Kurs ishining maqsadi: Pedagogik fanlar sohasida innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyatning ko’lamini yanada oshirish va tadbiq etish asosida o’qituvchining innovatsion faoliyati va salohiyatini rivojlantirish.
Kurs ishning vazifalari:
Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat bilan ishlashni o’rganish;
Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyatni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat samaradorligini oshirish;
O’qituvchining innovatsion faoliyati va salohiyatini yuksaltirish;
I BOB. INNOVATSION FAOLIYAT VA SALOHIYATNING NAZARIY ASOSLARI.
Innovatsion faoliyat va salohiyat tushunchalari mazmuni.
Ta'lim muassasasida innovatsion faoliyatning samarali yo‘lga qo‘yilganligi innovatsion jarayon subyekti va innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. “Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni hal yechishga qaratilgan faoliyatdir”, - deb ta'kidlaydi V.I.Slobadchikov.
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdir.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm mantig‘i bo‘yicha tug‘ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo‘llab-quvvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo‘ladi. Muayyan tashkilotdagi innovatsion jarayonning tezligi, samaradorligi va xususiyatlarini tavsiflovchi kalit so'z bu innovatsion salohiyatdir. Maktabning innovatsion salohiyati bu yangiliklarni yaratish, idrok etish, amalga oshirish, shuningdek eskirgan, pedagogik jihatdan asossiz o'z vaqtida xalos bo'lish qobiliyatidir.Ushbu qobiliyat asosan o'qituvchi jamoasi a'zolarining ijodiy intilishlari, yangiliklarga munosabati natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |