Mundarija: kirish I. Bob. Hujumda o’yinchilarning jamoaviy kombinatsiyalarga o’rgatish


II.BOB. FUTBOL O’YINIDA HUJUMCHILARNING JAMOAVIY HAMKORLIGI


Download 148.83 Kb.
bet8/13
Sana13.12.2022
Hajmi148.83 Kb.
#999173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
FUTBOLDA JAMOA BO’LIB O’YNAGANDA HUJUM KOMBINAATSIYALARIGA O’RGATISH.

II.BOB. FUTBOL O’YINIDA HUJUMCHILARNING JAMOAVIY HAMKORLIGI.


1.2.O‘yinchilarning hujumdagi hamkorligi
Hozirgi vaqtdagi hamma saflanishlarda himoya qatorida kamida to‘rt o‘yinchi bo‘lishi nazarda tutiladi. Shuning bilan birga sof hujumchilarning (oldingi qatorning) va maydon o‘rtasi o‘yinchilarining miqdori o‘zgarib turishi mumkin. Ana shuning uchun ham muayyan ampluadagi (ixtisosdagi) o‘yinchilarning hujumdagi hara-katlari xususiyatlari haqida gapirganda, komandaning har qaysi qatorida qanchadan futbolchi borligini hisobga olib mulohaza yuritish lozim.
Qanot himoyachilari.
Agar komandada ikkita qanot hujumchisi bo‘lsa, o‘rta qator o‘yinchilari bilan birgalikda hujumning ikkinchi eshelonini hosil qilish uchun himoyachilar oldinroqqa chiqqani maʼqul. Himoyachi epizodik tarzda hujumning oldingi safiga chiqib turishi mumkin.
Bunda u qanot hujumchisi bilan o‘rin almashadi, bo‘lmasa himoyachi hujumchilarning o‘yin joyini torayti-rib qo‘yadi, natijada mudofaadagilarning straxovka qilishi, bir-biriga yordam berishi osonlashib koladi.
Agar komandada qanot hujumchisi bitta bo‘lsa, unda qanot hujumchisi yo‘k tomondagi himoyachi hujumni yakunlashda oldingi eshelon harakatlarida faol ishtirok etish uchun bo‘sh joyga yorib kirishi mumkin. Bunda uning harakatlari hujum jabhasi keng bo‘lishini taʼminlaydi. Biroq himoyachining bunday reydlari hamma vaqt raqib uchun kutilmagan va o‘z mudofaasining mustahkamligini buzmay-digan bo‘lishi kerakligini yodda tutish kerak. Hujumga qo‘shilgan himoyachi tashlab ketgan zonaga uning sherikla-ridan qaysi biridir chiqishi kerak.
Markaziy himoyachilar.
Markaziy himoyachilardan ayni paytda raqibini qo‘riqlamayotganigina hujumga qo‘shilishi mumkin. Bunda uni sheriklaridan biri (yaxshisi – o‘rta qator o‘yinchi-laridan biri) straxovka qiladi – bu markazda mudofaa mustahkamligi buzilmasligini taʼminlaydi.
Markaziy himoyachi hujumda mohirlik bilan o‘ynay oladigan va uzoq masofadan yaxshi zarba bera oladigan bo‘lgandagina, uning hujumga qo‘shilishi samarali bo‘ladi. Hujumga o‘tgan markaziy himoyachini odatda hech kim qo‘riqlamagani uchun u raqib darvozasi to‘g‘risidan bostirib boraverishi kerak. Shuning uchun ham markaziy himoyachining hujumga qo‘shilishi hamma vaqt begona darvozani real xavf ostida qoldiradi.

Download 148.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling