Mundarija: kirish I. Bob. Hujumda o’yinchilarning jamoaviy kombinatsiyalarga o’rgatish


Download 148.83 Kb.
bet5/13
Sana13.12.2022
Hajmi148.83 Kb.
#999173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FUTBOLDA JAMOA BO’LIB O’YNAGANDA HUJUM KOMBINAATSIYALARIGA O’RGATISH.

Kombinatsion o‘yin yuzasidan umumiy ko‘rsatmalar
1. Trenirovkalar vaqtida kombinatsiya tuzilmasini, uning mazmuni, bajarish prinsiplarini o‘zlashtirib olish kerak. Shundagina kombinatsiyalarni muayyan o‘yin sharoitiga moslab bajarish mumkin.
2. Taktik kombinatsiya individual taktik tafakkur bilan guruhda bir-birini tushunishning, yaʼni o‘zaro hamkorlikning sintezi hisoblanadi. Shuning uchun guruh harakatining u yoki bu tuzilmasini tushunmasdan yodlab olish emas, balki o‘z bilim va mahoratini match mobaynida ijodiy tatbiq etish kombinatsiyani amalga oshirishdagi asosiy vazifa hisoblanadi.
3. Futbol uchrashuvi boshdan-oyoq oddiy, o‘ynab tobiga yetkazilgan va amalga oshirishda ko‘p o‘yinchilar ishtirok etadigan, murakkab, ko‘p yurishli taktik kombinatsiyalardan iborat. Lekin ko‘p yurishli kombinatsiyalar ham, aslida, ketma-ket bajariladigan bir nechta oddiy kombinatsiya-lardan tashkil topadi. Ko‘p yurishli kombinatsiyalarni mashq qilish anchagina qiyin bo‘lib, ular uchrashuv davomida yuzaga kelib, ko‘pincha tayyorgarliksiz bajariladigan bo‘lsa ham, ularning qanday saviyada bajarilishi ko‘p jihatdan futbolchining oddiy, yaxshi ishlov berilgan kombina-siyalarni bajara olish mahoratiga bog‘liq.
4. Kombinatsiyalarning turli variantlarini o‘rgana-yotganda, ilgari o‘rganilgan biron kombinatsiyaning qanchalik ko‘p qismi yangi o‘rganiladigan kombinatsiyaga qo‘shilsa, uni o‘zlashtirish shunchalik oson va tez bo‘lishini yodda tutish lozim. Bir standart holatdan boshlanadigan kombinatsiyalar rivojlanishining xilma-xil variantlarini bilishning foydasi ko‘p. Kombinatsiyalarning bunday turli-tumanligi raqibning mudofaa uyushtirishini juda qiyinlashtirib qo‘yadi.
5. Kombinatsiyalarni amalga oshirishda komandadagi sheriklarning chalg‘ituvchi harakatlari alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zlarining harakatlanishlari bilan ular raqib darvozasiga potensial xavf soladilar va mudofaadagi-larning eʼtiborini chalg‘itadilar.
Jamoa taktikasi.
Jamoa taktikasi bu muayyan o‘yin sharoitida paydo bo‘lgan vazifalarni hal qilishda butun jamoa harakat-larini uyushtirishdir. Butun komandaning hujum va mudofaa harakatlari aniq uyushtirilmasa, o‘yin betartib, bemaqsad bo‘ladi, unda o‘yinchilar o‘rtasida vazifa taqsim-lashning iloji bo‘lmaydi. Bunday hollarda o‘yinchilar qanday bo‘lmasin to‘pni egallab olib, bir amallab darvozaga kiritish uchun u yoqdan bu yoqqa yugurishaveradi.
Futbolning yuz yildan ortiqroq tarixi mobaynida o‘yinchilarni aniq joylashtirib, ular o‘rtasida vazifalar aniq taqsimlanishini nazarda tutgan ko‘plab taktik tizimlar yaratilgan. Hujumdagi komanda taktikasini, yaʼni muayyan o‘yin sharoitida paydo bo‘ladigan vazifalarni hal qilishda butun komanda jamoaviy harakatlarini uyushti-rishning asosiy prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Har qanday taktik tizimda ham komanda taktikasi ikki tur harakat, yaʼni tez hujum va tadrijiy hujum vositasida amalga oshiriladi.

Download 148.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling