyosiy partiyalarning o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqidagi oshkora hisobotlarini eshitish, 98-moddasida belgilangan Bosh vazir lavozimiga nomzod taqdim etadigan Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini ko‘rib chiqish kabilarni kiritish mumkin. Konstitutsiyaning 79-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda «mutlaq vakolat» deganda, faqat Qonunchilik palatasining o‘zi amalga oshiradigan vakolatlar nazarda tutiladi. Bunday vakolatlarga: – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; – o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi1. Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning 80-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, ular nafaqat Senat faoliyatini tashkil etish, balki davlat organlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni shakllantirish, tashqi siyosat, amnistiya, davlat rahbarining farmonlarini tasdiqlash, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishbilan bog‘liqdir. Xususan, Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi va Oliy sudi saylaydi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod etadi. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Hisob palatasi raisi, Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda ularni lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Boshprokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod etadi. Oliy Majlis Senatining yana bir mutlaq vakolati – bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilishdan iborat. 2005-yilda, ya’ni ikki palatali parlament shakllanguniga qadar amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi. Senat, shuningdek, mutlaq vakolatlari doirasida: – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylaydi; – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoanO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi; – o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi; – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi1. Konstitutsiyaviy prinsiplardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 98-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishi belgilangan. Shuningdek, ushbu moddaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi,fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgardir; 2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi; 3) davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi; 4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi; 6) Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi2. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Hukumat vakolatlarining asosiy mazmuni, uni amalga oshirish, tegishliijro hokimiyati organlarining vakolati, faoliyati prinsiplari, mas’uliyat va javobgarligi, hukumat majburiyatining mohiyati, hisobdorlik hamda faoliyati shakllari bevosita namoyon bo‘ladi. Ana shu bois, har bir konstitutsiyaviy huquqiy institut faoliyati uchun alohida ahamiyat kasb etuvchi, o‘ziga xos omil bo‘lib xizmat qiluvchi xususiyatlar qatorida ushbu institutni qamrab oluvchi asosiy prinsiplar ham e’tirof etiladiki, ular orqali tegishli institutning mazmun va mohiyati hamda ahamiyati ochib beriladi. Ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lmish Vazirlar Mahkamasi – Hukumat ham konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida ma’lum bir jamiyat qonuniyatlariga o‘z faoliyati davomida bo‘ysunadi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishida muayyan prinsiplarga amal qiladi1. Sud hokimiyatining asosiy vazifasi mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iboratdir. Respublikamizda odil sudlov organlari tizimi, ma’muriy-hududiy birliklarda tashkil etiladi va korxona, tashkilot va muassasalar, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko‘rib chiqadi. Shuningdek, sud hokimiyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi vakolatlari ham mavjud: – konstitutsiyaviy nazorat; – davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va xatti-harakatlariga doir ishlarni ko‘rish; – shaxslarning faoliyatlari hamda ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshirish; – sud hukmi va qarorlarining ijrosini ta’minlash; – sudlarga tegishli ma’muriy huquqbuzarlik holatlarini ko‘rib, tekshirib chiqish; – sud amaliyotidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik masalalari bo‘yicha tushuntirish vakolati; – sudyalar tarkibining shakllanishida ishtirok etish va uning organlariga yordam berish vakolati2. Yuqoridagi vakolatlarning amalda bajarilishi odil sudlov bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sud hokimiyatining mazmunini tashkil etadi va u qabul qilgan hukm va qarorlarning majburiy ijrosini ta’minlashga qaratiladi. Sud hokimiyati qarorlarining hayotga tatbiq qilinishi majburiydir, bu holat qonun bilan belgilangan. Qonun davlat organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar,mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning sud hukmiga bevosita bo‘ysunishlarini talab qiladi. Hamma davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslarva fuqarolar sud hokimiyati qarorlarining amalga oshishida sudga yordamlashishlari shart va majburdirlar. “ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida hokimiyatlar bo`linishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar Strategiyasi” ishlab chiqildi. Unda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari ham belgilangan. Shu jumladan, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshiralayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirishni shakllantirish kabi maqsad-vazifalar oldimizga qo’yildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish shart deb belgilandi:Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish; sudning teng huquqligi tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; “Xabeas korpus1” institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlarni faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishdir2.Bundan ko’rinib turibdiki, sud hokimiyatining boshqa hokimiyatlar bilan teng faoliyat qolishi konstitutsiya darajasida mustahkamlangan.Sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi organga huquq ijodkorligi faoliyati ustidan nazorat qilish orqali, balki qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish yo’li bilan ham ta’sir ko’rsata oladi.Sud fikri qonun chiqaruvchi hokimiyat uchun hamisha qimmatlidir. Zero sud, o’z g’oya va takliflarini bevosita hayotdan, huquqni qo’llash amaliyotidan kelib chiqib shakllantiradi. Xulosa Ushbu kurs ishida O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatlari bo’linish prinsiplari haqida ma’lumotlar berishga harakat qilindi. Mamlakatimizda mustaqillikni qo’lga kiritganidan boshlab to hozirgi kungacha misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar o’z navbatida fuqarolar ongining o’sib borishiga olib keldi. Ikki palatali parlamentning qaror topishi o’zbek davlatchiligi rivojidagi yangi bosqichdir. Bu mavzu bilan tanishib chiqib shunday xulosaga keldikki, mamlakatimizda qonunlarni ishlab chiqishda katta muvaffaqiyatlarga erishish bilan bir qatorda bir qancha kamchiliklarga ham yo’l qo’ymoqda. O’zbekiston Respublikasidagi barcha o’zini o’zi boshqarish organlarini qat’iy bir maqomga ega emas. Barcha o’zini o’zi boshqarish organlari nodavlat-notijorat tashkilot bo’lishiga qaramasdan, uning raisi va maslahatchilari mahalliy hokimiyat organlaridan maosh oladi. Axir, nodavlat-notijorat tashkilotlar o’zini o’zi mablag’ bilan taminlashi kerak emasmi? Bu boradagi beriladigan taklif quyidagicha: Barcha o’zini o’zi boshqarish organlarini mahalliy hokimiyat organlariga kiritish, maqomini mustahkamlash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Chunki davlat hokimiyatlarining quyi tizimi mustahkam bo’lsa, uning yuqori tizimi ham mustahkam bo’ladi. Agarda islohatlarni yuqori tizimda o’tkazilsa, quyi tizimdagi hokimiyat organlariga islohat ta’sir o’tkazmay qolishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida quyidagicha : “Qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi1”. Ushbu moddada qonunchilik tashubbusi subyektlariga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi kiritilmagan. Bu borada beriladigan taklif quyidagicha: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasini ham qonunchilik tashabbusi subyektlariga kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki yuqori palata bilvosita qonunchilik tashubbusida ishtirok etadi. Shunday ekan, 83-moddaga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritib, bu holatni qonun bilan mustahkamlashimiz zarurdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudning vazifasi – barcha qonunlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishini hamda joriy etilyotgan qonunlarga sharh ham yozishdan iboratdir. Afsuski, yaqin bir necha yillar davomida Konstitutsiyaviy sud o’z vazifalarini juda ijobiy darajada yuritayotgani yo’q. Bu borada beriladigan taklif quyidagicha: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudning maqsad va vazifalari hamda tizimini qaytadan ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko’ra Bosh vazir nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Agar Bosh vazir nomzodligiga to’rtta siyosiy partiya o’z nomzodlarini ko’rsatib, dasturlarini ishlab chiqib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokamaga qo’yilib, eng munosib nomzod tanlansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98- moddasiga qo’shimcha va o’zgartirish kerak. Agar Bosh vazir nomzodi shu yo’l orqali tanlab olinsa, siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun kurashlari yanada kuchayadi va ularning mamlakat siyosiy hayotidagi o’rni oshadi. Download 68.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling