Mundarija: kirish I bob. Iqbol mirzo she’riyаtiga bir nazar


Download 0.56 Mb.
bet3/14
Sana13.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1457502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IQBOL MIRZO

Tadqiqotning maqsadi. XXIasr o‘zbek she’riyatida uslub poetikasi Iqbol Mirzo, asarlari misolida yaxlit, tizimli tasavvur hosil qilish, mavzu, g‘oya, lirik kechinma, kompozitsiya tahlili orqali ijodkor, badiiy asar, qahramon dunyosi, uslub shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega shoir dunyoqarashi tadqiqi bitiruv malakaviy ishning bosh maqsadi hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, tadqiqotda uslub poetikasi fenomenining tarixiy-hayotiy asoslari, ijodkorlarning bugungi o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, ular yaratgan asarlar tarkibidagi badiiy-estetik vazifalari yoritiladi, badiiy uslub poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, boshqa ijodkorlar uslubidagi o‘xshash va farqli jihatlar qiyoslanadi.
SHuningdek, “uslub poetikasi” termini bilan tavsiflanadigan hodisalarni o‘rganish tarixining asosiy bosqichlarini belgilash, shoir uslubining asarlaridagi badiiy nutq va kompozitsiya bilan o‘zaro nisbatini aniqlash, badiiy uslub qamraydigan tushunchalarga terminologik aniqlik kiritish, ishlab chiqiladigan metodologiya va tahlil usullari majmuini o‘zbek adabiyoti namunalari tahlilida amalda qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Tadqiqotning ob’ekti.Tadqiqot ob’ekti lirik asarlardir. BMIda bugungi adabiy jarayon, unda badiiy tahlil lirik asardagi uslub talqinining usul va tamoyillari ishlab chiqiladi. Nazariy qoida va holatlar Iqbol Mirzo, kabi shoirlar ijodiga nisbatan qo‘llanadi. Xalq og‘zaki ijodi mumtoz adabiyot va XX asr she’riyati namunalari qiyosiy tahlil uchun tadqiqotga jalb etiladi. Tadqiqotning ob’ektiga asos bo‘lgan shoirlarning asarlari tahlili orqali ularning ifoda tarzi, tasvirlash maneralari aniqlanadi.
Tadqiqotning predmeti. Iqbol Mirzo she’riy to‘plamlari, “Saylanma”lari manbaa bo‘lib xizmat qiladi.Ishda adabiyotshunoslikning muhim ilmiy-nazariy masalalari: indiviual uslub, lirik kechinma, adabiy kompozitsiya, poetik obraz tushunchalarining Iqbol Mirzo, kabi shoirlar ijodidagi o‘rni tayin etiladi, ularning poetik mahorati muammolariga oydinlik kiritiladi, poetik uslubga doir ilmiy-nazariy qarashlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, mavzu, muallif, lirik qahramon va shoir “men”i o‘zanida ko‘zdan kechiriladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling