Mundarija kirish I. Bob. Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha bajarilgan vazifalar
-rasm. Don tozalash texnologik sxemasi
Download 143.82 Kb.
|
4-xisobot
1-rasm. Don tozalash texnologik sxemasi
Ko‘p parametrlilik shu bilan asoslanadiki, jarayonlar murakkab tashkillashtirilgan ko‘proq ierarxik strukturaga ega. Har bir operatsiya boshqaruv parametrlari yig‘indisi bilan aniqlanadi, shu bilan birga ko‘p omillilik shu bilan asoslanadiki, donning tashqi sharoitga kuchli tasiri, uning xususiyat ko‘rsatkichlaridagi yuqori o‘zgaruvchanlik, boshqa qator omillar, ular orasida sub`yektivlari ham bor. Shu tarzda texnologik parametrlami optimal barqarorlashtirish boshqaruv vazifasini ifodalaydi. Optimallashtirish darajasi samaradorlikning tanlangan mezonlari asosida baholanadi. Jarayonlarning barqaror borishini baholash uchun parametrlarning optimal darajada saqlanishini kuzatish zarur. Parametrlarni uzluksiz ro‘yxatga olish bilan va boshqaruv ob`yektiga tasir ko‘rsatish uchun teskari bog‘lanish bilan nazorat qilish tizimlari eng yaxshi variantdir. Bu holatda ko‘p miqdorli tashqi va ichki omillar tasiri bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik parametrlaming tabiiy o‘zgarishini minimum darajaga yetkazish mumkin. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (ABT) o‘zaro bog‘liq operasiyalarning barcha guruhlarida qo‘llash buning muhim sharti hisoblanadi. Un va yorma tayyorlash zavodlarida texnologik jarayonlar tuzilishi ko‘p jihatlari umumiylikka ega. Donni bir qator muhim tayyorlov operatsiyalaridan so'ng, qayta ishlashga yuboriladi. U yerda maydalash (yanchish, tozalash) asosida mahsulotdan un yoki yorma ko‘rinishda endosperm (yadro) ajratib olinadi. Un tayyorlash zavodlaridagi texnologik jarayonlarda ABTning meyoriy ishlashini taminlash uchun un tortishda ishlatiladigan don partiyasini elevatorda shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun donning fizik-kimyoviy va strukturaviy, mexanika xususiyatlarini hamda texnologik parametrlarini barqarorlashtirish zarur bo‘ladi. Unning yuqori ozuqaviyligi va vitaminga boyligini taminlash hamda nonboplik xossalarini yaxshilash uchun esa biokimyoviy xususiyatlarini mustahkamlash kerak bo‘ladi. Bu masalani hal etishda donning shaffofligi, vazni, o‘lchami bo‘yicha tekisligi, qattiqligi, kleykovina tarkibi va sifati, namligi, gaz hosil qilishi hamda gaz saqlash xususiyatlari kabi sifat ko‘rsatkichlari hisobga olinishi lozim. Shuni aniq aytish mumkinki, subyekt tomonidan ma’lumotlarga qo‘lda ishlov berilsa, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha un tortish parametrlarini barqarorlashtirib bo‘lmaydi. Amalda uchta ko‘rsatkichdan ortig‘ini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaydi. Un tortish partiyalarini shakllantirishda va sifatli boyitilgan un olishda ABT ni qo‘llash yagona jarayon hisoblanadi. S.N.Morev o ‘z ishlarida masalani hal etishninig eng yaxshi variantini taklif etadi. U ishlab chiqqan EHM uslubi bo‘yicha barqarorlashtirilgan parametrli un tortish partiyalarining variantlari izlanadi (un zavodi elevatordagi don partiyalari haqida mashina xotirasiga kiritilgan ma’lumotlar asosida). Bu uslub cheklanmagan miqdordagi ko‘rsatkichlarni ко‘rib chiqish imkonini beradi. S.N.Morev uslubining asosiy afzalligi un tortish partiyasini optimal shakllantirishda tanlangan mezonlarning ratsional tuzilmasidir. Bu sistemaga miqdor va sifat bahosi haqidagi ma’lumotlarni optimal varianti kiritiladi. Miqdoriy baho un tortish aralashmasiga kiritish uchun elevatordagi donning partiyasiga yo‘naltirilgan bo‘lib talablar miqdorini hamda shu partiyadagi donning umumiy sarflanishini aniqlaydi. Sifat bahosi un tortish aralashmasining sifat ko‘rsatkichlaridagi ma`lum qiymatga nisbatan farq darajasini aniqlaydi. Bu uslubni amalga oshirish un aralashmasining uzoq muddat davomida barcha asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori darajada barqororligini ta’minlaydi. Natijada un zavodining don tozalash va un tortish bo‘limlarini texnologik jarayonlarida ABTni joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Texnologik parametrlar barqarorligi texnologik sxemani soddalashtirishga yordam beradi, uni qisqartiradi. Yana shuni takidlash lozimki, ABTning barcha texnologik operatsiyalarini to‘liq ta’minlash iqtisodiy nuqtai nazardan dargumondir. Shubhasiz, ko‘p hollarda maslahat rejimida kompyuterlashtirilgandan foydalanish yaxshi variant hisoblanadi. Bu variantda texnolog hamma vaqt yuzaga kelgan holatga o‘z vaqtida ta’sir ko‘rsatishi va texnologik jarayonni borishi haqida axborot olishi mumkin. Don aralashmalarini ajratish samaradorligi separatorning ishlash tartibi va parametrlariga bog‘liq, ya’ni separatorga vaqt birligida tushayotgan boshlang‘ich aralashma miqdoriga; separatorda ishlov berish vaqtiga; aralashma fizik tarkibining bо‘linuvchanligiga. Aralashmaning vaqt birligida separatorga kelib tushishi (kg/s) quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda: S — don aralashmasi oqimining maydoni, m2; v — aralashmaning separatorga kelib tushish tezligi, m/s; p1 — aralashmaning hajmi, kg/m3 . Bundan ma’lumki, aralashmaning separatorga tushishi oqimining eniga bog‘liq, shuning uchun oddiy separatorlarda qabul qilish eni orqali don aralashmasining tushib kelishi aniqlanadi: bu yerda: B — oddiy separatorning eni, m. Don bir xil kо‘ndalang kesimli va turli uzunlikda bо‘lgani uchun elakda ajralmaydi. Bularni separatsiyalash triyer yuzalar yoki yarim sferik uyachalari bor yuzalarda amalga oshiriladi. Don massasidagi uzidan kalta bо‘lgan chiqindilar uskunaning uyachalariga, undan sо‘ng ularni yig‘adigan nav (lotok)ga tushib, sо‘ng shnek yoki boshqa moslama yordamida separatordan chiqarib tashlanadi. Uzun donlar uyachalarga tushmasdan, triyer yuzasida sirpanib chiqib ketadi. Bug‘doy, javdar donlarini kukol, yovvoyi nо‘xat, maydalangan bug‘doy va grechixadan tozalaydigan mashina kukolajiratuvchi deb ataladi. Bu mashinada uyachalarning о‘lchamlari 3…5 mm, ajratilgan mayda chiqindilar “proxod“ bо‘lib, tozalangan don esa “sxod“ bо‘lib qoladi. Triyerlar bug‘doy, javdar donlarini о‘zidan uzun (ovsyug, suli, arpa) bо‘lgan chiqindilardan tozalaydi, shuning uchun bu mashina ovsyugajratuvchi deb ataladi. Ovsyug va sulidan tozalash uchun uyalarning ishchi diametrlari 8—11 mm., arpa doni uchun 7—9 mm bо‘ladi. Uskunaning “proxod“ida bug‘doy va javdar doni, “sxodida“ esa arpa va suli qoladi. Donlarni separatsiyalashda, asosan, ularning aerodinamik xususiyatlaridan foydalaniladi. Bunda asosiy kо‘rsatkich donning havoda muallaq (vitaniya) turishi hisoblanadi. Vertikal havo oqimiga bir qancha zarrachalar joylashtirilsa, ular ikkita kuchga ega bо‘ladi: tortish kuchi G qarama-qarshilik kuchi R — u havo oqimini kо‘taruvchi kuchga teng. Pnevmoseparatsiyalash kanalida turbulent holatda bо‘lgan havo oqimi harakatining qarshilik kuchi zarrachaning dinamik ta’sir kuchiga bog‘liq va u Nyuton formulasi bilan aniqlanadi. bu yerda ξ — aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti; F — zarrachaning tekislikdagi maydon proyeksiyasi, sm2 Px — havoning zichligi, kg/sm3; Vb — havo oqimining tezligi m/с. δ — koeffitsiyent kattaligi, zarrachaning shakli, uning sirtqi qismi va oqimning tartibi Reynold (Re) ga bog‘liq. Vertikal kо‘tarilayotgan havo oqimi, yerning tortish kuchi va qarshilik kuchi doimo qarama-qarshi tomonga yо‘nalgan. Bunda uchta holatni kо‘ramiz: agar R1 > G1 bо‘lsa, zarracha yuqoriga intilmoqda; R2 = G2 bо‘lsa — muvozanat holda; R3 < G3 bо‘lsa, zarracha pastga tushmoqda. R/G ning bir-biriga bо‘lgan nisbatlari zarrachaning harakat yо‘nalishini aniqlaydi va ularning havo oqimida ajralishlarini kо‘rsatadi. Zarrachaning muvozanat holatda turish tezligi yoki keskin tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi va u muvozanat tezligi deb ataladi. Donlar turli chiqindilardan tozalangandan sо‘ng ularning ustki qatlamiga qо‘shimcha ishlov berish tavsiya etiladi. Chunki donni transportda tashish jarayonida uning ustiga chang qо‘nadi. Bundan tashqari ular bir-biri bilan ishqalanishi, urilishi natijasida donning meva qobiqlari kо‘chib ketadi. Donni saqlash jarayonida yog‘in-sochin va namlik ta’sirida uning ustki qatlamida turli mog‘or zamburug‘lar rivojlanib, mikrotoksinlar paydo bо‘ladi. Donning ustki qatlamini ana shunday zararli moddalardan va changdan tozalash uchun unga qurug‘ va hо‘l ishlov beriladi. Download 143.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling