Mundarija: kirish I bob. Iqbol mirzo she’riyаtiga bir nazar


Download 0.56 Mb.
bet4/14
Sana13.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1457502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IQBOL MIRZO

Tadqiqot usullari.Tadqiqot jarayonida biografik, tarixiy-qiyosiy, psixologik, strukturual tahlil usullaridan foydalaniladi.
Kutilayotgan ilmiy yangiliklar quyidagilarda ko‘rinadi:

- uslub poetikasi bo‘yicha ilmiy-nazariy materiallarni umumlashtirish, XXI asr o‘zbek she’riyatida uslublar rang-barangligini asoslash;


- ijodkorning ruhiy-psixologik evolyusiyasi jarayonlarini kuzatish falsafiy intellektual va xalqona, modernistik uslubni tadqiq etish;
- janr, tasvir, uslub birligini tekshirish va xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, qolaversa, XX asr ijodkorlari yaratgan adabiy asarlar va obrazlarining ta’sirini aniqlash;
- shoirlar ijodida hayot falsafasi, umuman falsafiy dunyoqarashi xususida so‘z yuritish lirikada mazmun va shakl kategoriyasini tayin etish; dagi baxshiyona va intellektual uslub xususida fikr yuritish, Iqbol Mirzodagi xalqona talqinga e’tibor qaratish, ijodida tasavvuf va modern ohanglar uyg‘unlashib, individual uslub darajasiga etganini dalillash;
- poetik obraz strukturasini aniqlash, poetik g‘oya va tasviriylik muammosini
oydinlashtirish, lirikada syujet masalasiga aniqlik kiritish;

- lirik kompozitsiyani belgilovchi omillarni aniqlash, an’anaviy va modern she’riyatda ritm musiqiylik masalalarini qiyoslash;


- lirik qahramon va poetik obraz munosabatini tekshirish va janrlar rang-barangligi uslub birligi muammosini tadqiq etish kabilar.
Uslub poetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning alohida shoirlar ijodidagi o‘rnini aniqlash, qiyoslash (mazkur holatda XX asr adabiyotidagi uslub poetikasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim) orqaligina tushunib etish mumkin. Avvalo, muammoni ishlashda XXI asr adabiyoti taraqqiyotidagi sifat sakrashlari va boshqa qonuniyatlarni hisobga olish zarur.
Tadqiqot hajmi va tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotar ro‘yxatidan tarkib topgan. Tadqiqotning hajmi 60 sahifani tashkil etadi


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling