Mundarija Kirish i-bob. Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari


II-bob. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini


Download 347.99 Kb.
bet4/7
Sana22.10.2023
Hajmi347.99 Kb.
#1715580
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija Kirish i-bob. Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va

II-bob. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini.
2.1 Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. iqtisodiy inqirozlar.
Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat - bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o‘zaro bog‘liq muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi.Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan foydalaniladi:

  1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.

  2. Jamg‘arma va investitsiyalami taqqoslash usuli.

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+I„) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘miga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIM o‘miga SMMning qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X„) e’tiborga olinmaydi.
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo‘naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no‘l ko‘ymasliqdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii o‘zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.Iqtisodiyot tuzilishidaga o‘zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xo‘jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog‘liqdir.Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o‘zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo‘jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg‘arish fondi o‘rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o‘rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o‘rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq e'tibor beradi.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o‘z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga oliiib ishlab chiqarish sohalariga o‘simlik beriladi. Modsiy ishla chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy qayta qurish ham ko‘zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butui xalq xo‘jaligining rivojlanish tamoyillariii belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o‘sishga, hamda to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatdan, cho‘qqidan yoki inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakat tushuniladi, Sikl quyidagi fazalarni: inqiroz, turg‘unlik jonlanish, yuksalish fazalarini o‘z ichiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazalarning o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi siklning qayd etuvchi ifodasidir.U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigap yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosi kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi. Inqirozdan keyin turg‘unlik keldiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uch sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko‘pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o‘tishni bildiradi.
Ish bilan ta'minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o‘sishi jonlanishning yuksalishi bosqichiga o‘sib o‘tishiga ko‘maklashadi. Yangi sikl yuksalishning boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo‘lgan ta'labning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste'mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovad talabning oshishi, o‘z navbatida, iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoklariga bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi va har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. 1-chizmada asosiy ko‘pchilik iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‘liq yoki deyarli to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi.
2.1-chizma

Tanazzul fazasida ishlab chiqarysh va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‘zining eng past darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi.

Download 347.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling