Mundarija: kirish I. Bob. Hujumda o’yinchilarning jamoaviy kombinatsiyalarga o’rgatish


Download 148.83 Kb.
bet7/13
Sana13.12.2022
Hajmi148.83 Kb.
#999173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
FUTBOLDA JAMOA BO’LIB O’YNAGANDA HUJUM KOMBINAATSIYALARIGA O’RGATISH.

Tadrijiy hujum.
Tadrijiy hujum yoki javob hujumini uyushtirishda biron o‘yinchi juda ko‘p uzatishlar yordamida darvozani zabt etish uchun qulay pozitsiyaga chiqariladi. Bu tadrijiy hujumning tezkor hujumdan asosiy farqidir. Bu tur hujumdagi komanda harakatlarini bajarishda kombinatsiya-lar qisqa va o‘rtacha uzatishlar yordamida amalga oshiril-gani uchun, to‘pni uzoq vaqt nazorat qilib turish imkoniyati tug‘iladi. Yana shuni aytish kerakki, to‘plar qisman ayniqsa himoya qatori o‘yinchilari hujumga qo‘shilganda, maydonning ko‘ndalangiga uzatiladi. To‘p uzoq vaqt boshqarib turilga-niga qaramay, tadrijiy hujumning samaradorligi aytar-lik ko‘p bo‘lmaydi. Hujum rivojlanishiga ko‘p vaqt sarflanishi mudofaadagilarga kuchlarni bemalol qayta guruhlab olishga va darvoza zabt etilishi uchun eng xavfli zonalarni to‘sib olishga imkon yaratib beradi. Uyushqoqlik bilan amalga oshirilgan mudofaa esa hujum qilayot-ganlardan himoya qatorini bo‘g‘inlardan birida yorib o‘tish niyatida yana bir turkum kombinatsiyalar qilishni talab etadi. Hujumning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan hujumchi-larning mohirona harakatiga bog‘liq. Tamomila ravshanki, yaxshi mudofaadan oz kuch bilan o‘tib ketish qiyin, demak hujumga ko‘proq o‘yinchi qo‘shilishi kerak. Bunda maydon-ning ayrim qismida son jihatdan ortig‘lik hosil qilib, shuning hisobiga raqiblar mudofaasini yorib o‘tish mumkin bo‘ladi.
Maydonnnig butun uzunasiga va ko‘ndalangiga manyovr qilish hujum enini kengaytirish imkonini berish bilan birga himoyachilar harakatlarini qiynlashtiradi, ayni chog‘da hujum qiluvchilardan puxta va maxsus tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishlarini talab etadi. Hozirgi zamon futbolida hujum va himoyada o‘yinchilarning katta guruhi qatnasha-digan bo‘lgani uchun, o‘yin mobaynida komanda bajaradigan ish hajmi ham ancha ko‘payib ketadi. Bu esa o‘yinning taktik qiyofasini murakkablashtirish, maydonning butun bo‘yi va eni bo‘ylab ko‘p yurishli kombinatsiyalar qilish imkonini beradi. Bularsiz tadrijiy xujumda komanda yutib chiqi-shini umid qilmasa ham bo‘ladi.
78-rasmda darvozabon boshlab, 10-yarim himoyachi unga qo‘shiladigan hujum ko‘rsatilgan. Tadrijiy hujum payti-dagi ko‘p yurishli kombinatsiyalar natijasida maydon o‘rta-sining 10-o‘yinchisi zarba berish pozitsiyasiga chiqariladi.
Tadrijiy hujum uyushtirishga bo‘lgan asosiy talablar:
1. To‘p olgan o‘yinchi uni mudofaa zonasida ochilgan sheriklaridan biriga aniq oshirib berishi kerak. To‘pni hammadan ko‘ra yon chiziq yaqiniga uzatib bergan maʼqul, chunki u yerda o‘yinchilar ko‘p bo‘lmaydi, xato qilib qo‘yilgan taqdirda ham, raqib tomon darvozaga bevosita xavf sola olmaydi.



78-rasm. Tadrijiy hujum


2. Oldingi va o‘rta qatordagi hamma o‘yinchilar maydonning bo‘yi va eni bo‘ylab faol manyovr qilishlari lozim. To‘pi bor o‘yinchiga eng yaqin bo‘lganlarning mohirlik bilan ochila bilishi ayniqsa muhim.


3. O‘yinchilar hujumning oldingi qatoriga istalgan vaqtda uzunasiga yoki diagonaliga tezlik bilan to‘p uzatilib qolishi, yaʼni tezkor yorib o‘tishga kirishib ketilishi mumkinligini nazarda tutishlari kerak.
4. Komanda hujumni rivojlantirishda harakat maromini o‘zgartirishdan, tezlikni oshirish va sekinla-tishdan («portlay olish”dan) foydalanishi kerak. Shunday qilish mudofaani uyushtirishni hamma vaqt nihoyat darajada murakkablashtirib qo‘yadi.
5. O‘yinchilar uzunasiga, ko‘ndalangiga va diagonaliga uzatishlar hisobiga hujum yo‘nalishlarini bir qanotdan ikkinchi qanotga o‘tkazishni bilishlari kerak. Bu hujumni maydonning butun kengligida rivojlantirishni taʼmin-laydi va raqiblar himoya qatorini uzaytirib yuboradi.
6. Oldindan tayyorlab qo‘yilgan, maʼlum bir o‘yinchini zarba berish pozitsiyasiga chiqaradigan kombinatsiyalarni ko‘proq qo‘llash kerak. Bunday komanda harakatlarini o‘yinchilar guruhi ijodiy amalga oshiradi. Ular bunda baʼzan yuzaga kelayotgan sharoitga qarab tayyorlab qo‘yilmagan harakatlar ham qilishi mumkin.
7. Hujum qilayotgan komandaning o‘rta qatordagi, baʼzan esa orqa qatordagi o‘yinchilari zarba berish pozitsiyasiga qo‘shilib turishdan foydalanish juda ham muhim, chunki oldingi qator o‘yinchilari bo‘larga nisbatan qattiqroq qo‘riqlanadi.
8. Hujum qilayotganlar to‘pni nihoyatda eʼtibor bilan, aniq uzatishlari kerak, chunki ular ikkala komanda o‘yinchilari g‘uj bo‘lib to‘plangan sharoitda harakat qila-dilar, bu esa raqiblarning to‘pni yo‘lda olib qolishini osonlashtiradi.
9. Hujum qilayotganlarning joylanishi albatta eshelonlangan, boshqacha qilib aytganda, tabaqalangan bo‘lishi kerak. Shunda, raqiblar vaqti kelib to‘pni adressiz qaytarib olgan taqdirda ham, hujumni davom ettirish mumkin bo‘ladi.


Download 148.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling