Mundarija kirish I bob. Iqtisodiy o‘sishning texnologik modeli va g‘oyalari. P. Romer, R. Lukas va U. Nordxaus g‘oyalari


Download 42.7 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi42.7 Kb.
#1508966
Bog'liq
0 ‘SISH DVIGATELI


MUNDARIJA


KIRISH
I Bob. Iqtisodiy o‘sishning texnologik modeli va g‘oyalari. P.Romer, R.Lukas va U.Nordxaus g‘oyalari
1.1. Iqtisodiy o‘sishning endogen nazariyasi.
1.2. Endogen o‘sish omili sifatida innovatsiyalarning turlari va ularning endogen xususiyatlari
1.3. Iqtisodiy o‘sishda “Texnologik turtki” gipotezasi va texnologik ukladlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Innovatsiyalar, ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar, innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, innovatsion faollik, innovatorlar, konservatorlar, tadbirkor, innovatsiyalaming tasnifi, takomillashtiruvchi innovatsiyalar, qo‘poruvchi innovatsiyalar, jarayonli innovatsiyalar, innovatsion faoliyatning asosiy tamoyillari, bazisli innovatsiyalar, texnologik ukladlar, innovatsion biznes, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar bozori, innovatsion loyiha, innovatsion marketing, bozor segmenti, innovatsion biznes, inson omili, inson kapitali, innovator, motivatsiya, mehnatni rag‘batlantirish.
Endogen iqtisodiy o‘sish sifatining dastlabki modellari asosan o ‘z vaqtidan ancha ilgarilab ketgan va o‘sha davrda deyarli ehtiyoj bo‘lmagan, 1960-yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar, xususan inson kapitali nazariyasi sohasidagi tadqiqotlar, K. Errou va G. Uzavalaming modellariga asoslangan edi. Yangi to‘lqinning birinchi davri uchun tegishli boigan eng muhim tadqiqot ishlarining mualliflari P.Romer, R.Lukas va S. Rebelolar hisoblanishadi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan modellarda iqtisodiy o ‘sish sifati manbalari tashqi samaralar yordamida tasvirlab beriladi. Aynan ushbu modellardan soddalashtirilgan yondashuvdan farqli o‘laroq, endogen o‘sishni talqin qilishda bazaviy modellar sifatida foydalanila boshlandi.
I Bob. Iqtisodiy o‘sishning texnologik modeli va g‘oyalari.

P.Romer, R.Lukas va U.Nordxaus g‘oyalariXX asming so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish ta’limotida neoklassik nazariyalarga nisbatan e’tirozlar kuchayib bordi. Bu jahon mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish darajalarida keskin farqlami kuchayishi va rivojlanayotgan davlatlarda, davlatning qarzdorlik inqirozini kuchayishi bilan bogiiq muammolardir. Bu davrda Jahon baki va XVJ rivojlanayotgan davlatlarda erkin bozor munosabatlarini shakllantirish, iqtisodiy o‘sish va aholi turmush farovonligini oshirishda investitsiyalar muhim omil sifatida tavsiya etilgan edi. Biroq investitsiyalami o‘sishi rivojlanayotgan davlatlarda kutilgan darajada iqtisodiy o ‘sish va aholi turmush farovonligiga olib kelmadi. Jahon banki va XVJ ko‘rsatmalariga ko‘ra ichki va tashqi bozomierkinlashtirish xam rivojlanayotgan mamlakatlarda kutilgan darajada xorijiy investitsiyalami jalb etish imkonini bermadi. Ushbu muammo­


lami yechimini endogen o‘sish nazariyasi maktabi tushuntirishga harakat qildi.
Endogen o‘sish nazariyasida (amerikalik iqtisodchilar P.Romer, R.Lukas va boshqalar) uzoq muddatli davrda texnologik taraqqiyot iqtisodiy o ‘sishning yagona sababi hisoblanmaydi. Ular iqtisodiy o‘sish sifati darajasi quyidagi omillarga bog‘liqligini ilmiy asoslashdi:
• inson kapitalining sifati, insonni rivojlantirishga (ta’lim,
sog‘liqni saqlash va hokazolarga) investitsiyalar;
• mukammal boimagan raqobat sharoitlarida intellektual mulk
huquqini himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlami yaratish;
• fan va texnologiyalami rivojlantirishni davlat tomonidan
qo‘ llab-quvvatlash;
• qulay investitsiya muhitini yaratish va yangi texnologiyalami
o‘zlashtirish.
P.Romeming fikricha, “bugungi iste’mol bilan ertaga qilinadigan iste’molni kengaytirish uchun foydalanilishi mumkin b o ig an bilimlar o‘rtasida ayirboshlash mavjuddir”50. P. Romeming nazariyasida iqtisodiy o‘sishning sur’atlari yangi bilimlami egallash sohasida markazlashgan inson kapitali miqdoriga bevosita bogiiqdir. Amalda bu ilmiy tadqiqotlar sohasi iqtisodiyotga birgina amaliy g‘oyalar va ishlanmalar bilangina ta’sir ko'rsatmasligini anglatadi. Ushbu nazariyaga muvofiq, jamg'arilgan inson kapitali hajmi katta boigan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishda yuqoriroq sur’atlarga erishadilar. Demak, erkin xalqaro savdoning rivojlantirilishi ham o ‘sish sur’atlarini oshirishga yordam beradi, chunki mahsulotlar bilan ayirboshlash iqtisodiy tizim chegaralarini kengaytiradi va shu tariqa inson kapitali jamlanmasi ko‘payishiga xizmat qiladi. R. Lukas51ning nazariyasi ko‘ra inson kapitalining jamg‘arish muayyan resurslami talab etadigan hamda muqobil chiqimlar sababi bo‘lgan faol iqtisodiy jarayondir. Olimning hisoblashicha, odamlar vaqtdan foydalanishning ikki yo‘lidan birini tanlashlari mumkin, ya’ni joriy ishlab chiqarishda ishtiroq etish yoki inson kapitalini jamg‘arish. Mohiyat jihatidan bu ikki muqobil yo‘l o‘rtasida vaqtni taqsimlash
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilaydi. Masalan, tovarlar ishlab chiqish uchun sarf qilinayotgan vaqtning kamayishi joriy maxsulot ishlab chiqarishni kamaytiradi, biroq ayni paytda insonga kapital quyilmalar jadallashadi va shu tariqa mahsulot ishlab chiqarish ko‘payadi. Shunday qilib, endogen o ‘sish nazariyasining xususiyati ta’lim va inson kapitali omilini ishlab chiqarish funksiyasiga qo‘shishdan iboratdir.
Yangi to‘lqin modellarining keyingi guruhi texnik taraqqiyotning vujudga kelishini tushuntirishga va innovatsiyalaming vujudga kelishi tuzilmasi va ulami amalga oshirishni batafsil o‘rganishga butun e’tiborini qaratadi. Endogen o‘sishning bunday modellar guruhi Research & Development deb atalgan.52 F.Agion, P. Xauitt, D. Grossman va E.Xelpman kabi olimlaming asarlarida bayon qilingan modellar o‘ziga xos klassik modellar hisoblanadi.Endogen iqtisodiy o ‘sish sifati modellarini izohlashning barcha matematik o‘ziga xosliklariga katta e’tibor qaratmagan holda, ulardan kelib chiquvchi asosiy xulosalami keltirib o ‘tamiz:
• Doimiy barqaror iqtisodiy o‘sish sifati, faqatgina ta’lim
vositasida jamg‘arilgan inson kapitali asosidagina mavjud boiishi
mumkin;
• Iqtisodiy o‘sish sifati sur’atlariga innovatsiyalami yaratish
sohasida jamlangan inson kapitalining rivojlanish darajasi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik
sohasi iqtisodiyotga nafaqat bevosita, balki yangi amaliy ishlanma va
g‘oyalar yordamida ham ta’sir ko‘rsatadi;
• Bilimlar hosil boiishi va jamg‘arilishini cheklash ertami, kechmi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda53 aks etadi, bunda ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik sohasida to ‘plangan inteliektual kapital
salohiyati qisqaradi54;
• FTTning o‘zigina emas, balki bilimlaming shakllanishi va
ulardan foydalanish, o‘z navbatida inson salohiyatining rivojlanishiga
xizmat qiluvchi, investitsion talabning muhim omili b o iib hisoblanadi.
Endogen o‘sish nazariyasiga ko‘ra bilimlami jamg‘arilishi, ishlab
chiqarish xarajatlarini kamayishi, yangiliklar va innovatsiyalar
iqtisodiy o‘sish sifatining muhim omillari b o iib hisoblanadi. Bugungi
kunda bozor iqtisodiyotining rivojlanishining asosiy xususiyati
iqtisodiyotda ekstensiv o‘sishning barcha imkoniyatlari va
zaxiralaridan foydalanib boiindi. Bugungi globalizatsiya davrida
bozor iqtisodiyotining rivojlanishining asosiy yo‘nalishi yuqori mehnat
sifati va FTTda kapitaltejamkor texnologiyalarga va ekologik
cheklovlami asoslanib iqtisodiy o‘sishda yakuniy sifat natijalariga
erishish b o iib hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sishning sur’atlari yangi bilimlami egallash sohasida
markazlashgan inson kapitali miqdoriga bevosita bogiiqdir. Amalda
bu ilmiy tadqiqotlar sohasi iqtisodiyotga birgina amaliy g ‘oyalar va
ishlanmalar bilangina ta’sir ko‘rsatmasligini anglatadi. Ushbu
nazariyaga muvofiq, jamg‘arilgan inson kapitali hajmi katta boigan
mamlakatlar iqtisodiy o‘sishda yuqoriroq sur’atlarga erishadilar.
Demak, erkin xalqaro savdoning rivojlantirilishi ham o‘sish
sur’atlarini oshirishga yordam beradi, chunki mahsulotlar bilan ayirboshlash iqtisodiy tizim chegaralarini kengaytiradi va shu tariqa
inson kapitali jamlanmasi ko‘payishiga xizmat qiladi.
Inson kapitalining jamg'arish muayyan resurslami talab etadigan
hamda muqobil chiqimlar sababi boigan faol iqtisodiy jarayondir.
Endogen o‘sish nazariyasiga ko‘ra bilimlami jamg‘arilishi, ishlab
chiqarish xarajatlarini kamayishi, yangiliklar va innovatsiyalar
iqtisodiy o‘sish sifatining muhim omillari hisoblanadi. Bugungi kunda
bozor iqtisodiyotining rivojlanishining asosiy xususiyati iqtisodiyotda
ekstensiv o‘sishning barcha imkoniyatlari va zaxiralaridan foydalanib
boiindi. Bugungi globalizatsiya davrida bozor iqtisodiyotining
rivojlanishining asosiy yo‘nalishi yuqori mehnat sifati va FTTda
kapital tejamkor texnologiyalarga va ekologik cheklovlami asoslanib
iqtisodiy o‘sishda yakuniy sifat natijalariga erishish hisoblanadi. XXI
asrga kelib iqtisodiyotda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mazkur
o ‘zgarishlar birinchi navbatda, resurslardan foydalanishning tabiat
in’om etgan chegaralariga iqtisodiyot yetib borayotganligi natijasida
iqtisodiy o ‘sish sifatida an’anaviy resurslaridan foydalanish imko­
niyatlari vaqt o‘tgani sari cheklanib borayotganligi bilan bogiiqdir.
Endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasini yuqori rivojlanish darajasiga
olib chiqqan olimlardan biri Uilyam Nordxaus hisoblanadi. Uning
“Integrallashgan baholash modelida” (IAM) iqlim o‘zgarishlari bilan
iqtisodiy o‘sish modelini bir-biri bilan bogiadi. U.Nordxaus ishlab
chiqarish funksiyasi modeliga ikki yangi o‘zgaruvchini kiritdi: tabiiy
resurslar va ekologik zarar. Tabiiy resurslar ishlab chiqarish funksiyasi
modelida ishchi kuchi, kapital, asosiy fondlar kabi ishlab chiqarish
omili sifatida olingan; ekologik zarar birdan kichik boigan
ko‘paytiruvchi b o iib u ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Bu
modelda barcha omillar texnologik taraqqiyot natijasida o‘sib borsa
ekologik zarar esa birdan kichik b oigan ko‘paytiruvchi hisobiga
atmosferani ifloslanish darajasiga qarab kamayib boradi.
Endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasi maktablarining quyidagi
xulosa va takliflari innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida
0 ‘zbekiston Respublikasi uchun foydali deb hisoblaymiz. Ularga:
• iqtisodiy o‘sishni ta’minlash iqtisodiyotda erkin raqobatni,
ishchi kuchi harakatchanligiga, firmalami bozorga kirish va undan
chiqish imkoniyatlariga, o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini doimo
takomillashtirib, yangi innovatsion tovarlami taklif etib bozorda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lish shart-sharoitlariga bog‘liq. Bu tovar va
texnologiyalar keyinchalik butun iqtisodiyotga tarqalib umumiy
mehnat unumdorligini o‘sishini rag‘batlantiradi;
• jadallashgan iqtisodiy o ‘sishni ta’minlash iqtisodiyotning
ochiqligiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish
hisobiga zamonaviy texnologik tovar va xizmatlami ishlab chiqarish
imkoniyatlariga bogiiq. Jahon ta’lim tizimiga va faniga integrat-
siyalash, rivojlangan g‘arb mamlakatlarining yetakchi mutaxassislarini
takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish zarur;
• ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish jarayonida uni
bozor ta’lablariga moslash, zamonaviy texnologiyalar va birinchi
o‘rinda raqamli iqtisodiyotga kadrlar tayyorlash - mehnat
unumdorligini o‘sishining zaruriy shartidir;
• iqtisodiy o‘sish atrof-muhitga tabiatga nisbatan hurmatda
bo‘lishni talab etadi. Atrof-muhitni ifloslanishi nafaqat aholi turmush
darajasini yomonlashuviga olib keladi, balki iqtisodiyot uchun ham
og‘ir yuk bo‘ladi;
• iqtisodiyotda samarali faoliyat olib boruvchi bozor institutlarini
vujudga keltirish lozim. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun unda
samarali faoliyat olib boruvchi, xususiy mulk manfaatlarini himoya
qiluvchi bozor institutlarisiz katta miqdorda investitsiyalarni jalb etib
bo‘lmaydi. Bunday institutlar raqobatbardosh, qonun ustuvorligini va
barqarorligini ta’minlovchi qarama-qarshi tuzilmalarga ega bo‘lgan
siyosiy tizim mavjud bo‘lishini talab etadi.
Biroq barcha endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasi ta’limoti -
modellarini umumlashtirgan holda tahlil etadigan bo‘lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to'liq samara berib qo‘llani-
layotganligini kuzatishning iloji yo‘q. Bugungi kunda iqtisodiy
o‘sish ta’limotida innovatsion iqtisodiy o‘sish dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Innovatsion iqtisodiy o‘sish bozor munosabatlari tizimida
tadbirkorlik tashabbuskorligiga, FTT va tashkiliy-iqtisodiy faoliyatga
asoslanadi. Bu kuchli raqobatbardosh texnologik platformalar va
klasterlar yadrosini shakllantiradigan tizimli innovatsion loyihalami
amalga oshirishga; davlat xarajatlari salmog‘ini kamaytirish va
ko‘proq rag‘batlantirishning bilvosita vositalaridan foydalanadigan
xususiy investitsiyalaming o‘sishi; cheklangan miqdordagi loyihalarga resurslami jamlash; risklami taqsimlash asosida innovatsion sohada
xalqaro kooperatsiyani rivojlantirishga qaratilgan.
XXI asrga kelib iqtisodiyotda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Mazkur o ‘zgarishlar birinchi navbatda, resurslardan foydalanishning
tabiat in’om etgan chegaralariga iqtisodiyot yetib borayotganligi
natijasida iqtisodiy o‘sish sifatida an’anaviy resurslaridan foydalanish
imkoniyatlari vaqt o‘tgani sari cheklanib borayotganligi bilan
bogiiqdir. Yuqorida aytilganlarga bog‘liq tarzda, bundan buyon
investitsiya jarayonlari, yangi texnologiyalar va o ‘z navbatida yangi
tovar va xizmatlar yaratish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ilmiy bilimlar
tizimi iqtisodiy o‘sish sifatining zamonaviy modelini yaratishning
asosiy elementi bo‘ladi.
Agar barcha modellami umumlashtirgan holda o‘rganadigan
bo‘lsak, bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq samara
berib qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji yo‘q. Keynschilar bu
borada iqtisodiy o‘sish sifatini modellashtirishda asosiy e’tibomi
investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining
samaradorlik jihatlarini ustuvor, deb hisoblashadi.
Bugungi kunda jahonda har bir davlat barqaror iqtisodiy o‘sish
yo‘lida mamlakatning tabiiy qazilma boyliklari, mehnat resurslarining
salohiyati, an’analari, va mentalitetidan, mamlakatning geografik
joylashuvidan kelib chiqib, endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasi
ta’limoti modellarining taklif va tavsiyalaridan foydalanib o‘z
iqtisodiy rivojlanish modelini ishlab chiqishi lozim. Bunga misol
sifatida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «2017-2021-
yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini»ni keltirishimiz mumkin.
Harakatlar strategiyasi dasturida endogen iqtisodiy o ‘sish
nazariyasining qator taklif va tavsiyalari o‘z ifodasini topgan bo‘lib
uning maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan
oshirish, davlat va jamiyat har tomonlama jadal rivojlantirish, milliy
iqtisodiyotni modemizatsiyalash va erkinlashtirish asosida iqtisodiy
o‘sish sifatini oshirish va aholi turmush farovonligini ta’minlash va
0 ‘zbekistonni 2030-yilga kelib jahonning 50 ta ilg‘or mamlakatlari
qatoriga olib chiqishdan iboratdir. 6.2. Iqtisodiy o‘sishning endogen nazariyasi.
Iqtisodiy o‘sish, uning omillarining hozirgi zamon nazariyasining
o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri, shunday o‘sishning har qanday
turdagi modellarini qo‘llash hisoblanadi. XX asrning so'nggi-yillarda
iqtisodiy o‘sish ta’limotida neoklassik nazariyalarga nisbatan e’tirozlar
kuchayib bordi. Bu jahon mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish
darajalarida keskin farqlarni kuchayishi va rivojlanayotgan davlatlarda,
davlatning qarzdorlik inqirozini kuchayishi bilan bogiiq muammo-
lardir. Bu davrda Jahon banki va XVF rivojlanayotgan davlatlarda
erkin bozor munosabatlarini shakllantirish, iqtisodiy o‘sish va aholi
turmush farovonligini oshirishda investitsiyalar muhim omil sifatida
tavsiya etilgan edi. 1980-yillaming o‘rtalariga kelib, iqtisodiy o‘sish
sifati nazariyalarining yangi to ‘lqini, deb nom olgan jarayonning yuz
berishi natijasida iqtisodiyot nazariyasida o‘ziga xos inqilob yuz berdi.
Dastlabki nazariyalar diqqat-e’tiborini doimiy o‘sish sifatining ichki
manbalarini aniqlashga yo‘naltirganlari holda uni modelning xulq-
atvor o‘lchamlari imkoniyatlariga bogiab ko‘rsatishadi. Iqtisodiy
o ‘sish modelning ichki manbalari nuqtai nazaridan kelib chiqib
tasvirlanadi. Iqtisodiy o‘sishning ichki manbalar va omillar nuqtai
nazaridan yuzaga chiqishini tushuntiruvchi modellar esa, iqtisodiy
o ‘sish sifatining endogen nazariyalari nomini oladi.
Endogen iqtisodiy o‘sish sifatining dastlabki modellari asosan o‘z
vaqtidan ancha ilgarilab ketgan va o‘sha davrda deyarli ehtiyoj
bo lmagan, 1960-yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar,
xususan inson kapitali nazariyasi sohasidagi tadqiqotlar, K. Errou va
G. Uzavalaming modellariga asoslangan edi. Yangi toMqinning
birinchi davri uchun tegishli bo‘lgan eng muhim tadqiqot ishlarining
mualliflari P.Romer, R.Lukas va S. Rebelolar hisoblanishadi. Ular
tomonidan ishlab chiqilgan modellarda iqtisodiy o‘sish sifati manbalari
tashqi samaralar yordamida tasvirlab beriladi. Aynan ushbu
modellardan soddalashtirilgan yondashuv dan farqli o‘laroq, endogen
o‘sishni talqin qilishda bazaviy modellar sifatida foydalanila
boshlandi.
Yangi to iq in modellarining keyingi guruhi texnik taraqqiyotning
vujudga kelishini tushuntirishga va innovatsiyalaming vujudga kelishi
tuzilmasi va ulami amalga oshirishni batafsil o‘rganishga butun e’tiborini qaratadi. Endogen o‘sishning bunday modellar guruhi
Research & Development deb atalgan.55 F.Agion, P. Xauitt, D.
Grossman va E.Xelpman kabi olimlaming asarlarida bayon qilingan
modellar o‘ziga xos klassik modellar hisoblanadi.Endogen iqtisodiy
o'sish sifati modellarini izohlashning barcha matematik o‘ziga
xosliklariga katta e’tibor qaratmagan holda, ulardan kelib chiquvchi
asosiy xulosalami keltirib o‘tamiz:
• doimiy barqaror iqtisodiy o ‘sish sifati, faqatgina ta’lim vositasida
jamg‘arilgan inson kapitali asosidagina mavjud boMishi mumkin;
• iqtisodiy o ‘sish sifati sur’atlariga innovatsiyalami yaratish
sohasida jamlangan inson kapitalining rivojlanish darajasi to‘g ‘ridan-
to ‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik
sohasi iqtisodiyotga nafaqat bevosita, balki yangi amaliy ishlanma va
g ‘oyalar yordamida ham ta’sir ko‘rsatadi;
• bilimlar hosil boMishi va jamg‘arilishini cheklash ertami, kechmi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda56 aks etadi, bunda ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik sohasida to‘ plangan intellektual kapital
salohiyati qisqaradi57;
• FTTning o‘zigina emas, balki bilimlaming shakllanishi va
ulardan foydalanish, o‘z navbatida inson salohiyatining rivojlanishiga
xizmat qiluvchi, investitsion talabning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Innovatsion investitsiyalar iqtisodiy o‘sish sifatida ustuvorlik
tendensiyaga egaligi bilan tavsiflanadi va bilimlar ishlab chiqarish
sektoriga innovatsion investitsiyalaming ko‘payishi, mehnat tashkil
etish va rag‘batlantirish, texnologik asosdagi innovatsiyalar, ishlab
chiqarish omillarining sifat jihatdan takomillashuvi hisobiga
makroiqtisodiy indikatorlar (YAIM, MD hajmlarining va aholi jon
boshiga YAIM (MD) ning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlarining ortishi
bilan aniqlanadi. Innovatsion investitsiyalar iqtisodiy o‘sish
samaradorlik va raqobatbardoshlik omillari hisobiga innovatsion
investitsion talabning ustivorliklari va yo‘nalishlarini o‘zgartirish asosida innovatsion jamg‘arilishni kengaytirish y o ii bilan ta’min
etiladi.
Innovatsion investitsiyalaming iqtisodiy o ‘sish sifatiga ta’siri
mamlakat YAIMning o'sishi va uning tarkibini takomillashishi, foyda-
lanilayotgan ishlab chiqarish omillarining sifat jihatdan yangilanishi,
texnika-texnologiyaning mukammallashuvi inson va inteliektual
kapital mavqeyining ortishi evaziga sodir boiadi. Ustun omillar
innovatsiyalar, investitsiyalar, rag'batlantirish, bilim va ko‘nikma
rivojlanish institutlari. Texnologik bazisga ega yangiliklardan keng
foydalanish ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni tashkil etishni
rag'batlantirish, ichki xo‘jalik tizimida innovatsion investitsiyalar
faoliyatiga undovchi institutsional va raqobat muhitining amalda
mavjudligini belgilab beradi.
Innovatsion investitsion talab o‘zida sifat jihatdan kun sayin
o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda biznesning takror ishlab
chiqarish va kapital (jumladan insoniy va inteliektual kapital)
jamg‘arilishi uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratishga tayyorligi va
unga boigan layoqat va ehtiyojlariga asoslanuvchi, samarali talabning
muhim tashkil etuvchisini ifoda etadi. Innovatsion-investitsion talab
yuqorida tilga olib o‘tilgan bilvosita omillar bilan birgalikda iqtisodiy
o‘sish sifatining bazaviy omillariga, birinchi navbatda esa kapitalga
ta’sir ko‘rsatadi.
Innovatsion investitsiya -b u takror ishlab chiqarish va umuman
iqtisodiy o‘sishning moliyaviy manbai, ishlab chiqaruvchi kuchlar va
iqtisodiy munosabatlar tizimi rivojlanishini belgilovchi omildir.
Innovatsion investitsiya fan va texnika taraqqiyoti, yutuqlarini
amaliyotga joriy qilishni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini
ta’minlaydi. U iqtisodiy o ‘sish sifatini va aholi turmush farovonligini
to‘xtovsiz oshirib borishning ham zaruriy sharti hisoblanadi.
Biroq investitsiyalami o‘sishi rivojlanayotgan davlatlarda kutilgan
darajada iqtisodiy o‘sish va aholi turmush farovonligiga olib kelmadi.
Jahon banki va XVF ko‘rsatmalariga ko‘ra ichki va tashqi bozomi
erkinlashtirish ham rivojlanayotgan mamlakatlarda kutilgan darajada
xorijiy investitsiyalami jalb etish imkonini bermadi. Ushbu muam-
molami yechimini endogen o‘sish nazariyasi maktabi tushuntirishga
harakat qildi. Endogen o ‘sish uzoq muddatli davrda texnologik taraqqiyot
iqtisodiy o‘sishning yagona sababi hisoblanmaydi. Unda iqtisodiy
o ‘sish sifati darajasi quyidagi omillarga bog‘liq:
• inson kapitalining sifati, insonni rivojlantirishga (ta’lim,
sogiiqni saqlash va hokazolarga) investitsiyalar;
• mukammal bo‘lmagan raqobat sharoitlarida intellektual mulk
huquqini himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlami yaratish;
• fan va texnologiyalami rivojlantirishni davlat tomonidan
qo ‘ llab-quvvatlash;
• qulay investitsiya muhitini yaratish va yangi texnologiyalami
o‘zlashtirish.
Iqtisodiy o ‘sishning sur’atlari yangi bilimlami egallash sohasida
markazlashgan inson kapitali miqdoriga bevosita bog‘liqdir. Amalda
bu ilmiy tadqiqotlar sohasi iqtisodiyotga birgina amaliy g‘oyalar va
ishlanmalar bilangina ta’sir ko‘rsatmasligini anglatadi. Ushbu
nazariyaga muvofiq, jamg‘arilgan inson kapitali hajmi katta bo‘lgan
mamlakatlar iqtisodiy o ‘sishda yuqoriroq sur’atlarga erishadilar.
Demak, erkin xalqaro savdoning rivojlantirilishi ham o‘sish
sur’atlarini oshirishga yordam beradi, chunki mahsulotlar bilan
ayirboshlash iqtisodiy tizim chegaralarini kengaytiradi va shu tariqa
inson kapitali jamlanmasi ko‘payishiga xizmat qiladi.
Inson kapitalining jamg‘arish muayyan resurslarni talab etadigan
hamda muqobil chiqimlar sababi boigan faol iqtisodiy jarayondir.
Endogen o‘sish nazariyasiga ko‘ra bilimlami jamg‘arilishi, ishlab
chiqarish xarajatlarini kamayishi, yangiliklar va innovatsiyalar
iqtisodiy o‘sish sifatining muhim omillari hisoblanadi. Bugungi kunda
bozor iqtisodiyotining rivojlanishining asosiy xususiyati iqtisodiyotda
ekstensiv o‘sishning barcha imkoniyatlari va zaxiralaridan foydalanib
bo‘lindi. Bugungi globalizatsiya davrida bozor iqtisodiyotining
rivojlanishining asosiy yo‘nalishi yuqori mehnat sifati va FTTda
kapital tejamkor texnologiyalarga va ekologik cheklovlami asoslanib
iqtisodiy o‘sishda yakuniy sifat natijalariga erishish hisoblanadi. XXI
asrga kelib iqtisodiyotda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mazkur
o ‘zgarishlar birinchi navbatda, resurslardan foydalanishning tabiat
in’om etgan chegaralariga iqtisodiyot yetib borayotganligi natijasida
iqtisodiy o‘sish sifatida an’anaviy resurslaridan foydalanish imkoniyatlari vaqt o‘tgani sari cheklanib borayotganligi bilan
bogiiqdir.
Endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasini yuqori rivojlanish darajasiga
olib chiqqan olimlardan biri Uilyam Nordxaus hisoblanadi. Uning
“Integrallashgan baholash modelida” (IAM) iqlim o‘zgarishlari bilan
iqtisodiy o‘sish modelini bir-biri bilan bog‘ladi. U.Nordxaus ishlab
chiqarish funksiyasi modeliga ikki yangi o‘zgaruvchini kiritdi: tabiiy
resurslar va ekologik zarar. Tabiiy resurslar ishlab chiqarish funksiyasi
modelida ishchi kuchi, kapital, asosiy fondlar kabi ishlab chiqarish
omili sifatida olingan; ekologik zarar birdan kichik boigan
ko‘paytiruvchi b o iib u ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Bu
modelda barcha omillar texnologik taraqqiyot natijasida o‘sib borsa
ekologik zarar esa birdan kichik boigan ko‘paytiruvchi hisobiga
atmosferani ifloslanish darajasiga qarab kamayib boradi.
Endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasi maktablarining quyidagi
xulosa va takliflari innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida
0 ‘zbekiston Respublikasi uchun foydali deb hisoblaymiz. Ularga:
• iqtisodiy o‘sishni ta’minlash iqtisodiyotda erkin raqobatni,
ishchi kuchi harakatchanligiga, firmalami bozorga kirish va undan
chiqish imkoniyatlariga, o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini doimo
takomillashtirib, yangi innovatsion tovarlami taklif etib bozorda o ‘z
o‘rinlariga ega boiish shart-sharoitlariga bogiiq. Bu tovar va
texnologiyalar keyinchalik butun iqtisodiyotga tarqalib umumiy
mehnat unumdorligini o‘sishini rag‘batlantiradi;
• jadallashgan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash iqtisodiyotning
ochiqligiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb etish
hisobiga zamonaviy texnologik tovar va xizmatlami ishlab chiqarish
imkoniyatlariga bogiiq. Jahon ta’lim tizimiga va faniga
integratsiyalash, rivojlangan g‘arb mamlakatlarining yetakchi
mutaxassislarini takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish zamr;
• ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish jarayonida uni
bozor taiablariga moslash, zamonaviy texnologiyalar va birinchi
o ‘rinda raqamli iqtisodiyotga kadrlar tayyorlash - mehnat
unumdorligini o‘sishining zamriy shartidir;
• iqtisodiy o‘sish atrof-muhitga tabiatga nisbatan hurmatda
boiishni talab etadi. Atrof-muhitni ifloslanishi nafaqat aholi turmush darajasini yomonlashuviga olib keladi, balki iqtisodiyot uchun ham
og‘ir yuk bo‘ladi;
• iqtisodiyotda samarali faoliyat olib boruvchi bozor institutlarini
vujudga keltirish lozim. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun unda
samarali faoliyat olib boruvchi, xususiy mulk manfaatlarini himoya
qiluvchi bozor institutlarisiz katta miqdorda investitsiyalami jalb etib
boimaydi. Bunday institutlar raqobatbardosh, qonun ustuvorligini va
barqarorligini ta’minlovchi qarama-qarshi tuzilmalarga ega bo‘lgan
siyosiy tizim mavjud bo‘lishini talab etadi.
Biroq barcha endogen iqtisodiy o ‘sish nazariyasi ta’limoti -
modellarini umumlashtirgan holda tahlil etadigan boisak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to iiq samara berib
qoilanilayotganligini kuzatishning iloji yo‘q. Bugungi kunda
jahonda har bir davlat barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida
mamlakatning tabiiy qazilma boyliklari, mehnat resurslarining
salohiyati, an’analari, va mentalitetidan, mamlakatning geografik
joylashuvidan kelib chiqib, endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasi
ta’limoti modellarining taklif va tavsiyalaridan foydalanib o‘z
iqtisodiy rivojlanish modelini ishlab chiqishi lozim. Bunga misol
sifatida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «2017-2021-
yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini»ni keltirishimiz mumkin.
Harakatlar strategiyasi dasturida endogen iqtisodiy o‘sish
nazariyasining qator taklif va tavsiyalari o‘z ifodasini topgan bo‘lib
uning maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan
oshirish, davlat va jamiyat har tomonlama jadal rivojlantirish, milliy
iqtisodiyotni modemizatsiyalash va erkinlashtirish asosida iqtisodiy
o ‘sish sifatini oshirish va aholi turmush farovonligini ta’minlash va
0 ‘zbekistonni 2030-yilga kelib jahonning 50 ta ilg‘or mamlakatlari
qatoriga olib chiqishdan iboratdir.
6.3. Endogen o‘sish omili sifatida innovatsiyalarning turlari va
ularning endogen xususiyatlari
Iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish muammosi -
iqtisodchi olimlaming diqqat markazida turgan asosiy muammolardan
biri hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi uchun rivojlangan davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush farovonligi
darajasiga erishishning birdan bir yagona yo‘li innovatsion
yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimga o‘tish hisoblanadi. Bu innovatsiya
kategoriyasini ko‘rib chiqishni dolzarbligini yanada oshiradi.
Innovatsiya termini inglizcha “innovation” so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, so‘zma-so‘z taijima qilganda “yangiliklami joriy etish”
ma’nosini anglatadi. Innovatsiyani yangi ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-
iqtisodiy, ishlab chiqarish yoki boshqa yechim va qarorlami
amaliyotda birinchi bo‘lib, joriy etish sifatida ta’riflash mumkin. Agar
so‘z faqat, texnologik innovatsiya haqida borsa, u holda uni, ishlab
chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida yoxud bozorda sotish
uchun mo‘ljal!angan mahsulotda yangi texnik yechimning qo‘llanilishi
sifatida tavsiflash mumkin. Innovatsiya - bu oldingilarga nisbatan
birmuncha past xarajatlar va yuqori sifat bilan tavsiflanuvchi
mahsulotni yaratish maqsadida sarf-xarajatlaming ishlab chiqarishga
tmnsformatsiyalanish jarayonidir. Innovatsiyalami ta’riflashga ikki xil
yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Jarayonli (takror ishlab chiqarish) yondashuv. Innovatsion
g‘oyaIami amalga oshirish yoki ulami tayyor natijaga aylantirish
jarayoni sifatida.
2) Obyektli yondashuv. Innovatsiyani biror bir obyektga joriy
etilgan, yakuniy natija sifatida tasavvur qilinadi.
Innovatsiyaga berilgan ta’rifda innovatsiyalami yaratuvchi emas,
balki innovatsiyalami o‘z faoliyatida qoMlovchi korxonalar nuqtayi
nazaridan ifoda etilgan. Mazkur ta’rif innovatsiyalami tarqatish
jarayonlarini aks ettiradi, chunki innovatsiyalar nafaqat ulami
yaratishni, balki ulami amalda qoMlashni ham ko‘zda tutadi.
Innovatsion korxonalar nimani yaratsalar, ulami bozorga joriy
etilguniga qadar yangilik bo‘lib qolaveradi. Aynan tarqatish
bosqichida yangiliklar innovatsiyalarga aylanadi.
Innovatsiyadan farqli oiaroq, takomillashtirish — bu tizimning
ichida amalga oshadigan va tizim amalda boMishining o‘zgarishiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan siljishdir. Takomillashtirish tizimning
me’yorida amalda bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, u obyekt rivojlanish
dinamikasiga nisbatan sust ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi.
Innovatsiya esa ko‘pfunksional tavsifga ega bo‘lib, eski qoidalami
parchalaydi, yangi “sifat” sakrashlarini yaratadi, obyektni tizimdan tashqari chiqib ish ko‘rishga majbur etadi. Tijoriylashtirish
bosqichining mavjudligi innovatsiyani yanglikdan farqlab turadi.
SHunga bog‘liq tarzda joriy etish bosqichi yetarlicha uzoq bo‘lib,
ko‘pincha bir necha-yillarni o‘z ichiga oladi, yangilikni joriy etishni
ishlab chiqish jarayoni yanglikni yaratish jarayoniga nisbatan
birmuncha qimmat turadi.
Yangiliklami joriy etish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilgan
iqtisodchi - olimlar o‘rtasida nemis olimi Gerxard Mensh alohida o‘rin
tutadi. U iqtisodiy o‘sish sur’atlari va davriylikni bazisli
yangiliklaming paydo bo‘lishi bilan bogiashga harakat qiladi hamda
aynan turg‘unlik fazasida innovatsiyalarni yaratish va joriy etish uchun
rag‘batlantiruvchi omillar vujudga keladi, deb hisoblaydi.
G.Menshning fikriga ko‘ra, texnologik pasayish holati qachonki bazisli
yangiliklar o‘z imkoniyatlarini toialigicha sarflab bo‘lgan paytda
vujudga keladi va bu esa iqtisodiy rivojlanishdagi turg‘unlik holatini
belgilab beradi. Sanoat rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra bir texnologik
holatdan ikkinchi bir holatga o ‘tishini anglatadi. G.Mensh bazisli,
takomillashtiruvchi va psevdoinnovatsiyalami ajratgan holda
innovatsiyalarni tasniflashni taklif etadi. Bazisli yangiliklar texnologik
yangi tarmoq va bozorlami vujudga keltiruvchi hamda notexnologik
madaniy, ijtimoiy xizmatlar va boshqaruv sohasidagi o‘zgarishlarga
javob beruvchi turlarga bo‘linadi. Ushbuga bog‘liq ravishda
innovatsiyalarning har bir turi ma’lum mehnat va kapital xarajatlarini
talab etadi, yangiliklar o ‘rtasida resurslar uchun raqobat kurashi
vujudga keladi.
Bazisli innovatsiyalar - bu yangi ilmiy tamoyillarga asoslangan
ilgari ma’lum boMmagan yangi mahsulot va jarayonlarga yo‘l ochib
beruvchi yirik ixtirolar bazasida vujudga kelgan innovatsiyalardir.
Misol tariqasida bug‘ mashinasi, elektr toki, atom energetikasi,
kserografiya, vakuum trubkasi, tranzistorlar va shu kabilami keltirib
o ‘tishimiz mumkin. Bazisli innovatsiyalar katta investitsiyalami talab
etadi, ulami ishlab chiqish jarayonlari uzoq muddatli hisoblanib,
ulaming tijoriylashishi, ya’ni bozorlarga kirib borishi yangi texnologik
ukladlaming paydo boiishiga olib keladi.
Takomillashtiruvchi innovatsiyalar - bu kichik, ammo mahsulot,
servis va jarayonlaming muhim boMgan takomillashuvidir. Misol
uchun, telefonning komponenti (qismi)ga aylangunga qadar, vakuum trubkasini ixtiro qilish vakuum yaratish bo‘yicha ishlarni
takomillashtirishni talab etgan.
Psevdoinnovatsiyalar - bu mahsulot yoki jarayonlaming iste’mol
tavsiflarini o‘zgartirmagan holda, ulaming tashqi ko‘rinishlarini
o‘zgartirishdir.
Bazisli innovatsiyalardan takomillashtiruvchi innovatsiyalarga va
so‘ngra psevdoinnovatsiyalarga o‘tish jarayoni bir texnologik
bosqichdan boshqasi tomon harakatlanish hisoblanadi. G.Menshning
fikricha, yangi bazisli yangiliklami yaratishga maksimal darajadagi
tayyorgarlikka turg‘unlik davrida erishiladi. Bazisli innovatsiyalami
yaratish uchun strategik jihatdan fikr yuritish, uzoq muddatli
rejalashtirishni amalga oshirish lozim, zero, uzoq muddatli davrda
katta qo‘yilmalami amalga oshirishni talab etuvchi bazisli
innovatsiyalarga qisqa muddatli davrda daromad olish ishtiyoqi o‘zaro
mos kelmaydi. G.Menshning fikricha, bozoming kamchiliklari bazisli
yangiliklar oqimidagi tanaffuslaming sababchisi hisoblanadi. Bunday
kamchiliklar sirasiga G.Mensh birinchi navbatda bozoming “eski”
tarmoqlardan “yangi” tarmoqlarga resurslar oqimini qayta yo‘naltira
olmasligini, yangiliklarga sarf-xarajatlarda firmalaming tejashlarini
rag‘batlantira olmasligini kiritadi.
Innovatsiyalami belgilariga ko‘ra, turli xil tasniflash mumkin.
Tasniflashlaming asosiy mezonlari sifatida yangilik darajasi, takror
ishlab chiqarish jarayonidagi o‘mi, tub burilish darajasi, qoilanilish
sohasi, innovatsion jarayonlar samaradorligiga ta’sir darajasi,
mazmuni, foydalanish tavsifi, koiamliligi, tartibga solish va
boshqarish holati, ijtimoiy maqsadlar tavsifi, paydo bo‘lishga undovchi
omil va shu kabilardan foydalaniladi.
Predmetiga ko‘ra innovatsiyalar: innovatsion-mahsulot (mutlaqo
yangi yoki takomillashgan ko‘rinishdagi tayyor buyum yoki mahsulot
bo‘lib yetarlicha katta investitsiyalarni talab etadi); innovatsion -
jarayon (texnik, ishlab chiqarish yoki boshqaruv jihatdan
takomillashtirish); innovatsion- servis (korxonadan tashqarida
mahsulotlardan foydalanishga xizmat ко‘r sat ish bilan bog‘liq holda,
masalan, kompyuterlaming dasturiy ta’minoti) ga boiinadi.
Innovatsion-jarayon va innovatsion - mahsulotlar o‘zaro uzviy bogiiq
boiib, ular bir-birlariga o‘tib borishlari ham mumkin. Masalan, agar
biror bir asbob-uskuna ishlab chiqilsa va undan tovarlar ishlab chiqarishda foydalanish nazarda tutilsa, bu — innovatsion jarayon, agar
maqsad sotish bo isa, bu - innovatsion mahsulot hisoblanadi. Joriy
etish samaradorligiga ko‘ra innovatsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
tovaming iste’mol xususiyatlarini yaxshilovchi, resurslar tejalishiga
imkon yaratuvchi va ekologik samara keltiruvchi innovatsiyalar.
Ma’muriy resurslardan foydalanish bilan bogiiq ravishda
innovatsiyalaming alohida tipi sifatida biznes-innovatsiyalami ajratib
ko‘rsatish mumkin. Biznes - innovatsiyalar - bu korxona va
tashkilotlaming tizimning institutsional asoslarini chetlab o‘tgan holda,
o ‘z faoliyatlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratishga
boigan harakat va intilishlaridir. Bunda korxona va tashkilotlar sherik
- hamkorlar izlab topish, shartnoma-kontraktlar tuzish, ulaming ijrosi
bilan bo g iiq boigan transaksion xarajatlarini qisqartirishga
intilishlari va yoki o‘z raqobatchilarining transaksion xarajatlarini
oshirishga harakat qilishlari mumkin.
Jamiyat hayotida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelgan ijtimoiy
innovatsiyalarga oid bir qator misollar keltirib o‘tish mumkin. Mehnat
xavfsizligi va gigiyenasi sohasida innovatsion faoliyat bugungi kunda
favqulodda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu o ‘rinda innovatsiyalar
natijalari bo‘yicha quyidagi quyi guruhlami ajratish mumkin: kasb
kasalliklari va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sonining keskin
kamayishi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sharoitlarining
yaxshilanishi, so g iiq uchun zararli boigan va og‘ir ishlaming istisno
etilishida namoyon boiuvchi ijtimoiy natijalar; mahsulot ishlab
chiqarishning o‘sishi, foydaning oshishi, mehnat unumdorligining
ko‘payishida aks etuvchi iqtisodiy natijalar; ishlab chiqarishda to‘xtab
qolishlar sonining qisqarishi, texnologik jarayonlaming kechishi va
mehnatni tashkil etish ishlarining takomillashuvi, asbob-uskuna,
buyumlaming texnik oichamlarining yaxshilanishi ko‘rinishidagi
texnik natijalar.
Tashkiliy tuzilmadagi yangilanishlar ko‘proq mavjud tuzilma-
laming yangi kombinatsiyalaridan iborat boiadi. Shunday qilib, kim
avvalroq mavjud tuzilmalaming yangi kombinatsiyalarini ixtiro qila
olsa, o ‘sha iqtisodiy tanazzul paytida ko‘proq yashab qolish
imkoniyatiga ega boiadi deb ta’kidlaydi. Innovatsiyalaming muhim
yana bir jihati - ularga xos boigan dolzarb mavzular; tirik mavjudotni,
atrof-muhitni muhofaza qilish, tibbiyot, axborot texnologiyalari sohasidagi ishlanmalami, multimediyali ta’lim mahsulotlarini,
energiya tejovchi va muqobil energiya manbalarini olish
texnologiyalarini kiritishimiz mumkin.
XXI asrga kelib iqtisodiyotda jiddiy o ‘zgarishlar yuz berdi. Mazkur
o‘zgarishlar birinchi navbatda, resurslardan foydalanishning tabiat
in’om etgan chegaralariga iqtisodiyot yetib borayotganligi natijasida
iqtisodiy o‘sish sifatida an’anaviy resurslaridan foydalanish
imkoniyatlari vaqt o ‘tgani sari cheklanib borayotganligi bilan
bog‘liqdir. Yuqorida aytilganlarga bog‘liq tarzda, bundan buyon
innovatsion-investitsiya jarayonlari, yangi texnologiyalar va o‘z
navbatida yangi tovar va xizmatlar yaratish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
ilmiy bilimlar tizimi iqtisodiy o‘sish sifatining zamonaviy modelini
yaratishning asosiy elementi bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, nafaqat
innovatsiyalarga, balki iqtiqsodiy o‘sish omillari sifatida innovatsiyalar
va investitsiyalaming o‘zaro bog‘liqligiga ham qiziqish ortib
bormoqda.
Patent huquqining rivojlanishi, tijorat siri to‘g'risidagi qonun va
boshqa normativ aktlarning qabul qilinishi evaziga rag‘batlantiruvchi
omillarning kuchayishi innovatsion-investitsiyalaming foydaliligini
oshishiga olib keldi. Ixtirolarning sanoatlashuvi va zamonaviy g‘arb
dunyosining iqtisodiy rivojlanishi jarayonlariga innovatsion-investit­
siyalaming integratsiyalashuvi sodir bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida
ikkinchi sanoat inqilobining amalga oshishiga turtki boidi.
AQSH, Yaponiya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlarda
innovatsion-investitsiyalar faolligi bilan ulaming iqtisodiy o‘sish sifati
o ‘rtasida to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi hamda sanab o ‘tilgan
mamlakatlaming deyarli barchasida iqtisodiy o‘sish sifatining intensiv
tavsifga egaligi va uning asosi bo‘lib ishlab chiqarish omillarining
yangi kombinatsiyalari, yangi mahsulotlar, yangi bozorlar, yangi
texnologiyalar kabi innovatsion-investitsiyalar hisoblanadi.
Innovatsiyalami moliyalashtirishda bankiming o ‘mi katta, chunki
yangilik yaratuvchiga o‘z maqsadlariga erishish uchun unga
moliyalashtirish suv va havodek zarur. Shunga bog‘liq tarzda, kredit
mablagMari taqdim etishi mumkin boigan bankir, yangilik yaratuvchi
shaxsning faoliyat ko'rsata olishi, bir so‘z bilan aytganda, uning
keyingi faoliyati ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘lib qolgan shaxs
hisoblanadi. Bankir kredit taqdim eta turib, butun jamiyat nomidan yangi kombinatsiyalaming amalga oshirilishiga ijozat beradi. Iqtisodiy
yuksalish birinchi navbatda asosiy vositalarini ishlab chiqarishda
kuzatiladi, yangi korxonalarga ko‘proq sarmoya kiritilishi va bu
yerdan chiquvchi impulslaming xomashyo, mehnat, asbob-uskunalar
bozorlari va boshqalar orqali tarqalishi esa yuksalishning asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan innovatsiyalami
o‘rganish alohida e’tiborga loyiqdir. Innovatsiyalar energiya va resurs
tejovchi texnologiyalami joriy etilishiga olib keladi, buning natijasida
esa takror ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan vosita va
mablag‘lar hajmi qisqaradi. Innovatsiyalarga qo‘shilgan qiymatning
o‘sish manbai sifatida intellektual mehnatning yuqori ulushiga ega
bo‘lgan yuqori texnologiyali tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan
tavsiflanadi, bunda esa, yuqori iste’mol qiymatiga ega bo'lgan sifati
yaxshilangan mahsulotning bozorlarda sotilishi o‘z navbatida
foydaning o‘sishiga zamin yaratadi.
Iqtisodiy institutlar iqtisodiy o‘sish sifati uchun ahamiyatlidir,
chunki ular jamiyatda asosiy iqtisodiy subyektlaming xulq-atvorlarini
shakllantiradi, xususan, ular ishlab chiqarishga, inson kapitaliga va
texnologiyalarga investitsiyalarga, shuningdek, ishlab chiqarishni
tashkillashtirishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Iqtisodiy institutlar
orasidagi farqlanishlar iqtisodiy o‘sish sifati va farovonlikni
ta’minlashdagi mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutlaming asosiy manbai
hisoblanadi.
Innovatsiya iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish
subyektlarida texnologik, ijtimoiy-ekologik va boshqa xususiyat-
laming umumlashgan holatdagi o‘zgarishlarini ifoda etsa, innovatsion
investitsiyalashtirish o‘zida faqat ishlab chiqarish va ijtimoiy xizmat­
lami tashkil etish jarayonida bo‘layotgan yangi sifat o‘zgarishlarini
ifoda etadi. Innovatsiya-yangiliklami ishlab chiqarishga joriy etish,
resurslardan samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiy o‘sishdir.
Uning yetakchi omili fan va texnika taraqqiyotining so‘ngi talablariga
javob beradigan dastgoh, yangi texnologiyalar bilan ishlab chiqarishni
qayta jihozlash yoki ishlab chiqarish maydonini kengaytirish hisobiga
emas, balki unda qo‘llaniladigan resurslaming sifatini oshirish orqali
erishilmoqda. Chunki, innovatsiya natijalari ilm-fan va texnika sohasida iqtisodiyot yangiliklarining nazariy kashf etilishi va
amaliyotda qo‘Hanilishi natijasida samarali rivojlanishi mumkin.
Innovatsion faoliyat (yangiliklami joriy etish) ishlab chiqarish
yangi texnologiyalari negizida raqobatbardosh mahsulot (tovar)
turlarini yaratish jarayoni. Bu jarayon g‘oyaning paydo boiishi, uning
maqsadini aniqlash va amalga oshirishdan to ishlab chiqarishni tashkil
etish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara
olishgacha b oigan ishlami o‘z ichiga oladi. Innovatsiya kategoriyasi
bo‘yicha quyidagi xulosalami chiqarish mumkin:
• innovatsion faoliyat innovatsiya, innovatsion jarayonga nisbatan
keng ma’noga ega bo iib , ilm-fan va texnika yangiliklarini ishlab
chiqarishga tatbiq etilishini ifoda etadi. Innovatsion faoliyat
innovatsiya va innovatsion jarayonni to iiq qamrab oladi;
• innovatsiya ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish uchun
yo‘naltirilgan investitsiya mablagiarining asosiy qismi b o iib , ishlab
chiqarish subyektlarining asosiy ishlab chiqarish mablagiarida
mujassamlashadi;
• innovatsiya ishlab chiqarishning ichki subyektlari o ‘rtasidagi
munosabatlaming takomillashib borishiga ta’sir etadi. U ishchi
o‘rinlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish xodimlarini mehnat qilish
sharoitlarini yaxshilash, ulami har tomonlama yetuk xodim sifatida
faoliyat olib borishlari uchun zarur boigan ijtimoiy infratuzilmaning
takomillashib borishida ifodalanadi;
• innovatsiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mikro va mak­
roiqtisodiy darajada jadallashishini ta’minlovchi yetakchi omil
hisoblanadi;

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, innovatsiya ishlab chiqarish jarayonida band
boigan, ma’naviy va jismoniy eskirgan asosiy ishlab chiqarish
vositalari, texnika va texnologiyalami yangilashni, ilm-fan va texnika
yutuqlariga asoslangan holda amalga oshirishni ta’minlaydi. Uning
natijalari innovatsion jarayon orqali yaratilgan innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash asosida yangi qiymatga, sifatga ega
bo‘lgan mahsulotlarda ifodalanadi. Innovatsiyalar asosan yangi
mahsulotlarga, ishlab chiqarish texnikalariga yoki ishlab chiqarish
texnologiyalariga qo‘shiladi, iste’mol mahsulotlari sifatida ko‘rinishi
innovatsion jarayonning asosiy omili hisoblanadi.
6.4. Iqtisodiy o‘sishda “Texnologik turtki” gipotezasi
va texnologik ukladlar
Texnologik ukladlarning ketma-ket almashinuvi asosida bazisli
innovatsiyalar yotadi. Ma’lum bir paytda texnologiyalaming
jamlanmasi ijtimoiy ishlab chiqarishning umumlashtiruvchi siklini
ifoda etuvchi texnologik ukladlar orqali ifodalanishi mumkin. Ulaming
har biri mazkur texnologik ukladda bazisli texnologiyalaming amalda
bo‘lishining o ‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Iqtisodiyot fanida
ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan asoslab berilgan beshta asosiy
texnologik uklad, hamda endi shakllanayotgan istiqbolli oltinchi uklad
farqlanadi. Bugungi kunda dunyoda ustuvor bo‘lgan texnologik uklad o‘tgan
asming 50-60-yillarida yaxlit takror ishlab chiqarish tizimi sifatida
shakllana boshlagan va 70-yillardagi tarkibiy inqirozdan keyingi
davrda rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o ‘sishning texnologik bazasini
tashkil etganligi iqtisodchi olimlaming ilmiy tadqiqotlarida o‘z
ifodasini topdi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1.1. Узбекистон Республикаси Консгитуцияси. -


Т.:Узбекистон, 2017.- 406.
1.2. Узбекистон Республикасининг “Мулкчилик
тугрисида”ги Крнуни. Узбекистон янги Крнунлари. I том. - Т.:
Адолат, 1991.
1.3. Узбекистон Республикасининг “Тадбиркорлик
тугрисида”ги Крнуни. Узбекистон янги Крнунлари. 2 том. - Т.:
Адолат, 1991.
1.4. Узбекистон Республикасининг “Корхона тугрисида”ги
Крнуни. Узбекистон янги Крнунлари. - Т.: Адолат, 1992.
1.5. Узбекистон Республикасининг “Инвестиция фаолияти
тугрисида’ти К^онуни, 1998. 24 декабр. //Соликдар ва божхона
хабарлари.4-сон, 1999.3-6.
1.6. Узбекистон Республикасининг “Оилавий тадбиркорлик
тугрисида”ги Конуни. 2012 йил 16 апрель.
1.7. Узбекистон Республикаси ГТрезидентининг
“Тадбиркорлик фаолиятининг жадал ривожланишини
таъминлашга, хусусий мулкни хдр томонлама х,имоя килишга ва
ишбилармонлик мух,итини сифат жих,атидан яхшилашга дойр
кушимча чора-тадбирлар тугрисида”ги 2016 йил 5 октябрдаги
ПФ-4848 сон Фармони.
1.8. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7
февралдаги “Узбекистон Республикасини янада
ривожлантириш буйича хдракатлар стратегияси тугрисида”ги
4947-сон Фармони.
Download 42.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling